MMaviza
GʻariblarTekshirilgan19 daq

77-QISM / IRODA (1/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
18:53
O'zgarishlar tarixi

In alhamdulillahi nahmaduhu anastayinuhu anastag'firuh va na'uvillahi min sururi on husina va min sayyi ati amalina. Man yahdihillahi falamu billaluh va man yurdih falaha deyala. Va nashad valloh ilohillallohu vahdahlohu sharikala. Va nashhad anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Nafs tarbiyasi, silsila darslaridan birodarlar, bugun yangi mavzuni boshlaymiz. Iroda manzilati. Iroda manzillati. Shu ha yo'q, har bittamiz, mana shu yerda o'tirgan har bitta musulmon odam o'zini hozirgi turgan holatidan balandroq holatda bo'lishini xohlaydi.

Ya'ni fizicheskiy formasi bundan ham zo'r bo'lishini xohlaydi. Ilmiy darajasi, hozirgidan ham balandroq bo'lishini xohni. Sog'ligi, axloqi. Qo'yingki, hozirgi turgan holatingizdan balandroq bo'lishlikni xohlaysiz. Va bu yaxshi, normal holat. Tushunarli a? Hammamiz balandroq bo'lishingizni xohlaymiz. Pulimiz ham ko'proq bo'lishini xohlaymiz, kuchimiz ham va hokazo.

Ana shu o'zi xohlayotgan, o'zi yetmoqchi bo'lgan maqomga yetishdan uni nima to'sadi? Qaysi narsaning zaifligi ana shu maqsadiga yetishdan to'sadi. Irodasining zaifligi. Iroda. Bu o'ta bir muhim mavzu. Har bittamiz komil, axloqli, go'zal, xulqli, muhsin, kechirimli, Payg'ambarimizning sollallohu alayhi vasallam sunnatlari bilan ziynatlangan bo'lishingni xohlaymiz. Hammamiz xohlaymiz zokir banda bo'lishni. Hammamiz xohlaymimiz shokir banda bo'ldi shuni. Lekin nima uchun doim o'zimiz orzu qilgan martabadan pastda turamiz?

Nima uchun yetmoqchi bo'lgan maqomimizga yetishlikdan bizga to'siqlar bor? Nima uchungi turgan holimiz bilan orzu qilgan maqomimiz o'rtasida katta masofa bor? Mavzu tushunarli ekan. Yuz foiz hammamizda shu narsa bor. Masalan, qaniydi bir pora qo'lini yodlab olsam deydi bittasi. Bir pora yodlab olgandan keyin endi ikki pora yodlab olsa deydi.

Keyin o'ttiz pora yodlab osam deydi. Ha u o'ttiz por a yodladi. O'ttiz por yodlaganda qarang da, u ham o'zini holatidan balandroq bo'lishni xohlaydi. Nimani xohlaydi? O'n xil qirotdan ijoz olib olsam deydi da, qori aka, to'g'rimi? Qarang, o'zi bir o'ttiz pora qurolni yodlab olsa, bitta qarovat bilan katta narsa, lekin yana ham yuksalroq bo'lishni xohlaydi.

Bir million dollar bo'lsa yetardi deydi. Bir million dollar bo'masa yetadi deydi. Yo'q, yetmaydi. O'sha bir million bo'lgan kuni endi o'n million deydi. Demak, inson qaysi holatda turganidan qat'iy nazar, yana ham balandroqqa chiqishlikni xohlaydi va bu normal holat. Bu tabiiy holat. Ammo ana shu maqsadiga yetishdan uni to'sayotgan narsa irodasining zaifligi.

Tasavvur qiling. Qish, yakshanba tongi bomdodni jamoati bilan o'qidingiz, to'p tez bo'lib o'tirib, bir aytilgan nonushtaga ketyapsiz. Qish, sovuq, bomdoddan keyingi vaqt, yakshanba tonga yo'lda ketyapsiz, bir odam issiq sportivniy kiyinib, boshiga issiq shapkani qo'yib, krossovkasini kiyib, og'zidan pag'a pag'a bug'u chiqib yugurib ketyapti.

Uni nima yugurishga majbur qildi? To'qson to'qqiz.to'qqiz foiz odam bu vaqtda uyida. Yo uxlayapti umuman turmasdan. Yo bomdodni uyida o'qigan bo'lsa, bomdodni o'qib olib, yotib yana davom etkazyapti. Yo nonushta qilib o'tiribdi, yo choy ichib o'tiribdi. Faqat bu yuguryapti. Nimaga?

Minglagan, yuz minglagan oilalar, yuz minglagandan odamlar issiq uyda, issiq ko'rpasida, tashqariga chiqishga ham erikib turganda, bu odam issiq kiyim olib, pag'a pag'a bug'ni chiqarib, burnidan og'zidan yugurib ketyapti. Nimasini kuchi yetdi? Chiqishga. Irodasini. Agar shunaqa bir apparat bo'lsa, bunday qilib turib ko'rsang, irodasi yetmish foiz, irodasi o'ttiz foiz, juda ko'pchiligimiz ellik dan past bo'lsa kerak.

E, menga tutmanglar qo'ling domla. Men, men bilaman o'zim irodamni qanaqaligini. Menga kerak emas. Bu darslar, birodarlar, nafs tarbiyasi. Nafs tarbiyasini. Biz ana shu qalbimizni, nafsimizni tarbiya qilmasdan turib, Alloh Taoloni roziligi yetisha olmaymiz. Va nafsin vama savvaha. Fa alhamaha, fujuraha va taquaha. Qod aflahaman, zakkaha va qod xobaman, dassaha. Qarang, nafsni rasvo qilib yaratgan Zotga qasam, nafsni fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ydi. Ya'ni ikkala tomonga og'a oladi nafs. Fisk fujur tomonga ham og'a oladi, taqvo tomonga ham og', oladi. Ikkala tomonga teng engisha oladi. Qodi afla haman zakkaha. Ana shu nafsini poklagan yutdi, nafsini ko'ygiga kirgan yutkazdi.

Ana shu to'qson to'qqiz foiz odam nafsini ko'ygiga kirib o'tiribdi uyda. Nima qilib? Qaynoq choyni ichib yoki issiq qir o'ralib yotibdi. Bu yuribdi. Diqqat. Odatlaringni o'zgartirib yuborishga quvvati yetadigan darajadagi kuchli irodaga ega bo'lishing, bu katta narsa. Qaytaramiz. Odatlaringni o'uzgartirib yubormishga quvviti yetadigan darajdagi kuchli irodingni bo'lishi katta narsa.

Irodasi kuchli odamlar odamlarni nazarida umuman aqlga sig'maydigan narsalarni ham qilishlikka qodir bo'ladi. Bu odam yuguryapti. Bu kuchli iroda qanday paydo bo'ldi bu odamda? Nafsini yengishlikka, unga nima quvvat berdi?

U kishi qachon nafsini yengashga kuchi yetdi? Bu yerdagi asosiy savol shu. Qachon kuchi yetdi? Qachon nafsni sindirishga kuchi yetdi, qachon irodasi quvvatli bo'ldi? Uni mana shu ishni qilishlikka turkisi ilmi bo'ldi. Qarang, unga nima turtki bo'ldi?

Uni irodasini qaysi narsa quvvatli qildi? Nima sababdan u boshqalardan ajralib turibdi? Ehtimol uni irodasini kuchli bo'lishligiga tabiblarni so'zi sabab bo'lgandir. Tabiblar nima deyishdi? Agar yurak sog'lom bo'lsa, jasad ham sog'lom bo'ladi. Agar yurak zaif bo'lsa, aynisa, jasad ham ayniydi. Yugurish yurakni quvvatli qiladi. Kam harakatlik, yalqovlik yurakni zaiflashtiradi. Tabiblar aytishgan edi yana, agar kishi o'zining yuragini ichiga beparvo bo'lsa, yoshi katta bo'lganda juda ko'p muammolarga sabab bo'ladi bu narsa.

Ehtimol mana shu so'zlar uni irodasini quvvatli bo'lishiga sabab bo'lgandir. Demak, shu ilmdan xabardor bo'lgandan keyin u yugurishni boshladi. Uning irodasini quvvatli qilgan narsa ilm. Kishining irodasini quvatli qiladigan narsa ilm.

Demak, seni hozirgi holating bilan sen yetmoqchi bo'lgan holating orasida katta masofa, katta farq bor bo'lsa, buni sababi irodingni zaifligi. Irodingni za ifligini sababi esa, ilmsizlik. Ma'qulmi?

Demak, Allohga seni olib boradigan eng ishonchli yo'l bu ilm. Masalan, ilm kishini irodasini quvvatli qilar ekan. Aniq bilasan. Nimani? Sunnatni mahkam ushlasang baraka topishingni. Shuning uchun qiyin bo'lsa ham sunnat amalda qilasan. Aniq bilasan, nimani? Haromga qo'l ursang, xor bo'lishingni. Shuning uchun haromdan tiyilishlikda iroding quvvatli. Boshqalar tark qila olmayotganda boyagi xoramni ishlasang, sen shart tark qilasan. Ikkilanmasdan shart tark qilasan. Nimaga? Ilming bor. Bu haromga qo'llarsang, xor bo'shishing aniq. Torozidan urishni katta gunohligini aniq bilasan. Ana shu aniq biliming tarozidan urmasliginga olib boradi.

