Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalomu ala sharaful mursalin va ala alixiy va ashabiyhi ajma'in. Al mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Nafs tarbiyasi darslaridan birodarlar, insor manzilatini o'qiyotganidek davom etamiz. Senda bor bo'lgan ilm haqida so'ralding, falon narsani hukmi qanaqa? Sen halol yo harom deb o'qiding, bo'ldi. Tafsilotini tushuntirmading. Shuni o'zi kifoya qiladimi? Mana shunday javob berishlik ham ilmdagi isolga kiradimi? Ilmdagi aljutga kiradimi? Imkon bo'lsa dalilini ham keltirib ber. Qo'shimcha ma'lumotlarni ham ayt. Nima uchun deyilgan bunday va buni hikmati nima? Ehtimol, ana shu sen qo'shib qo'yadigan tafsilotlar savol so'rayotgan odamga mana shu savolidan ko'ra muhimroq, foydaliroq bo'lib qolishi mumkin. Demak, ilmdagi aljut qisqa javob berish bilan kifoyalanmaslik.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni qarasak, bergan javoblarida ayni shu narsani ko'ramiz. Rasulullohdan dengizga chiqamiz kemada. Dengizni suvda tahorat qilsak bo'ladimi? Deb so'rashdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ha deb qo'ysa javob berdilar. Lekin qo'shimcha qilib aytdilarki, huvot tahuru ma'uhu al hilu ma'ita tuh'u. Dengizni suvi pok, uni o'limtigi halol. Ya'ni dengizda o'lib qolgan baliq halol bo'laveradi. Hozir aytganimizdek ha, torat qilsa bo'laveradi, suvi pok deb qo'ysak kifoya bo'lardi, ammo Payg'ambarimiz pokligini aytib turib suvni o'limtigi haqida ham ma'lumot berib qo'ydilar. Yana bitta misol, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan yana so'rashdi. Yangi pishgan rutobni, xurmoni ta'mirga, ya'ni qurigan xurmaga sotish teppa teng. Bizda endi hammasini bitta xurmo deymiz. Bular yangi pishganini rutob deydi arablar. Quriganini ta'mir deydi. Ya'ni rutobni ta'mirga teppa teng sotishlik haqida so'raganida, Payg'ambarma sollallohu alalayhi vasallam yo'q, bunday qilish mumkin emas. Deb qo'ysalar javob bergan bo'lar edilar, ammo qo'shimcha qildilar. Ayyanqus u rutobu ida ya bisa.
Agar rutob, yangi pishgan xurmo qursa, vaznidan yengillaydimi? Qolunan, qola falayitan. Ha, yangi pishkan xurmo vaqt o'tgandan keyin quriydi, deganida Payg'ambarimiz, yo'q, unday bo'lsa mumkin emas dedilar. Yo'q deb qo'ysa ham bo'laveradi, lekin tavsiyli javob berdilar. Ilmda al javud ko'rsatdilar. Ya'ni yangi uzilgan o'n kilo xurmo, qurigan o'n kilo xirmo. Teppa teng almashtirsangiz, uch kun, to'rt kun o'tgandan keyin boyagi yangi uzilgan xurmo qurishni boshlaydi da, vazni pasayadi. Demak, bunday savdo joiz emasligini Payg'ambarimiz tafsiloti bilan tushuntirib qo'ydilar. Ham aqliy, ham naqliy dalil keltirishlik eng chiroyli yo'l bo'ladi.
Demak, birinchisi, nafsda jud, mansabda aljud, rohatda, huzul halovatda aljud hamda ilmda aljud. Beshinchisi, mansab bilan, hurmat bilan bo'lgan aljud. Ya'ni siz falonchi bir mansabdorni taniysiz. Sizni hurmat qiladi, gapingizni oladi. Bir odam kelib, men bilan birga falonchini oldiga borsangiz yaxshi bo'lar edi, sizni gapingizni ikki qilmas edi, ishim bitib qolardi deb so'ranadi. Nima deysiz? Menga kerak yo'q bu narsani deysiz. Demak siz baxilsiz. Prosta birga borib qo'ysangiz ishi bitib qoladi. Mo'min odam bunaqa bo'lmaydi.
Yoki bir odamni oilasi buzilib ketish arafasida turibdi. Kelin orasida ketib qolgan otasini uyiga. Kelindi otasi makkam turibdi bermayman qizim edim. Ammo siz borsangiz, ana shu ota sizni gapingizni olishi mumkin. Chunki hurmat qiladi. Ana shu oilani buzilib ketmasligiga sizda imkon bor. Nima qilasiz shunda?
Vaqtingizni sarf qilasiz, ko'chaga chiqasiz, toki bitta oila buzilmasin, ota onasiga tirik turib yetib bo'lmasin. Qalblariga xursandchilik kiradi. Eng yaxshi shafoatchilik birodarlar, nikohda, eri xotinni o'rtasida shafoatchilik qilish. Agar yolg'on gapirishi mumkin bo'lsa, uchta o'rinda, shundan bittasi eri xotinini yarashtirishida ham yolg'on gapirsak bo'laveradi.
Mana endi oltinchisi, inson o'zining badani bilan ham aljut qilish kerak. Jasadi bilan xayr saxovat qilishligi kerak. Oyoq qo'lingiz. Kuchsiz quvvatingiz bilan odamlarga foydasi tegish kerak. Jasatingiz bilan ham xizmat qilishingiz kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom bahri va muslim keltirgan hadisda aytadilar kullu sulama minan nasiya alayhi sadaqotun kulla yalmin tatlufihi shams.
Insonlardagi jamiyki a'zolar uchun quyosh chiqadigan har bir kunda sadaqa mavjud. Endi ana shu jasadni sadaqasi nimadan bo'ladi? Jasadning sadaqasi, jasadning aljudi mana shu oyoq qo'lingiz bilan, jasadingiz bilan odamlarga foydangizni tegishi. Payg'ambarimiz hadisda aytadilar, ikki kishi o'rtasida adolat qilishing sadaqa. Birovni uloviga minishiga yordam berib, uni chiqarib qo'yishing yoki narsasini olib berishing sadaqa, yaxshi so'z sadaqa. Yo'ldan aziyatli narsani olib tashlashing ham sadaqadir. Buxoriy va Muslim rivoyat. Aravasini itolmay turibdi aravakash qishki kunida, musavat qilib, o'sha sharttevada.
To'xtab qolgan, jilolmayapti. Yonida qo'lingiz bo'sh. Nima qilasiz? Ishla deysiz. Yo'q, ishla deysan, pulingni xolalla deysan. Sen bu uchun pul olyapsan deysan. Yoki nima qilasiz, siz ham odamsiz, u ham odam, turtib qo'yasiz. Shunaqa bir jasadimiz bilan qiladigan sadaqalarimiz kamayib ketganmiki, qarasangiz hamma kasal da.
Meni hamma yog'im tekis degan odam, bilmadim endi shu ming tadan bitta bitta chiqmasa, u to'g'ri, yoshlar. Shu qirg'idi usti to'kiladi, qarasangiz bu ketdi. Tizzasi og'riydi, xotirasi ketgan, chatish to'kilgan, tishi kariyes bo'lgan, pochka. Bor a? Bunday sanasiz bir besh oltita chiqadi da kam deganda. Ana shu jasadimiz bilan saxovat qilsak, jasadimizda aljut qilsak, birodarlar ana shu jasadiimizdan sadaqa bo'ladi. Da'vu mardon kun biz sadaqa deganlar, rasululloh. Dardlaringlarni, bemorlaringlarni kasallaringlarni sadaqa bilan davolanglar deganlar.
Yo'lda yotgan, toshmidi, shishamidi, kessaymidi, odamlarga aziyat yetkazishi mumkin bo'lgan narsani bir chekkaga turtib qo'yishlik ham sadaqa bo'lar ekan. Birov yukini ko'tara olmay turibdi, kelib yordam berding. Demak, kuching bilan, oyoq qo'ling bilan saxovat ko'rsatding. Albatta Alloh bu amalingdan rozi bo'ladi. Nafsda aljut, mansabda aljut, rohatda aljut, ilmda jud, mansabda aljud, hamda jasad bilan nima?
Yettinchisi, o'zining sharafi va obro'yi bilan aljud. O'zining sherafi va obro'yida aljud. Saxovatni bir ajib ko'rinishlaridan, saxiylikni ajib ko'rinoshlaridan. Ala irz deyiladi arab tilida. Sharaf. Nomus. Insondagi maqtaladigan yoki yomonlanadigan o'rin. Sahobalardan Abu Dom dom roziyallohu anhu kambag'al edi. Ehson qiladigan hech narsasi yo'q edi. Saxovat qiladigan hechnasasi yo'q edu. Har tong ottirganda aytar edi. Parvardigor, menda odamlarga sadaqa qilinadigan boylik yo'q. Taqiq men ularga o'zimning sharafim, obro'yimni sadaqa qildim. Bu qanaqa bo'ladi? Obro'yini, sharafini sadaqa qilish. Aytardiki, bas, kim meni haqorat qilgan bo'lsa, menga tuhmat qilgan bo'lsa, bas, uni kechirdim.
Ajoyib sanaqa ekanmi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar. Men yestati uminkum an yakuna kabi domdom, fal yaf'an. Qaysi bilinglar, abu domdom qilgan ishni qilish qo'lidan kelsa, bas shunday qilsin. Hech narsasi yo'q sadaqa qiladigan, beradigan, saxovat ko'rsatadigan hech narsasi yu. Ammo u haqida kim yomon gapirgan bo'lsa, qiyomatga qoldirmasdan dunyoni o'zida nima qildi? Kechdi. Bu ham al javutning ajib ko'rinishlaridan.
Sakkizinchisi, sabrda al javut. Sabr bilan aljoo. Bir kishini, yosh bolasini mashina urib yubordi da, mayib bo'lib qoldi. Hozir oy qadar. Haydovchida ayb yo'q. Qoida bilan ketayotgan bo'lgan, ayb boradi, yugurib birdaniga chiqib yuborgan. Mana endi shu bolani otasi xohlasa, haqqini talab qilib turib olsa, katta bir jarimaga tushirishi mumkin. Ammo qaytarib aytamiz, haydovchida ayb yo'q. Bolada ayb. Haydovchi mana shu bo'lgan ishdan qattiq bir taassufda, afsuslanib turibdi. Qo'lida bor imkoniyatini yordam beray deb qilib turibdi. Lekin topish tutishi katta emas ekan. Beqasd bo'lgan ishi.
Mana shu holatda agar shu bolani otasi shu haydovchini avf qilib kechirib yuborsa, ulkan savobli amal qilgan bo'ladi. Istaydi billa. Va katabina alayhin fixa anna nafsa bil nafsi, va la'ayna bil ayni, va l amfi bil amfi, va l uduna bil uduniy, va sinna bil sinni, va l juruh haqisos. Fa man tasadduqa bihi, fahvo kaffaratun la. Va man lam yaqqum nima azalalloh, fa ular ka humut zolimun. Alloh aytadi, qasos haqida. Unda, tavrotda. Ularga jonga jon, ko'zga ko'z, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish va yana boshqacha jarohatlarga ham qasos olinadi deb yozib qo'ydik. Endi kim uni, ya'ni qasosni olmasdan kechib yuborsa, o'zi uchun kafhorat bo'lur. Kimda kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas ular zolimlardur. Mana endi agar haydovchi mast bo'lsa, qoidani buzgan bo'lsa, tezlikni oshirib olgan bo'lsa qasddan bo'lgan bo'lsa bu ishlab, uni out qilishlikdan ko'ra uni javobgarlikka tortishlik to'g'ri bo'ladi.
Chunki u mast turib haydashdi, bunaqa tez haydashlikni o'ziga hunar qilib olganmi? Ha bu odamdan qasos olishga haqqi bor. Ammo hozir aytganimizdek, agar beqasd qilgan bo'lsa mana shu musibatda mana shu holatda sabr qilib, sabrda aljud ko'rsatishligi to'g'ri bo'ladi.
O'zi umuman avf qilishlik masalasida kechirim so'rab keldi. Agar kechirsangiz, tuzalishiga sabab bo'lsa, kechirganingiz yaxshi. Agar kechirim so'rob kelsa, kechirsangiz mana qutuldim deb turib, yana shu ishni davom etkazadigan bo'lsak, kechirmaslik to'g'ri bor. Ma'qulmi?
To'qqizinchisi, tabassum, ochiq yuzlik, go'zal huquqdagi aljut. Sen mansabdorsan, boshliqsan, qo'lingda ishchilar bor. Mudirsan. Ular bilan qo'pol muomala ham qilishing mumkin, yoki yumshoq muomala ham qilishing mumkin. Agar ularga muloyimlik bilan muomala qilsang, yaxshi bo'ladi. Tabassum deysan, muomalang yumshoq. Yoki aksincha, qovog'ingni solib turib olasan jiddiy bo'lib. Seni ko'rib, irg'ib o'rningdan turishadi. Sen bo'lsa parvo ham qilmaysan.
Jiddiysan. O'tirasan. Yugurib kelib qo'lingga choy uzatadi, sen parvo ham qilmaysan. Shunaqa xo'jayin bo'lib turib, keyin ishdan kelsang, bir tinga olmaydi odamlar keyin seni. Ishing, xizmatching yugurib keladi. Hol ahvol so'rab qo'yaver. Bu narsa seni qadringni tushirmaydi. Ikki og'iz shirin so'z, tabassum, yumshoq muomala, mana shu ham saxovatni ko'rinishlaridan.
O'ninchisi. Odamlarni qo'lidagi narsadan ta'ma qilmaslik. Odamlar bir birini kuzatib, qarab turadi. Tamagir odamlar bo'ladi. Tamani kecha gaplashdik a, nima edi ta'ma? Sizniki bo'lmagan, haqqingiz bo'lmagan narsani bir odamdan berishini kutishligingiz.
Bu ta'ma bo'ladi. Ana shu saxovatni eng yengil ko'rinishi, siz odamlardan ta'ma qilmasligingiz. Mana shu narsa al judning eng past martabasi hisoblanadi. Isor mavzusini o'tdik, birodarlar. Alloh taolo senga ato qilgan narsa ustida isor qilishing. O'zingniki bo'lgan narsani o'zingni qo'yib boshqa boshqaga ilinishing, boshqaga berishing.
Mana shu isor masalasida juda ko'p odamlarni oyog'i toyilib ketadi. Shuning uchun aytadiganimiz, iysor amalida yaxshilik bor emas. Iysor amalida, yaxshilik bor, emas, balki hamma yaxshilik iysorda. Alloh azza va jala Qur'oni Karimda Madinalik insonlarni muhojirlarga qilgan muomalasini maqtab, shunday dedi: Astadibillah, valladiyna tabba va uddaro val imana min qoblihim. Yoxudbuna man hajaro ilayhim. Vala yajiduna fiy sudurihim hajatan minma utu va yusiruna ala anfusihim valaukanabihim xususon. Va man yo'qo shoxha nafsihiy, fa ula ikko'mil muflihun.
Ular ilgari Madina diyoriga o'rnashgan va iymon e'tiqodni mahkam ushlagan zotlar, ansonlar esa o'zlarining yonlariga xijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga berilgan narsa, o'ljalar sababli biron hasad tug'maslar, hamda garchi o'zlarida ehtiyoj bo'lsa da, o'zlarini qo'yib, o'zgalarni iysor, ixtiyor qilurlar.
Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topuvchi zotlardir. Iysor Qur'onda Alloh taolo maqtagan sifat. Iysor inson o'zi muhtoj bo'lib turib, o'ziga kerak bo'lib turib boshqalarga shu narsani berishligi, boshqalarni o'zidan ustun qo'yishligi aytiladi.
Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas ana o'shalar najot topuvchi zotlardir. Alloh subhanah va taolo ana shu nafsini baxilligidan, qutulgan bandalardan bo'lishimizga tavfiya bersin. Iysor degan amalni siz bilan bizni ham hayotimizda katta o'rinda egallashlikka tavfiq bergan bo'lsin.
Aqulu qovli ha da va astag'firulloh alayhi valakum. Innallohi va malaykiya tahui saluni ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.