Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalomu ala ashroful mursaliy va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma abad. Nafsni poklash silsila darslaridan birodarlar, bugungi mavzuyimiz dindagi g'ariblar. Al g'uraba fiddin. Dindagi g'urabolar, g'ariblar, hozir ma'ruza bo'layotganda kirgizib yuboringlar da eshikdan. Sal sal jilib jilib o'tiringlar. Hali namoz boshlanganda keyin chiqib ketilinlar tashqariga.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzuriga umarun xatto vaziallohu anhur rovvati qilgan hadisda shunday deyiladi. Bayna mana hunajul usulinda rasulillahi sallallohu alayh vasallama itto la alayna rojulun. Payg'ambarimiz bilan o'tirganimizda bizni oldimizga bir kishi kirib keldi. Soz soqoli qop qora. Kiyimlari oppoq. To'g'ri Rasulullohni oldiga bordi da, tizzasini, Rasulullohni tizzasiga tegizib o'tirdi. Qo'lini o'zini kalta sonini ustiga qo'ydi. Hammamiz hayron bo'ldik. Birontamiz tanimayapmiz. Ya'ni kiyimlarini tozaligi, soz soqolini qop qoraligiga qarab turib, Madinalik shekilli desak, Madina ahlidan hech kim tanimayapti. Musofirmikin desak, kiyimlari, usti boshi, u musofirga o'xshamaydi. Kelib, Payg'ambarimizni oldiga to'g'ri jur'at qilib o'tirdi. Bunday qilishlikka hech kim jur'at qilmas edi. Kelib, ey Muhammad, menga islom haqida xabar bering. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, kalima keltirishing, namoz o'qishing, ro'za tutishing, zakot berishing, qodir bo'lsang haj qilishing. Haligi savol so'ragan odam, to'g'ri aytdingiz dedi.
Umarul muhattob aytadi, hayron bo'ldik. O'zi savol so'rab, yana javobini eshitib tasdiqlayapti. Menga iymon haqida xabar bering deb ikkinchi marta so'radi. Iymonni yettita shartini aytdi. Allohga iymon keltirishing, farishtalarga, hadisni bilasizlar. To'g'ri aytdingiz dedi. Uchinchi savoli fahbirniy anil ixsan. Menga ehson haqida xabar bering dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, an ta'budallohaki annaka tarohu, fainlam takun tarohu, fayinnaka hu yarokan. Fayinnahu yarokan. Iqson dedilar rasululloh. Allohni ko'rib turgandek ibodat qilishliging. Endi garchi Allohni ko'ra olmasang ham, U seni ko'rib turadi. Haligi odam savollarni so'radi, yana qiyomatning alomatlari haqida, so'ngra turib chiqib ketdi. Ozgina turganidan keyin, Rasululloh Umar ul muhattobga qarab, yo Umar, atadri mana is sayl. Ey Umar, bu savol so'ragan odamni kimligini bilasizmi? Dedi. Alloh va Rasul bo'luvchiroq deb javob berdi. Payg'ambarimiz aytdilar, bu Jabroil edi. Kelib sizlarga diniylarda ta'lim berdi. Bu hadisni muhimligi va qadrini ulug'ini bitta belgisi Umarddin Xattobdan rivoyat bo'layotganligi.
Ya'ni Umarddin Xattiobdan ko'p hadis rivoyat qilinmagan. O'tib ketgan u kishi. Ikkinchisi, bu hadisda Jabroil alayhissalomning qatnashayotganligi. Uchinchisi, odam suratida kelib Payg'ambarimizni oldiga o'tirib, Islomdagi eng muhim uchta savolni so'radi. Islom nima, iymon nima, ehson nima? Tasavvuf ilmining, birodarlar, hujjati mana shu hadis.
Tasavvuf, Ali ibn Abit Olim roziyallohu anhuning taqvo haqida savol so'raganda bergan javobiga asoslanadi. Taqvo nima deganida Ali ibn Abit Olim aytgan edi: al xaufu minal jalil. Val rido val amal u bit tanzil. Val ridobil qolil va istiidadun liya umir rohin. Taqvo nima? Ali ibn abit tolibni nazarida taqvo, birinchisi, jalil, allohdan qo'rqish. Ikkinchisi, ikkinchisi, al amal u bitta ziyl, Qur'on bilan amal qilish. Uchinchisi, vor rido bil qolil, og'ziga rozi bo'lishlik. To'rtinchisi, ketishga tayyorgarlik. Ketadigan kunga o'limga tayyorgarlik, mana shu taqvo ekan. Tasavvuf ulamolari mana shu uchinchi punktini o'zlariga hujjat deb biladi. Og'ziga nima qilish? Rozi bo'lish. Boriga emas, oziga. Tasavvur birodarlar, bu siz bilan bizni qalbimizni, nafsimizni tarbiya qiladigan ilm. Bu ilmdan qanchalar xabardor bo'lsak, shuncha nafsimiz poklanadi, shunchalar Allohga yaqin bo'lamiz. Alloh Taolo aytadi, ey banda, uzoq yillar davomida odamlarning nazari tushadigan joyingni rosa tozalading.
Kiyimingni toza tutding, uyingni toza tutding. Mashinangni toza tutding , ishxonangni toza tuting. Ya'niki mana shu joylarga odamlarni nazari tushar edi. Uzoq yillar davomida odamlarning nazari tushadigan joyni poklading, tozalading. Endi meni nazarim tushadigan joyini ham bir kun bo'lsa ham tozaladingmi deydi.
Allohning nazari tushayotganicha qayer bizda? Qalb. Tasavvuf degani nafs tarbiyasi degani. Tasavvuf degani qalbning musofoligi degani. Tasovvuf degani qolbun salim, pokiza qalbga yetkazuvchi yo'l degani. Alhamdulillah, robbilalarning yaqin bir to'rt besh yilda buyog'ida shu tasavvuf haqidagi tushunchamiz asta sekinligi bilan to'g'rilanib boryapti. Ma'ruzalar, kitoblar chiqarilyapti, o'qib, eshitib o'rganyapmiz. Demak biz o'qiyotgan nafs tarbiyasi, tasavvuf ilmi dalili bor ekanmi?
Jabror alayhissalom uchta savol so'raganda, islom, iymon, ehson dedilar. Tasavvuf ilmining maqsadi nafsingizni poklab, sizni ehson martabasiga olib chiqishlik. Demak shu maqsadda tasavvuf ilmini o'qib o'rganamiz. Bugungi mavzuyimiz dindagi g'ariblar. Birinchi oyim. Alloh subhanahu va taolo o'zining aziz kitobida shunday deydi astayidubillah falavvul a ka namina l quruni min qoblikum ulug' baqiyating yan havna an il fasadi fil avd. Illa qolinglar minman anjayna minhum vatta ba'alladina zalomu ma utrifu fihiy va ka nu mujrimiy. Xud surasi.
Bas sizlardan avvalgi asrlarda o'tganlar orasida ham yerda buzg'unchiliklardan qaytaradigan, boqiy din egalari bo'lganlar edi. Sizlardan avvalgi ummatlarni ichida ham yomonlikdan qaytaradigan odamlar bor edi. Ularning ichlarida faqat biz najot bergan kamdan kam kishilargina shunday zotlar edilar. Demak, yomonlikdan qaydara oladiganlarni adadi katta bo'lmas ekan.
Zolim kimsalar esa o'z maishatlariga berilib ketdilar va jinoyatchi bo'lib ketdilar. Bu oyatda najotga yetuvchi, najot topuvchi bandalarni ozchilik bo'lishiga qat'iy dalolat bor. Mustaqil yo'lda bo'ladiganlar, itoatda turadiganlar ozchilik bo'shadi. O'zi ajib. Voqoliy ilm meni ayba deyash shakur deydi Alloh.
