MMaviza
IrodaTekshirilgan23 daq

80-QISM / IRODA (4/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
23:07
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Assalatu vassalomu ala ashrafil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Iroda manzilatini o'qiyotganlik davom etkazamiz. Amaliy tadbiq. Yana aytiladi, murid, agar qavmning bir ilmidan bir narsani eshitib qolsa, bas unga amal qiladi. Umrini oxirigacha mana shu ilm uni qalbida hikmatga aylanadi. Ko'zni tiyish Allohnin buyrug'i ekan. Ilohiy amr ekan. Eshitdi, bildi, ko'zini tiydi. Natijada qalbini to'ldirgan bir halovatni topdi. Bo'ladi yu, shunday qaraysiz da, xoram degan narsa keladi, shunday ko'zingizni olib qochasiz, qarab mazza qilgandan ko'ra, ko'zingizni olib qochganingizni mazasi zo'rroqligini topasiz.

Ha, ko'zingiz qandaydir nafsingiz shaytonni vasvasasi bilan yoqadi sizga, tekis narsa ekan, va hokazo ekan. O'shani teskari qarab turib, kim uchun ko'zingizni bu yoqqa olib qochganligingizni bir o'ylang da, qalbingizda shunaqa bir xotirjamlikni his qilasiz, u ko'zi bilan zino qilgan, bunaqa halovatda borligini ham bilmaydi. Demak, mana shu kishi endi hakim inson bo'ldi. Ilmni eshitdi, Allohni buyrug'i ekanligini bildi, amal qildi. Endi bu odam hakim inson bo'mdi. Chunki ana shu halovatni amalda topdi. Fe'lani topdi. Buyrug'ini topdi, amal qild, halovatni his qildi.

Hadisni eshitdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, man ja'al alhumuma hamma vohidan, hamma axirotixi kafahullohu hamma dunya. Hadis qarang go'zalligini. Kim hamma g'amlarni bitta g'amga almashtirib olsa? Oxirat g'amiga. Alloh bu bandaning qolgan g'amlariga o'zi kifoya qiladi. Eshitdi, qabul qildi, Rasulullohning so'zi ekan, amal qildi. Hamma g'amni bir chekkaga surib qo'yib turib, nima qilsam Alloh mendan rozi bo'ladi degan savol bilan, g'am bilan yashavdi. Alloh haqiqatdan qolgan g'amlarni o'zini zimmasiga otdi. Amal qildi, halovatni his qildi va eng muhimi natijani ko'zi bilan ko'rdi. E Alloh deyish kerak ekan, bandasini maqtagani, bandasini yomon ko'rgani hech narsa emas ekan. Bandasini podnoshka bergani hech narsa emas ekan. Alloh qo'llasa hech narsa emass ekan deydi da, endi u hakimga aylandi. Yana, mana bu hadisni eshitdi. Innakalan tada ash shay'an ibu teg'o Alloh, illa atak Allohu hayron minuh. Sen qaysi bir narsani Alloh uchun tarqisang, Alloh senga undan yaxshiroq narsani beradi degan ilmni eshitdi, hadisni eshitdim.

Amal qildi. Amal qildi, endi yana boyagi halovatni topdi va Alloh Taolo unga tark qilgan narsasidan yaxshiroq bergan narsani ko'rdi, yana hakimga aylandi. Tushuninglar, eshitib turib amal qilmasak, u ilmimiz, o'qib, yodlagan hadislarimiz bizga foyda qilmaydi. Eshitdingiz, qabul qildingiz, endi amal qiling.

Hikmatni eshitdi, hadisni eshitdi. Shubhali katta qo'liga boylik kelib qolsa ham, shart tak qila oladi. Tark qiluvdi, Alloh undan yaxshisini berdi. Buni ham ko'rdi. Mana endi u odam tajriba egasiga aylandi. Uqubiy aytganidek, diqqat. Qur'oni Karimning lafzlari uning hofizlaridan olinadi.

