Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Nafsni poklash darslaridan birodarlar, iroda manzilidan o'qiyotgan edik. Bugun uchinchi darsimiz.
Ulamolar aytishadi, muridning sifatlaridan nafl amallar bilan Alloh Taologa yaqin bo'lishlikka doim intiladi. Murid bu Alloh va Rasuluni rozilarigini istab harakat qilayotgan odam. Ya'ni hammamiz muridmiz. Nimanidir xohlayapmiz. Nafl amallar bandani Allohga suyuklik qilishini bilganidan keyin, bu murid bo'lgan banda nafl ibodatlarga polvon bo'lib qoladi. Nafl namozlar o'qiydi, nafl ro'zalar tutadi, Qur'on tilovat qiladi, ko'p zikr qiladi, nafl sadaqalar qiladi.
Zikrda nima ekanligini bilganidan keyin diqqat e'tiborli bo'ladi. Birodarlar, qaranglarda, zikr ajoyib ibodat. Alloh Taolo bizga vojib qilgan qanaqa amal bo'lmasin, uni vaqti bor, hisobi bor, sharoiti bor. Masalan namoz. Besh vaqt o'qiysiz, o'qiladigan vaqti tayin, necha rakat o'qishingiz tayin, qiblaga qarab turishligingiz kerak, shartlari bor. Ro'za. Ramazon ro'zasi. Albatta ramazonda bo'lishi kerak, albatta tongda saharda saharlik qilish kerak. Shartlari bor haj. Hajni aniq belgilangan kuni bor, oyi bor. Haj amali qilinadigan joy bor. Ehrom kerak, miqod kerak, a? Ammo zikr unaqa emas. Zikr mutloq aytilingan. Ya ayyu halladina, amon u dukurulloha, zikron kafiro. Ey mo'minlar, Allohni ko'p zikr qilinglar. Juda ko'p oyatlarda o'tirib, turib, yurib, yonboshlagan holda zikr qiladi deydi. Shuning uchun Allohni roziligiga intilgan murid banda nafl amallarini qilishlikka quvvatli bo'lib qoladi, polvon bo'lib qoladir.
Qarang, shu narsalarni fazilatini bilgandan keyin yana irodasi kuchli bo'ldi da. Aytdik ku, irodingizni quvvatli qiladigan narsa ana shu yetmoqchi bo'lgan narsangiz haqidagi ilm. Ilmingiz qanchalar mustahkam bo'lsa, iroda shunchalik quvvatli bo'lladi. Qilgan sadaqingizni Alloh Taolo o'n barobar qilib, xohlasa yetti yuz barobar qilib ziyoda qilib berishini bilganingizdan keyin, ana shu amalga ham polvon bo'lib qolasiz.
Demak, birinchi olgan qoidamiz, haqiqiy murid banda nafl amallarni qilishlikka xaris bo'ladi. Alloh Taolo hadis quddusida aytadi, voma ya za alo abdi ya taqorro bu ilayya bin navofil xatta uhibbahu. Bandam deydi Alloh Taolo, menga nafl ibodatlarni qilishlik bilan to bora yaqinlashib boraveradi, yaqinlashilib boraveradi, shu bandamni yaxshi ko'rib qolaman. Nafl amallarini qilishimiz Allohning bizga bo'lgan muhabbatini sababi, ma'qulmi? Ha, nafl amalni qilmagan odam gunohkor bo'lmaydi. Bu nafl amallarni qilishimiz Allohning muhabbatiga sabab bo'ladi.
Yana. Murid yana hilvatni yaxshi ko'radi. Yolg'iz turishlikka qalbi moyil bo'ladi. Shunaqa odamlar bo'ladi. Hech ham yolg'iz tura olmaydi. Hech ham jim tura olmaydi. Doim kompaniyada turish kerak. Doim bir kim bilandir gaplashib turish kerak. Bekor qoldingizmi, nima qilyapsan? Nima qilib gaplashib ketavering.