Alloh Taolo Qur'onda odamlarning ko'pchiligi deganida orqasidan beradigan ta'rifi ajib. Odamlarning kooblari la ya aqilun, aqlini ishlatmaydi deydi. Odamlarning kublari la ya shukrun, shukur keltirmaydi. Odamlarning koblari la ya alamun, bilmaydilar. La yaqilun, la ya shukrun, la ya alamun.
Ko'pchilik odamlar bilmaydi, shukur qilmaydi, aqlini ishlatmaydi. Shundan ma'lum bo'ladiki, ko'pchilikodamlar qilayotgan ishlarni ergashib, ularni urflarini o'zlariga taqlid qilib olib yurgan odamlar o'sha ko'pchilik qatorida ekan. Endi Alloh Taolo shokir bandalarini aytganda, vo qoli inu min ayba deya shakur deydi. Mening shokir bandalarim ozchilik bo'ladi. Demak, odamlarni yomon yo'ldan qaytaradigan, mustaqil bo'lganlar, mulkazing bo'lganlar ko'pchilik bo'lmas ekan. Agar sen birodar o'zingni zamoningda, o'zingni ana shu itoatda bo'lgan ozchilik bilan birga ekaningni ko'rsang, Rasulullohning sunnatini ushlagan ozchilik qatorida ekanligingni ko'rsang, haqidan yuz o'girgan, nafsini ukogiga kirib adashib ketgan ko'pchilik osiylar orasida emasligini ko'rsang, albatta bu sen uchun yaxshi holat.
Bu oyatda qat'iy, aniq aytilyaptiki, yer yuzidagi odamlarning ko'pchiligi mujiring bo'ladi. Ikkinchi oyat. Astaydu billah. Va in toti aks taroman fil ardi, yudi luka ansabililla in yatta biya'una illa don va in hum illa yahru suv.
Yer yuzidagi kimsalarning juda ko'plariga itoat qiladigan bo'lsangiz, sizni Allohni yo'lidan ozdirurlar. Zotan ular faqat gumonlargagina ergashurlar va faqat aldaydilar xolos. Hamma qilyapti yu deb qilsangiz adashib qolasiz. Hamma shunaqa qilyapti da. Adashib qolasangiz erchisangiz. To'y qilmoqchisiz. Qanaqa qilamiz? Odamlar qanaqa qilyapt?
E'tibor beringlarda, odamlarni ko'pchilikka ergashayotgan toifalar odatda havoyi nafsiga qul bo'lgan odamlar bo'ladi. Odamlarni katta ko'pchiligiga ergashi bo'lmaydi. Alloh odamlarning ko'pchiligi deganda aqlini ishlatmaydi, shukur keltirmaydi, tafakkur qilmaydi deb aytyapti. Gohida ana shu dinini mahkam ushlagan, muntazim, taqvodor yigit o'ylanib qoladi.
Shuncha odam bir tomonda turib, men bir tomonda bo'lsam, ular ish qilib haq emasmikin? Ish qilib men o'zim adashmayapmanmikin? Mana shunga o'xshagan ikkilanishga tushib qolmaslik uchun, yolg'izligini his qilmaslik uchun va vahshatni his qilmasliku uchun, bu ma'siyatga to'lgan zamonda yolg'izlikni his qilmasligi uchun, men yolg'iz bo'lib qoldim, meni ajratib qo'yishdi, men xato qildim shekilli deb qolmaslik uchu, qalbingizni shunaqa iztirobli o'ylarga to'lib qolmaslik uchin quyidagi oyatga quloq soling. Asta deb billa.
Falavla aka namina al quruni min qoblikum ulug' baqiyating yan havna anil fasadi fil alp. Illa qolinglar minman anjayina minhum. Bas, sizlardan avvalgi asrlarda o'tgan odamlarni orasida ham yerda buzg'unchilikdan qaytaradigan boqiy din egalari bor edi. Ularni ichlarida faqat biz najot bergan kamdan kam kishilargina shunday zotlar edi. Nu hosil essalom davrida dunyoni suv bosdi.
