Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilen a'lamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh. Tazkiyatun nafs. Nafsni poklash darslaridan birodarlar, bugun yangi mavzuni boshlaymiz. Bugungi mavzu muroqaba manziloti. Iymon yo'lidagi manzilotlarning eng muhimlaridan muroqaba manzilloti. Agar inson Alloh uni kuzatib turganiga ishonchi komil bo'lsagina, to'g'ri yo'lda davomiy turadi va mana shu bilan ikki dunyoda saodatli bo'ladi. O'zi bu darslarimizni avvalida aytganmiz, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzuriga, Jabr oyl alayhissalom notanish odam suratida kelib, islom haqida, iymon haqida, ehson haqida so'radi. Ehson nima deb so'raganida, Rasululloh aytdilar, an ta'budallohaka annaka tarohu. Allohga xuddi Uni ko'rib turganingdek ibodat qilishliging. Ehson shu.
Ehson martabasi. Fayllam takun tarohu, fayinnahu yarokah. Garchi sen Allohni ko'ra olmasang ham, U seni ko'rib turadi. Mana shu murokaba manziladi. Alloh meni doim kuzatib turadi. Har qanday holatda, har qanday sharoitda, qanday qadam bossam, qanday so'z aytsam, Alloh meni kuzatib turadida degan e'tiqod bo'lsa insonni, va bu doimiy suratda, qalbida, aqlida turadigan bo'lsa, inson saodat topmay iloji yo'q. Bugungi mavzuyimiz muroqaba manziloti. Muroqaba, Alloh seni doim kuzatib turishini his qilishing.
Birinchi oyat. Astay debillar. Vo alamu anna alloha ya'lamu mafiyam fuziku fahdaruh, vo alamu anno alloha g'ofurun halim. Bilingizki, albatta Alloh ishingizdagi narsani biladi. Alloh ishingizdagi narsalarni biladi. Bas, uning azobidan ehtiyot bo'ling. Ichingizda nima o'tayotgan bo'lsa, Alloh Taolo bilib turadi. Va bu faqat Alloh Taoloning qudratidagi narsa.
Lekin ichingizdagi o'tayotgan narsani odam bolasi bilishi mumkin emas. Hatto kamera ham bilishi mumkin emas. Hatto diktofon bo'lsa gapirayotgan gapingizni yozay ekan. U ham bilishi mumkin emas. Ichinglardan nima o'tayotgan bo'lsa, Alloh Taolo bilib turadi deydi. Mana shu ichingizdan o'tayotgan narsani ham Alloh bilib turadi degan shu'r tursa, sizda muroqaba, hissi bo'lsa, siz saodat topay ilojingiz yo'q.
Allohni har bitta narsani bilib turishini bilishing lozim bo'ladi, vojib bo'ladi. Agar shuni bilsang, Allohga osiy bo'lishdan ehtiyot bo'lasan. Alloh bilan bo'ladigan muomalamizdagi muvaffaqiyatni, yutuqni siri ayni mana shunda. Qaytaraman. Alloh bilan qilayotgan muomalamizda yutuqqa, muvaffaqqatga erishishni xohlaydigan bo'lsak, uni siri shunda. Alloh meni doim ko'rib turadi. Doim bilib turadi. Ikkinchi oyim. Astay deb bilar. Vakana allohu ala kulli shay'in roqibah.
Alloh barcha narsa ustida kuzatib turguvchi bo'lgan zotdir. Hamma narsani Alloh Taolo kuzatib turadi. Milliard, milliard daraxt bor yer yuzidan. Va undan ham ko'proq barglari bor. Ana shu barglarning har bittasini tevaga ko'tarilib, shabada pastga tushishini, qaysi tomonga egilishini, qaysiy tomonga qimirlashini Alloh kuzatib turadir.
Dengizni son sanoqsiz to'lqinlari qayoqqa ko'tarilib, qayoqqa urildi, nechta ko'pik chiqdi, toshga borgani qancha, yetmasdan uchib qolgani qancha, buni ham kuzatib turadi. Sahroda siz bilan bizni kalkulyatorimizga sig'maydigan darajada katta miqdorda qum donalari bor. Bir qoshiq devzira guruchda bir ming ikki yuz dona bo'ladi. Xom. Yo'g'e.
Guruch, ko'zingizga ko'rinadi, qo'lingizga ushlab ko'rsangiz bo'ladi. Shu guruchdan bir ming ikki yuzta yoki bir ming besh yuzta sig'sa bir qoshiqqa, endi bir qoshiq qum qancha bo'ladi sanog'i? Bir yil sanasangiz kerak a, pinsetni olib olib? Luponata olgansiz bitta, ikkita. Shu domla aytib qo'yavermagan ekan, shu bir qoshiq qumi ham qancha bo'lishini. Bir hovuch qumda qancha dona bor? Bir paqir qumda qan cha dona bor, zarra? Bir arava qumda qancha bor?
Umringizni oxirigacha sanaysiz, agar bir arava qum to'kib qo'ysa. Endi sahro kabibi ko'ryapsizmi? Sahara deydi. Ana shu qum donalarini har bittasi qayoqqa og'di, shabadada qayoqqa qimiladi, qumni yuzasi qanaqa formaga keldi? Har bittasini Alloh kuzatib turadigan qudrati bor. Endi sizni qilayotgan ishingiz, aytayotgan gapingiz, o'ylayotgan fikringizni kuzata olmaydimi, bilmaydimi Alloh?
Ana birodarlar, ehson martabasi nima edi? Allohni ko'rib turgandek ibodat qilishing. Endi biz ko'ra olmaymiz Allohni bu dunyoda. Inshaalloh jannatda ko'ramiz. Ammo Alloh seni doim ko'rib turadi. Shuni esdan chiqarmasang, senga kamera nablyudeniyani ham keragi yo'q. Rebyuzorni ham keragi yo'q, hech kimni keragi yo'q. Chunki qorovuling ichingda. Ma'qulmi?
Agar kimdir kuzatuv ostida ekanligini bilib qoladigan bo'lsa, judayam to'g'ri odam bo'lib qoladi. Aytadi da, sen deydi, sen nazoratda ekansan, seni kuzatyapti ekan deydi. Bo'ldi, telefondagi gaplarini terib gapiradi. Ijtimoiy tarmoq yozayotgan narsalarni o'ylab qo'yib, o'ylab yozadi, o'ylab qadamini bosadi, qo'yingki, juda ehtiyotkor bo'lib qoladi. Bu o'zingga o'xshagan odam seni kuzatayotganligini bilsang, kuzatuvda ekanman degan shu'r bo'lsa, shunaqa ehtiyot, ehtiyotkor qolib qolasan. Ha u diktofon ishlamay qolishi mumkin, yozayotgan bo'lsa. Kamerasi o'chib qolgan bo'lishi mumkin, batareykasi o'chib. Qarang, ana shu kuzatuv qilayotgan taraf seni so'zingni yozib olishi mumkin. Kamera bo'lsa, harakatlaringni tasvirga olib qo'yishi mumkin. Lekin u hech qachon qalbingdan nima o'tayotganligini bilmaydi.
To'g'rimi? Ammo Alloh aziz va jalla albatta biladi. Birodar, Alloh meni doim kuzatib turadi degan shu o'rni qalbingda doimiy turishi seni saodatli qiladi. Senga qarab turibdi, kuzatib turibdi, eshitib turibdi, qalbingga kelgan, hayolingdan har bitta o'tgan narsadan xabardor, bu faqat Alloh subhanahu va taoloning o'zi. Vakkan allohu alakul lishayir roqibah. Alloh barcha narsani ustida kuzatib turguchi bo'lgan zotdir. Faqat seni emas, Allohni kuzatib, faqat kuzatishi faqat seni ustingda emas, butun maxluqotlarni ustida. Seni do'stingni ham kuzataykan Alloh, dushmaningni ham. Qushlarni ham, baliqlarni ham, parrandalarni ham, darrandalarni ham Alloh to'g'ri kuzatib turadi.
Uchinchi oyat. Astabi billah. Vahua ma'qum, aynama kuntum, vallohu bima ta'maluna basir. U Alloh. Sizlar qayerda bo'lsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turguvchidir. Ollohni biz bilan birgaligi qanaqa?
Qayerda bo'lsanglar ham Alloh sizlar bilan birga deganda, bu umumiy birgalik. Mu'min bilan ham, kofir bilan ham Alloh birga. Uni kuzatib turishi bilan. O'zini ilmi bilan. To'rtinchi oyim. Astadubilla, alam ya alam bi anna alloha yaroh. Albatta Alloh ko'rib turishini bilmaydimi? Alloh seni ko'rib turadi, kuzatib turadi. Beshinchi oyim. Astaytibillah, fa innaka bi ayunina.
Zotansiz, shak shubhasiz, bizning ko'z o'ngimizdadirsiz. Ya'ni bizni hibza himoyamizda, bizning kuzatuvimizda. Ya'ni men o'zim qarab turibman sizga degani. Men o'zim kuzatib turibman degani. Demak, inson Allohni nazarida, uni ko'rib turadi. Yana bir ma'nosi, uni kuzatib turadi, saqlab turadi. Masalan, bu bola otasini ko'zida deb qo'yadi. Bu talaba meni ko'zimda deb qo'yadi. Nima degani? Men o'zim qarab turibman. Men diqqat qilib turibman, nazorat qilib turib man. Be'etibor qolgani yo'q. Qayerdaligini bilib turibman.
Oltinchi oyam. Ya'lamu ho inatal ayuniy va mana tuhfiz sud'u. Alloh ko'zlarning xiyonatini ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur. Ey, mana shu muroqoba degan hisni o'zimizda paydo qilib olsak, va bu doim tursa, bizdan yaxshi odam qolmaydi yer yuzida.
Biz qachon gunohga qo'l qo'yib uramiz? Qachon yolg'on gapiramiz? Qachon birovni haqqini yeymiz? Qachon namozga beparvo bo'lamiz? Qachon telefondan ko'zimizni uzolmaymiz faxsh chiqqanda? Alloh bizni kuzatib turganligini esdan chiqarib qo'yganimizda. Agar doim Alloh meni kuzatib turibdi degan his qalbimizda, aqlimizda, ongimizda tursa, undan tiyilishlik oddiy narsa.
Demak, Alloh ko'zlarning xiyonatini ham biladi. Bironta maxluq ko'zingizni xiyonatini aniqlay olmaydi. Bu faqat Allohni qudratidan. Shuning uchun doim aytamiz, agar bir erkak tabib, ayol bemorni ko'rishga to'g'ri kelib qolsa, shariat unga ruxsat beradi, faqatgina ana shu ayolning og'riyotgan a'zosiga qarashlikka, tamom. Agar ko'zini qarashi mumkin bo'lmagan joyga qaratadigan bo'lsa, buni hech kim bilmaydi. O'zini aytyapti Alloh. Ya'lamu xoinat al ayyum. Ko'zlarning xiyonatini biladi va qalblar yashirgan narsani ham bilib turadi. O'ninchi qavat.
Katta shaharlarda bilasizlar, imoratlar yigirma etaj, o'ttiz yettiz yonma yon quriladi. O'ninqi qavatda joylashgan xonangizda yolg'iz o'zingiz turibsiz. O'ninchi quavatda. Derazani oldiga kelib qarasangiz, ro'paradagi uyni ichida, o'ninchi qavatda, bir begona ayol kiyimini almashtiryapti. Sizni uni ko'rayotganligingizni hech kim bilmaydi. Hech kim ko'rmayapti.
Shu yerda Alloh meni ko'rib turibdi degan, muroqibi degan hissiz bo'lsa, darrov pardani yopasiz yoki orqangizni qilasiz. Agar shu his bo'lmasa nima qilasiz? Lekin aniq bilasiz. Alloh sizni aniq ko'rib kuzatib turibdi. Nima qilasiz? Ko'zingizni tiyasizmi yo tikilib qarab turaverasizmi?
Kameralar. Qo'yilgan, trenirovkalar qo'yiladigan joyga borganda hamma oltmish ga tushib oladi. Nimaga? Kuzatuv bor da. Kamera yo'q bo'lsa, vstrechniga chiqib haydaydi. Nimaga? Muroqaba hissi yo'q. Oyatlar. Istadi billah. Vo ala muanna allohu ya'lamu mafiyan fuzikun paxtaru. Va bilinglarki, Alloh Taolo nafslaringizdagi narsani bilib turadi. Ehtiyot bo'linglar.
Vakkan allohu ala kunli shayir raqibat. Va Alloh Taolo har bitta narsani kuzatib turuvchi bo'lgan zot. Vahvo ma'qum aynama kuntum. Qayerda bo'lmanglar, Alloh sizlar bilan birga. Alam ya alam bi anna alloha yaroh. Axir Alloh uni ko'rib turganligini bilmaydimi? Fa innaka bi ayuni na. Albatta siz bizning ko'z o'ngimizdadirsiz. Ya alam u xoinat al ayuni va motuxfiz sudu. Alloh ko'zlarning xiyonatini ham, qalblar yashirgan narsani ham biladi. Demak, bu oyatlar muroqaba mavzusini siz bilan bizga bayon qiladi. Bu oyatlarning ma'nolari siz bilan bizga muroqabada doim turishimizni da'vat qiladi. Muroqaba kuzatuv martabasi. Ya'ni Allohni olasi sizni kuzatib turganiga bo'lgan aniq ishonch.
Aquli quli ha'da, va astag'firullohu livalakum, inna allohu va malayka tuhufu yu sonli un ala nabi, ya yuhrillat dini aminu sollallohu alayhi va sallamu taslima, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.