Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammavot assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh. Nafs tarbiyasi silsila darslarida murodalar, muroqaba manzillatini o'qiyotgan edik, davom etkazamiz. Muroqaba manzilatiga aloqador hadislar.
Jabrali alayhissalom payg'ambar sollallohu alayhi vasallam oldiga notanish kishi suratida kelib, islom, iymon, ehson haqida so'radi. Ana shu so'ragan savollarning bittasi, islom nima? Islom mana bu beshta narsa. Iymon nima? Mana bu yettita narsa. Ehson nima? An ta'budallohiki annaka tarohu, fainlam takun tarohu, fayinnahu yaraka. Ehson Allohni ko'rib turgandek unga ibodat qilishing. Garchi Allohni ko'ra olmasang ham, U seni ko'rib turadi.
Ya'ni Alloh meni doim ko'rib turadi degan e'tiqodda turish va mana shu hisni doimiy suratda qalbingizda bor bo'lishligi sizni muroqaba holiga olib keladi. Muroqaba manzilatini nima? Haq Subhanahu va Taolo bandaning zohiriyu botinidagi narsalarini doim bilib turishiga bo'lgan aniq ishonch va mana shu ishonchda bandaning mustahkam va doimiy bo'lishi muroqaba manzilati deyiladi. Aniq ishonasiz Allohni ko'rib turibdi. Mana shu narsani qalbingizda aniq ishonchi bor va mana shu ishanchda mustahkamsiz va doimysiz.
Savol. Ora churada, goh gohida Alloh sizni kuzatayotganligini his qilib qolasiz. Shu narsa ham muroqaba deyilar ekanmi? Yo'q. Hozirgi tarifda mustahkam bo'lasiz va doimiy bo'lsangiz, keyin muroqaba manzillatiga ko'tarilasiz. Agar mana shu shu'r, his davomiy bo'lsa, har qanday holatingizda Alloh sizni kuzatib turganini his qilayotgan bo'lsangiz, uyingizda, ko'chada, yolg'iz qolganingizda, odamlar orasida, hazil jiddiyingizda, safar u hazaringizda, agar har bitta holatingizda Allohni sizni kuzatilib turganligini his qilib turgan bo'lsangz, demak siz eng oliy martabaga erishibsiz. Muroqaba martabasiga.
Eng muhim martaba eng foydali martaba Alloh seni ko'zda tutilganligini his qilishing. Qarang da. Haqiqatdan shu savolni bersangiz, ha men doim shunaqaman deya olmaysiz da. Gohida taqoyimiz tutib qoladi. Qiyin bo'lgan ishni ham shart osonlik bilan qilib qo'yamiz. Gohida o'sha qarash harom bo'lgan narsani ko'rganda shart ko'zimizni olib qochamiz. Oson bo'ladi. Gohida o'sha xushuvur yo'q bo'lib qoladi da, tikilib turaverasan.
O'rniga kelganda shu bir o'n ming so'mni shab berib yuborasan. Endi o'rniga keganda shu ellik so'mni ham bera olmaysan. Demak, ana shu his doim tursa, siz uchun ana shu katta gunohlardan tiyilishlik hech narsa bo'lmas ekan. Muroqaba manziladi. Muroqaba, birodarlar. Bu ilmning samarasi. Sizni ilmingiz yetarli bo'lsa, keyin muroqibaga yetib borasiz.
Masalan, katta bir savdo markaziga kirdingiz, biznes sentrga. Kerolashga yozib qo'yibdi. Markaz videokuzatuvda. Har tomonga qarasangiz, haqiqatdan kameralarni o'rnatib qo'yipti. Har tomonda kameralar turibdi, ko'ryapsiz. Kamerani ko'ziga tushunmaydigan bironta joy yo'q. Mana shu savdo markazini har bitta burchagini kameralar suratga, tasvirga olib turibdi.
Endi shuni ko'rib, bilib, boyagi e'lonni o'qib turib ham biror narsani cho'ntagingizga o'g'limcha solib olishligingiz aqldan bo'ladimi? Yo'q. Nimaga siz o'g'ilni qilmaysiz? Chunki sizda bilim bor. Kamera nimaligini bilasiz va uni yozayotganligini bilasiz, kuzatuvdaligini bilasiz. Bilishingiz sizni to'g'ri bo'lishga majbur qilyapti.
Endi shu savdo markaziga ikkinchi odam keldi. Sahroya. O'qishni ham bilmaydi, yozishni ham bilmaydimi, videokamerani ko'rmagan, uni nima ish qilishini tasavvur ham qilmaydi. Bu xatti harakatlari yozilib turishini bilmaydi. Bu odam nima qilishi mumkin endi? Bir burchak o'rtasida hech kim yo'q joyda ko'rib turib, hech kim ko'rmayapti deb cho'ntakka solib oladi bir narsani.
Nima uchun o'g'irlik qildi u? Ilmsizligi uchun, bilimsizligi uchun. Oldi, markazdan chiqib ketayotganda ushlanadi, sharmandalik. Demak, muroqaba bu ilmning samarasi. Innama yaxshi alloha min aybadi hil ulama, deydi Alloh Taolo. Albatta, bandalar orasida Allohdaan ko'proq qo'rqadiganlar olimlar. Nima uchun? Ular Allohni boshqalardan yaxshiroq taniydi da.
Ular Allohni boshqulardan yaxshi tanigani uchun, rizq nima ekanligini boshqalardan yaxshiroq tushungani uchun, yolg'on ham gapirmaydi savdosida. Harom xarishga ham qo'lini urmaydi. Xotirjam bo'ladi. Uyingdasan, seni hech kim ko'rmayapti, xohlagan ishingni qilishing mumkin. Mana shu joyda o'zingizni kimligingizni sinang.
Televizorni qo'yib o'tiribsiz o'zingiz yakka, shu bir faxsh narsa chiqib qoldi. Shu yerda o'zingizni kimligingizni sinang. Qoida. Yolg'iz qolganida ham, bandani ma'siyatdan to'sadigan taqvosi bo'lmasa, Alloh uning biron amaliga parvo qilmaydi.
Qaytaramiz? Bir banda yolg'iz qoganda ham, uni shu yolg'iz qolgan holatda gunohdan to'sadigan taqvosi bo'lmasa, Alloh bunaqa bandani bironta amalga parvo qilmaydi. Chunki uni amallari riyo, xo'ja ko'rsin, summa. A buni o'rniga ko'chada ham bir xil, uyda ham bir xil bo'lsa chi? Sir oshkorasi bir xil bo'lsachi? Mana shu odam haqiqiy najotga erishadi.
Shuning uchun payg'ambarimiz aytadilar: roki atayani min varain xoyrun min al firokatin, min muxolating. Taqvo bilan, varaq bilan o'qilgan ikkita qatnamoz, gunoh savob aralashib o'qilgan mingta qatnamozdan afzal. Demak, muroqiba ilmni samarasi ekan. Allohni qancha yaxshi tanisangiz, dinni qancha yaxshiroq tushunsangiz, demak, muro qibangizni martabasi, darajasi shunga yarasha bo'ladi.
Muroqaba martabasi haqida aytilgan so'zlar. Kim doim Allohni o'zining fikrida, o'yida tutsa, kuzatib turganini qalbi bilan his qilsa, bas, Alloh bu bandani adashib ketishdan saqlaydi. Bu doim hayolingizda, o'zingizda turishni misoliga umariddin xattob roziyallohu anhub bilan ana shu sahrodagi bir cho'ponni hodisasi bizga misol bo'ladi. O'marovni xattop, xalifa, safarda ketayotuvdi, hamrohlari bilan, sahroda bir qulni qo'y haydab yurganini ko'rdi. Haligini sinamoqchi, imtihon qilmoqchi bo'ldi da, chaqirib turib, qo'ylardan bittasini menga sotmaysanmi dedi.
Haligi aytdi, men qulman. Qo'ylar meniki emas, qo'ylar sayidimniki dedi. Menga pul kerak dedi. Ha, bo'ri yeb ketdi deb qo'yasan, bittasini sotaver, pulini beraman senga dedi. Deganda chopon aytdiki, xo'jayinim oldida men ishonchli odamman. Agar bo'ri yeb yetdi desam ishonadi. Ammo Alloh chi dedi.
Ana, doimiy suratda Allohni yodida tutib turishligi, Alloh uni kuzatib turganligini his qilganligi shu gapni aytishiga sabab bo'ldi. O'sha boyagi gapda. O'sha yolg'iz qolganingizda gunoh ro'parangizga kelganda shart yuz o'gira oldingizmi? Demak Alloh yodingizda turuvdi. Gohida inson o'zini o'y xayoliga erkinlik beradi. Shunda uni ko'nglidan Alloh norozi bo'la olgani ishlar o'tadi. Ma'siyatni tasavvur qiladi va o'sha ma'siyatni qilayotganligini ko'z oldiga keltiradi. Allohdan uni uzoqlashtirib qo'yadigan amallarni o'ylay boshlaydi.
Agar mana shunday holat o'zini oqimiga tashlab qo'yilsa, katta gumon bilan ana shu o'y hayollar amalga aylanib ketadi. Alloh aziz va jalla bandaning hayoliga kelgan narsa uchun hisob kitob qilmaydi, jazolamaydi. Bu aniq. Ko'nglimizdan, hayolimizdan o'tgan narsaga bizni Alloh Taolo hisob kitob qilmaydi. Ammo hozir aytyapmiz, agar banda o'yiga, hayoliga kelgan narsani o'z holiga tashlab qo'ysa, gunoh ma'siyat bo'lgan fikrlarni to'xtatmasa, jilovlamasa, bir kun kelib oyog'ini toyilib ketishi bor.
Ana shu o'y fikrlar amalga aylanib ketishlik xavfi bor. Ana shu katta katta gunohlarni qilib qo'ygan odamlar bor. Ular ham o'zi aslida mana shu gunohni qilishni xohlashmagan. Shunga kirib qolishdi, oyog'i toyilib ketdi. Nimaga? Hozir biz aytayotgandek, o'y fikriga erkinlik bergan. O'sha qarash kerak bo'lmagan tomonga bir qarab qo'ygan. Ikki og'iz hazillashib bir so'z otgan, tabassum qilgan, gaplashgan, va'dalashgan, uchrashgan, keyin fahsh bo'lgan.
Demak, ana shu katta gunohlarga kirib qolganlarni shu gunohga tushib qolishligini asosiy sababi, o'y xayoliga erk berishlik. Shuning uchun, ehtiyot yuzasidan, taqvo yuzasidan, o'y xayohingga erkinlik bema brodir. Gunohmasiyat haqida fikr qilma. Ha, bu o'y fikring uchun hisob kitob qilinmaysan, ammo buni orqasida katta xatar bor. Vaqt o'tishi bilan ana shu o'ylaring sekin astalik bilan amalga aylanib qolishi mumkin. Voqelikda ana shu masiyatga duch kelgan paytingda unga qarshi turgani zaiflashib qolasan.
Insonni o'yidan, insonni qalbidan o'tadigan narsa olti xil bo'ladi. Shundan uchtasiga gunohkor bo'lmaydi, qolgan uchtasiga gunoxkor bo'ladi. Agar bir odam xayolida dindan chiqsammi deb o'yga borsam. Dindan chiqib ketadimi, yo'qmi? Niyat qalbni ishi bo'lganligi uchun, avvalo qalbda niyatgacha bo'lgan bosqichlar borligini bilib qo'yishimiz kerak. Qalbni biror narsaga qanday bog'lanish haqida ibn hajar rohimahulloh alayh ibn abijamradan quyidagi rivoyatni keltirgan.
Qalbga keladigan narsalar quyidagi tartibda bo'ladi. Oltita. Alhammatu. Birinchisi, ko'ngilga kelish. Allammatu. Ikkinchisi, istek paydo bo'lish. Alhotoratu. Uchinchisi, o'y fikr kelishi. Ko'ngilgakelish, istek paydo borish, o'y fikir kelish. Bu uchtaga gunohkor bo'lmaysiz. Chunki buni siz nazorat qila olmaysiz.
To'rtinchisi, an niyatu, niyat qilish. Beshinchisi, al irodatu, qasd qilish. Oltinchisi, al azimatu, azmi qaror qilish. Mana bu uchtasiga gunohkor bo'lasiz endi. Ma'qulmi? Birinchi uchtasi ko'ngilga kelishi, istak paydo bo'lishi, o'y fikr kelishi, bu siz kontrol qila olmaysiz, nazorat qila olmaysiz buni. Unga gunohkor bo'lmaysiz.
Ammo undan keyingi uchtasi niyat, qasd, azmi qarorga gunohkor bo'lasiz. O'shaning uchun boshidagi uchtani yo'q qilib qo'ying da. Keyingi uchtalikka yetmay qolaverasiz. A'lu billahi minash shayton. Shayton nimalarni olib kelmaydi hayolingizga? Shunaqa bir noma'qul, umuman insonni tabiatiga to'g'ri kelmaydigan fikrlarni, o'yinlarni olib kelgan paytda, inson boshida bo'g'ib qo'ysa bu fikrlarni. Keyin. Niyat qilmaydi, qasd qilmaydi, azmiqaro bo'lmaydi. Shuning uchun birodarlar, buni o'sha oxirgi uchtasida gunohkor bo'ladi.
Yana bir karra takrorlaymiz. Kim doim Allohni o'zining fikrida, o'yida tutsa, kuzatib turganini qalbi bilan his qilsa, bas, Alloh unday bandani adashib ketishlikdan saqlaydi. Endi siz gunohni xayolingizga kelganda qaytarib tursangiz, oyoq qo'lingiz bilan gunoh qilmaysiz da.
Alloh azza va jalla ana shu gunoh ma'siyatni boshida, xayolida yo'q qiladigan, Alloh Taoloni doimiy suratda kuzatib turganligini his qilib turadigan bandalardan bo'lishimizga tavfiq bergan bo'lsin. Aquli qovli hada va astag'firulloh ili valakum va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.