Nu hosil essalomi bilan kemada qancha odam saqlanib qoldi? To'qson taga yetmadi, saksonta odam deyiladi. Nima, yer yuzida yuz ellikta odam bormidi? Ko'p edi, juda ham ko'p edi. Odamlarning ko'pchiligi suv tagda qolib ketaverdi. Alloh saqlagan payg'ambarga yetkazgan bandalargina saksonta odam najotga chiqib qoldi. O'shaning uchun ko'pchilik qilayotganligi bir ishni, o'sha ishni to'g'ri ekanligiga dalil emas. Ma'qulmi?
Yer yuzida buzg'unchilikdan qaytaradigan ozchilik. Nima degani bu? Yerda fisk qilib hujjat tarqab ketdi. Mana shu ozchilik insonlar odamlarni yomonlikdan qaytaradi. Ana shu munkarga botib ketgan odamlarni ishini noto'g'ri eka ekanligini aytsang, seni gapingni, fe'lingni g'arib, tushunarsizda bilishadi.
Taqvoni ushlagan odam, taqvoliy ish qilsa, atrofidagi ko'pchilik fosiqlar tushunmaydi, masalan. Qo'lingizga shubhali bo'lgan katta mablag' tushib qoldi. Prosta olsangiz bo'ladi, olmadingiz. Ko'pchilik tushunmaydi buni, ey. Olmabdim, oxiri deydi. Menimcha pul tursa olmabdi deydi. Nimaga tushunmayapti? Nimaga ahli qabul qilmayapti? U ko'pchilikda u.
Sayohatga chiqish kerak, kollektiv bilan. Erkak ayol aralash holatda bo'ladi. Dasturxonda harom xarish narsalar bo'ladi. Uni bilib turib, sen sayohatga bormayman deysan. Korporativ bo'ladi. Yangi yilga korporativ bo'iladi. Vrachlar. Katta zavod, fabrikani haligi rahbariyat sostavi, sen o'sha yerda ishlaysan. Sekretasan, bo'g'iltirsan, xullas bir narsasan. Endi vecheriy korporativ bo'ladi. Bu ishxonani nomidan bo'ladi. Erkak xotin aralash bo'ladi, harom xarish bo'ladi. Sen bormayman deysan. Shunda boyagi ko'pchilik tushunmaydi seni. Esi bormi buni deb aqlingda ta'na qilishadi.
Yoki. Qizingizga sovchi keldi. Boy badavlat oiladan. Mansabdor oiladan. Ammo siz ana shu xaridor bo'lib kelayotgan oilani dinga beparvoligini bilasiz. Va nima deysiz? Yo'q. Rad qilasiz. Bu ishingni ham hech kim tushunmaydi. Aqlingda seni malomat qilishadi. Demak, iymon e'tiqodni taqvoni mahkam ushlasang, odamlarni ko'pchiligi tushunmayotgan bo'lsa, malomat qilishayotgan bo'lmasa, ikkilanib qolishing mumkin. Shuning uchun ikkilanma. Rostdan men adashganmikinman a dema. Chunki yuqoridagi oyatlarda aytildi, odamlarnni to'g'ri yo'lga chaqiradigan odam ozchilik bo'ladi. Odamlarning ko'pchiligini nima oladi? Fiz qufu jurnal bo'ladi.
Birinchi hadis. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deb marhamat qiladilar. Bada al islam g'oriban summa yaudi g'oriban kama badaa fotuba lil g'urubaa. Rasululloh aytyaptilar, islom g'arib bo'lgan holda boshlangan. Islom g'arib bo'lib boshlangan va yaqinda g'aribligiga qaytadi. G'ariblarga tavbo bo'lsin, ya'ni tavbo jannati bo'lsin. Deyilsa, hadisni mana shu qisminigina eshitib turib, ayrim birodarlarimiz, ana, biz haqni gapirsak olishmadi. Biz hadisga amal qilyapmiz desak, bizni inkor qilishdi. Oyatni oldiga qo'ysak, bular qabul qilmadi. Ana. Din Islom g'ariblik bilan boshlangan ekan, yana g'ariblikka qaytadi debdi. Biz aytuvdik qabul qilishmadi, endi biz g'aribmiz deb turib o'zlariga g'ariblik unvonini ilib olishadi.
Shoshilmay turing. Bu hadisni davomi bor. Bu yoshlarni ichida bo'ladi ko'proq. Biz oyatga amal qilyapmiz deydi. Biz hadisga amal qilyapmiz deydi. Oyat bilan hadisni aytsak, bizga qabul qilishmayapti deydi. Biz g'arib bo'lib qoldik deydi. Ey to'xta birodar, sen bu hadisni davomi bor o'qiginda. Hadisni davomini o'qisangiz, siz ana shu g'ariblarga tushasizmi, tushmaysizmi aniq ko'rinadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana shu g'ariblarni sifatlab aytdilarki, alladina yuslihuna ida fasadannas. U g'ariblar kimlar? Odamlar fasodga uchraganda isloh qiladi ular, odamlarni jamiyatni. Birinchisi isloh qilar ekan. O'zi sigaret chekishni boshlab olmas ekan. O'zlari sunnatda o'qimasdan turib chiqib ketmas ekan.
Tushyaptimi? Yo'q, tushmayapti. Oxiri o'tib ketyapsizlar odamlarni etkalaridan. Sunnatda o'qi qo'yib qo'yapti. Duoni bid'at deyapti. Namozdan keyin tasbeh tahlilni bid'at deyapdi. Vaholanki hammasi sunnatda bor. Demak, u Payg'ambarimiz maqtagan g'ariblardan birinchi sifati, odamlar fasodga uchraganda ular isloh qilar ekan.
Ikkinchi sifati, valam yumaruna fiy diniyla. Allohni dinida talashib tortishmaydi ular. Ha biz imenno shuni qilyapmiz, Alloh qayerda? Namozda qo'lda haga qo'yish kerak. Alloh arshga iste'fo qildi, qanday bo'ladi? Talashib tortishmaydi ular Allohni dinida. Va Allohni o'sha oyatga, hadisga amal qilaman degan, oyat hadis bo'yicha ketaman degan ishtiyoqi, g'ayratiga rahmat. Besh. Lekin u hadislarni to'liq o'qish kerak da. Qarang, odamlar fasodga uchraganda tuzatadi deyapti. Allohni dinida talashib tortishmaydidi deyapti. Uchinchisini qarang. Valam yukka firuna ahadan min ahli tavhidi bi dam bin.
Ahli tavhid bo'lgan, La iloh illalloh Muhammad rasululloh degan odamning birontasini, bironta gunohi tufayli kofirga chiqarmaydi. Biz bemalol kofir, posiq, munofiq deb olaveryapmiz a? Demak, boyagi biz aytgan g'ariblar haqidagi hadisni to'rt qatori bor ekan. Islom g'arib bo'lib boshlandi, g'ariblikka qaytadi, jannat bo'lsin g'ariblarga. Xo'p. Endi kim u g'ariblar? Odamlar fasodga uchraganda tuzatar ekan. Allohni dinida talashib tortishmas ekan va hech kimni musulmonlardan hech kimni kofir deb ayblamas ekan. Shuning uchun nima qilaylik? Yerga tushaylik, ilm o'qiylik.
Hovliga uni eshigini kalit soladigan teshigidan qaramasdan bunday qilib, eshikni ochib qaraylik da, inayet to'liq tasavvurga ega bo'lamiz. Agar biz isloh qilishni o'rniga fasad qilayotgan bo'lsak, ota ota bilan farzand o'rtasini, ustozlar bilan shogirdlar o'rtasini qavm bilan namozxonlar o'rtasida fitnaga sabab bo'layotgan bo'lsangiz, biz u g'ariblardan emasmiz. Ollohni dinida mazza bemaza, aqlimiz yetmagan masalalarni talashib, tortishib, fitnalarga sabab bo'layotgan bo'lsak, u g'ariblardan emas ekanmiz.
Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Innallohu va malakati hujusaluni alannabi ya yuha la dini amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.