Nimaga doim aloqada bo'lib turish kerak, aytingchi. Murid odam, Allohni roziligini haqiqiy iroda qilgan murid, yolg'izlikni yaxshi ko'radi. Ammo biz aytayotgan jamoatchi odamlar, yolg'iz o'tira olmaydi. Yolg'iz qolsa, o'zini noqulay his qiladi. Odamlarsiz tura olmaslik. Mana shu kasal muflislikning alomati deyiladi. Muflis kim edi? Bankrot deb qo'yamiz a. Hamma yog'idan ajragan, hech vaqosi yo'q odam muflis deyiladi.
Muflislikni alomati min alamat et iflas. Ya'ni muflislikning alomatlaridan bittasi yolg'iz tura olmaslik. Solih muridasa, yolg'iz qolishni xohlaydi, sababi o'tirib robbisi bilan gaplashadi da. Ya'ni munojot shunaqa ibodatki, yoningizda hech kim bo'lmaydi.
Hech kim yo'q, mashinangizda ketyapsiz, tolada ketmon chopyapsiz, hech kim yo'g'e. Shu yerda siz xuddi ro'parangizda turgan odamga gapirayotgandaqa, Allohga gapirasiz. Sizni eshitayotganligiga aniq ishonib turib gapirasiz Allohga. O'sha munojotni mazasini tushunib qilib ko'ringlar ukalar. Sizlarga endi mana qo'linglardagi zormonda munojotga yo'l qo'ymaydi. Bekor qoldinglar, qaraverasizlar, bekor qoldi, qaraverasilar.
Yolg'iz qolib ko'ringlarda, mazza oladi. Qilib ko'ringlarda. Mana hozir yolg'iz mashinada ketadigan odam gaplashib ko'ring da. Yoki ertalab ishga ketadi, gaplashib ko'turing da. Ovoz chiqarib gapiring obyazatelno, xolos eshitsin. Endi unisini his qilasiz. Demak haqiqiy sodiq murid robbisi bilan bo'ladigan xilvati bor. Yolg'iz o'tirib robbisiga munojot qiladi, zikr qiladi, tilovat qiladi, gaplashadi robbisi bilan.
Endi munojotni nimaligini bilganingizdan keyin, uni mazasini totib ko'rganingizdan keyen, albatta yolg'izlikni xohlab qolasiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Mana qirq yoshga kirganlarida nur tog'idagi xiro g'orida chiqib haftalab o'tirganlar. Ana shu joyda payg'ambarimiz bir necha haftalab qolib ketganlar. Endi savol tug'iladi. Vahshatni his qilmaganmikin? Kechasi ham qolib ketadi, tasavvur qiling.
Ha, vahshat bor, lekin Allohga bo'lgan payg'ambarimning unsi ana shu vahshatni yengib yuboradi. Qanchalar sodiq murid bo'lsang, shunchalar ana shu unusni his qilasan. Qanchalar Allohga yaqinlashsang, ana shu unusga shunchalar yaqin bo'lasan. Ana shu unus har qanday vahshatni yengib yuboradi.
Allohga bo'lgan unusni his qilsang degani, Allohga yaqim bo'lganingni his qilasan, sodiq muridning alomatlaridan. Demak, u xilvat, yolg'izlik bilan qalbi xotirjam bo'ladi. Sodiq murid Allohni amrini hamma narsadan ustun qo'yadi. Sodiq nurid Alloh'dan uyaladi. Hech kim ko'rmaganda ham uyaladi. Usmonov Nafon roziyallohu anh shu darajada hayoli, uyatchan inson bo'lganki, g'usl qilishlik kerak bo'lganda qorong'u xonaga kirib yechimim g'usl qilar ekan, aytar ekan, Parvardigor, agar bundan ham afzalroq yo'riq bo'lganda shuni qilardim bir ekan.
Hayo, halimlik, muloyimlik, uyatchanlik xulqlarning sayyidi deyiladi. Demak, haqiqiy murid banda Alloh'dan hayo qiladi. Man qilingan ishlarni ustida robbisi uni ko'rishidan hayo qiladi. Uni roziligiga intiladi. Qur'on tilovati solih insonlarning xizmati da'vat, kamtarlik.
Allohga nima yaqin qilsa uni? Allohga nima uni yaqin qilsak, shuni qiladi. Qaysi narsa uni Allohda uzoq qilsa, shu narsadan uzoq bo'ladi. Sodiq muridning alomatlaridan qanoat. Qo'lida bor yo'q, birovga shikoyat qilmaydi. Qanoat qiladi.
Doim sabrli, doim rozi, ammo dunyoni istagan odam doim och bo'ladi. Doim norozi bo'ladi, xariz to'ymas bo'ladi. Muridning sifatlaridan al murid u man ka'na nomuhu g'alaba. Haqiqiy murid uning uyqusi unga g'olib bo'ladi. Nima degani? Alohida uyquni marosim qilib, oyog'ini cho'zib, tayyorgarlik ko'rib yotmaydi. Ko'zi uyquga ketib qolganda uxlab qoladi.
Allohni roziligini, Allohni yuzini, Payg'ambarda roziligini sid qidildan xohlagan odam murid deyiladi. Ana shu muridning alomatlaridan uyqu uni harakatsizlantirib qo'ygandagina o'chib qoladi. Charchab yiqilib qolganda uxlaydi. Uyquni hayotni lazzatlaridan deb bilmaydi. Uyqu u uchun zarurat.
Haqiqiy murid uyqu u uchung zarurat. Mana misol tariqasida biz Imomi Navaviyni aytishimiz mumkin. Imomi Navaviy, birodarlar, mana oila qilmagan. Uy solmagan. Qirq besh ga kirganda vafot etgan. Qarang, xuddi bir o'sha qisqa umr ko'rishini sezganday bo'lgan ekanda. Umrini ilmga sarflagan. Masjidni bir kichkinagina hujrasini ajratib berishgan, shu yerda yashab, shu yerda turib, shu yerda ijodini qilgan. Shu darajada xona tor bo'lgan kitoblar bilan to'lganki, bironta odam ziyoratiga kelsa, ziyoratiga kelsa joyi yo'q. Kitoblarni surib surib turar ekan, o'tkazib, besh olti minut suhbatni qilib chiqarar ekan. Ana shu Imomu Navoiy kitob o'qiyotibmi, kitob yozyotibmi, uzoq o'tirganigidan uxlab qolar ekan shunday. Qo'lida qalami, qo'lida kitobi bilan o'n minut uxlaydimi, yigirma minut uxlaydmi, shunday uyg'onar ekan, davom etkazib ketaverar ekan. Organizm o'chib qolgan paytda uxlar ekan.
Alohida oyog'ini uzatib, marosim qilib uxlamagan ekan. Mana qarang da, u kishi ham o'tib ketdi. U kishini zamonida, u kishidaqa yashagan, qasrlarni solgan boylar, podshohlar, sultonlar qanchasi o'tib ketdi minglagani. Hech qaysini ismi aytilmayapti. Lekin Imom Navaviyning ismi aytilinyapti a? Chunki murid bo'lgan ekanda bu kishi.
Astaydu billa. Tata ja'fa jun'u buhum anil mavoji, ya yadrovna robbakhum xavfun va tomag'a va minma rozaqunakhum yunfiqum. Ularning yonboshlari o'rin joylardan yiroq bo'lur. Ya'ni tunlarda kam uxlashadi. Ibodat bilan o'tkazadi tunni. Ular Parvardigorlarga qo'rquv va umidvorlik bilan duo iltijo qilurlar. Va ularga biz rizq qilib bergan narsalardan info g'ishton qilurlar. Demak, muridning uyqusi unga g'olib bo'ladi, ovqati oddiy bo'ladi, gaplari zarurat bo'ladi.
Muhim savol. Nima uchun bir odam ibodatga yangi kirgan paytida, din diyonatni o'qib o'rganib, endi namozga, ro'zaga, savobli amallarga kirishgan paytda, ishini avvalida ibodatda ishtiyoq katta bo'ladi. Nima uchun boshida amallarda g'ayrati serob bo'ladi, keyin vaqt o'tishi bilan susayib ketadi? Ana shu amallardan zerikishlik paydo bo'ladi. Savol tushunarli ekan.
Haligi endi namozga kirishgan odam qarasang, besh mahal masjidga qatnay ekanini ko'rasan. Zo'r kirdi namozga deysan. Shijoat bilan keladi, keyin qarasangiz, nima uchun ibodatni avvalida ishtiyoq, shijoat, g'ayrat zo'r bo'lgan, keyin vaqt o'tishi bilan suyib ketishlik, hatto ana shu amallardan zerikishlik paydo bo'ldi? Javob kimning irodasi avvaldan to'g'ri bo'lmagan bo'lsa, kunlarning o'tishi uni maqsadidan faqatgina orqaga qaytaradi.
Kimning irodasi avvaldan to'g'ri bo'lmagan bo'lsa, kunlarning o'tishi uni maqsadidan faqat orqasiga qaytaradi. Ya'ni, mana shu bir dinga, taqvoga, solih amallarga kirishayotganida, iymon yo'liga endi qadam qo'yishni boshlagan paytida, ishning avvalida faqat Alloh va Payg'ambarning roziligi degan narsani niyat qilmagan bo'lmasa, vaqt o'tishi uni bu amallardan zeriktirtiradi.
Hurmat e'tiborini niyat qilgan, majlislarni to'g'risini niyat qilygan, obro', hurmat, mana shu narsalarni niyat qilib boshlagan bo'lsa, bunaqa odam, boshida ibodati zo'r bo'ladi, keyin vaqt o'tishi bilan niyati boshida chatoq bo'lganligi uchun bu amallardan nima bo'ladi? Zerikadi. Malollanadi, yalqov bo'ladi, natijada Alloh'dan uzilib qoladi.
O'zi bu amallarga kirishlikdagi maqsad Allohni roziligimi edi? Iymon yo'liga kirding, shu yo'lni avvalida niyatingda sodiq, rozgo'y bo'lmagan bo'lsang, haqni talab qilishda iroding to'g'ri bo'lmagan bo'lsa, iroding noto'g'ri bo'magan bo'lsa. Agar mana shu iymon yo'liga dunyoni topish maqsadida yurgan bo'lsang, odamlarni hurmat e'tiboriga yetishlik uchun yurgan bo'lmasang, kunlar o'tgan sari bu yo'ldan malollanayotganingni, zelka ekkaningni ko'rasan.
Bunaqa xoga tushib qolgan odamlar aytadi, gap, gap, gap. Ko'p eshitdik deydi. Zerikdim deydi. Namozga yalqov, zikrni aytsa g'aflat bilan aytadi. Hajni tijorat qilib oladi. Vojib bo'lgan amallarni shaklini, suratini bajaradi. Ibodatlari quruq yotib turishlik bo'lib qoladi.
Demak, mana shu din diyonat ishiga kirishayotgan paytda, ishning avvalida niyati to'g'ri bo'lmagan bo'lsa, irodasi Allohni roziligi bo'lmagan bo'lsa, odamlarni dunyosi, odamlarniki qo'lidagi matohini maqsad qilgan bo'lsa, bu amallar vaqt o'tishi bilan sizni zeriktiradi, malollantiradi, oxiri bu amaldan to'sib, Allohda sizni uzoq qilib qo'yadi.
Aquli hovli ha da va astag'firullohu li valakum, va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.