Qur'on karimni hofizi Qur'onlardan olamiz. Mahrajini, qoidasini, tajvidini, harflarda chiqadigan o'rnini Qur'oni karimning lafzlari uning hofizlaridan olinadi. Uning ma'nolari esa uni anglaganlardan olinadi. Ya'ni oyatni o'qidi, ma'nosini tushundi, hayotida tadbiq qildi, ko'rdi natijani. O'sha odamdan o'rganamiz Qur'onni ma'nolarini, hadisni ma'nolarimi.

O'shaning uchun gapirib qo'ysanglar undan olinavermaydi. Qarash kerak. Aytayotgan narsasini o'zi amalini qilganmi va natijasini ko'rganmi? Agar natijasini ko'targan bo'lsa, shu odamdan olinadi. Qoidani tushundinglar a? Qur'oni karimning lafzlari uning hofizlaridan olinadi. Qur'oni kariminning ma'nolari esa uni anglagandan olinadi. Agar ana shu eshitgan ilmiga amal qilgan bo'lsa. Ana shu amalining mevasini ko'rgan bo'lsa, ana shu mevani ta'mini totib ko'rgan bo'lsa, bu odam hakim bo'ladi. Mana shunday odam gapirsa, eshitganlar foyda topadi. Chunki u qalbidan gapiryapti, totib ko'rib gapiryapti, boshidan o'tkazib turib gapiryapti.

Qadimda aytilarkan, qalbdan chiqqan so'z qalbni tub tubidan ishonib aytilgan so'z qalblarga ruxsatsiz kirib boradi. Og'izdan chiqqan so'z esa quloqdan uyog'iga o'tmaydi. Odamlar qachon sizni so'zingizdan foyda topadi? Qachoniki u so'zingizga o'zingiz amal qilib, samarasini topgan bo'lsangiz, ta'mini totgan bo'lsangiz, boshingizdan o'tkazgan bo'lsangiz.

Misol. Bir joyga dam olgani bormoqchisiz. Falon kurortga boraman dedingiz, ro'parangizda turgan odam yo'q, u yoq emas, falon joyga boring dedi. Juda ham mazza qilib dam olib kelasiz. Sharoitlari oliy dedi. Bitta savol berasiz. Qanaqa savol u? Siz o'zingiz borganmisiz u yoqqa deysiz? Desangiz, yo'q deydi. Men ham eshitganman deydi. Uni gapini ta'siri qanchalik bo'ladi? Sizga.

Endi. Sizga o'sha maslahat berayotgan odam haqiqatdan borib kelgan bo'lsa chi, ha uni gapi boshidan o'tkazib, tajribasidan o'tkazilib, ta'mini topib turib gapiryaptimi? Demak, uni so'zi sizga albatta ta'siri qattiq bo'ladi. Keyingi hikmatga xulosa olamiz. Man samya shay'an min ulumil qavm, valam ya amal bihi, ka'na hikaya'tan, yaxfa ruha ayyama, sinmayan sax'a. Qarang.

Kim bir qavmning ilmidan bir narsani eshitib turib, unga amal qilmasa, bas u eshitgani hikoyadir. Bugun eslab qoldi, ertaga unutadi. Qaytaramiz. Kim bir qavmning bilmidan bir narsaning eshitib turib unga amal qimasa, bas eshitgani hikaoyadir. Bugin eslab qoldi ertaga unutadi .

Shuning uchun quruq so'z, gap bilan ish bitmaydi. Ta'limning eng yomoni quruq og'zaki gap. Ta'limning endi yomoni quru'q og'zaki ta'lim. Minglagan so'zlar, minglagan ma'nolar, hikmatlar o'quvchiga taqdim qilinadi. Kitoblarda yozilgan narsa o'qib tushuntirib beriladi, xolos.

Talabalar u hikmatlarni boshidan o'tkazmaganligi uchun, bu haqiqatlarni ko'rmagani uchun, muallimadan eshitgan narsalar imtihon qilinsa, so'zma so'z yodlab olgan ayb berib yuboradi. Imtihonni o'tib oladi. Endi ana shu imtihondan o'tgan talabalarni chaqirib turib, bir yildan keyin shu narsani yana so'rasangiz, endi aytib bera olmaydi.

Chunki nima qilgan u? Imtihondan o'tib olishlik uchun yodlab olgan xolos. Ular og'zaki quruq ta'limni olgan. Hayotda ko'rmagan, boshidan o'tkazmagan. Kerak bo'lganida aytib bera oladi yozib, lekin bu ilmi tajribaga asoslanmagan, tajriba bilan his qilinmagan. Ammo, agar o'rgangan narsangiz amal qilgan bo'lsangiz, tajribangizdan xulosa olib, his qilgan bo'lasangiz, ellik yildan keyin ham nima qilmaysiz uni? Unutmaysiz.

Eng afzal ta'lim tajriba va praktika bizni tilimizda. Dengizni umuman ko'rmagan, dengizga bir marta kemada chiqmagan odam dengiz haqida maqolalar o'qiydi, videoroliklarni ko'radi, suratlarni tomosha qiladi. Xo'p, yaxshi. Shu bilan dengiz tushib qoldimi endi u?

A? Mana oddiy misol. Yo'q. Bular uni kallasidagi quruq ma'lumot xolos. Bugun bor, ertaga yo'q. Dengizga chiqsin, buni o'rniga, suvga tushsin, to'lqinlarni ko'rsin, bir amallab bir cho'kib ketishga yaqin bo'lsin, dengizni, okeanni kuchini, quvvatini ko'rsin. Shundan keyin u dengizi nimaligini bilib oladi. Mana shu ilm haqiqiy ilm bo'ladi. Chunki nima orqali olindi u ilm? Tajriba orqali. Shuning uchun aytyapmiz da. Sizga nasihat qilayotgan odamni gapi qalbingizga kirmayotgan bo'lsa, bilingki, quruq ma'lumot.

Endi siz gapiryaptimi? Qalbingizga tushyaptimi loppa loppa qilib? Demak, boshidan o'tkazgan. Tajriba orqali topilgan ilm umuman boshqa narsa. Shuning uchun ham yoshlar, sizlargachi, kattalar nasihat qiladi. Aqlli, xushli, din diyonatli, halol haromda bilgan, ilmli, yoshu insonlar bir narsani nasihat qiladi. Malollanmanglar.

Malollanmaylar. Chunki ular sizlarga aytayotgan narsalarini boshidan o'tkazib turib aytyapti tajriba qilib. O'zlari hayotida ko'rgan, kechirgan, ularning sizlarga gapirayotgan ilmi tajriba ustida qurilgan. Prosta xulosa olib qo'yinglar da. Foyda topasizlar. Yutuq sizlarda bo'ladi. Ustozingga irg'ima, ota onangni nazaridan qoma, odamlarga zulm qilma, duo ol bolam, o'sasan desa, dadam ham qarib qoldi.

Ha, men bitta gapirib, o'n martadan nima qilayotganim bo'lib qoldi. Ukburiy aytganidek, takrorlaymiz. Qur'oni karimning lafzlari uning hofizlaridan olinadi, uning ma'nolari esa uni anglaganlardan olinadi. Demak, ma'nolar Qur'onni oyatlarini, Payg'ambarning hadislarini anglagan, ularga amal qilib, boshidan tajriba bilan o'tkazgan odamlardan olinadi.

Agar Alloh bilan bo'lgan muomalada tajribang bor bo'lsa, agar Allohga yaqin bo'lishni ta'mini totib ko'rgan bo'lsang, agar istiqomani nimaligini his qilgan bo'lsang. Agar Alloh qalbingga sakinatni joylagan bo'lsa, agar iymonni rohatini totigan bo'lsang, if bergan bir so'mingni Alloh Taolo ming so'm qilib ko'paytirganlarga guvoh bo'lgan bo'lsang agar Alloh uchun bir narsadan voz kechganingda, senga undan yaxshiroq narsa berganini ko'rgan bo'lsang, eshitgan oyat hadisingni tadbiq qilib, uni samarasini ko'rgan bossang, demak sen haqiqiy da'vatchi bo'psan. Tushunarlimi? Chunki siz birni beruvdingiz, Alloh o'rnini berdi.

