MMaviza
IrodaTekshirilgan18 daq

81-QISM / IYSOR (1/3) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
18:12
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi voshibi hij ma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatu nafs, darslaridan birodarlar, yangi mavzuni boshlaymiz. Iysor manzilida. Iysor. Iya kana abduva, iya kana stain. Sengagina ibodat qilamiz. Va sendangina madad so'raymiz manzilatlaridan, isor manzilati. Bu manzilatni, isor degan manzilatni qayerdan oldik?

Astaydu billa. Va la dinya taba va uddaro val imana min qoblihim, yuhibbuna man haja ro ilayhim. Vala yajiduna fi sudurihim haja tan minma utu va yufiruna ala anfusihim. Valauka nabihim hososo, vomay yo'qo shohha nafsihiy, fa ula aka humul mufliho. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sahobalari Makkadan Madinaga hijrat qilishdi. Mana Rasululloh o'n uch yil davomida Makkada Qur'oni da'vat qilishiga bilan band bo'ldilar. Alloh tomonidan Madinai Munavvaraga, u paytdagi nomi Yasrib, shahriga hijrat qilishlikka buyurildi va sahobalar hijrat qilishdi. Yurtini, vatanini Allohnin roziligi uchun tark qilib, boshqa yurtga ko'chib ketishdi. Mana shu hijrat deyiladi. Ana shu hijrat qilgan kishilar muhojirlar deyiladi. Endi, Yasribda, ya'ni Madinai Munavvarada, muhojirlar kelishidan avval yashagan kishilar, Madinaliklar, ansorlar deyildi. Mana sahobalar ikkiga bo'linadi. Muhojirlar va ansorlar. Mana shu muhojirlar hamma narsalarini tashlab Madinaga, qo'llari quruq, kambag'al bo'lgan holda ko'chib borishdi, ansorlar xursandchilik bilan kutib oldi.

Ana shu ansorlarni maqtov Alloh Taolo Hashir surasida mana shu oyatni nozil qildi. Mazmuni ulardan, muhojirlardan, ilgari Madina diyoriga o'rnashgan va iymon e'tiqodni mahkam ushlagan zotlar, insonlar esa o'zlarining yonlariga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga, muhojirlarga berilgan narsa, o'ljalar sababli biron hasad tuymaslar hamda garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa da, o'zlarini qo'yib, o'zgalarni isor, ixtiyor qilurlar. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topguvchi zotlardur.

Demak, mana shu oyatda isor deyapti Alloh. Isor o'zini qo'yip boshqani o'ylash. O'ziga emas, boshqaga berishlik. Isor saxiylik, saxovatdan balandroq bo'lgan sifat o'ziga qolmasa ham boshqalarga beradi. Belgi va sifat. Albatta mo'min kishini belgisi bo'ladi. Belgi. Sifat emas. Nima degani? Chunki o'nlagan sifatlar bitta belgiga qaytishi mumkin. Demak, belgi deyotganimizda biz sifatdan ko'ra kengroq narsani, chuqurroq narsani tushunamiz.

Mo'minning belgilaridan bittasi, ana shu belgilardan bittasi isor. Banda garchi o'zida ehtiyoj bo'lsa ham, o'zini qo'yib boshqalarni ixtiyor qilishi. Bu mo'minning sifati, isor. Endi kofirning, fojirning, fosiqning belgisi nima bo'ladi? Xudbinlik. Egoizm.

Bunaqa xudbin odamlar o'zlarining hayotini boshqalarni o'limini ustiga quradi. O'zlarining boy badavlat hayotini bosh qalarni qashshoq qilishlik ustiga quradi, o'zlarining xotirjamliklarini boshqa xalqlarni qo'rquvini ustiga qurishadi. U yurtlarni farovon to'kin bo'lishligi boshqa kambag'al mamlakatlarni yana ham qashshoq qilib ishlaydigan ustiga qurilgan.

Mo'min esa, buni tamomiy aksi bo'ladi. Uni eng ko'zga ko'ringan, eng asosiy belgilaridan bittasi, xususiyatlaridan bu inisor. O'zidan avval boshqalarni o'ylaydi. Demak, inisor saxiylikdan ustunroq sifat. O'ziga qolmasa ham boshqalarga beradi. Mana Alloh azza va jalla ansorlarni Madina ahlini maqtab, va yulsiruna ala anfusihim, valaukanabihim xososod edi. Garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa ham, o'zlarini qo'yib, o'zgalarni iysor, ixtiyor qiladilar.

Agar senda ham birodar mana shu sifat bo'lsa, o'zingni emas, boshqalarni o'ylaydigan bo'lsang, ulkan bir saodatni his qilasan. Albatta bu karomat. Alloh taolo hadis hududida nima degan edi? Uhib bul ashiya va xubbilil faqiriy saxiy ashad. Men dedi Alloh taolo saxiylarni yaxshi ko'raman. Endi saxiy bo'lgan faqirni ko'proq yaxshi ko'laman. O'zi faqir, lekin saxovati bor. Hamma saxiyda Alloh yaxshi ko'radi, ammo kambag'al bo'lib turib saxiylik qilayotganda ko'proq ya xor ko'radi.

Ohibbul qurama va xubbilil faqiiril karim ashad. Karamli insonlarni yaxshi ko'raman, karamli faqirni esa ko'proq yaxshi ko'laman. Shuning uchun bu sifat har bitta mo'minda bo'lishligi kerak. Boymi, kambag'almi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar rubba dirhamin sabag'a alfa dirham. Shunday bir dirham borki, bir dirham borkiy, ming dirhamdan o'zib ketdi.

Nimaga? Bir odam million dirhami bor edi, ming dirham berdi. Endi bitta odamda bir dirham bor edi, o'sha bir dirham deb berdi. Kim ko'proq in'fo qildi shu yerda? Bir dirham bergan. Chunki hammasini berdi. Shuning uchun aytyapmiz da, boy o'n ming dollar ehson qilib turib, o'n mingta savob olsa, kambag'al ikki dollar ehson qiladi, o'sha o'n ming tadan ko'proq savobni oladi. Chunki bor yo'g'i ikki dollar bor edi shu tegida. Ma'qulmi?

Bizda saxovat, xayriya ehson desa, haligi puli yo'q odam, o'tirib yuboradi. Menga daxli yo'q buni deydi. Haligi zakot haqida, haj haqida savol so'rasa, boylar. Kambag'al odam o'chiradi antennasini. A deydi, meni pulim yo'q deydi. Buni deydi, menga aloqasi yo'q deydi, deydi. Xuddi shunga o'xshagandek, xayriya, ehson, saxovat haqida gapirganda, puli ko'p bo'lmagan odam ham nima qiladi? Antennani o'chirib qo'yadi. Menga daxli yo'q deydi deydi.

Lekin ko'ryapsiz, Rasululloh aytyaptilar, bir dirham savobda ming dirhamdan o'zib ketdi. Nima uchun? Borini beruvdi da. Demak, o'zlarini qo'yib, o'zgalarni ixtiyor qiladi, insof qiladi. Ularni mana shu insofini ziyoda qiladigan yana bitta xususiyat bor. Oyatni davomini qarang da. Va yusiruna ala afusihim valav ka'na behim xosa osa. O'zi muhtoj bo'lib turib ham boshqalarni ixtiyori qiladi. Davomini qaray. Va man yo'qqa shohqa nafsixiy, fa ula aka humul muflihum. Shu oyatni davomi. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topuvchi zotlardir.

Demak, isorni qarshisida baxillik turadi. Isor uni qarshisida bahrli turadi. Agar inson mo'min bo'lsa, isor qiladi. Agar mo'min bo'lolmasa, bahrli qiladi. Baxil kishi shu darajada baxilki, o'zidagi narsa emas, boshqalardagi narsani ham qizg'anib baxillik qiladi. Hatto birov info qilayotgan bo'lsa, qilaverasanmi deydi. Qo'y o'zingni ham tursin, o'zingga kerak bo'lib qoladi, jinnimisan deydi.

O'zidagi emas, birovdagi narsaga ham baxillik qoladi. Endi o'zida bo'lib qolsami? Yana ham baxilligi kuchayadi. Baxillik moddaparast insonni belgisi. Ichida ziqnalik, tashqarisida esa baxillik. Kim mana shu baxillikdan, ziqnalikdan qutilsa, najotga erishadi. Chunki Alloh aytdi, voman yuvqosh shoh hanafsixiy fa ulaika humul, muflihu. Kim o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topgushidirlar.

Ziqna. Nafsning ishi baxillik, saxovatlik nafsning ishi inson. Mana baxillik, sahovat haqida, inson haqida. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, iyakun va sho'x. Baxillikdan e'tiyod bo'linglar. Fa innama halakaman ka'na qobla kunbi sho'x. Sizlardan avvalgi ummatlar baxillik sababli halokatga uchradilar. Amarahim bil buxli va baxilov. Ularning nafslari, ularni baxillikka buyurdi, bas baxillik qilishdi. Va amarahim bil qotiyati, faqat og'u. Qarindosh urug'chilikni uzishlikka buyurdi, bas uzishdi. Va amorahim bil fujur, fajarur. Ularni gunohlarga buyurdi, bas gunohlarni qildilar.

Yana bir karra aytamiz. Asosiy belgi, sobit sifat bu esor. Mo'min bo'lmaganlarni belgisi baxillik. Mo'min bandaning asosiy belgisi esor. Abdullohimni muborak aytadi. Mana endi biz ato qilishni, info qilishni , esor qilishni martabalarini ko'ramiz.

Abdullohmni muborak aytsadi. Nafsning odamlarning qo'lidagi narsalardan saxiy bo'lishligi, nafsning infoq qilib saxiy bo'lishdan ko'ra afzal. Qaytaramiz. Nafsning odamlarni qo'lidigi narsalardan sax'iy bo'lishligiga, ya'ni ta'ma qilmasligi, nafs ning infoq qilib sax'iy bo'lishdan afzal.

Ya'ni ikki xil saxovat aytilinyapti bu yerda. Bir nafs info ehson qiladi, bu bitta saxiylik turi. Yana bir nafs odamlardan ta'ma qilmaydi. Odamlarni qo'lidagi narsaga qaramaydi. Mana shu ikkinchisi birinchisidan ustun bo'lar ekan. Nafsning odamlarni ko'lidagi narsaardan saxiy bo'lishligi nafsning info qilib saxiy bo'lishidan afzaldir. Info qilib sax'iy bo'lyapsiz, odamlarni qo'liga qaramasdan saxiy bo'lyapsiz. Birinchisi, hammani qo'lida bo'lmasligi mumkin. Ya'ni hech narsa yo'q bergani. Lekin ikkinchisi, hammani imkoniyatida bor. Kutmang. Ta'ma qilmang.

Atoga taalluqli uch martaba bor. Birinchisi isor. Ikkinchisi saxiylik, uchinchisi aljut. Qaytaramiz. Birinchi martabasi isor. Ikkinchisi saxiylik, uchinchisi aljud. Birinchisi, esor. Eng oliy martaba. Ko'p ato qilib, o'ziga ozgina qoldiradi. Bu esor.

Ikkinchi martaba saxiylik, ozgina ato qilib, u o'ziga ko'p olib qoladi. Bu saxiylik. Endi aljud, berganingiz ham, olib qolganingiz ham teng bo'lsa. O'zingga ozgina qoldirib ko'p ato qilsang iysor, o'zingga ko'p qoldirib ozgina ato qilsang saxovat, berganing ham, qoldirgani ham teng bo'lsa, aljuud bo'ladi.

Ana ismimni Molik roziyallohu anhudan an na rojulan minal ansor qola, ya rasululloh, ala tasda'miluniy kamasdan, maltaful anan. Ansorlardan bir kishi kelib, Rasulullohdan mansab so'radi. Yo'q, Rasululloh dedi. Falonchini mansabga tayinlaganingizdek, meni ham bironta bir mansabga tayinlamaysizmi dedi. Mansab so'rada.

Rasululloh unga s atalqovniy badiiy atharatan, fos beru xatta talqovniy alali xavf dedilar. Mendan keyin xudbinlikka duch kelasizlar, atharatan. Egoizm. Faqat o'zini o'ylashlik. Bu odam ham o'zini o'syapti da. Men ham biror joyga bir xo'jayin bo'lay. Menga ham biror mansab bering.

Bas, dedilar Rasululloh. Qiyomat kunida hovuz oldida menga yo'li quringuningizcha sabr qilinglar. Ya'ni, mendan keyin shunday zamonlar bo'ladi, shunday odamlarni ko'rasizlar, sizlarga emas, boshqalarga beradi ular. Sizlarga bermagan moli mansabni boshqalarga beradi. Vazifaga, vali voliylikka, boshqalarni tayinlashadi. Mana shunaqa holatda dunyo matohiga bo'lgan musobaqadan, kim uzarligidan salomat bo'linglarda, o'zinglarga, dunyoda aytadigan narsalarga sabr qilinglar, shunday qilsanglar qiyomat kunida ajrlaringlarni Allohdan komil suratda olasizlar.

Birodarlar, qiyomat bo'lganda inson ikkita odamni ustida rahbar bo'lganiga pushaymon yeydi. Ikkita odamning ustida hakamlik, qozilik qilganiga pushaymon yedi, agar adolat qilmagan bo'lsa. Endi ne zamonlarda yashayapmizki, ana shu qiyomatdagi mas'uliyati katta bo'lgan mansabga kurashib, urishib, birovni tagiga suv qo'yib, tuhmat qilib, ustidan yozib, o'sha kursini mansabda egallashga harakat qiladi.

Xudbinlik, egoizm. Inson mana shu isor va xudbinlik orasida bo'ladi. Muovin menda doimiy sur'atda Allohnin roziligini umid qiladi. Uni roziligini birinchi o'ringa qo'yadi. Boshqalarni o'ylab, boshqalarnini isor qilar ekan, shu bilan Allohnin rizosi yetmoqchi bo'ladi. Bu uni yo'li.

Isor Allohga olib boradigan eng ishonchli yo'l. Xudbinlik Allohdan uzoq qiladigan yo'l. Demak, biz inson sifatida ato qilish yoki man qilish orasida bo'lamiz, esor yoki xudbinlik orasida bo'hamiz. Muhim savol.

Sen, birodar, dunyo ahlidanmisan yo oxirat ahlidanmisan? Albatta oxirat ahlidaman deysan. Diqqat qil. Qara, seni ko'proq nima xursand qiladi? Berishmi? Olishmi? Seni nima xursand quradi ko'proq? Ato qilishmi? Yoki olishmi? Agar berish, ato qilishlik seni xursand qiladigan bo'lsa, sen oxirat ahlidansan. Yo'q, faqat olishgina seni xursand qilayotgan bo'lsa, sen dunyo ahlidansan.

Ikkita asosiy sifat. Odamlar orasida keng tarqalgan ikki yo'l. Demak, sen yo dunyo ahlisan, yo oxirat ahlisan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan, o'ta bir saxovatli sahobalardan bo'lgan qaysi bir san'atimni uboda, juda saxiy inson edi. Juda ko'p odamlarga yordam berardi, qarz berardi. Bir kuni kasal bo'lib qoldi shu sohada.

Kasal bo'lib oldi, birodarlarni ziyorati kechikib qoldi. Ziyoratga keladiganlar yo'q. Sababini so'raganida aytishdiki, sizni birodarlaringizni juda ko'pchiligi sizdan qarzi bor. Ana shu qarzini uzolmasdan, sizni oldingizga kelgani hijolat bola o'ylanib turishibdi. Sizdan qarzdorligi sababli oldingizga kelgani uyalishyapti dedi.

Shunda Qaysi roziyalloh aniq aytdiki, birodarlarni kelishidan to'sgan molni Alloh xor qilsin. Kimni qaysidan qarzi bor bo'lsa, bas, u qarz yo'q deb e'lon qilinglar dedi. E'lon qilishdi. Qaysi birini sababdan kimni qarz bo'lsa, qaysi kechikdi roziyallohu anhu. Qarzinglar yo'q dedi. Shunday qilindi. Shu kunni kechikirmasdan, ziyoratchilarni ko'pligidan uyni eshigiga sinib ketishlikka yaqin bo'ldi.

Birodarlar, mo'min kishining belgisi bu isor. Isor o'zini qo'yib boshqalarni o'ylash degan. Isor, oz olib qolib, ko'p bersangiz isor, ko'p olib qolib, ozgina bersangiz saxovat, berganingiz bilan olib qolganingizni teng bo'lishligi al javob deyiladi.

Aqlu qovli ha'da. Astag'firulloh livalakum, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish