Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilen alamin. Vassalatu vassalama ala shirofil mursaliy. Va ala alihi va sovihiy ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tasavvuf darslarimizdan birodarlar, g'ariblar haqida dars qilayotgan edik, davom etamiz.
G'ariblar hakida aytilingan to'rtinchi hadis. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, inna dinna bada' g'oriban va yerju g'oriban. Albatta din g'arib bo'lib boshlangan. Va yana g'ariblikka qaytadi. G'arib nima degani? Ko'pchilikni ichidagi bir ozgina odam. Mingta odamni oldida ikkita odam g'arib bo'm qoladi. Ya'ni ozchilik. Islom boshlanganda g'ariblik bilan boshlangan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bo'lganlar, hadichonamiz Ali ibn Abit olib. G'arib boshlangan. Yana kelajakda g'ariblikka qaytadi. Fotubal il g'uraba dedilar rasululloh. Ana shu g'ariblarga jannat bo'lsin, tavbo bo'lsin. Alladina yusli hunama afsadan nasum min ba'di min sunnatiy. Tevada aytdik, g'ariblar kimlar? Odamlar buzilganda isloh qiladi. Allohni dinida tarashib tortishmaydi. Ahli qibla bo'lgan odamni kofirga chiqarmaydi. Endi g'ariblar haqida aytilgan to'rtinchi hadisda, Rasululloh ana shu g'ariblarni sifatlab aytadilarki, u kishilar mendan keyin odamlar buzgan sunnatimni tuzatadigan, isloh qiladiganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnati buzilganda, odamlar sunnatdan uzoq bo'lib ketganda, odamlarni sunnatini unutib yuborganda, uni tiriltiradigan odamlar.
Rasulullohni sunnatlari bor birodarlar. Hammamiz Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko'rishligimizni da'vo qilamiz. Astaydu billah, qul in quntum tohib bunalloha fattabi uning. Ey Muhammad alayhissalom, ayting ummatlaringizga. Agar sizlar Allohnı yaxshi ko'rsanglar, menga ergashinglar. Shunday deb ayting.
Boya g'firlaqum zulubakum vallohu g'ofuru rahim. Menga ergashinglar, shunda Allohnı sizlarni yaxshi ko'radi, shunda sizlarni gunohinglarni mag'firat qiladi, zera Allohnı mag'firat qilib uchun mehribondir. Kimdir men Muhammad alayhissalomni yaxshi ko'raman desa yu, ammo sunnatga beparvo bo'lsa, odamni, bu odamni gapirayotgan gapi quruq da'vo.
Sunnatni hayotga tatbiq qilib, uni tiriltirishi mumkin. Sunnatni odamlarga ta'lim berib, uni yoyishi mumkin. Astaydibillah. Va makan allohu luyu addi bahum va antah fihim. Va makan allohn muaddibuhum va hum yastag'firuhum. Bilib qo'yinglar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarning oralarida tirik ekanlar, ularga azob kelmas edi sahobalarga. Qurash mushriklari payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga anday mo'jiza keltir, munday mo'jiza kel dedi. Alloh taolo bermadi, payg'ambar biz xohlamadilar. Aytishdiki, ey parvardigor, agar muhammad rost payg'ambar bo'lsa, fa amter alaynaki safa minas sama. Agar muhammad aytayotgan da'vosi rost bo'lsa, boshimizga osmonni parcha parcha qilib yoqdir deyishdi. Balo so'rashdi. Balo kelmadi. Ana ko'rdingmi? Agar sen rost payg'ambar bo'lganingda balo kelardi, deyishdi. Shunda Alloh Taolo mana bu oyatni nozil qildi. Modomiki siz, ey Muhammad alayhissalom, ularni orasida ekansiz, Alloh ularni xargiz azoblamas.
Va ular mag'firat so'rab turgan hollarida ham Alloh ularni azob yig'uvchi emasdir. Mufassirlar mana shu oyatni tafsir qilib aytishadiki, Muhammad alayhissalom sahobalarini orasida ekan, Muhammad alays salom shu yerda turganligi uchun ularga balo kelmaydi. Birinchisi. Ikkinchisi, endi bizni zamonimizda yo'q Rasululloh. Endi qanaqa bo'ladi? Modomiki Muhammad alays salmoning sunnatini musulmonlar tatbiq qilishar ekan, ularga ham azob kelmaydi. Ana. Sahobalarni davrida Rasulullohni o'zlarini turganlari garantiya bo'lsa ularga balo kelmasligiga, bizni zamonimizda bizni ustimizga balo kelmaslikini garantiyasi nima ekan? Sunnatni ushlashligimiz ekan.
Ikki holatda. Ustimizga balo kamaydi. Muhammad alayhissalom shaxsan yonimizda bo'lganda, buni iloji yo'q, yoki sunnatni mahkam tutganimizda. G'ariblar haqidagi beshinchi hadis. Qarang da, boshida aytdi ku. G'ariblar haqiqatida o'qigan birinchi hadisimizni bir qatorini o'qib turiblar, o'zingizni g'arib deb oluvdingiz.
Biz oyatga amal qildik, hadisga amal qildi, bular masxabga amal qilyapti. Biz rasululloh yerga, seybulaloh abu hanif yerga ergashtiryapti. Mana biz g'arib bo'lib qoldik dedingiz. U bir qatordan keyin uch qator gap bor ekan yana. Va g'ariblar hali haqida yana to'rtta hadis bor ekan. O'shaning uchun aytyapmiz da. Bitta mavzuga tegishli bir dona hadisni ushlab turib xulosa qilmang. Mazhabni go'zalligi ham shunda da, birodarlar. Ana shu g'ariblar bo'lsin, yoki kechagi darsimizda aytgandek, haligi sut emishlik mavzusi bo'lsin, yo qo'lni namozda qayerga ko'tarish mavzusi bo'sin, o'sha mavzuga tegiishli bo'lgan nechta hadis bo'lsa, mazhab ulamolari hammasini o'rganib, bitta xulosani chiqarib qo'ygan.
Tushunarlimi? O'shaning uchun masxab ushlash kerak da, jon akalar, ukalar. Umariddin xattob roziyallohu anhu rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidiga chiqib qarasalar, muozoq ibn jabal roziyallohuhu anhu payg'ambarimizning qabrini oldida yig'lab o'tirganini ko'rib, nima yig'layapsiz dedi.
Muozoq roziyallohukuhu aytdiki, rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan narsa meni yig'labdi dedi. Nima degan edi? Payg'ambarimiz aytgandilar, ibn mojadan bu hadis. Inna yasiro ria i shirkun. Albatta, riyoning yengili ham shirkdir. Xo'ja ko'rsin. Va inna man a'dalillahi valiyan faqat barazallohu bilmuharab.
Va albatta kim allohning do'sti bo'lgan bandaga dushmanlik qilsa, taqiq alloh unga unga qarshi urishadi. Boshqa adisda mana adaliy valiyin, faqat adam tug'u belharb deydi Alloh. Kim menga do'st bo'lgan bandamga adovat qilsa, men unga qarshi urg'u e'lon qilaman deydi. Akalar, ulamolar, mushtohidlar, olimlar, Allohnin do'st bo'lsin, kim Allohnin do'sti bo'ladimi?
Abu Hanifaga, Imom Shofiyga, bu ulug' mushtahid imomlarimizga tosh otayotganlar Allohnin valiysi bo'lgan kishilarga qarshi dushmanlik qilyapti. Alloh aytyapti, kim menga do'st bo'lgan bandamga qarshilik qilsa, dushmanlik qilsa, men uzum urushiyam qilaman bunga deydi. Innalloha yuhibbul abror al atqiya al ahfiya. Albatta Alloh abror, atqiyo bo'lgan, kamtar insonlarni yaxshi ko'radi.
Endi u kamtar insonlar kimlar? Alladina idha g'obu lam yuftiqadur. Alloh yaxshi ko'radigan u kamtar odamlar shunaqaki, u kamtar insonlilar g'oyib bo'lsa, ularning yo'qligi bilinmaydi. Alloh yaxshirov ekan shunaqa bir taqvoli, yaxshi, kamtar insonki, tulib chiqib ketib qolsa, ketgani bilinmaydi. Kelib o'tirsa, borligi bilinmaydi va in hazaru lam yudaau va lam yu g'urafu. Agar hozir bo'lsalar, chaqirilmaydilar va tanilmaydilar. Qulu bu him masav bi hu ul huda. Ularning qalblari hidoyat chiroqlaridir. Yahrujuni ming ko'lli g'obro a mudlima. Ular har qanday zulmatlar ichidan chiqib keladilar.
Demak, bu Alloh maqtagan insonlar kamtar bo'ladi. Shunaqa odamlar bor, kelayotganda ham bildirib kirib keladi, o'tirganda ham o'tirganligini bildiradi, chiqib ketayotganda ham sezasini chiqib ketay ekanini. Endi Alloh yaxshi ko'rgan kamtar banda qanaqa bo'ladi? Bor bo'lsa borligi bilinmas ekan. Turib chiqib ketsa, chiqib ketgani bilinmas e kan. U kamtar odamlar mashhurlikni yaxshi ko'rmaydikan. Atqiyo taqvodorlar ma'siyatni yaxshi ko'rmaydikan. Abriyolar esa ayblanmaydikan. Alloh mana shunday bandalarni fitna zulmatlaridan saqlaydi.
Shuning uchun odamlardan hurmat talab qilinmasligi kerak. Ibathag'ur riv'ata indalloh. Yuksaklikni, oliylikni, martabani Allohni huzuridan istaylik. Agar odamlardan istaydigan bo'lsak, bugun maqtab turgan odamlar ertaga tosh otib turaveradi o'zi. Bunaqa kamtar, obro' yo'q odamlar hurmatni odamlarni orasidan istamaydi. Hurmatni Allohni huzurida istaydi.
O'zi haqiqiy yutuq nima edi? Allohning nazdida sizni qadr qiymatingizni bor bo'lishligi. Yutuq, ulug'vorlik Alloh Taoloning huzurida sen uchun bir maqomda bo'lishligi astaydubillah. Inn al muttaqiy na fii jannating va nahar, fii maqo aday sidqing, aynda maliki muqtadir. Hammamizga nasib qilsin mana shu maqomni. Albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar ustida qodir podshoh huzuridagi rozi bo'lingan o'rinda bo'lurlar.
Seni musulmon birodar Allohni huzurida martabang bor, makonating bor. Sen Alloh uchun ish qilganingda, Alloh seni yaxshi ko'rayotganini sezasan. O'zingni to'g'ri yo'lda ekanligingni, haq yo'lda ekaligingni his qilasan. To'g'ri maqsadga qarab ketayotganligini bilasan. Mana shu hissing seni odamlar qadrlashlariga beparvo qilib qo'yadi.
Alloh meni qadrlayapti deb his qildingmi? Mana shu his seni odamlarni maqtovlaridan behojat qilib qo'yardi. Seni qadrlab to'g'riga o'tkazishlaridan behojab qilib qo'ydi. Martabeng, mansab, hurmat, e'tibor, bularni barini senga ahamiyati yo'q. Chunki robbing seni yaxshi ko'rayotganini his qilyapsan. G'ariblar kimlar? G'ariblar Alloh maqtagan insonlar. Unaqalar odamlarni orasida ko'p bo'lmaydi. Shuning uchun g'arib deyiladi da ular.
Sanoqoz bo'ladi. Masalan, bitta shaharda besh millionta odam bor desangiz, shu shaharga sayohatchilardan ikki yuz tasi keldi. Boshqa shahardan. Endi mana shu ikki yuzta odam besh millionlik shahar aholisiga nisbatan kim bo'ladi? G'arib bo'ladi. Demak, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam maqtagan odamlar ham ko'p bo'lmaydi.
Agar hozirgi kunda yer yuzida yashayotgan odamlarga musulmonlarning sanog'ini taqqoslasangiz, musulmonlar umumiy inson zotini ichida g'arib bo'lib qolishadi. Chunki bir yarim milliarddan ko'proq xitoy bu yerda shilkeltirib yotibdi. Bir yarim milliard dan ko'proq bo'lgan hindlar ham mana shu bir har xil narsalarga sig'inib yuribdi. G'arb olamini qarasangiz, umuman ateistligini aytyapti. A bu haqida ko'rib gapirishim mumkin. Lekin haqiqatdan olib qarasangiz, hozirgi kunda yashayotgan inson zotini oldida musulmonlar g'arib bo'lib qolgan ozchiligimiz.
Aytiladiki, ahli islom odamlar orasida g'arib. Mo'minlar ahli islom orasida g'adib. Sodiq mo'minlar esa musulmonlar ommasida g'adab. Ilm ahllari mo'minlar orasida g'dadib. Ilmli odam g'arib bo'ladi. Garchi musulmonlarning ichida bo'lsa ham. Nima uchun? Haqiqiy ilmni chuqur o'rgangan, o'ttiz yillab umrini ilmga sarflagan, bu borliqni siridan xabar topgan, yelkasidagi mas'uliyatni his qilgan, vaqtni g'animaligini bilgan, umrini odamlarni haqqa chaqirishga sarf qilgan, bir olimni odamlarga, musulmonlarga taqqoslasangiz, bu ham g'aribda. Ming tadan, o'n ming tadan, yuz ming tadan bitta shunaqa odam chiqadi. Ahli sunniy olimlari, ular haq bilan botirni bilishadi, bid'atni tanishadi. Havoyi nafsga ergashlikni xatarni tushunishadi. Ya'ni, sog'lom aqida egalari. Bular kitobi sunnatda o'zini rayiga qarab emas. Birinchi asrda, birinchi uch asrda yashagan solihlarni fahmi bilan fahmlaydi.
Hadisni qaysinisini saxiy, qaysinisini zaifligini biladi. U hadislarda qaysinisiga amal qilish kerak, qaysiniga amal qilmaslik kerak. Bu hadislardan qanday hukm olinadi, buni ham biladi. Oyat hadislaridan kim hukm chiqarishga haqqi borligini ham biladi. Haqiqiy ilm egalariki, bunday insonlar ham agar musulmonlarning ommasiga taqqoslasangiz, bular ham g'arib bo'lib qoladi.
Chunki bunaqa sifatga ega bo'lgan odamlar juda ham kam bo'ladi. Sizni ilmiy darajangiz yuksalgani sari, sizni atrofingizda odamlar ozayib boradi. Piramidani bilasiz a? Pastki qismi kengroq bo'ladi. Tepaga qarab kichrayib ketadi. Oxiriga borganda kichkinagina maydon bo'lib qolad. Xuddi shunga o'xshagandek, siz bilan bizda bor bo'lgan ilmni olib qarasangiz, bunaqa ilm ko'pchiligimizda bor. Endi bizdan ilmliroq odamlarni qarasangiz, oz yeyapti. Ulardan ham ilmli odamni qarasangiz, yana oz yeyaptimi? Demak, haqiqiy ilm egasi, haqiqiy olim umumiy musulmonlarga taqqoslagani ham g'araydi da.
Mushtohidlar shuning uchun juda ham oz bo'ladi bir odamlar. Ana shu ozchilikda turgan haqda turgan, kitob u sunnatda mahkam ushlagan ozchilik bilan birga bo'lishing, seni haqiqiy yutug'ing. Sen haqda bo'lgan mana shunday bir ozchilik bilgan birga bo'l. Chunki, o, avvalgi darsimizda aytdik, agar, agar Alloh Taoloni odamlarning ko'pchiligi haqida aytgan so'ziga quloq solsak, nima dedi ularni? Odamlarning ko'pchiligi bilmaydi. Odamlarning ko'chiligi shukur keltirmaydi. Odamlarining ko'pchiligiga aql yurgizmaydi dedi.
Istadibilla va in tuti aks taronam fil art, yudi luka ansabililla, in yetti biuna illa zon va inhum illa yahru suvun. Yer yuzidagi kimsalarning juda ko'plariga itoat qiladigan bo'lsangiz, sizni Allohning yo'lidan ozdiraverlar. Ko'pchilikka ergasangiz Allohni yo'lidan adashtiradi, chunki ko'pchilik Allohni yo'liga yurmaydi.
Zotan ular faqat gumonlargagina ergashuvlar va faqat aldaydilar xolos. Istabilloh. Ular ekanlar dina kafaru bi ayati robbihin vali qoi, fahabitat a'maluhim, falan nuqiy mulohum yavmal qiyamati vasna. Kaf surasi. Ular parvardigorlarning oyatlarini va u zotga ro'baro' bo'lishini inkor qilishib, butun ish amallari behuda ketgan kimsalardir. Bas, biz qiyomat kunida ular qilib o'tgan amallar uchun hech qanday qadr qiymat bermasmiz.
Ana shu kofir mamlakatlardan bittasida bir muddat yashab, qaytib kelayotgan odam aytadi, samolyotga bilet oldim deydi. Kechasi soat ikkida aeroportda bo'lishim kerak. Taksi chaqirdim, keldi. Ketyapmiz. Tun, sovuq. Yo'lda ketyapmiz, bir imoratni oldida juda ko'p odam navbatda turibdi. Tunda, sovuq. Bir kilometrga yaqin o'chir. Haydovchidan so'radim, bular nimaga navbatda urishibdi?
Haydovchi aytyapti, kunduzi e'lon qilingan edi. Mana shu do'konga ertalab soat sakkizda go'sht olib kelishar ekan. Go'shtga shuncha navbat. Nimaga go'sht yo'q? Nimaga go'sht tanqis? Chunki bu yurtda zina arzon edi. Arzimagan pulga xohlagan ayolni qo'lga ketishi mumkin. Endi, ayollarni go'shti arzon bo'lgandan keyin, chorvalarni go'shtini qimmat bo'ladi.
Bu kishi aytadi, yo'l bo'yi takrorlab keldim. Bular uchun Alloh aziz bo'lmagan edi, shuning uchun Alloh ularni xor qildi. Agar Alloh bizga aziz bo'lsa, Allohning hukmlari, Allohning amr narxilari bizga qadrli bo'lsa, unga amal qilsak, biz ham Alloh Taologa qadrli bolamiz. Aks holda, biz ham Alloh Taologa qadrsiz bo'lamiz.
Ular uchun Alloh izn bo'lmaganida, shuning uchungi uchun Alloh ular. Xor qildi. Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakati hushayluni ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.