Bitta narsadan voz kechuvingiz, Alloh undan zo'rrog'ini berdi. Bitta narsadan voz kechuvdingiz, Alloh undan zo'r ikkita narsani berdi. Chunki nima qildingiz o'zingiz? Totib ko'rdingiz, hidab ko'rdingiz. Ushlab ko'rding, yeb ko'rdingiz ki, kiyib ko'rding. Agar sen gapirsang, shunday bo'lib turib, odamlarni qalbida gaping albatta o'zini joyini oladi. Iymoniy tajribangni aytib da'vat qilsang, so'zlaring odamlarni kalbiga albatta ta'sir qiladi.

Shuning uchun, agar biz Allohni diniga da'vat qiluvchi haqiqiy doyi bo'lishni xohlasak, eshitgan, bilgan narsamizga amal qilaylik, amalda sobit bo'laylik, xolis bo'laylik, Alloh Taolo mevalarni bergandan keyin, odamlarga qiladigan da'vatimizni ta'siri haqiqiy bo'ladi. Alloh tarafidan bizga berilgan sakinatni his qilsak, qilgan amalimizga Robbimiz bir imomni berganini ko'rgan bo'lsak, shundagina bizni da'vatimizni foydasi bor bo'ladi. Shundagina bir og'iz so'zimiz odamlarni qalbiga joylanishi oson bo'ladi.

Hikmat, takrorlaymiz. Kim bir qavmning ilmidan bir narsani eshitib turib, unga amal qilmasa, bas u eshitgani hikoyadir, bugun eslab qoladi, ertaga unutadi. Yahyoimni muozi aytadi, haqiqiy murid uchun eng og'ir ish tabiati, uning tabiatiga zid bo'lgan odam bilan ulfat bo'lish.

Agar siz haqiqiy murid bo'lsangiz, Allohni yuzini, Payg'ambarda roziligini haqiqatdan istayotgan odam bo'lsangiz va Allohda uzoq bo'lgan odamlar bilan birga bo'lishlik, siz uchun og'ir ish bo'ladi. Qaytaraman. Haqiqiy muridd bo'lsangiz. Allohni roziligi birinchi maqsadim degan niyatingiz haqiqiy bo'lsa, mana shu yo'lga teskari bo'lgan odamlar bilan birga o'tira olmaysiz.

Hazillari, bachkana, so'zlari bemaza, xiliqlari sovuq, mulohazalari, umuman, bunaqa odamlar bilan bilan birga bo'lishlik siz uchun mashaqqat oladi. Ammo buni o'rniga qalbingiz o'shanaqa odamlar bo'lishga intilayotgan bo'lsa, bu siz uchun xatarli holat. Endi o'ylang, hammomga kirdingiz. Chiroyli yuvilib chiqdingiz ustingizga. Eng yaxshi kiyimlarni kiyib, atirlarni zo'rini sepib, o'sha holatda molxonaga kirib ketaverasizmi mol tozalagani?

Agar shunday qilsangiz, sizni kim deyishi mumkin? Esi joyida emas ekan deyishi mumkin. Agar siz Allohdan uzoq bo'lgan dunyo ahllarini suhbatini yoqtirayotgan bo'lsangiz, ularni so'zlari sizga yoqayotgan bo'lsa, ular bilan birla bo'lishi sizga yoqimli bo'layotgan bo'lmasa, bilingki, siz ularni bittasisiz.

Murid inson uchun eng og'ir narsa, sulukiyati, unga teskari bo'lgan odamlar bilan birga bo'lish. Murid insonu uchun eng og',ir narsa, sulukiati, buning sulukiyatiga teskari bo'gan odamlar bilani birga bo'lish, murid qilayotgan har bir ishiga bitta o'lchov bilan qaraydi. Shu ishni qilsam Alloh mendan rozi bo'ladimi? Yo norozi bo'ladimi?' Aytdik ku tevadagi hadisda. Kim hamma g'amda bir chekkaga surib, bitta g'amga aylantirib olsa shu g'amlarini, qolgan g'amlarga Alloh o'zi kifoya qiladi. Bu as sodiqul masluq bo'lgan Muhammad alayhissalomning va'dasi, Rasululloh yolg'on gapirmaydilar.

Endi Alloh bizni dunyo g'amlarimizga, boshqa g'amlarimizgaga kifoya qilmayotgan bo'lsa, demak hali biz birinchi shartni bajarmapmiz da. O'shaning uchun muammo tugamaydi da hayotda. Uyni solib, qizni chiqarsam, problemam tugadi dedingiz. Qildingiz shu ishni, lekin muammo tugamadi. Endi o'g'liminglar mashinamni yangilab olsam zo'r bo'ladi dedingiz, qildingiz, yana tugamayapti. Tushuning, siz bu jismoniy xatti harakatingiz bilan, tirikchilik kasbikoringiz pul topishi bilan dunyo muammosini hal qila olmaysiz.

U muammolarni Alloh hal qilib beradi. Faqat Alloh hal qila oladi. Qachon hal qilib beradi? Hamma g'amingizni bitta g'amga almashtirsangiz. Ro'zg'or deb qo'yadi a? Zo'r so'z mana shu. Nima degani u? G'or deganida, ha, to'lmadimi? To'lmadi, to'lmaydi. Biz bilan menda million yo'q da, men millioni borlardan ham so'rang da. Millioni borlar ham aytadi, to'lmaydi ekan deydi.

Demak, haqiqiy murid inson bironta ishga kirishidan oldin, avval, bitta savolni beradi. Mana shu ishni qilsam, Alloh mendan norozi bo'ladimi, rozi bo'ladimi? Agar shu savolga javob bilan yashasa hayotida, bitta yu bitta savoli shu bo'lsa hayotda, boshqa g'amingizni Alloh o'zi hal qilib qo'yar ekan.

U siz aqlingiz yetmaydigan tomondan hal qilib qo'tar ekan. Shuning uchun u muridning shiori hayotda. Ilohim, maqsadim o'zingsan. Roziliging meni umidim. Shu narsa deb yashaydi. Ilohim, parvardigorim, maqsadim o'zing. Roziliging meni umidim.

Nurid inson maqsadiga yetish uchun unga uchta narsa kerak. Birinchisi, qabul qiluvchi, toza, tayyor qalb. Nimani qabul qilishga tayyor bo'lishi kerak u qalbi? Ilmni. Qalbi tirik bo'lishi kerak. Nafsni qalbi tirik bo'lishi kerak. Agar nafsda mana shu sifat bor bo'lsa, shunda unga ta'lim kiradi.

Demak, qabul qiluvchi tirik qalb kerak. Ilmni esa qabul qilasiz. Ikkinchisi, da'vat. Ilmga asoslangan da'vat. Adolatga asoslangan da'vat, voqelikka, hayotga to'g'ri keladigan da'vat, mantiqqa to'g'ri keladigan da'vat. Agar mana shu da'vat insonning tabiatiga mos bo'lmasa, bu da'vat foyda qilmaydi.

Insonni tabiatiga mos bo'lgan haqiqiy da'vat. Uchinchisi, to'siqlardan holi yo'l, toza yo'l. Agar sen yo'lingni tozalab olsang, to'g'ri da'vat ustida bo'lsang va qabul qiladigan ilmni nafsing tayyor bor bo'lsa, maqsadingga yetishliging mumkin bo'ladi. Allohga yetishing imkoniyati bo'ladi.

Tayyor qalb ilm uchun, to'g'ri da'vat va toza yo'l. Mana shulardan bittasi yo'q bo'ladigan bo'lsa, murid Allohga yeta olmaydi. Aytilishi kerak bo'lgan oxirgi fikr. Murid asosan ikkita holatni boshidan kechiradi. Ikkita holatdan bittasida turadi. Kenglik holati, torlik holati. Torlik holati xavf sababli, xavf orqali keladi. Kenglik holati umid orqali keladi. Endi torlikka kirib qolishning sababi ikkita. Nuqson yoki ma'siyat. O'zingizni tor his qilyapsizmi? Yuragingiz siqilyaptimi? Kenglik yo'qmi? Demak bu yerda bir xato ish qilgansiz, nuqsonli ish yoki gunoh qilgansiz. Yoki kimnidir haqqini bermagan bo'lasiz.

Bu sabab tavba va xatoni to'g'rilashni taqozo qiladi. Yoki murid bu torlikni sababini bilmasligi mumkin. Nima uchun bunday torlikka kelib qoldi? Otasini xafa qiluvdi, qalbi tor yeb qoldi. Falonchini haqini yeb qo'ydi, yuragi siqilib qoldi. Mana shu torligining sababini bildi. Endi uni tuzatish kerak. Endi yuragida, qalbida torlikni his qilyapti, sababini bilmayapti. Unda nima qilish kerak? Unda sabr qilish kerak.

Ehtimol bu hikmati bordir. Vaqt o'tishi bilan mana shu hikmat ayon bo'ladi, bilinadi. Endi ikkinchi holat, kenglik holatida. Qalbi keng bo'lib turgan holatda, murid qalbida huzurni, halovatni, oliy ma'naviyatni, iqbolni his qiladi. Endi bu holat fitna.

Imtihon. Sirpanchiq. Ya'ni qalbi keng, xotirjam, halovatni his qilyapti, mazza qilyapti. Xatar shu. Nimasi xatar? Shunday holatda o'zi haqida baland fikrda bo'lib qoladi. Demak men zo'r bo'lib qolibman deb turib o'zingizga baho berib siyg'alanib ketib qoladi oyog'ingiz.

Ha Alloh bizga berdi, shuning uchun biz zo'rligimiz uchun berdi emas, yo'q. Bunga loyiq emasmiz biz. Allohni fazli bo'ldi deb tursangiz, oyog'ingiz yerda turadi, siyg'alanib kelmaysiz. Demak, muridni ustida ikkita holat bo'ladi. Torlik, kenglik. Torlik, qilgan xato kamchilik gunoh sababchi bunday bo'ladi. Nima qilish kerak bunda desa, shu gunohni, xatoni tuzatish kerak. Kenglik holati, xotirjamligini, halovatni his qiladi. Bu zo'r holat, lekin bu xatarli holat unga. Nima uchun? O'zidan ketib qoladi. Bu holatda bandda hushyor bo'lishlik kerak bo'ladi.

Agar ustingizga torli holat kelib qolsa, uni sababini qidiring. Agar sababini topsangiz tuzating, tavba qiling. Agar uni sababini topa olmasangiz, sabr qiling. Chunki bu ishda albatta bir hikmat bor bo'ladi. Allohni ishlari behikmat emas. Kenglik holati kelib qolsa, unga aldanib qolmang, chunki bu imtihon xatoga, kibrga, ujubga kirib qolmang.

Kenglik sizni istiqomadan chiqarib qo'ymasin, men zo'r bo'lib ketibman u joyda. O'zing katta baho berib qo'ymang, adashib qolmang. Darsimizning xulosasi. Agar seni holating bilan sen o'zing yetmoqchi bo'lgan holat orasida katta masofa borligini ko'rsang, bas bilgin ki, bu sening irodingni zaifligi sababidan.

Irodingni zafligini sababi esa, ilmingni ozligi sababidan, Alloh azza va jalla ilm o'qib, Allohni tanib, ana shu irodasi quvvatli bandalardan bo'lishimizga tavfiq bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malayka tahui yu sollu ala nabiy, ya yu halladina amal u sollu alayhi va salli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish