MMaviza
IrodaTekshirilgan20 daq

78-QISM / IRODA (2/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
19:40
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalama ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Nafs tarbiyasi silsila darslaridan birodarlar, kechagi suhbatimizda iroda manzilatini boshlagan edik. Davom etkazamiz. Bugun ikkinchi dars.

Irodaning tarifi. Iroda o'zi nima? Ulamolarni iroda haqida va murid haqida aytgan ta'riflarni birma bir ko'rib chiqamiz. Inson borki, uni jasadi bor, xohish istaklari bor, shahvatlari, mayllari bor. Odatda odam bolasi o'zining ana shu jasadining xohishlariga, mayllariga moyil bo'ladi. Ya'ni uxlagisi keladi, uxlab oladi. Ishlagisi kelmaydi, yotib oladi. Jasadini qaysi narsaga moyilligi bo'lsa, shu narsaga og'ib qoladi. Uyquni yaxshi ko'radi. Shuning uchun bomdodga turishni xohlamaydi. Kun chiqqandan keyin o'qishni xohlaydi. Jasad uydan ko'chaga chiqishni xohlamaydimi qishki kunida.

Jasad ilm majlisiga borishni xohlamalaydi. Taroveh namoziga kelishni xohlamaydi. Taroveh namoziga kelsa ham sakkiz rakatdan keyin chiqib ketishni xohlaydi. Jasad yigirma rakat turishni xohlamayda va hokazo. Qo'yingki, mana shu jasad umuman qiynalishni xohlamaydida.

Agar inson ilmsiz, ustozsiz, ko'rsatmasiz, ta'lim tarbiyasiz qoladigan bo'lsa, mana shu nafsini, shahvatini, xohishlariga qulligicha qolib qoladi. Agar inson o'zini havoyi nafsiga itoatkor bo'lib qolgan bo'lsa, shariatni hech qaysi talablarni bajarishingni xohlamaydi. Tabiat uxlashni xohlaydi, ibodat qilishni xohlamayda, g'aflatda ekanligi uchun shunday holatda bo'ladi.

Sop posop, ikkala oyog'i, ho'kizdek sog'lom odamlar ham haligi puldorlik qiladi da, bir ikki yuz, uch yuz realni berib qo'yib, aravada o'tiradi, mana shunday qilib. Statusni ko'rsatadi da. Haligi aravakashdan itarib yuradi. Senga Alloh ayolni nimaga berdi? Ka'baning tavof qilishlik, safo marvada sayqilishlik, ana shu hajni, umrani sendan talab qilgan asosiy ish edi yu.

Jasadiyni qiynash edi yu maqsadi o'zi. Yo'q. Piyoda yurmaydi. Uni puli bor. Soppa sog'. Yana anaqa elektricheskiy anaqasini ham, samakatini ham olishib olardi. Bunday qilib oladi, bunday ketadi. O'zi Ka'bani tavof qilgani borgan. Safo Marvada say qilgani bormagan. O'shanda ham nima qiladi? Jasad. Aytaylarchi, qaysi bir. Amal shariatimizda bizga buyurilgan. U sunnat bo'lsin, farz bo'lsin, vojib bo'lsin, nafs uni xohlaydi.

Qaysi amal bor? Shariat qaytargan undan nafs uni xohlamaydi. Ko'ryapsizmi? Mana shu nafsingiz xohlayotgan ishni qilmaganingiz uchun ajralasiz da. Qoida bu. Biz nafsimiz xohlamayotgan ishga majbur qilganimiz uchun sovg'a olamiz. Nafsimiz xohlayotgan ishni qilmaganligimiz uchun Alloh'dan savob olamiz.

Birodarlar, tushuninglar. Agar nafs tarbiya qilinmasa, ta'lim tarbiya bilan, ustoz bilan, yo'l yo'rig'i bilan yo'lga solinmaydigan bo'lsa, nima bo'ladi? Insonni halokatga olib boradi bu narsa. Bir kichkina o'g'lim bir besh yashar paytida o'zganga bordik. Qish edi. Bir sayohat qatori borib, o'sha yerda haligi bir dolta polta qilib olib kelamiz da, bordik. Aravada qishki kunida bitta shu bomj o'tiribdi. Qo'lida non. Kechasi bilan ichgan. Haligi nonni mana shunday qo'liga ushlab turib, turibdi. Qarasam bir ibratli holat bo'lib qoldi. Bir chekkaga o'tib turib, o'g'limga qarab turing deyapman. Qarab turdik, ikki uch minut tomosha qilib turdik. Haligi qo'l og'ziga nonni olib kelolmayapti.

Endi o'shani yesa, sal quvvatga kirib, arava yetarli, uch to'rt so'm topib, bir oy ovqat yeydi qo'liga. Shu qo'li, qo'li itoat qilmayapti, nonni og'ziga olib kelolmaydi. Shunday qarab turibdi. Turdik, anchagacha turdik. Keyin aytdim, qarang o'g'lim, mana shu yigit, sizdaqa paytida maktabda o'qimay, katta bo'lganda bir hunar qilmay, tijorat qilmay, oila qilmasdan, nafsini tarbiyalamasdan, nafsini ko'yiga kirib, kayf safoga, huzur halovatga, nafsini havosini talabi bilan umr o'tkazuvdi, allohga osiylik qilib, nafsiga itoat qiluvdi. Natijani qarang. Endi a'zolari unga itoat qilishligidan bosh tortib, a'zolari osiy bo'lib turibdi.

Tushunarlimi? Nafsingiz xohlayotgan hamma narsani qilavering, xor bo'lishligingiz aniq. O'sha mana bu aravani oddiy qaraydigan xalqlar ham me'yorini ishsa normada turadi, odam qatorida turadi. Uni ham nafsi tinmasdan ichishni xohlaydi, bir joy kelganda bo'ldi, to'xta deydi, bugun dushanba deydi, ishga borish kerak deydi. O'sha nafsini sindirgani uchun odamlar qatorida odam bo'lib yurar. Lekin o'sha me'yorga kelganda to'xta deyishni biladi.

Allohga itoat qilmasdan nafsiga qul bo'lgandi, Allohga osiylik qilgandi, endi uning a'zolari unga itoat qimayapti, osiylik qilyapti. Demak, birodarlar, agar insonni nafsini o'zini holiga tashlab qo'ysa, banda, ana shu nafsni nimani xohlayotgan bo'lsa, qilaversa, xorlikka olib boradi.

Sodiq murid. Murid kim edi? Murid kim edi siz bilan biz. Allohni roziligini istayotgan, payg'ambarning roziligini istaydigan mo'min, murid deyiladi. Iroda. Irodaning ta'riflaridan bittasi, nuhuzul qalbi fiy talabel haq. Haqni talab qilishda qalbning uyg'oqligi yoki uyg'onishi.

Qalb uyg'onib ketadi. Haqni tanishlikda, haqni talab qulishida. Yana bir ta'rifi, la vatan to'havinu kulla ravatin. Har qanday qo'rquvni, mashaqqatni yengil, oson qilib qo'yadigan qalbning bir yonishi. Irodasi quvvatli bo'lgan odam qalbi bir yoniladiki, bir charaqlaydiki, har qanday qiyin mashaqqat bo'lgan narsa u uchun oson bo'lib qoladi. Saratonda ro'za tushlikni musulmon bo'lmagan odamga aytsangiz, eshitib turib, yo'q deydi. O'n olti soat yemay yurasanmi deydi. Ha. O'n o'n oltinchi soat suv ham ichmaysanmi deydi. O'nta soat, o'n oltki soat, o'nta besh soat, har xil a? Ha. Yana ishlayverasanmi chiqib deydi. Ishlayveraman deysiz.

Nima uchun sizga oson? Chunki irodangizni quvvati bor. Chunki Alloh Taolo ro'zani farz qildi, tutishlik kerak. Allohni rozi qilaman degan maqsadingiz bor uchun, u maqsadingiz, Alloh haqidagi bilimingiz, sizga beriladigan savob haqidagi ilm, sizni irodangizni quvvatli qildi. Nima qilasiz? Ikkilanmaysiz a?

Demak, har qanday qo'rquvni, mashaqqatni yengil va oson qilib qo'yadigan qalbning bir yonishi. Ollohni, payg'ambarni roziligini chinakamiga izlagan odamga har qanday mashaqqat oson bo'ladi. Mahol ishlar yengil bo'lib qoladi. Qanaqa narx bo'lsa ham Alloh va Rasulullohni rozi qilish uchun to'laydi.

Ana, misol. Qur'onda Kaf surasida mana g'or egalari haqida bir qissa bor. As xobil kaf. As xobil kaf, yosh yigitlar o'zlarini mo'l ko'l, keng maishatdagi hayotini tashlab chiqib ketishdi. Chiqib g'orga kirib ketishdi. Nima sababli ular mana shunday hayotini tashlab chiqib keta oldi? Irodasini quvvati sababli.

Mana shunday zo'r hayotni tashlab chiqilib ketishlikka irodasi nima sababdan quvvatli bo'ldi? Alloh haqidagi ilmga ega bo'lganidan keyin. Allohni tanidi. Jannat do'zaxini bildi, qiyomatni nimaligini bildi, bilganidan keyin bu dunyo hech narsa emas ekan deb chiqib ketdi. Alloh ham ularni ikrom qildi, uch yuz to'qqiz yil uxlatib qo'yib, yana qaytadan tiriltirib qo'ydi. Shuning uchun Allohni roziligini chinakamiga istagan murid Allohni zikr qilganda terilari titraydi, qalbi yumshaydi, ko'zlari yoshlanadi. Allohni yaxshi ko'radi.

Hammamizni Alloh azza va jalla bitta nafsdan, bitta jondan yaratgan. Odam alayhissalomdan. Hammani nafsi bir xil. Innna nafs ala amma orotun bi su' illa man rohimah robbiy deydi Alloh taolo Qur'onda. Albatta nafs yomonlikka buyuradi. Magar robbim saqlagan bundan mustasno.

Nafslarning hammasi Allohni tanishga tayyor bo'ladi. Nafslarning hammasi Allohni yaxshi ko'rishga tayyor bo'ladi. Nafslarining hammasi Allohga yaqin bo'lishlikka tayyor bo'ladi va shu bilan baxtli bo'lishlikka tayyor bo'ladi. Dunyoga kelgan ki odam ollohni tanishga tayan, programmasida bor. Yaxshi ko'rinishlikka tayyor, yaqin bo'lishingga tayyor.

Agar tanisa, yaxshi ko'rsa va yaqin bo'lsa, albatta baxtli bo'ladi. Puli qanchaligi muhim emas. Millati qanaqaligi muhim emas. Qaysi zamonda yashaganligi muhim emas. Rangi qanaqaligi muhim emas. Bizni zamonimizga kelib turib, eng baxtli odam kim desa, birinchi navbatda pulni aytamiz.

Oddiy misol. Shunday o'tib ketasiz, ko'chada yuz dollar turibdi, yotibdi ertaman da. Qanday bo'ladi xolis? Nima qilasiz birinchi ishingiz? Bilasizmi? U yoq bu yoq qaraysiz. Podstava olmasmi, u yoq bu yo qaraysizmi? Xo'p, olmay o'tib ketdingiz, faraz qiling. Qiynalasizmi, yo'qmi?

Nazaringizda yuz dollarga qancha ishingiz bitardi? Svetni to'lab olardingiz. Tovuqqa yemolardingiz, qo'y yemolardingiz. Xo'p, o'tib ketdingiz. Qiynalanyapsizmi? Demak, tushuncha hali johli. Sizni shart o'tib ketganligingiz, sizni o'zi irodangizni quvvati ekanligini dalili emas. Olmasdan o'tib ketganligingizni o'zi irodangizni quvvoti ekanligini belgisi emas, iymoningizni quvvotli ekanligini belgili emas.

O'tib ketsak ham quvvotsizmi? O'tib ketsangiz ham quvvotsangiz. Agar o'tib ketib, siqilayotgan bo'lsangiz. Sizni e'tiqodingizda nima edi? Bu birovni puli bu. Hozir yo'qotib qo'yib, qanaqa dili og'riyapti? O'tib ketib. Olgandan ko'ra xursandroq bo'lib keta olasizmi? Alhamdulillah, ommasidan o'tib ketdim a va hech qanaqa qalbimda noqulaylik his qilmadim a, dedingizmi? Demak irodasi quvvatli ekan.

Birodarlar, fikrlashni tuzatishimiz kerak. Bizni hammamizni nafsimiz Allohni tanishga tayyor, Allohni yaxshi ko'rishlikka tayyor, Allohga yaqin bo'lishga tayyor. Agar shunday bo'lsa, inson saodatli bo'ladi. Ammo g'ofil inson. O'zini nafsini tarbiyalamaydi, o'zini holiga tashlab qo'yadi, natijada mana shu nafsini quliga aylanadi. Robbimiz nima degan edi? Va nafsing vama savvaha, fa alhamaha fujuraha va taqvaha. Nafsni raso qilib yaratganga zotga qasam. U nafsga Alloh ilhomni berdi. Taqvosini ham, fujurini ham.

U nafs taqvo qilishga ham tayyor bo'ladi, fizkufuzur qilishga ham tayanib turadi. Qaysi tomonga ega sizni qo'lingizda? Qod aflahaman zakkaha. Uni pokilagan, yutdi. Nafsini ko'yiga kirgan, yutkazdi. Ilmingni ozligi irodaini zaifligiga olib boradi. Irodaini zafligi esa sen o'zing istagan martabaga yetishingdan to'sib turadi. Qaytaramiz. Ilmiyni ozligi irodangni zaifligiga sabab bo'ladi. Irodangni za ifligi esa ko'zlagan maqsadingga yetishdan seni to'sib turadi . Harom narsani savdosi, bu narkotik moddasi bo'lsin, aroq bo'lsin, boshqa bir haromiyat bo'lsin, katta daromad keltiradi.

Mana shu harom haqida ilmi yetarli bo'lgan odam har qancha katta foyda keltirishni bilsa ham, undan voz kecha oladi. Nima uchun? Ilmi bor da. Haromda bu. Harom. Ana shu narkotik moddasini sotib boyigan odamlar, millionlari bordir. O'n tadan hovlilari bordir. Lekin bu boylik nimani ustiga qurilgan?

Yosh umrlarini qirqishlik, yosh kelinlarni tul qoldirib, yosh bolalarni yetim qoldirib, ota onalarni qaqshab qarg'ashiga, ustiga qurilgan. U har qancha katta daromad keltirsa ham, yo'q, buni oxiri voy bo'ladi deydi da, irodasi quvvatli odam, ilmi bor odam bu narsadan voz kecha oladi.

Haqiqatan qaranglar da, ukalar. Siz bilan biz o'sha harom bilan ishib ketgan odamlarni ishib turgan holatini ko'ramiz. Mana bu yosh kattalardan so'ranglar da. Sizlar hozir kinoni birinchi seriyasini ko'ryapsizlar. Uni ikkinchi seriyasi ham bor. Qariganda nima bo'ldi? Bola chaqasi nima bo'ldingiz? Uy joyi nima bo'ldik? Nima nom bilan ketdi dunyodan?

Ammo ana shu harom narsani, haromligi haqida ilmi bo'lmagan odam chi, haromni nimaligini bilmagan odam chi? Voz kecha olmaydi. Chunki ilmi yo'q. Mana shu g'am hammamizda bor bo'lsa kerak deb o'ylayman. Qanaqa g'am? Har bitta musulmon namozim bundan ham yaxshiroq bo'lsa edi, degan g'ami bor.

Ro'zam bundan ham komilroq bo'lsaydi degan g'ami bor, o'yi bor. Sadaqam, haj umram yana ham go'zalroq bo'lsak edi degan g'ami ham bor. Qur'on tilovatim yana ham chiroyli bo'lsaydi, degan g'ami borda. Ehsonni kattaroq qilsam edi, degan g'omi bor. Istiqom ham oliy bo'lsak eda, modomiki mana shunaqa bo'lsa edi deyaptimi shu ishlarini? Demak shu ishlarida o'zini nuqsonli ekanligini bilyapti shu odam.

Qaytaraman. O'sha namozi, ro'zasi, sadaqasi, axloqi, Qur'on tilovati, mana shularni yana ham zo'rroq bo'lsa ediyaptimi, demak nuqsonli ekinligini his qilyapti. Endi ana shu nuqson bormi? Buni sababi irodaning zaifligi. Bir odam aytadi, do'stim shifoxonaga deydi, tushib qoldi, bordim ko'rgani. O'pkasidan operatsiya qilishibdi, yarmini kesib tashlabdi. Sigaretni uzoq yillar chekkan, o'pkasining yarmi ketgan.

Borib ziyoratiga kirsam, aytyapti, banisadan es alomon chiqib olay, mana shu sigaret bilan bir qattiq hisobim bor. Lekin u kasal uni shifoxonadan sog'lom bo'lib, tirik chiqishiga sabab bo'lmadi, o'lib qoldi. Ilmli odam edi, oliy ma'lumotli odam edi. Lekin uzoq yillar davomida tamakini chekdi. Nima uchun tashlab yubormadi? Irodasining quvvati yetmadi. Qachon o'sha irodani topdi o'zida? Qachon tashlayman bu sigaretni dedi?

O'pkasining yarmi ketib bo'lganidan keyin. Mana shundan keyin irodasida quvvat paydo bo'ldi. Fursat o'tib ketishidan avval topiladigan kuchli iroda bilan vaqt o'tib ketgandan keyin topiladigan kushli irodani o'rtasida katta farq bor. Qarilar biladi. Yoshlikda manaqa qilish kerak ekan, chunki o'tib bo'ldi da. Endi irodasi kuchli, lekin kalla u emas. Pulingiz ham bor, vaqtingiz ham bor, xohishingiz ham bor, lekin endi zehn u emas. Sog'ligi u emas.

Fursat o'tib ketishdan avval topiladigan kuchli iroda bilan vaqt o'tib ketgandan keyin topiladigan kushli iroda orasida farq bor. Eng to'g'ri yo'l irodani ilm bilan quvvatli qilish. Eng to'g'ri yo'l irodani tajriba bilan emas, boshidan o'tkazib emas, ilm bilan quvvatli qilish.

Fursatni boy berib bo'lgandan keyin, boshidan o'rgatib bo'lganda keyingi tajribani ustiga qurilgan kuchli iroda endi sizga foyda qilmaydi. Bankdan riboga pulni oladi. Hamma olyapti yu deb. Ishni yurishib ketadi. Boshida. Nazarida biznesini avvali zo'r ketadi. Ammo biroz vaqt o'tgandan keyin, ribo o'zini ishini, o'zini kuchini ko'rsatadi. Bankrot bo'ladi. Uyini sotadi. Ko'chada qoladi. Mana endi aytadi. Bilimli bo'ldi da.

Riboga pul olmaslik kerak ekan. Endi hech qachon riboga pul olmayman degan kuchli iroda paydo bo'ldi, lekin bu irodani endi unga foydasi yo'q. Ammo ilm talabida bo'lib, shu ilm bilan irodangni quvvating qilib oladigan bo'lsang, umringni avvalida bu iroda senga, albatta foyda olib keladi.

Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malakati huysallu alayhi va alannabi. Ya yuha alladina amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish