MMaviza
MuroqabaTekshirilgan17 daq

86-QISM / MUROQABA (3/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
16:37
O'zgarishlar tarixi

Alhamdulillah, robbilan a'limin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs. Nafsni poklashlik sirsila darslaridan murojaat manbalarini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Nozik ma'no. Kim shubhali ishlardan o'zini tiysa, ochiq oydin bo'lgan gunohlardan tiyilishda yana ham qat'iyroq bo'ladi. Shubhali ishdan o'zini tiya oldimi, gunoh gunohmasligi shubhali bo'lib turgan narsadanki o'zini tiye oldimi inson, endi haromligi ochiq oydindan bo'lgan ishlarda yanada qat'iyro'q bo'ladi?

Shubhalida tark qilishlik insonni taqvosiga dalolat qiladi. Endi, shubhali narsalarga tushib qolgan odam, ochiq oydin bo'lgan gunohga ham kirib qolishiga oson bo'ladi. Qasddan, jur'at bilan, odamlarni nazdida shubhali bo'lgan gunohni sodir qilsa biroq, keyinchalik ochiq oydun gunohni ham sodir etishlikka unda jur'at paydo bo'ladi.

Junayat rahimahulloh aytadi, kim muroqaba manzillasiga, martabasiga yetgan bo'lsa, u banda allohga ibodat qilinmasdan biron lahza o'tib ketishidan qo'rqadi. Ya'ni bugungi kuni bekor o'tdi deydi. Dehqon odam ekayotgan sezoni bor. Bir ustalarni bir mavsumi borki, ana shu mavsumini bir kuni ham o'tib ketishini xohlamaydi. Chunki sezon tugasa yana bir yil o'tirish kerak bo'ladi. Endi murakkabam manzillatiga yetgan odam Allohga ibodat qilinmasdan biror kuni o'tib ketishin, biror rassasi o'tib ketishligini xohlamay edi. Ya'ni bugun bu pora Qur'on o'qish kerak deb o'qimadi. Alamda qoladi. Ertalabda aytadigan zikrlari bor edi. Qop qoldi, alam qiladi, o'tib ketdi. Ya'ni, agar manda muroqaba manzilatida bo'ladigan bo'lsa, agar manda doim Alloh u bilan birga ekanini, doim uni kuzatib turganini, sir oshkorasini bilishini his qilsa, shunda hayotini har bir lahzasi ibodatsiz o'tib ketishligidan, vaqtini zoyib bo'lishigidan qo'rqib yashaydi.

Zunnun aytadi. Muroqabaning alomati. Mana, biz o'sha muroqaba holatiga yetdikmi? Biz muroqaba martabasiga yetdikmi. U kishi aytadi, muroqabaning uchta belgisi bor deydi. Qarang, nechtasi bor sizda. Agar shu uchalasi bor bo'lsa, siz muroqaba martabbasiga yetibsiz. Mana kechagi darsimizda Umarimni xatto xalif bo'lib turgan paytda, Rodiallohu anhu, sahrodagi bir cho'ponni, bir qumni sinadi a?

Ha, bo'ri yeb ketdi deb qo'yasan, bittasini menga sotib olaver dedi. Bu qo'y saidimniki, men qulman. Menga pul kerak. Ha bo'ri yeb yetdi deb qo'yasan desa, agar shunday desam, saidim ishonadi menga. Men ishonchli odamman saidim uchun. Lekin Alloh chidadi. Muroqibaning alomati. Birinchisi, Alloh nozil qilgan narsani hamma narsadan afzal bilishing. Din, islom, taqvo, iymon, eng afzal narsada bilsangiz, bu birinchisi. Ikkinchisi, Alloh ulug' sanagan narsani siz ham ulug' sanasangiz.

Uchinchisi, Alloh past, haqiq sanagan narsani, siz ham past deb sanasangiz. Birinchisi, Alloh nozil qilgan narsani hamma narsadan afzalda bilsangiz, Alloh ulug' sanagan narsani ulug'da bilsangiz, Alloh past haqir deb sanagan narsani, siz ham haqir, past narsa deb biladigan bo'lsangiz, demak siz muroqiba martabasida ekansiz.

Ya'ni o'zingizni qarang, nafsingizni kuzating. O'lchov tushunchalaringiz, qadriyatlaringiz, tasavvurlaringiz, kitob uslubiga muvofiqmi, yo'qmi? Agar biz ham Alloh past sanagan narsani past sanayib, ulug' sanagan narsani ulug' sanayotgan bo'lsak, demak biz mana shu martabaga yaqinlashibmiz. Mana qaranglarda prinsiplarda.

Agar biz Alloh aziz sanagan narsani aziz deb bilmasak, Alloh xorda bilgan narsani xorda bilmasak, demak bizni prinsiplarimiz hali johli ekan, qilayotgan amallarimizning mukofotini kelishini kechikishini ko'raveraylik yoki umuman kelmasligini kutaveraylik. O'shaning uchun hech doim ijobat bo'lmayapti ekanda.

O'shaning ustida qilgan sadaqalarimni mukofotini ko'rmayapman ekanda. Birodarlar, ala innna avliya alloh ila xofun alayhi valahum yaxsanun deydi Qur'onda Alloh. Ogoh bo'linglar. Allohning valiyinglari, do'stlari bor deydi. Kim ular? Alladina amanu va kanu yattaqun. Ikkita sifati. Biz hammamiz Allohni valiysimiz qaysidir darajada. Birinchisi, alladina amanu. Iymon keltirgan va kanu yattaqun taqvo qilgan.

Iymon alhamdulillahi robbil alamin hammamizda kalimani achishlik bilan iymon bor. Endi undan keyingi holat taqvo. Taqvoyingiz qancha yuksalsa, Allohga bo'lgan valiyligingiz shuncha ko'tarilaveradi, Allohga qancha valiyligingiz yaqin bo'lsa, duoyingizni ijobati ham tezroq bo'ladi. Bergan biringizni yetmish bo'lib kelishi ham tezroq boladi va qilgan xatoyingizni jazosi kelishi ham tezilashadi.

O, buyog'i ham bormi domla? Buyog'i ham bor. Chunki Allohga yaqin bo'gan bandani Alloh yaxshi ko'radi. Gunoh qilsa, shunga qaytib yurmasin deb tezda jazo beradi, to'xtatsin deydi. Agar bizni fikrlarimiz, o'lchov tushunchalarimiz, prinsiplarimiz johiliy bo'layotgan bo'lsa, qilayotgan amallarimizning mukofoti kechikadi yoki umuman kelmaydi.

Qarang tushunchani. Bir odam pijama bilan ko'chaga chiqsa, shu pijama bilanko'chaga chiqsab, bu nima deyiladi? E, bu madaniyatsizlik ku deydi. Qani kultura deydi. Qoloqlik deydi. Betarbiyali deyiladi. Bu yomon narsa deb hisoblanadi. Ammo ayol kishi zamonaviy modniy kiyimlarni kiyib, avratlarni ochib, ustiga xushuboy atirlarni sepgan holda ko'chaga sig'sa chi?

Bu taraqqiyot, madaniyat, peshqadamlik, yaxshilik deb hisoblanadi da. Mana shu yerda aytyapmiz ku, prinsiplar tuzalishi kerak da. Odamlarni qarang. Odamlar nimalarni ulug' sanashyapti? Alloh xor sanagan narsalarni ulug'sanab yurishibdi. Alloh ulug' sanagan narsani haqir deb bilishyapti.

Ayollar avratlarni yopib yursa, yoshlar har xil tungi klublarga bormasa, ichkilik ichmasa, ular aytayotganday g'arb tushunchasi bilan yashamayotgan bo'lsa, bular deydi, qoloq odamlar deydi. Odamlarni qarang. Kimlar ulug' insonlar? Kimlar peshqadam ibrat bo'ladigan odamlar deyapti? Sportchilar, aktyorlar, qo'shiqchilar, futbolistlar.

Insof qilinglar, bir odam o'n yil maktabda o'qiydi. Yana bir o'n yil universitetda o'qiydi. Yana bir yigirma yil ilmiy ish bilan shug'ullanadi. Zamonasi uchun, yurti uchun katta bir ilmiy kashfiyotni qiladi. Odamlarning hayotini yengilligiga sabab bo'ladigan zo'r kashfiyotini qiladi, birod tanimaydi ham uni. Unga beriladigan mukofot ham aytilinadigan mukofot emas. Ammo oyoq qo'lida joyida bo'lib, sal to'p tepishni bilgan bola bir yilda yuz million dollar daromad qiladi.

Nu do'ppini menga qo'yib turib o'ylanib ko'ringlarda. Bitta to'p tepishda chiroyli eplagan odam bir yilda yuz million dollar pul topishi aqlga, mantiqqa sig'adimi? Boyagi biz aytgan kashfiyotni qilgan odam odamlarni rakiga davo topdi. Ekologiyani bir tuzalishiga sabab bo'ladigan bir kashfiyotini qildi. Benzin yoqmayapmiz, salat yoqmayapmimiz, shunaqa bir texnologiyani o'ylab topdi. Yo'q. O'shaning uchun futbolist bo'ladi bolam deydi da.

Bitta kinoda o'ynab berish uchun o'ttiz million dollar oladi ganarariga. Bitta kinoda oynab berganiga, aktyor. Aytinglar, shu aqldanmi? Insofdanmi shu? Yana, bitta klipini orqasidan falonchi qo'shiqchi dedi, besh million dollar foyda ko'rdi deydi. Nima edi u? Nima edi u u? O'shani o'tiribdi ko'rib odamlar besh martadan, olti martadan qaytarib ko'rib. Mana, nima uchun o'n marta ahvoli mana shu holatda? Ibrat, kumir, namuna bo'ladigan odamlar Imomu Navaviy, Ibn Sino, Beruniy, Imomu Termiziy, Burxoniddin Marg'iloniylar emas da, qo'shiqchilar. Aktyorlar, sportsmenlar.

O'sha sportchilar, aktyorlar, qo'shiqchilar. Allohni nazdida qadri qancha edi? Bu bilan hech kimni ishi yo'q a? Qoidamiz qanaqa edi? Agar Alloh haqir sanagan narsani ulug' deb bilayotgan bo'lsak, Alloh ulug' degan narsani haqir, past deb bilayotgan bo'lsak, bizni hali o'lchov tushunchalarimiz johili ekan. Shunaqa o'lchov tushuncha bilan yashab qilayotgan ibodatlarimizning mukofotini kechikishini yoki umuman kelmasligini ko'rib, shunga tayyor turib olaylik.

Havas qilinadi shunga o'xshagan odamlar. Falonchi deydi, shayxni deydi, Arabistondagi shayxni garajida uch yuzta qimmat mashinasi bor ekan deydi. O. Ammo ana shu shayxni moncha masjid qurib beribdi deganini gapirmaydi biror. Qilgan bo'lsa ham. Yoki Afrikada falonchi bir qabilaga o'nta quduq kavli olib beribdi degan gapi yo'q. Uni gapirmaydi, reklama qilmaydi. Falonchi shifoxonaga muncha million dollar info qilibdi, falonchi kasal bo'lganlarga manaqa aborudovaniya olib beribdi, degan gapi yo'shq.

Muhimi, ana shularni qo'lida katta dunyo bor. Ey, agar qo'lida dunyosi katta bo'lsanglar, u zo'r bo'lsa, Alloh azza va jalla kofirga bir tomchi ham bermasdi bu dunyodan. Payg'ambarimiz aytganlar, agar bu dunyo ichidagi hamma boyligi bilan Allohning nazdida chivinning qorachalik qadri bo'lganida, mana shu dunyoni boyligidan kofirlarga bir qush bir tomchi suv ichganchaligini ham bermasdi deydi. Vo, zo'rda, qara, mashinasini qara, bir million dollar turadi u mashinasi. Qarama, qulday soatni, muncha dollarga oldi deydi. Har kuni restoranda o'tirar ekan, vo.

Ha, soqol ma'dan. Masjidda namoz o'qiydi. Zikr aytadi, lekin qalbi qayoqda? Sen birodar o'zingga qara. Ahvolingga qara. O'lchov tushunchang qanaqa? Qadriyatlaring qanaqa? O'y hayollaring kitobi sunnatga muvofiq keladimi, yo'qmi? Shuning uchun payg'ambarimiz aytganlar, tuba li man vosiyat hu sunnatu valam tastaxvihil bid'atu.

Sunnat uni qamragan va bid'at unga ta'sir qilmagan kimsaga tubo bo'lsin. Ya'ni sunnat bilan yashay ekan va bid'atdan uzoq bo'lgan odamga tubo jannati bo'lsin deyapti payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Ibrohim al havos aytadi, muroqaba insonning botini ham, zohiri ham, siri ham, oshkorasi ham alloh uchun xolis bo'lishligi. Yana aytiladi.

Bu yo'lda inson qilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi narsa, nafsini hisobga tortib turishi. O'zini nazorat qilishi, amallarini shariat hukmiga muvofiq amalga oshirishidir. Nafsingizni kuzating. Keyin hisob kitob qiling. Masalan, imtihon bo'lsa, bir talabani kuzatamiz. Shpargalka qilyapti, xullas hiyla naren qilyapti, unga baho qo'yamiz. Ikki. Kuzatdik va baho qo'ydik.

Agar banda o'zini nafsini kuzatsa, muroqoba qilsa, keyin hisob kitob hissa va mana shu holati davomiy bo'lsa, qilayotgan amallarini shariatga muvofiq bo'lishiga yetib boradi. Kuzatdi, hisob kitob qildi, shu bilan shariatga muvofiq bo'lib qoldi. Siz yaxshi bir ustasiz. Yo bir yaxshi bir voizsiz. Qo'yingki, sizni atrofingizda odamlar jamlanishdi. Bunga g'ururlanmaslik kerak, aldanmaslik kerak.

Chunki ular sizni zohiringizniylar ko'rib turishibdi da. Sizni qalbingizni kim ko'rib turibdi? Sizni odamlar yaxshi deb o'ylab atrofingizni yig'ilishyapti. Lekin sizni ichingizda nimadan o'tayotganligini ular bilmaydi da. Siz aqlli, hushyor odamsiz albatta. O'zingizni odamlarga solih inson qilib ko'rsata olasiz. Ammo Al Vohidi Dayyan bo'lgan, Arroqiy bo'lgan Alloh sizni qalbingizda ham kuzatib turadi. Shuning uchun ertaga Allohni huzuriga borganimizda, Alloh bizni hisob kitob qilishidan avval, o'zimizni o'zimiz shu dunyoda hisob kitob qilib turishimiz kerak.

Hammamiz bitta narsani so'raymiz. Parvardigor, o'zing saqlagin. Balo qazodan, musibatlardan, kasalliklardan, tuxumatdan, qo'yingki, panoh tilaymiz, Alloh meni saqla deymiz. Lekin birodarlar, ulamolar aytadi, Alloh sizni saqlashini shartlari bor. Shu shart sizda bo'lsa, Alloh sizni saqlaydi. Nima u shart? Ulamolar ittifoq qilishgan narsa shuki, banda Allohning kuzatib turishini esdan chiqarmasa, o'y hayolida Allohning muroqobasi doim tursa, Alloh uni saqlaydi.

Alloh sizni kuzatib turganligini esdan chiqarmaysiz. Doim kallangizda Alloh meni ko'rib turibdi degan shu o'zingiz bo'ladi. Shunday bo'lsangiz doim, Alloh sizni saqlaydi. Zohiringizni ham, botiningizni ham. Allohni go'zal ismlari bor, qarang. Al hafiq saqlab qo'yuvchi, al roqib kuzatib turuvchi, al alim o'ta biluvchi, assamey o'ta eshituvchi, al bosiir o'ta ko'ruvchi. Mana shu beshta ismini hammasi muroqibani ma'nosini ifodalaydi. Gapirsangiz, O'ta eshitadi. Harakatlansangiz, ko'radi. Bir narsani o'ylasangiz, uni ham biladi. Uyingizdan chiqsangiz, kuzatib turadi. Bir amalda qilsangiz, yozib saqlab qo'yadi. Xullas, hamma hamma narsang Allohnin huzuridagi bitta sahifa yozib qo'yilgan. Sen birodar, doimiy suratda muroqobadasan, kuzatuvdasan.

Bugungi darsimizni xulosasi, Alloh haqir sanagan narsani aziz bilayotgan bo'lsangiz, Alloh aziz degan narsani haqir sanayotgan bo'lasangiz, sizni hali tushunchalaringiz johili ekan, qilayotgan amallaringizni mukofotini kechikishini kuting yoki umuman kelmasligini kuting. Aquli qovli hali va astag'firullohu alayhi valakum. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish