Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Assalomu alayhi vas salomu ala shirofil mursalin. Va ala aliyhi va ashabiyhi ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tasavvuf darslaridan, birodarlar, nafs tarbiyasi, nafsni poklash darslaridan g'ariblar manzillatini qo'yayotgan edik, davom etamiz. Avvalgi uchta darsimizda g'ariblar haqida aytilgan hadislardan bir qanchalarni o'qidik. Birinchi hadisimizda payg'ambarimiz aytdilar, din g'ariblik bilan boshlangan, yana g'ariblikka qaytadi, g'ariblarga tavba bo'lsin, ya'ni jannat bo'lsin. U g'ariblar kimlar? Odamlar buzilganda isloh qiladi. Ollohni dinida talashib tortishmaydi hamda ahli qiblab bo'lgan biron bir odamni kofirga chiqarmaydi. Agar jamiyatda hayo, iffat, qo'rquv, taqvo, poklik, mas'uliyat degan tushunchalar yo'q bo'lsa, agar odamlar ollohni tanishmasa, shariat hukmi bilan yurmasa, ollohni diniga beparvo bo'ladigan bo'lsa, olloh ham bunaqa bandalarni o'zini holiga tashlab qo'yadi.
Kechagi darsimizda aytdik, kechasi birda, ikkida odamlar bir kilometr o'chirib turibdi. Nimaga? Go'sht kelar ekan yerda mana shu magazinga. O'sha yurtda go'sht yo'q. Nima uchun go'sht yo'p? Chunki zino ko'p edi. Allohni hukmiga beparvo bo'ldi ular, Alloh ham ularga beparvo bo'ladi. Allohni hokimlari u insonlarga qadr qiymati bo'lmadi, bu insonlarni ham Alloh Taologa qadri bo'lmadi. Alloh ularni o'zini holiga tashlab qo'ydi. Agar ayollarni go'shti shunaqa arzon bo'lib, zino ko'p bo'ladigan bo'lsa, chorvalarni go'shtlari qimmatli edi. Agar odamlarni orasida hayo suvi ko'tarilsa, odamlarni yuzidan hayo suvi ko'rarilsa, ular uchun samo suvi kamayib ketadi. Bu qonun. Bu qonun!
Shuning uchun haqiqiy ulug'vorlik nimada? Ana shu haqida turgan, sobit turgan ozchilik bilan birga bo'lishlikda. Ko'pchilik bilan bo'lishlikda emas. Allohni azobidan qutilishligimiz faqatgina mana shu Allohni dinini mahkam ushlagani ozchilik bilgan birga bo'lganimizda bo'ladi. Albatta, bir joy bilan boshqa bir joyni farqi bor. Masalan, bir joyda g'arib bo'lsang, bir joyda g'arib bo'maysan. Masalan, bizni yurtlarimizda alhamdulillah, masjidlar, serob, namozxonlar ko'p. Solih insonlar ham shunday ziyoda. Dinini ushlagan odamlar bor. Rahm shafqat, iymon e'tiqod. Bizda g'arib bo'lmaysiz. Ammo ana shu bir kufr mamlakatlariga, g'ayri dinlarni yurtlariga borsangiz chi, zino qadamingizda, harom yeydigan, harom ichiladigan ichimliklar, haromiyatlar serob. Ma'siyatga qadam qo'yishda hamma imkoniyati bor. Demak, bir joyda g'arib bo'lasiz, bir joyda yo'q. Bir qavm orasida g'arib bo'tasiz, boshqasida yo'q. Bir toifa orasida g'garib bo'tasiz boshqasidayo'q. Demak, o'rtada tafovut bor.
Alloh taoloni haqiqiy taqvodor bo'lgan bandalari faqat Allohni o'ziga suyanadi va faqatgina Muhammad alayhissalomni o'zlariga ibrat deb biladi. Bunaqa odamlarni ko'rgan ko'pchilik, dinni mahkam ushlagan, Muhammad alayhissalomni o'ziga ibrat deb bilgan ochiligini ko'rganda, boyagi ko'pchilik fosiqlar nima deydi? Adashgan, yo'ldan chiqqanlar deydi. Aslida kim adashgan? Aslida kim yo'ldan chiqingan? Bu ana shu g'ariblarni holini ko'rib, hayotda qiynalgan, bularda bir hayotida xotirjamlik yo'q deb o'ylayapti bu dindan uzoqlar. O'zi aslida xotirjamligi ularda yo'q.
Chunki Alloh Taolo aytadi, istadvilla, faman a rodan vikri, fain dalahumai ishatan donka. Ko'pchilik, zalolatda yurgan ko'pchilik iymon e'tiqodni ushlagan ozchilikni ko'rib turib achinadi, bechoralar deydi. O'zi asli da ularga achinilishi kerak. Alloh Taolo aytyapti Qur'onda, kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, bas unga tanglik hayoti beriladi. Allohni zikridan uzoq bo'lgan odamni hayoti tang bo'ladi. Bu Allohni va'dasi.
U puli bormi, yo'qmi muhim emas. Sog'mi, kasalmi muhim emas? Osiyodami, yevropadami farqi yo'q. Allohni dinidan yuz o'girdigan odamni hayoti tag bo'ladi. Lekin bu g'ofillar, g'ofillar dinni mahkam ushlagan ozchilik g'ariblarni ko'rib achinadi, bechoralar, qiynalyapti bular deydi. Ana shu ko'pchilik qo'rquvda, xavotirda turganida, bu g'ariblar tamomiy, sakinatda, xotirjamlikda bo'ladi. Boshqalar narx navoni ko'tarilib ketishidan qo'rqib, ocharchilikdan, kambag'alchilikdan, siqilib, bo'g'ilib, insult bo'lib turgan paytda, haqiqiy mo'min xotirjam turadi. Haqiqiy mo'mun ustiga o'lim kelganda ham xotirjam turad. Nima uchun? Astayduvilla, valayin muttum av qupiltum la ila allohi to'xsharun. Qasam, agar o'lsangiz ham, o'ldirilsangiz ham, albatta Alloh huzuriga to'planajaksiz.
Ha o'lsangiz hamm, o'ldirilsez ham, qayerga borasiz? Allohni oldiga borasizmi? Alal oqibat shu yermi? Boriladigan joyning oxirgisi. Kimni oldida jamlanamiz? Allohni huzuridan. Mo'min kishini hayoti ana shu o'limga tayyorgarlik. Bugun kelsa bismillah deb ketaveradi. Chunki hayotdan maqsadi, hayotdagi asosiy maqsadi Alloh Taolo'ga ro'baro' bo'ladigan kunga tayyorgarlik edi.
Astadibillah. Vala inqutil tun fiy sabiy liillahi avmut tun la mag'firatu minallohi va rahmatun xayrun minma yaj ma'un. Qasamki, agar Alloh yo'lida o'ldirilsangiz yoki o'lsangizlar, albatta Alloh tomonidan bo'lg'usi mag'firat va rahmat, ular, ya'ni munofiqlar, kofirlar to'plagan dunyodan yaxshiroqdir. Oxiratda mo'minga nima deyiladi? Qiyiladi xulil janna. Qiyla du xulil janna. Jannatga kir deyiladi. U nima deydi? Ya alay taqomi, ya alamun. E, qaniydi meni qavmin bilganda edi. Nimani? Bima g'ofuroli robbiy va ja alani minal mukromin. Robbim meni mag'firat qilib, mukromin, hurmat qilingan bandalar qatoriga qo'shganligini.
Yana qaytarib aytamiz. Ollohni tanigan, dinini mahkam ushlagan ozchilikni ko'rib turib, bu yoqdagi ko'pchilik fosiqlar achinadi. Bechoralar hayotda bir yaxshi kun ko'rmayapti, yoshligida o'ynab qolmayapti, o'ranib churkanib yuribdi, namoz o'qiyapti. O'zi aslida bularga achiniladi. Ana shu hammamizni boshimizda haq bo'lgan o'lim kelgan paytda, kimni holati xotirjamroq bo'ladi? Ana shu g'ariblarni.
Ya alaytaqomi alamuna bima g'oforali robbiy va ja alani imenal mukramin. Mana shunday dinshlik hammamizga nasib qilsin. Meni parvardigorim mag'firat qilganini va meni izzat ikromli kishilardan qilganini bilsalar edi. Odam bolasi borki, hayotni yaxshi ko'radi.
Dinini mahkam ushlagan, boamal, taqvodor yosh yigit. Bir kasal yirtdi da, to'satdan endi bir musibat bo'ldi. O'limi yaqinlashib qolganligini xabarini eshitdi. Uni holi qanaqa bo'ladi? Jazavaga tushadimi? Qo'rqadimi? Uzoqroq yashashni bir harakatida bo'lib qoladimi? Ha, birodarlar. Musulmon odamni umri uzun bo'lgani yaxshi. Payg'ambarimiz aytganlar, xoyru kunman tola umruh va hasuna amaluhu. Sizlarni oranglarda yaxshilaringlar, umri uzoq bo'lib, amali chiroyli bo'lganlari. Musulmon odamni umri uzun bo'lsa, amali chiroyl bo'lsa zo'r. Endi taqdir.
Vaqt soat kelib qolgan bo'lsa, taqdir yozilgan bo'lsa. Ajal yaqinlashib qolgan bo'sachi? Nima qiladi? Jazavaga tushadimi? Yo'q. Bu g'arib yigit, dinini ushlagan g'arib yagit shu kunga tayyorgarlik ko'rgan edi. Umri tayyorgarlikdan iborat edi. Bugun men aytaman bu o'lim nima bo'lardi? Baribir kelar edi. Jazavaga tushmaydi. Baqir chaqir qilmaydi. Hamma o'ladi. Hamma Allohni oldiga boradi. Aniq biladi buni. Shuning uchun xotirjam. Shuning uchunga haqiqiy g'arib mo'min banda odamlar o'ylagandek vahshatda qo'rquvda yashamaydi. Aksincha uni qalbida nima bor? Xotirjamlik bor.
Ko'p odamlar unga adovat qilsa ham, dushmanlik qilsa ham mayli, chunki Allohga iymon keltirgan valilardan bu. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar kam min ash'a ath a'g'barali temurayniy la yu'ba ulahhu la aqsam alallohi la abarro. Sochlari taroq demaganidan paxmayib ketgan, chang, to'zon, yuzini rangini o'zgartirib yuborgan, yudagan, kiyim kiygan qancha odam borki, unga hech kim e'tibor bermaydi. Ammo shu odam Allohni valillaridan bo'lib qolgan. O'zi ham bilmaydi kerak bo'lsa. Agar Allohni nomiga shu odam qasam izsa, Alloh uning qasamini oqlaydi. Shuning uchun ro'paramizda bir mansabi yo'q, daromadi o'rtachadan pastroq. Ishi, uy joyi, juda ham bir zo'r bo'lmagan, ammo mustaqil bo'lgan bir mo'minni ko'rsak, unga past nazar bilan qaramaylik.
Unga kibr qilmaylik. Chunki kibr faqat Allohga yarashadi. Ehtimol, bu korxonani direktori durasan sen. Bu odam seni qo'lingdagi ishchidir. Uni oldida kekkayma. Ehtimol mana shu oddiy ishchi sendan ko'ra Allohga nimadir, martabasi ulug'roq, mag'bibroqdir. Ehtimol duosi ijobatdir, sen bilmaysan buni. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, ittaqu davat al mazlum. Mazlumni duosidan ehtiyot bo'linglar.
Agar u kofir bo'lsa ham, zulm ko'rib turib duo qilsa, duosini ijobat bo'lishdan to'sadigan parda yo'q dedilar. Hamma mansabni yaxshi ko'radi, chiroyli kiyimni, qimmat mashinani, qo'yingki dunyoni zebi ziynatini yaxshi ko'radilar. Ana shu bizdagi dunyo matohini borligi yo'qligiga qarab odamlar bizga baho beradi.
Lekin odamlarning bergan bahosi emasda eng muhimi. Eng muhimi Alloh Taoloni sizga bergan bahosi. Odamlar boylikni hurmat qilishadi. His quvvatni yaxshi ko'rishadi. Katta katta universitetlarda diplomlarni tan olishadi. Chiroyli narsani xush ko'radi. Lekin Alloh nimani yaxshi ko'rar? Alloh itoatkorlarni. Alloh taolo aytadi: ohib bu toye in va xubbi li sha betoy ashad. Itoatkorlerni yaxshi ko'raman deydi Alloh. Lekin ana shu itoatkorlarning ichida yosh yigit, yosh bo'lib turib itoat qilsa ko'proq yaxshi ko'rarman. Ohib bul mutavoze in va xubbi lil g'ani yil mutavoze ashad. Kamtarlarni yaxshi ko'raman, kamtar insonlarni. Endi boy bo'lib turib kamtar bo'lsa, buni ko'proq yaxshi ko'raman. Yana aytadi, saxiy insonlarni yaxshi ko'raman. Endi saxiy inson, faqir bo'lib turib saxiy bo'layotgan bo'lsa, Alloh buni ko'proq yaxshi ko'rar.
Demak, birodarlar, din g'arib bo'lib boshlangan, yana g'aribligiga qaytadi, g'ariblarga jannat bo'lsin. G'ariblarning birinchi sifati, odamlar fasodga uchraganda isloh qiladi. Allohni dinida talashib, tortishmaydi va ahli qibla bo'lgan odamni bironta qilgan gunohi bilan kofir demaydi.
G'ariblarning sifatlari u uchun, g'arib odam uchun namozi juda ham muhim. Ko'zini tiyishi juda ham muhim, erkak ayol aralashib yurgan joyga kirmasligi uchun juda ham muhim, topish tutishida harom bo'lmasligi juda ham muhim. Bu hadisda aytilgan sifatlarga ega bo'lgan odam siz bilan biz yashab turgan zamonda uni ishi qiyin. Chunki unga ellikta odamni ajrab berilishi va'da qilindi da.
Abu Umayya Shayboniydan u aytadi, Abu Sa'laba Al Hushaniy oldiga kelib dedim. Manavoyatni qanaqa qilib tushunasiz? Qaysi oyat? Astadibillar. Ya yuhalladina amanu, alaykum ampusakum, la yodur rukum mandalloh idah tadaytum. Ey mo'minlar, o'zinglarni bilinglar. O'zinglarnini bilinglar, ya'ni gunohlardan tiyilinglar. Modomiki haq yo'lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas. Qanaqa deb tushunasiz shu narsani? Mana aytdik ku, g'arib ozgina bo'ladi. Siz hujjuda bo'lgan odamlar ko'p bo'ladi. Shu odamlarni amru ma'ruf nahimovga qilsangiz qabul qilmasa, ustingizdan kulsa, sizni haqorat qilsa, diningizni yerga urib, beparvo bo'lsa, endi o'zingiz bilan bo'ling endi. Ma'qulmi? Ular nima bo'lsa bo'laversin, o'zim to'g'ri bo'lsam bo'ldi emas. Qo'lingizdan kelgan amru ma'ruv nahimovni qildingiz, qabul qilmadimi, endi o'ziz bilan ovora bo'lasiz. U kishi aytadi.
Va allohi bu haqida biluvchidan so'rading. Bu haqida rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so'raganman. U zot shunday deganlar. Balki yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. To baxillik yoyilganini, havoyi nafsga itoat qilinganini, dunyo matohi hamma narsadan ustun qo'yilayotganini va har kim o'zining rayi bilan qanoatlanayotganini ko'rsang, o'zingni nafsingni lavozim tutgin. Avomni o'z holiga qo'ygin. Mana aytdik, qo'lingizdan kelgan amr marhum nahim ukarni qildingiz, lekin odamlar o'zlarining havoyi nafsini qo'ymayapti. Mana endi ularni qo'ygin da o'zing bilan ovora bo'l.
Payg'ambarimiz davom etadilar hadisda, ortingizda shunday kunlar keladiki, u kunlarda diniga amal qilib, sabr qilishlik xuddi cho'g'ni ushlash kabi bo'lib qoladi. U kunlarda diniga amal qilgan bir kishi uchun sizlarning amalingizni qilgan ellik kishiga beriladigan ajr beriladi. Sahobalar yo rasululloh bizdan ellik kishi nima, yo ulardan ellik kishi nimi?
Rasululloh aytdilar bal ajruh ham singna ming kun. Sizlardan bo'lgan ellik kishining ajri dedilar. Nima uchun? Li annakum tajiduna alal xoyri mevonan valay ajidun. Nimaga u g'ariblarning savobi sizlarni ellikta iladi savobi bilan teng bo'ladi, bittasini savobi? Chunki sizlarga men yordamchi bo'lib turibman deyaptilar Rasululloh. Mana shu xayrlarni, xayrli ishlarni qilishlikda men sizlarga ko'makchi bo'lib turipman, men borman oralaringizda. Ular ana shu ishni ustida turganda ularga yordamchi bo'maydi deydi.
Sahobalarga berilgan ajrdan ellik barobar ajr shu odamga berilar ekan. Kimga? G'aribga. Gohida inson mustaqil bo'lsa, dinini mahkam ushlasa, g'arib bo'ladi da, yaqin kishilari malomat qilishni boshlaydi. Ayoli, farzandi, ulfatlari, do'stlari ham burchakka qochishni boshlaydilar. Modomiki Payg'ambarimiz g'ariblarga jannat bo'lsin deb duo qilibdilarmi? Demak, u martaba oson bo'lmaydi.
Ana shu arab o'lkalardan bittasida bir solih inson, oshpaz ekan. Oshxonasiga yozib qo'yibdi. Aroq Allohning amri bilan haram. Bu do'konda aroq ichilmaydi. Rizq Alloh'dan. Natija qanaqa bo'ldi? Odamlar aroq sotiladigan oshxonaga bormasdan, mana shu odamning oshxonasiga ko'proq keladigan bo'lib qoldi.
Ha, rizq Alloh'dan birodarlar. G'ariblik jazo emas. G'ariblik jannat. Agar dini mahkam ushlab odam orasida g'arib bo'lib qolgan bo'lsang, senga birodar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bashorat bor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadis sharifdan marhamat qildilar. Albatta islom g'ariblik bilan boshlangan, yana g'ariblikka qaytadi. G'ariblarga jannat bo'lsin, tavba bo'lsin. Alloh azza va jalla payg'ambarimiz duo qilgan va tavba jannatini bashorat qilgan g'ariblardan bo'lishimizga tahviy bergan bo'lsin. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.