Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin. Va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'in. Ammabard. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Agar odamlarni ko'chalarda yurishlari g'ayri dinlarda suratlarda bo'lib qolgan bo'lsa, ularni turmush tarzidan, hayotidan or nomus ko'tarilib ketgan bo'lsa. Musulmon bo'lmagan xalqlarni urf odatlari, ularni urf odatlardagi aylanib qolgan bo'lsa, kiyinishi g'arbcha, pul sarflashi ana shularni tasavvuriga ko'ra, harom narsalarni iste'mol qilishida ana shu dinsizlarni suratiga kelib ketgan bo'lsa odamlar. Bu odamlarni oldiga qo'ygan maqsadi orzu umidi faqatgina pul bo'lsa, dunyo oparasizlarni maqsadi bo'lib qolgan bo'lsa, bu odamlar farzandlarini qo'shiqchi, aktyor, sportchi va shunga o'xshagan boshqa mashhur odamlarga o'xshashini ilohiyotgan bo'lsa. Bunaqalarni orasida yashab o'zingni g'arib his qilayotgan bo'lsang, sen uchun bu maqtovli holat.
Agar bularni turmush tarzida norozi bo'layotgan bo'lsak, buni inkor qilayotgan bo'lsang, sen payg'ambarimiz aytgan dindagi g'ariblardan ekansan. Sen birodar bu holatingni yomon deb o'ylama. Shubhaga kirib qolma. Seni bu tabiiy, bu yolg'izliging bunday ajralib qolishliging tabiiy holat. Bunaqa fisq fujurga to'lgan odamlarni orasida yashayotgan musulmonni holi shunday bo'lishi tabiiy hol. Mana shu holat haqiqiy mo'minning sog'lomni halqati bo'ladi.
G'ariblar kim, yo Rasululloh? G'ariblar, odamlar fasodga uchraganda ular isloh qiladi, Allohni dinida talashib, tortishmaydi va bironta ahli qiblarni gunoh tufayli kofirga chiqarmaydi. Oldinda dunyoni katta eshiklari ochilib turibdi. Oldingda katta boylikka yo'l ochilib turibdi. Katta bir mansabga yo'l ochilib turibdi. Ammo mana shu hamma orzu qilayotgan shu narsalar yetishi uchun odamlarni tepada o'tishing kerak. Odamlarni haqlarini yeyishing kerak. Ozor aziyatlar yetkazishing kerak. Aloqalarni buzishing kerak. Mana shu mansab, martaba, boylik senga har qanchalik yoqimli bo'lmasin, har qancha o'ziga jalb qilib, domiga tortmasin, unda shubhalar borligi uchun o'zingni orqaga tortishing kerak bo'ladi. Hadisda aytildi yu, yuslihaunna ida fasadannas. Agar odamlar fasodga uchrasa, ularni isloh qiladi.
Biz siz bilan bizni zamonamizda mana shu fisq fujud juda ham bir keng yoyilib ketdi, birodarlar. Odamlarni juda ko'pchiligi qilayotgan kasbikori, tijorati, muomalalari halolmi, harommi farqlamay qo'yishdi. Qilayotgan kasbida, tijoratida, ma'siyatga befarq bo'lib qolishdi.
Katta bir foydasi bor daromadli ish keldi, ammo ichida shariatmand qilgan holatlar bor. Mana shu holatda dinida iymorda mustahkam bo'lgan odam bunaqa narsadan voz kechadi. Endi buni ko'rgan ko'pchilik, bu esi joyidami deydi. Shunaqa katta foydali bo'lgan kontraktdan voz kechdi deydi. Shunaqa bir zo'r mansabni shunday taklif qilsa olmadi deydi. Chunki bu g'aribni tasavvurini, o'lchov tushunchasini, bu ko'pchilik johillar tushunmaydi da. Masalan, bir ustaga zakaz kelib tushdi, bajarsa xizmati haqiqatda bo'ladi. Ammo u ishni ichida Alloh harom qilgan narsa bor. Usta o'sha pulga muhtoj bo'lib turgan bo'lsa ham olmaydi.
Imondan beparvo bo'lgan odamlar nima deydi? Ha, bu esingiz joyidami? Naqd foydani chiqardik a deydi. Imon degani birodarlar, juda ko'p odamlar o'ylaganidek faqatgina namoz bilan ro'za emas. Imon degan u faqatgina haligi ichi bo'sh, quruq, shakliy ibodat, rasm rusumlar emas. Islom, iymon, birodarlar, bu mavqif. Bu komil bir manhaj.
Seni prinsiping. Islom sening kuni hayotingni nozik masalalargacha kirib borgan dastur. Akalar prinsip deb qo'yilar bizni tushunishimizdan. Bu meni prinsipim deydi, bundan voz kechmayman deydi. Menga mumkin emas deydi. Masjidda bitta miqqina olish. Chunki qayerga berildi u pul? Masjidga berildi, madrasaga berildi. Printsipialniy odam deydi yu.
Islom birodarlar, iymon siz bilan bizni har bitta qadamimizda, har bitta nafasimizda bo'lishi kerak. Ayrim odamlarni tasavvurida islom degani namoz, ramazon kelganda bir oy ro'za tutib qo'yish. Agar ular iymonni, islomni, dinni shunday deb tushunayotgan bo'lsa, bu odamlar havoyi nafsiga qul bo'lgan odamlar ekan.
Bunaqalar dinni dunyodan, hayotdan ajratib olishgan bo'ladi. Ular uchun din bir vodiyda, dunyo boshqa bir vodiyda. Endi hamma qilyapti, yu deydi. Hamma qilyaptu, yu deydi. Ha, doktorlar, kulasizlar. Bir unaqa karikatura ko'rgandim, ruchka, doktorning qo'lida retsept yozyapti.
Haligi ruchkani ichiga tanga soladigan teshigi bor ekan. Bittada topiladichi, kim tanga tashlayapti uni ichiga? Farmatsevticheskiy kompaniyalar. Yo to'g'ri aytyapmanmi? Bonus deb qo'yadi. Mana necha marta o'zlari kelib so'rashdi. Bonus deb qo'yardi. O'sha o'sha o'ttiz so'mlik dori bilan bitkazib qo'yadigan ishga o'niga uch yuz so'mni yozsa daromad keladi da. Ey doktorlar, Allohda qo'rqinglar. Xalqni o'ylanglar.
U bonusni Alloh bersin. O Alloh bonus bersami, qatiq bo'ladi boshingiz. Bir yil bemas, ikki yil bemas, tekkizishlang, el yurtni o'ylang. Hammadaqa bo'lmang. Va Alloh Taolo sizga ham hammaga qilgan muomalasini qilmaydi. Hamma duo qiladi, baraka ber, rizqim keng bo'lsin, uyimda muammoing bo'lmasin, saodat yey, hamma so'raydi. Lekin nimaga Alloh hammaga bermayapti? Chunki hamma hammadaqa da.
O'sha hammalarni ichida g'arib bo'ling, ular qilmagan ishni, Alloh rozi bo'ladigan ishni qiling, bir yil kuting, ikki yil kuting, Allohda rahmat yog'ilishni boshlaganda, yoqangizni ushlab qolasiz. Allohning diniga fidokor bo'lishingizga yarasha, Alloh Taoloning rahmatiga ega bo'lasiz ikki dunyoda. Allohning dinga, fidokorliginglarga yarasha, Allohni Taoloning rahmatigaga erishasiz ikki dunyodan ham. G'arib bo'lasiz da. G'aribbo'lasiz.
Shuning uchun birodarlar, dinini yaxshi tushunmagan musulmonlar dunyodan hayotni ajratib olishgan. Ular uchun dunyo bir vodiyda, din boshqa vodiyda. Shuning uchun ham hozirgi kunda yer yuzidagi musulmonlarni soni milliarddan ko'proq, ammo ularning kalimasi oliy emas.
Bu milliarddan oshroq bo'lgan musulmonlarniy dunyoni o'zini vazni yo'q. Alloh Taolo nima degan edi? Agar mu'minlar Alloh va Rasululloh xohlagandaqa mu'minlar bo'lishsa, nimani va'da qilgan edi Alloh? Astaydu billah va adallohulladina a'monu ming kun va amiruz solihati la yas taxlifan nahun fil ardi kamas taxlafan la dinah ming qoblikun. Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan iymon e'tiqodli zotlarni yer yuziga xalifa hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishini va ular uchun o'zi rozi bo'ladigan islom dinini g'olib mustahkam qilishini hamda ularning ahvolini Makkada ko'rgan xavfu xatarlardan so'ng Madinada tinchlik xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Alloh va Payg'ambar aytganday bo'lsin musulmonlar, yer yuzida eng peshvo, peshqadam xalq musulmonlar bo'ladi, Allohni va'dasi. Endi hozir buni teskarisi bo'lib yotibdimi? Demak, hozir yuqorida biz aytganday, musulmonlar uchun din bir narsa, hayot boshqa narsa bo'lib qolganligini belgisi.
Orqada qolib ketdingizmi? Demak bir sababi bor. Uni sababi, dinimiz Alloh va Rasuli bizdan talab qilingandaqa emas hayotimizda. Matishga borganda tasmini o'giradi, do'konga kelganda boshqa odam. Unaqa bo'lmaydi. Savdo qilayotganda ham dinda turasan, kasb bekor qilayotgandanda ham diniy mahkam ushlasan.
Demak, muhimi zohir emas. Chunki zohira musulmon bo'lganlarni soni juda ham ko'p. Qur'on ko'p. Islomiy ma'ruzalar, ma'ruzalar yozilgan disklar, kassetalar, uxtubalar, ma'ruazalar to'lib yotibdi. Masjidlarda namozxonlar serob. Albatta bu yaxshi narsa. Faqat bu ko'rinishda bo'lib qolmayaptimi?
Muhimi nimada unda? Muhimi haqiqiy itoatda bo'lishlik. Muhimi haqiqiy mulkazim bo'lishlik. Allohni valiysi, do'sti, u qanaqa odam bo'ladi? Valiyulloh. Nima u? Havoda uchadimi? Yo'q. Suvni ustida yuradimi? Yo'g'e. Vali kim? Allohning valiysi halol va harom ustida to'xta edi.
Uni o'lchovi, tushunchasi shariat. Farzni bajaradi, halolni qiladi, haromdan tiyiladi. Birodar, seni musulmonchiliging amalingda, ishingda, do'koningda, oldi sotdingda, muomalangda, odob axlohingda yurish turishingda ko'rinishing kerak. Mana shu islom bo'ladi.
G'ariblar haqidagi ikkinchi hadis. Birinchi hadisda g'ariblarga jannat bo'lsin deyildi. G'ariblar odamlar fasodga uchraganda isloh qiladi. Dinda talashib tortishmaydi, ahli qivlarni kofirga chiqarmaydi. Ikkinchi hadis. G'aribilar haqidagi ikkinchi hadis . Rasululloh marhamat qildilar. Tavba li l g'uraba. G'aribblarga tavba bo'lsin, jannat. Qiyla mani l g'uraba, ya rasululloh. G'aribler kim? Alladina yaziduna i da naqosannasu. G'ariblar, agar odamlar kamayishsa, ziyoda bo'ladiganlar. Nima degani? Savobli ishlarni qiladigan odamlar kamayib ketsa, g'ariblar savobli amallarni ko'paytirishadi.
Odamlar xayr ehson info qilmay qo'ysa, g'arhiblar xayr ana shu qilayotgan xayriya ehsonlarini ko'paytiradi. Agar odamlar orasida taqvo ozayib ketsa, g'ariblarning taqvosi ziyoda bo'ladi. Odamlar solih amallari, toatlari, sarflari, ehsonlari kamayib ketganda, mana shunday solih amallari ziyoda bo'ladi.
G'ariblar haqidagi uchinchi hadis. Ana Abdullayevni Ma'sudin roziyallohu anhuhu qol, hol Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam innal islama bada' g'oriban. Albatta islom g'arib bo'lib boshlangan. Va sayautu g'oriban kamabada' o'sha avvalgi holatiga, g'ariblik holatiga qaytadi. G'ariblarga jannat bo'lsin. Kim g'ariblar, yo Rasululloh deyildi. Annuzza umina al qobail, dedilar.
Qabilalardan ajralib chiqqan odamlar. Nima degani? Bitta katta qabila bor, dindan uzoq. Fisx fujurga botgan, havoyi nafsiga qul bo'lgan. Mana shu qabiladan bitta ikkita odam ajrab qoladi. Ular Allohni tanigan, Rasulullohni buyrug'ini mahkam ushlagan. Dinni bahkam ushlagan, qo'lida borini, borlig'ini dinga sarflagan odamlar bo'ladi. Mana shu ikkita uchta odam o'zini qavmidan ajralib chiqqan bo'ladi. Ulardan uzoqlashgan bo'ladi. O'zlarini imoni, taqvosi, solih amallari, nahiy munkallari bilan o'zini qovmidan ajralib qolgan bo'ladi'. Birodar, inson bir idishga o'xshaydi.
Uni ichiga nima solsangiz, uni ichidan shu narsa chiqadi. Sizni saqofat jihatidan nima og'riqlantiradi? Ozuqa deganda faqatgina yeyish ichishni tushunmaylik. Biz ichimizga nima kiryapti? Qulog'imizdan, ko'zimizdan nima kiryaptimi? Aqlimizni, qalbimizni nima egallayapti? Nafsimiz, jonimizdan bir idishga o'xshaydi. Unga nima solinyapti?
Dunyo ahllarini xabarlarimi? Qo'shiqchi aktyorlarni xabarlarimi, siyosatchi yu sportchilarni xabarbarimi? G'ofillarni ishi hayotidagi ishlarni g'iybatimi? Nimalarni o'qiyapsan? Nimalarni eshityapsan? Nimalarini ko'ryapsan? Ana shu sen ko'rayotgan, eshitayotgan, o'qiyotgan narsalar seni nafs, jon degan idishingga tushayotgan narsalar. Qaytaraman. Nafs jon degan idishingga nimani ko'rgaksan, nimani eshityapsan, nimani o'qiyapsan, shular bilan to'lyapti. Agar idishingga dunyo ahllarini so'zi xabarlari to'ldirgan bo'lsa, undan shu narsa chiqadi da. Agar idishinga aktyorni, qo'shiqchini, sportsmenni xabarlari solinayotgan bo'lsa. Sendan qanaqa gap chiqsin? Kim qayerga ketdi? Kim kimga uylandi? Nima sababdan ajrashdi? Falonchi futbolistni gonorari qancha? Qaysi mashinani necha pulga oldi? Uni avtoparkida nechta ferrari bor? Kimni avtoparki qimmatroq? Falonchi o'zini to'yiga necha million dollar sarf qildi? To'yiga qaysi hofizlar keldi? Sendan bundan boshqa nima qilmaydi? Chiqmaydi.
Ammo nafs degan, jon degan idishingni Allohni kitobi bilan to'ldirsang chi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari bilan to'ldirsin chi? Sahobalarning hayotida bo'lgan voqea, hodisalar bilan to'ldirsan chi? Senda nafaqat shu narsa chiqadi da. Shuning uchun birodar, qalbingni bir kuzatib qo'y. Qalbing nimalar bilan to'nyapti? Ichiga noyob, juda bir qimmatbaho atr quyilgan idish qopqog'ini ochsangiz, undan nimani hidi chiqadi?
Ichiga analiz uchun najosat solingan, faqat qopqog'ni ochsangiz idishni, nimani hidi chi qadi? Bu masaladagi eng og'ir, muhim narsa xatarli, seni kim ozuqalantiryapti? Sen eshitadigan, o'qiydigan, ko'radigan manbalar bor. Sen ana shu manbadan olgan narsani gapirib eshitib yurasan.
Demak, sizdan qanaqa gap chiqar ekan? Sizni ichingizga kirgan, to'lgan gap chiqadi. Shuning uchun haligi gap bor ku, sen nima yeyotganingni ayt, men seni kimligini aytib beraman. Do'stlaring kimligini ayt, men seni kimligingni aytib beraman. Nimani ko'rayotganingni, nimani eshitayotganingni ayt. Men seni kimligingni ayting.
G'ariblar kimlar yo Rasululloh? Rasululloh aytdilar, an nuza umina al qobayl. Qabilalaridan ajralib chiqqanlar deb javob berdilar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Katta katta oilalar bor. Ramazon kelganda xursandchilik bo'ladi. Bu oyni hurmatidan boshqa oyda qilmaydigan ovqatlarda tayyorlashadi. Erkak ayol hammasi xursand. O'tirib iftorni zo'r qilishadi, ammo namoz yo'q. Kechasi uch to'rtgacha iftor qilib o'tirdik.
Vo, saxaliydimi bo'ldi unda? Bomdod nima bo'ldi? Mana shunaqa odamlar ham bor. Aqoli qovli ha da. Va astag'firullohu alayhi va alakum. Innalloh va malaka tuhushalluna ala nabi. Ya yuhalladina amanu, sollallohu alayhi vasallimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.