Masalan, nimaga ular uryapti? Biz yuz so'm foyda qilsak bir qop shakar sotib, ular ikki yuz ellik so'm foyda xilar edi. Va yuz ellik so'ng ko'proq foyda topganligini yutuq deb bilar edi. Uni qilma desangiz, to'xtata olmas edi u ishni. Nimaga? Aniq ilmi yo'q edi da. Oshpazlar, ustalar, hamma qilyapti yu deb turib, klient hisobidan pulni urasizlar ku, ikki xil narx yozdirib.

Santexniklar ham deb qo'yay. O'tgan safar doktorlar degandim, doktor emas, u hammamizga tegishli, hammamizga tegishli. Keladi, gaplashib qo'yadi. Aka, mana unitasi qancha? Mana besh ming so'm. Hozir klient olib kelaman, olti ming ga urasiz, mingini chiqarib berasiz deydi. Hamma qilyapti yu, hamma qilaversin. Endi Allohni tanigan, halol haromda aniq bilgan odam, ana shu ming so'm puldan voz kechishlikka irodasining quvvati yetadi. Nima sababdan? Aniq bilganligidan.

Demak, bir amalni qat'iy va doimiy suratda ikkilanmasdan bajarishing uchun, ana shu qilayotgan ishing haqida ilming bo'lishi kerak. Yana bitta misol. Ustozlarni nazaridan qolishlik insonni, tolib ilmni xor qiladi degan narsani aniq bilasan. O'shaning uchun ustozga hech qachon tikka qaramaysan, ustozni norozi qilmaysan.

Aniq bilasan, hunar o'rgatgan usta, ilm o'rgatkan ustoz, ki senga bir narsa o'rgatdi u odam, foydali yaxshi narsa o'rgartdi. Uni muhabbatini qozonsang. U sendan rozi bo'lsa, seni ko'rganda ko'zi qalbi quvonadigan bo'sagina, undan o'rgangan narsangdan baraka topasan. Shuni aniq bilganliging uchun seni iroding quvvatli bo'ladi. Uni rozi qilishlikka, uni xursand qilishlikka.

Bir gunohni tark qilishingiz uchun odamlar tark qila olmayotganda, bir savobli amalda, doimiy suratda qilishligingiz uchun odamslar qila olmayotganda, sizga mustahkam iroda kerak. Mustahkam iroda qachon bo'larkan? Ana shu narsa haqida ilmingiz aniq bo'lsa. Agar ilmingiz ziyoda bo'lsa, ana shu narsa vaqtida iroding ham kuchli bo'ladi. Agar iroding kuchli bo'lsang, ko'zlagan maqsadingga albatta yetasan. Maqsadingga yetishlikda nima uchun zaiflik qilding? Iroding zaif. Nima uchun iroding zaif? Ilming oz.

Odamlar bor, ovqatdan o'zini tiya olmaydi. Ko'p yeydi. Buni ustiga harakati ham deyarli yo'q. Piyada yurmaydi. Oshxonaga ham, eshikni tagiga to'xtab ovqatlanadi. Aptekani ham eshikni tagida borib, tushib dori oladi. Ellik metr ham piyada yuraydi. A bunaqalar uzoq yashamaydi. Ha, birodarlar, bizchi? Ajalga iymon keltirganmiz. Alloh taqdir qilgan kuni ajal keladi deymiz. Ammo sog'lig'ini saqlash sabablarini ham qilishlikka buyurilganmiz.

O'zini yeyish, yeyish ishchiga qaramagan, xatti harakatiga beparvo bo'lgan odamni qilayotgan mana shu ishi, tutgan mana shu yo'li sabablarni tark qilishlik deyiladi. Uni, uni mana shunday turmush tarzi ajalini tezroq kelishligiga sabab bo'ladi. Ana shu irodasining zaifligi uni vafotiga sabab bo'lad. Demak, insonni ilmi kamaygani sari, uning irodasi zaiflashib boradi. Ilm ziyoda bo'lgani sari, u kuchayib boradi. Iroding kuchaygani sari maqsadingga yaqinlashib borasan.

Biz doim kutamiz. Nimani? Inshaalloh dushanbadan boshlayman. Seshanbadan Xudo xohlasa yuguraman chiqib, o daryoda bo'ynida. Xudo xohlaso dushanbadan trenajyorga boraman. Xudo xohlamasa dushanbadan ovqatni nima qilaman ellik foizga qisqartiraman. Doim nimanidir kutamiz. Bilamiz qilish kerakligini. Nimaga? Shart boshlab yubora olmaymiz. Irodamizni zaifligidan. Tashqaridan kimdir kelib bir kun bizni nima qilib qo'yadi? Tuzatib qo'yadi da. O'shaning uchun chi, biznikilar ves tashlash kerak desa, nima yeyish kerak deydi.

Mana kasaldan qutilish kerak desa, nima ichish kerak deydi. Biz albatta bir narsa yeyishimiz kerak. Yo bir narsa ichishimiz kerak, vesimiz o'rniga tushishi uchun, figuramiz tekkis bo'lishi uchun, bir kasaldan qutilishi uchun albatta yeyish kerak da. Unaqa bo'lmaydi. Unaqa bo'maydi. O'zi yeb kasal bo'lding o'zi. Iroda.

Alloh azza va jalla marhamat qiladi. As saidu billah. Vala tatur deyilladiyna yad'una robbaho bil g'odati va al ashiyi yuriyduna wajihah. Yuriyduna wajihah. Erta yu kech parvardigorlarining yuzini istab, unga iltijo qiladigan zotlarni huzuringizdan haydamang. Ya'ni Allohni yuzini istaydiganlar.

Allohni yuzi roziligini istagan insonlar bor. Bunday insonlar. Tasavvuf ilmida murid deyiladi. Ya'ni bir narsani xohlayotgan inson. Murid deganda shuni tushuninglar. Murid Alloh va Rasulining roziligini istayotgan odam. Nafs ulamolari o'zlarining shogirdlarini murid deyishadi. Murid so'zining ma'nosi Allohni yuzini istagan inson, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning roziligini istagan inson.

Istadi bilar. Vama ali ahadin ayn dahumi ne'matin tujza, illa bitig'o avajihirobbihil a'la valasawfa yardo. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu juda ham bir saxovatli, boy badavlat inson bo'lgan. Juda ko'p xayr ilfoq qilgan, ehson qilgan. Taniganiga ham, tanimaganiga ham. Alloh taolo bu zotni maqtab, Qur'onda oyat nozil qildi. Aytadi, u taqvodor zot huzurida, zimmasida biron kimsaga qaytariladigan ne'mat yo'qdir. Ya'ni Abu Bakr Siddiq kimga yaxshilik qilgan bo'lsa, hech kim unga qarzdor emas. Abu Bakr kimga foydasi tekkan bo'lsa, Alloh uchun qilgan. Mana Alloh aytadi u faqat eng oliy zot bo'lmish Parvardigorining yuzini roziligini istab, mol davlatini sarf qilur va yaqinda rozi bo'lur.

Demak, murid Allohni roziligini istagan inson. Keyingi oyim. Astaydubilla. Va in kun tunna turidin Alloh va rasuluhu va darol aqhirota, fa innalloha addalil muhsina timin kunna ajron aqliman. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari, Payg'ambarlarimizga bizni ham u yoq buyog'imizni tekkizlab bering.

Talhani uyidagidaqa parda, zuberniy uyidagidaqo palassov bering deb turib, dunyo matohini Payg'ambarimizdan talab qilishni xohlashdi. Payg'ambarlarimizni ham ayollari ana shu dunyo matohidan ozgina qilib bering deganda, Payg'ambarimni Sallallohu alayhi vasallamga og'ir botadi bu narsa. Mana shunda Alloh Taolo mana shu oyatni nozil qildi. Ey Payg'ambar, ayollari, agar Allohni, uning Payg'ambarini, va oxirat diyorini istaydigan bo'lsangizlar, istaydigan bo'lsainglar, u holda shak shubhasiz Alloh sizlarning orangizdagi chiroyli amal qilguvchilar uchun ulug' mukofot, jannatni tayyorlab qo'ygandir. Demak, va in kun tunna turidna Alloh va Rasuluh, agar sizlarda maqsadinglar Alloh va uning Payg'ambarini roziligi bo'ladigan bo'lsa, sen birodar musulmonsan, dindorsan. Bu yerda bitta savol bor. Sen dindor sifatida nimani xohlayapsan? Bu juda ham muhim savol. Kimdir din orqali dunyo matohiga yetishni xohlaydi.

Kimdir dindor bo'lib ko'rinib, dindor bo'ilib, odamlarni hurmatini ko'zlaydi. Kimdir ana shu diniy ilm o'rgatilinadigan majlisga keladi, daromadini ko'paytirish uchun, doveriyaga kirish uchun, u falon domlani shageti degan nom uchun, soqol qo'yadi, namoz o'qiydi, odamlar nasiya tovarda osonroq berishi uchun. Kimdir tolibi ilm degan nom olish uchun kelyapti. Va yana kimdir Alloh va uning roziligini ko'zlab kelyapti. Agar Allohni, uning Payg'ambarini va oxirat diyorini istaydigan bo'lsanglar, u holda shak shubhasiz Alloh sizlarning orangizdagi chiroyli amal qilguvchilar uchun ulug' mukofot Jannatni tayinlab qo'ygandir.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish