Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir ro'mbilen ilmiy. Vassolatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lubu barakatuh. Tazkiyatu nafs. Darslarimizdan birodarlar kecha esor manzillatini boshlagan edik.
Agar ozgina qoldirib o'zingizga, ko'p ato qilayotgan bo'lsangiz, boshqalarga bu isor deyiladi. Agar o'zingizga ko'p olib qolib, ozgina tarqatayotgan bo'lsa, ozgina ehson qilayotgan olsangiz, bu saxovat deyiladi. Endi o'zingizga olib qolganingiz ham, tarqatib berayotganingiz ham teng bo'lsa, bu aljut deyiladi. Aljutning o'nta martabasi. Birinchisi, nafsga bo'lgan jut.
Nafsning al juda bu al judning eng oliy martabasi. Inson o'zini, nafsini, o'zini jonini Allohni yo'lida fido qilishligi. Jang maydonida shahid bo'lgan mo'min. U o'zini eng qimmat narsasi, nafsini, jonini Allohga taqdim qildi. Al judning eng oliy martabasi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ana shu Allohning kalimasini oliy bo'lish yo'lida shahid bo'lgan, shahidga beriladigan maqom martabani qanday bo'lishini o'zining hadislarida bayon qilib berganlar.
Ana shu maqom martabalardan uni jon taslim qilishi oddiy odamlarnikideqa bo'lmaydi. U o'lim mashaqqatini tortmaydi. Uni qonini hidi miskin hidi kabi bo'ladi. Hali shahid joni uzilmasdan turib, o'zini jannatdagi maqomini ko'radi. Aljuutning eng oliy martabasi nafs bilan aljuut qilishlik. Astaydu billa, vala tahsabannalladina qutilu fi sabili lahi ammuata bal axya una inda robbihin yurzuqun. Alloh yo'lidagi jangda o'ldirilgan zotlarni hargiz o'liklar deb o'ylamang. Yo'q. Ular tiriklardir. Robbilarining huzurida rizqlanmoqdalar. Ha, ular tirik. Qancha qancha marta tarix davomida guvoh bo'lingan shahidlarning qabri ochilganida, sahobalarning qabrlari ochilganida, ularni jasadlari chirimasdan shunday turganligi. Bu shahidlikni alomati. Shahidlar o'zlarini jonlarini allohga taqdim qilishgan. Ular eng oliy darajadagi insonlar. Demak, aljuutning birinchi martabasi jon bilan, nafs bilan aljuut qilishlik.
Ikkinchisi, mansabga aljuut. Ya'ni, mansabdan voz kechishlik. Mansabingiz bor, martabangiz bor, ana shu mansabingiz tufayli jamiyatda hurmatingiz boshqalarnikidan ko'ra ko'proq. Endi, shunday mansabdor bo'lib turgan holingizda, shunday bir holga duch keldingizki, agar Allohni rozi qilaman desangiz, mansabdan ketishga to'g'ri keladi. Yo mansab, yo Allohni roziligi. Albatta bu qiyin tanlov. Siz bilan bizda unaqa mansab, a? Kursi, bo'lmaganligi uchun biz buni bilmaymiz nimaligini. Endi o'sha mansabda, kursida o'tirganlar biladi buni qanchalar qiyinligini.
Tarixni qaraydigan bo'lsak, nimaga guvoh bo'lamiz? Masalan, o'sha bir katta katta podshohlarga ham Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning risolati yetib borgan. Lekin hammasi qabul qilmagan ularni. Nima uchun? Agar Payg'ambarning risolatini qabul qilsa, musulmon bo'lsa, kofir bo'lgan qavmlari uni u podshohlikda qoldirmas edi. Iymonga kelsa, ana shu kursusidan, tojidan, taxtidan, mansabidan ajrab qolishi mumkin. Shuning uchun haqdan yuz o'girishgan.
Endi bir inson haq turganda, Allohni rizoligi turganda, Allohning roziligini tanlab, o'zini mansabidan voz kechgan bo'lsa, bu odam o'zining mansabida al juvud amalini qilgan bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning siratiga murojaat qilsak, dehayet al kabi rodiyallohu anhu mana rum hukmdori xiraqilga maktub olib bordi. Payg'ambarimizning sahobasi ana shu islomga da'vat qilgan risolasini olib bordi. Xiraqil o'qidi, ilmli odam edi, nasroniy dinini yaxshi bilar edi, olim edi. O'qidi, eshitdi, so'radi, haq ekanligini bildi.
Ammo qabul qilmadi. Nima uchun? Hozirgi aytgan gapimiz. Agar Payg'ambarimizga iymon keltirsa, uni saltanatidan ajratib qo'yishar edi. Dunyoni zavolga uchrashi, dunyoni vayron bo'lib ketishi Alloh uchun osonroq, Alloh uchun yengilroq. Nimadan?
Ollohni roziligi birinchi o'ringa qo'ygan mo'min. Ollohni roziligida bir narsalardan voz kechdi. Mansabidan, katta bir daromadidan, ulfatlaridan, Olloh uchun bir narsadan voz kechdi. Endi Olloh mana shu bandani yordamsiz tashlab qo'yganidan ko'ra, dunyoni vayron bo'lib ketishi Olloh uchun osonroq, yengilroq.
Uni roziligini hamma narsadan afzal ko'rdingmi? Ko'rding. Voz kechdingmi? Kechding. Nima, seni Olloh zoyi qilib qo'yadimi? Uni roziligini hamma narsadan afzal ko'rsang, seni xorlab qo'yadami? Uni roziligining hamma narsadan avzal ko'rsak, nima, seni orqada qoldirib qo'yadmi?
Uni roziligingini hamma narsada afzal ko'rsang, nima, seni yordamsiz tashlab qo'yadi? Uni roziligini hamma narsadan afzal ko'rsang, seni baxtsiz qilib qo'yadimi? Shunday bo'lishi mumkinmi? Aslo. Aslo. Chunki alloh al karim ash shakur bo'lgan zot.
Bundan ko'ra, dunyoni zavolga uchrab, dunyoni vayron bo'lib ketishi Alloh uchun yengilroq. Faqat bitta muammo, nimada? Shoshib ketasiz. Mana, Alloh uchun shu harom tijoratdan voz kechdim, demayapti. Mana Alloh uchun mana mansabimdan voz kechdim. Hech narsa yo'q. Nima bo'lib ketasiz? Xoli qal insonu meni ajal, inson shoshqaloqda. Shoshmay turing. Siz Alloh uchun kechdingizmi? Ha. Alloh Taoloni rahmati keladimi sizga? Ha. Qachon keladi?
Siz isbotlashingiz kerak Alloh Taoloning rahmatiga loyiq ekanligingizni. Qaytaraman. Alloh Taoloning raqmatiga loyiqe ekanligingizini isbotlashingiz ke. Kimga isbotlaysiz? Kimga isbotlay siz? Siz o'zingizga isbotlays siz. Katta tijoratni, katta harom tijoratni tashladingiz. Juda katta daromaddan voz kechdingiz, katta mansabdan voz kechdingiz. Nima? Ketishingizga ertasi kuni, keyingi hafta shoppa ushlatib qo'yadi deb kutayapsizmi?
Siz o'sha voz kechdingiz. Birinchi etapdan o'tdingiz. Endi uni yoqqa Alloh Taolo sizni vaqt bilan sinaydi. Chidaysiz, bir yilmi, ikki yilmi, uch yilmi, u hu, domla, uch yil kutamanmi? Mojit o'n yil kutasan. Uni kim hal qiladi? Faolulli ma yuriydi. Alloh xohlaganini qiladi. Xohlasa olti oy sinaydi. Xohlasa bir yil sinaydi. Lekin mana shu bir yilmi, uch yilmi sinovdan o'tasan.
Varang'lagan qimmat mashinani minib, vashe shikarniy yashariding, birdaniga piyoda bo'lib qolding. Arzimagan oylikka ishlaydigan bo'lib qolding. Sen isbotlaysan, Alloh seni qo'llashga loyiq ekanligingni. Allohning rahmatiga loyiq ekanlaringni isbotlaysan. Kimga? Kimga? O'zingga. Robbing seni biladi kimligingni.
Bir ishni qilmoqchisan, u ish Allohga bo'lgan tot. Agar uni qilaman desang, atrofingdekilar aytadiki, e agar unaqa qiladigan bo'lsang, unday bo'ladi deydi. Bunday bo'ladi, deydi. Qo'rqitishadi. Rostdan ham shunaqa bo'ladimikin? Rostdan ham Allohni rozi qiladigan ishni qilsang, ustingga shu yomonlik keladimikin? Roztan ham shu yomonlikda qolib ketadimikin sen?
Sen Allohga bo'lgan muhabbating hamma narsadan ustun, birodar. Sen allohni roziligini hamma narsadanustun qo'yding. Natija qanaqa bo'ladi? Odamlar aytganday bo'ladimi? Ana shunday qimmat narxni to'lasang, senga nima bor? Alloh rozi bo'ladigan ishni qilding, qiyin ishida. Ana shu qimmat narxini to'lading.
Bilasanmi sen uchun nima bor? Agar Alloh qabul qilgan bo'lsa. Ana shu amalingdan Alloh rozi bo'lsa, bilasanmi senga nima bor. Senga Alloh Taolo bu borliqning qonunlarini o'zgartirib beradi. Odamlarda aqllari, bovar qilmaydigan ishlar sen uchun oddiy bo'ladi. Ibrohim alayhissalomni o't kuydirdimi? Ibrohim alayhi assalomdan Alloh rozi bo'lgandi, tabiat qonunni o'zgartirilib tashladi. O't kuydirmadi.
O'g'lini so'yishga buyurdi Alloh. Allohni roziligini birinchi o'ringa qo'ydi, o'zini nafsidan ham, o'g'lini nafsidan ham ustun qo'yib turib, tomog'iga pishog'ini qo'yib, tortuvdi, pichoq kesdimi? Yana qaytarib aytamiz. Agar sen Alloh rozi bo'ladigan ishni qilsang va mana shu narsada sobit tursang va Alloh sendan qabul qilgan bo'lsa shu amalingni, Alloh azza va jalla sen uchun bu borliqni, qonunlarni o'zgartirib beradi.
Seni mana shu qilgan ishing uchun jazolash kerak bo'lgan odam kelib o'zi himoya qiladigan bo'lib qoladi. Sizni muammoga tiqish kerak bo'lgan odam o'zi kelib sizni himoyachingiz bo'lib qoladi. Alloh qodirmi bunga? Qodirmasmi? Ishdan xabar haydab yuborish kerak bo'lgan xo'jayin buni teskarisini qiladi. Aksincha, mansabingizni, martabingizni ko'tarib qo'yadi. Oyligingizni ko'paytirib qo'yadi. Yumshoq so'zlaydi, ehtimol mukofotlar ham qo'yadi. Hamma ana shuning uchun senga yomonlik keladi deb turuvdi, oqibat yaxshilik bo'ldi.
Misol. Ahmad bir ajnabiy kompaniyada ishlaydi. Oyligi juda ham katta. Yaxshigina mashinasi bor, o'zini mashinasi bilan borib shu kompaniyada ichlaydi, haydovchi. Kompaniyani ishchilarini u yoqqa bu yoqqa olib yurish kerak. Endi g'ayri dinlar, ajnabiy kompaniya.
Ana shu ishchilarni olib yurar ekan, savdo markaziga kirib ketadi, aroq olib chiqadi, bino olib chiqadi. Yoki tungi klublarga olib borasan deydi. Shunga o'xshagan harom xarish ishlarga ham yurish kerak? Musulmon yaxshi oylik oladi, oylik berayotgan ishxonadagilar g'ayri din. Ahmad bunga rozi bo'lmaydi. Mashinamda harom narsa tashimayman deydi. Harom joyga olib bormayman bularni deydi. Lekin ishchi oddiy.
U kompaniyani ishchilarini qaytara olmaydi bu ishidan. Mana endi tanlash kerak. Taqvo qilib, bu katta oylikdan voz kechadimi? Yoki oylikni ushlab taqvodan voz kechadimi. Taqvoni tanladi. Ishidan voz kechadigan bo'ldi. Ana shu kompaniyani direktoriga borib turib niyatini aytdi. Sababini ham aytdi.
Bu agar ishdan ketsa, o'rniga o'nta xaridori bor. Chunki katta oylik beradi da. Bu vakansiya bo'sh qolmaydi. Kompaniyani javob berib yuborishi endi aniq. Borib turib aytdi. Men musulmonman. Bunaqa harom ishlarni aralashishimga dinim yo'l qo'ymaydi. Men bu ishlarni qila olmayman. Men ishdan bo'shating dedi.
Bo'shatib yubordimi? Aksincha. Hurmati oshdi yana. Dinini mahkam ushlaganligi uchun Alloh Taoloni shu g'ayri dinlarini o'zi bir isloh qildiki, bunga bo'lgan munosabat o'zgardi, olib qolishdi. Yana ham hurmati ziyoda bo'ldi. Olvoligidan ko'ra ishonch ko'paydi. Unga ikrom ko'rsatishdi. Mansab bilan aljuut qilish, sizga yoqadigan daromad, sizga yoqadigan kursi mansabdan Allohni roziligi uchun voz kechishligingiz.
Ozgina olib qolib, ko'p berayotgan bo'lsangiz, insof. Ko'p olib qolib ozgina berayotgan bo'sangiz, saxovat. Berganingizni olib qolganingiz teng bo'lsa, bu al javob deyiladi. Birinchisi, jon bilan aljuvut qilishlik. Ikkinchisi, mansab bilan aljuvud qilishlik.
Payg'ambarimiz aytyaptilar innakalan tada ashshay an ibat ig'o allohing illa ataka hayron minhum. Sen bir narsani tark qilsang, Allohni roziligini deb, Allohni deb bir narsadan voz kelsang, Alloh senga undan yaxshirog'ini beradi deb aytyapti Payg'ambarimiz. Gohida oldingda tanlov turadi. Ma'siyatni qilasan yoki taqvoni tanlaysan. Yaxshi ishni, katta daromadni, kengchilikni tanlasang, gunoh ishga qo'l urishga to'g'ri kerak bo'ladi. Shunda taqvo egalarini senga nasihati quyidagicha bo'ladi.
Agar sen dunyoni qo'yib, oxiratni tanlasang, bas u ikkalasiga ham erishasan. Agar oxiratni qo'yib dunyoni tanlasang, bas, u ikkisidan ham mahrum bo'lasan. Nimani tanlash kerak ekan? Taqvoni. Demak, aljuvutning birinchisi, jon bilan aljuvut qilish. Ikkinchisi, mansab bilan al javud qilish, uchinchisi rohat, huzur halovatda al javud.
Uyinga kelasan, tushlikni qilding, biroz dam olishing kerak, charchagansan, ayoling xizmatingda, farzandlaring atrofingda yonboshlab telefon o'ynaysan, yo televizor ko'rasan. Ko'ngling kustagan narsani ichidasan. Xullas, dam olasan. Ishlading, charchading, haqqing bor. Yoki mana shu huzur halovatdan ajralasan, uyingdan chiqasan, tiqilinch avtobusga chiqib o'tirasan, mashaqqatlarni ko'tarib masjidga kelasan, ilm majlisiga. Yoki bironta kasalni ziyoratiga borasan, yoki bironta odam bir hojatini ravvo qilishga birga yurasan. Shunda sen nimadan voz kechding? Nimangda saxovat ko'rsatding? Huzur halovatingda, rohatingda.
Demak, uchinchisi, huzur halovatdan voz kechishlik va mana shu narsada aljuut. To'rtinchisi, ilmda aljuut, nafsda, mansabda rohatda aljuut ko'rsatish, bu ilmda aljud saxovat ko'rsatishlik eng oliy martabalaridan saxovatning.
Kim insonlarga Allohnı tanitadigan ilmni tarqatish bilan mashg'ul bo'lgan bo'lsa, shubhasiz ulug' ish bilan mashg'u ekan. Odamlarga Allohnı tanitadigan ilmni o'rgatish bilan mashg'ul bo'lib yurgan bo'lsa, bu odam eng ulug' ishni ustida ekan. Chunki bu ish Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan qolganda.
Anbiyorlardan qolganda. Odamlar bor adashgan, ma'siyatga kirib qolgan, nafsini ko'yiga kirib qolgan. Sen mana shu odamni bittasini topib, Allohnı dalolat qilding. Ilm o'rgatding, haqni tanitding, u amal qildi. Mustaqil bo'ldi, saodat topdi. Oila va hayoti ham o'rniga keldi. Rizqida baraka paydo bo'ldi, oilasida farovonligi bor.
Mana shu odam qachon ro'paranga chiqsa, seni ko'rib xursand bo'ladi da, minnatdorchilik bildiradi. Sen uni to'g'ri yo'lga kirib ketishiga sabab bo'lganligini aytib, sendan rozi bo'lganligingni aytadi. Aytadi Alloh rozi bo'lsin sizdan deydi. Ajringizni bersin. Meni hamma savobli amallarimga siz sheriksiz. Chunki siz tufayli Alloh meni hidoyat qildi deydi.
Endi qarang. Mana shunaqa so'zni eshitgan paytingizda Alloh sizni yaxshi ko'rayotganligini, sizdan rozi bo'layotganini his qilmaysizmi? Li an yaxdiya allohu bekaro julam vohidan xoyrunlaka min humuring na'm. Rasululloh aytganlar, sen sababli bitta odam hidoyatga yurib qolsa, sen tufayli Alloh bitta odamni hidoyat qilgan bo'lsa, sen sabab bo'lgan bo'lsang, mana shu narsa senga qizil tuyalardan ko'ra yaxshiroq deydilar. Yoki minmat talati alay shish shams deyiladi boshqa adisda. Quyoshni nuri nimani ustiga tushgan bo'lsa. Shuni hammasi seniki bo'lsa bitta yaxshilik. Lekin bitta odam sem tufayli hidol kelib qolsa, undan kattaroq yaxshilik deydilar.
Bu odamlar, Allohni bandalari atrofimizdagi, ularni ichidagi eng yaxshi odam kim desa, odamlarga foydalisi. Allohni seni mana shunday xayrli ishda ishlatganini ko'rib, ich ichingdan quvonasanmi yo'qmi? Allohni huzurida qadring, qimmating borligini o'ylab, xursand bo'lasanmi yo'q mi? Chunki aytyapmiz ku, eng yaxshi odam odamlarga foydali odam. Bo'lib ham seni qanaqa foydang tegdi unga? Ollohni yo'liga qaytishiga sabab bo'lding. Demak, Alloh seni ishlatdi. Hadisda aytildi yu, Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, ishlatadi. Qanaqa qilib ishlatadi, yo Rasululloh? O'zi rozi bo'ladigan ishlarga buradi.
Siz bir odamni hidoyatiga sabab bo'lmadingizmi? Demak, Alloh sizni yaxshi ko'ribdi. Seni qo'ling tufayli Alloh, yaxshilikni joriy qilganini ko'rib, o'zingni Allohga yaqin his qilmaysanmi? Bu tuyg'uni tatib ko'rgan odamlar biladi. Agar saodatli bo'lishni xohlasang, boshqalarni ham saodatli qilgin.
Qaytaramiz. Baxtli bo'lmoqchimisan? Boshqalarga ham baxtni ulashgin. Ularni ham qalbiga mana shu saodat, baxt hissini kiritgin. Shunda albatta baxtli bo'lasan. Atrofimizdagi odamlar, birodarlar, Allohni bandalari. Ularni ichidagi eng yaxshilari kimlar?
Odamlarga, jamiyatga foydasi bo'lgan odamlar. Ey, senchi, mana shu yerga kirib olib, qirq kun qolib ketdi. Jaynamozni teshib yubor. Yigirma besh soat ibodat qil, yigirma to'rt emas. Million bitta zikr ayt. Bu hammasi o'zing uchun. Buni o'rniga besh mahal namoz yana o'qi, nafl namozga kuching yetganicha, zikrni kuching yetgancha ayt, chiqib turib jamiyatga foydali bo'l. Ana shu ish senga ulug'roq martabani beradi.
Bir yigit, yosh yigit, Nabiy sallallohu alayhi vasallam zamonlarida odatdagidan tashqari masjidda ko'p o'tiradi. Nabiyev sollallohu alayhi vasallam tirishchiliging nima bo'lyapti? Deydilar. U yigit aytadiki, meni akam boqadi deydi. Axu aka abadu minka deydilar rasululloh. Akang sendan ko'ra ibodatliroq ekan.
Ko'chada adashib yurgan bir bolaga ko'zing tushdi. Qarasang, tanish. Tikilib qaravding, falonchi odamni o'g'liga o'xshayapti. Eshituvding. O'sha o'g'li ko'chaga chiqib ketibdi. Uyidan qochib ko'chaga chiqib ketibdi. Otasi topa olmayaptikan, uyga kelmay qo'yibdi. Tanib qolding, nima qilasan? Qarasang, usti boshi uydan ketgan, kir, hidlanib ketgan, qorni och.
Yurdingiz da, olib borib hammomga yuvintirib, tarantirib, chiroyli qornini to'yg'izib, qo'liga uch to'rt so'm berib, bor, boravering deb qo'yib yuborasiz. Yaxshilik qildingizmi, yo'qmi? Kelib otasiga aytdingiz. O'g'lingizni topdim, yuvintirib, tarantirib, kiyimlarini to'g'rilab, qornini to'yg'izib, qo'liga uch to'rt so'm berib, javobini berib yubordim. Ota nima deydi? Xursand bo'ladimi? Xursand bo'tiradimi? Jahli chiqadi a? Ha bunaqa qilib yedirib ichirishni o'rniga meni oldimga olib kelmaysizmi? Bo'ynidan Makkam ushlab. Xafa bo'ladi. Noto'g'ri qilibsiz deydi va to'g'ri aytadi.
Siz bir qiylangan odamni ko'rib turib, besh olti so'm berib qo'ydingiz. Allohni tanimaydi. Harom xalajda yuribdi. Ibodatdan uzoq. Uni qo'liga ming dollar berib qo'ydiysiz. Katta ish qilib qo'ydingz da nazaringizda. Undan kattaroq ish nima edi? Uni Allohga yetalay olib kelishlikmidi? Iymon yo'liga, Islom yo'liga olib kelib qo'yishingiz to'g'riroq bo'lamidi?
Boyagi endi yedirib ichirib, pul berib jo'natib yuborsangiz, otasi xafa bo'ldi yu. Unga pulni berib turib, bir kunlik muammosini hal qilgandan ko'ra, abadiy bo'ladigan muammosini hal qursangiz, iymonga boshlasangiz to'g'riroq bo'lmasmidi? Shuning uchun yo'ldan adashgan, nochor qolgan, faqat bir odamni qo'liga bir ikki so'm berib, bir marta qornini to'ydirib, keyin tashlab ketgandan ko'ra, Robbisi huzuriga olib kelganingiz yaxshiroq bo'ladi.
Ilm bilan aljuvut qilish. Allohni taniydi, Alloh inobat qiladi, Robbisiga qaytadi, shu bilan saodat topadi. Mana shu ish ulug'roq bo'ladi, savobliroq bo'lardi. Mana shu ishlarni qilsak, adashgan odamlarni Alloh tomonga qaytishiga sabab bo'lsak, siz bilan biz eng saodatli odam bo'lamiz.
Robbimiz ash shakur bo'lgan zot. Nima degani? Seni qilgan yaxshiligini albatta mukofoti edi degani. Sen nechta odamni hidoyatiga sabab bo'lgan bo'lsang, ana shuncha odamni topgan savobidan xuddi shuncha savob senga ham bor. Ma'qulmi? Hadisda aytilganidek, Allohga qasam, sen sababli Alloh bir kishini hidoyat qilishi sen uchun qizil tuyalardan ham yaxshiroq.
Demak, ilmda aljut o'zingdagi ilmni talab qilgan kishiga sarf qilishing. Bundan tashqarichi, o'sha bizdagi ilmni so'rashi albatta shart emas. Fursat bo'lib qolsa, o'rni kelib qolsa, hikmatli yo'l bilan yoningizda turgan odamga bir ilmdan o'rgatib qo'yishingiz mumkin. Chunki shunaqa odamlar bor, so'rash keragini bilmaydi. Ammo yo'lini qilib aytsangiz nima qiladi? Qabul qiladi. Ayrim tabiblar bor, bemorni ko'radi, dorini shashadi deb beradi, bo'ldi, ketavering deydi. Yana bir tabib bor, tafsilotini tushuntiradi. Sizni kasallingizni sababi, ma'novi, ma'no ma'no narsa sababdan keldi. Endi bunday bunday qilishingiz kerak deydi da. Haligi odam o'zini ilmida aljut qilyapti. Tushuntiradi, sharhlaydi, qalbingizga xotirjam nusx olib qo'yadi. Kifoya qiladigan javobni beradi. Aqulu qoli ha da, va astag'firullohu alayhi va alakum. Va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.