MMaviza
MuroqabaTekshirilgan21 daq

87-QISM / MUROQABA (4/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
20:42
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalama ala isrofil mursaliyev. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabop, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatu. Robbimiz subhanallohu ato'g'li uni kuzatib turuvchi ekanligi, roqib ekanligi haqida dars qilyapmiz. Muroqaba martabasi haqida. Alloh aziz va jalloh faqatgina kuzatib turmaydi. Bandani qilgan ishini kuzatib turib, keyin mukofot ham beradi, jazo ham beradi.

Sulton mansabdor odam, podshoh, ishingizni kuzatib turadi. Odam qo'yib qo'ygan, kuzatib tur deb. Xatolaringizni, qonunni buzayotganligingizni yozib, chizib, papkaga joylab degandek to'plab turadi. U bitta ish, endi keyin jazolaydi ham. Alloh Taolo bandani kuzatib, uni qilgan ishi uchun jazolarni olmoqchi bo'lganida, uni jazosidan, uni iqobidan hech kim qochib qutila olmaydi. Astay deb bila. Inna robbakalabil mirsood. Shak shubhasiz parvardigoringiz barcha narsani kuzatib turguvchidir.

Kuzatib ham turadi, keyin jazolaydi ham. Od qavmini Alloh Taolo kuzatdi, keyin nima bo'ldi? Alam taro kayfa fa'la robbuka bi a'ad. Ey Muhammad alayhissalom, parvardigoringiz Od qabilasini qanday halokatga duchor qilganini ko'rmadingizmi? Kuzatadi, jazo beradi.

Uyingizga beshinchi kursda o'qiydigan o'rtog'ingiz, do'stingiz student mehmon bo'lib keldi. Tasavvur qiling. Peshqadam talabalardan u bilan o'tirib gaplashib, suhbatlashib o'tirgandingiz. Uni orqasidan mana shu student o'qiydigon universitetni professori kirib keldi. Yoki ana shu jomenni rektori kirib keldi. Olim odam, jamiyatda martabasi baland, hurmati baland. Haligi studentni qo'yib, professor bilan, rektor bilan ovora bo'lib ketasiz. Salomlashasiz, tabassum qilasiz, choy qilib uzatasiz, xullas, diqqat e'tiboringiz mana shu rektorga qarab qoladi. U rektorni kelganligi uyingizga kelgan student o'rtog'ingizni esdan chiqargizib qo'ydi. Keyingi kelgan odam avvalgi kelgan odamdan. Keyingi kelgan mehmon avvalgisini unutib turib qo'ydi.

Ya'ni bitta narsa ikkinchi narsani unutib turib qoydi. Bir narsa boshqa narsani unutib qo'ydi qo'ydi. Shuning uchun siz musulmon sifatida tijoratingiz, do'koningiz, ulpatingiz, kayf safoyingiz, xullas, qaysidir narsalaringiz sizni Alloh kuzatib turganligidan unuttirib qo'ygan bo'lsa, bu siz uchun xatarli holat.

Qaytaramiz. Tijoratingiz, ulfatlaringiz, kayf safoyingiz, huzur halovatingiz, xobbilaringiz. Alloh sizni kuzatib turganini esdan chiqargizib qo'ydimi? Bu juda ham xatarli holat! Haqiqiy murojaatning belgisi. Sen uchun ulug' muhim bo'lgan har qanday narsa, Alloh seni kuzatib turganini esingdan chiqarib yubormasligi, sening muroqibengni haqiqiy ekaniga dalil bo'ladi.

Namozni har qanday holatda o'qiysan. Ro'zani har qanaqa sharoitda tutasan. Kunli zikrlaring bor, seni hech narsa undan chalg'itmaydi. Tushunarli ekan? Har qanday muhim ish sizni unutib turib qo'ymayaptimi? Alloh meni ko'rib turibdi degan shu'ringizni yo'q qilib qo'ymayapdimi? Demak, sizni muroqibangiz haqiqiy muroqib ekan.

Shuning uchun ham Allohning ahllari, Allohga yaqin bo'lib qolgan bandalar, sodiq mu'minlarning zehnlaridan Alloh bizni kuzatib turibdi degan su'r hech qachon ko'tarilmaydi. Allohni ulug'lashlari, ularni qalblarini boshqa narsalar bilan ovora bo'lishidan to'sib turadi. Agar qalb chinakamiga Allohni ulug' ulash bilan band bo'lsa, uning bu bandligi uni boshqa nashalarga parvo qilmaslikka yetaylik edi.

Endi, agar bir banda Alloh meni kuzatib turibdi degan muroqaba shu'uri, haqiqiy bo'ladigan bo'lsa, boshqa nimalarga parvo qilmaydi. Anchadan beri bir katta muammoingizni hal qila olmay turibsiz, katta muammo bor. U muammoni hal qilmasangiz, katta mablag'ga kuyib ketasiz. Endi ro'parangizda ana shu muammoingiz hal qilishi mumkin bo'lgan o'tiribdi. Martabasi, mansabi, hurmati baland bo'lgan odam. Uni oldida o'tirar ekansiz, qanaqa o'tirasiz?

Odob bilan o'tirasiz. Axloqingizni go'zal qilasiz, ortiqcha gapirmaysiz, tasbehizni tiqib tiqib tiqilib o'tirmaysiz. Achchig'ini keltirib qo'ymang. Mendan xafa bo'lib qolmasin. Nima uchun bunchalik e'tiboringa? Chunki bu odam sizni muammoyingizni hal qilib berishlikka nimasi bor? Imkoni bor da. Sizga foydasi tegishi mumkin. Uni kimligini bildik, bizga qanaqa foyda keltirishi mumkin yo bilganimizdan keyin, uni ko'nglini ovlashiga shu darajada bir kirishamizki, hech narsa ko'zimizga ko'rinmaydi. Demak, muroqaba manzaralariga yetgan odamni biron narsa ibodatidan chalg'ita olmaydi.

Haligi aeroportda qarasanglar, gazetani solib olib yoki kurtkasini tashlab olib, namoz o'qiyotgan odamni ko'rasiz, yomon mazza qilib yuborasiz da. Pasadga e'lon qildi. O'tiribdi unaqa pasadichni dirjit etib o'tkazyapti samolyotga. U nima qiladi? Shunday masalan kurtkasini tashlabdi, namoz o'qiydi. Demak, uni qalbida muroqaba hissi bor. U muroqaba manzilatiga yetgan. Namozni har qanaqa holatda o'qiydi da. Demak, muroqabaning lavozimlaridan Allohnı ulug'lashlik bilan band bo'lib, boshqa narsalarga parvo qilmaslik. Mana shu muroq obaning lavozimlarining birinchisi, ikkinchi lavozimi Allohnı tarafiga qarab yurish va ana shu sayrda davomiy bo'lish.

Munofiqni ko'rmaysizmi? Katta gunohliq qilib qo'yib, ustiga pasha qo'nganchalik ham bir xavotir bo'lmaydi. Endi mo'minchi? Mo'min pashadek kichkina qilib qo'ydigan gunohini shuni kasofati boshimga urib kelib uramikin deb qo'rqib turadi. O'lchov. Nozik o'lchov. Mana shu o'lchovga solib kelaylik o'zimiz. Allohning nazdidagi martabang yuksalgani sari, Allohning nazdida martabang yuksalgani sari, qilgan kichkinagina gunohing ham ko'zingga tog' deb bo'lib ko'rinadi.

Allohning nazdida qadring pasaygani sari, qilgan katta tog'dek gunohing ham ko'zingga arzimas bo'lib ko'rinadi. Nima bo'libdi deydi. Nima bo'pti? Tavba qilyapti deydi. Mana endi shundan bilavering, sizni Alloh qadrlayaptimi, qadrlamayaptimi? Kichkina qilib qo'ygan gunohingiz bezovta qilyaptimi? Katta qilib qo'yg'an gunohingiz sizga umuman bir ta'siri bo'lmayaptimi? Shundan bilaversang.

Qilgan gunohingizdan qanaqa ta'sirlanyapsiz? Mana shu haqiqiy o'lchov bo'ladi. Fosih odam katta gunoh bo'lgan bir so'zni aytadi da, xotirjam uxlab yuboradi. Hech narsa olmagandik. Endi mo'minchi, shunga o'xshagan so'z tilidan chiqib ketsa, jahl ustida, bilmasdan, achchiqdan aytib yuborsa, iztirobga tushadi, siqiladi, o'ylanadi, pishoymon yeydi. Xuddi osmondan qulagan odamdek o'zini his qiladi.

Yana qaytaramiz. Qadrimiz ko'tarilgani sari Allohga, kichkina gunoh ham bizni bezovta qiladigan bo'lib qoladi. Allohni nazdida qadrimiz tushgani sari, katta katta gunohni qilib qo'yib ham, spokoyniy turaveramiz. Alloh seni to'g'ri yo'lda ekaningni kuzatib turganini his qilishing. Alloh sen bilan birga ekanini bilishing. Qalbingda shunday bir ulkan quvonchni paydo qiladiki, dunyoning hech bir boshqa ishida bunday xursandchilik topilmaydi.

Yana bir marta o'qib beraman. Alloh seni to'g'ri yo'lda ekanligingni kuzatib turganini his qilishing, Alloh sen bilan birga ekanligini bilishing, qaldingda shunday bir ulkan quvonchni paydo qiladiki, dunyoning boshqa hech bir ishida bunday xursandchilik topilmaydi.

Dunyoni hammasini qo'lga kiritgan odamlardan so'ra. Eng hashamatli maskanda yashaydi. Eng shirin, lazzatli taomlarni yeydi. Tabiatni eng go'zal manzaralarida turadi. Ko'ngli istagan narsani qilgan. Dunyoni hamma kengchiligi erishadi. Dunyoni maishatiga ko'milib yashagan odamlar, agar ular Allohni tanishganida, Allohga yaqin bo'lishlikni halovatini totib ko'rishganida, aytishardiki, Allohga hasan, dunyoni shuncha lazzati va huzur halovati Allohga iqbol qilishning bir lahzasiga ham teng bo'la olmaydi deyishgan bo'lar edi.

Biz nimaga dunyoyimizni zo'r deyapmiz? Mashinam yangi, uyim chiroyli, xotinim chiroyli, o'g'lim bor, qizim bor, hayotim zo'r, shikarniyda nimaga bunaqa deyapmiz. Chunki Jannatni ko'rmadik da hali. Jannatga kirganimizdan keyin bu dunyo hech narsa emasligini ko'rib qolamiz. Endi dunyoda turib ham hamma kayf, sopoq, huzur halovatda yashayotgan odam, Allohni tanimay yashayotgan bo'lsa, va unga Allohga yaqin bo'lish, Allohni tanishlik degan narsani toptirib qo'ysangiz, mononasiga parvo qilmay qo'yadi.

Ma'qulmi? O'shaning uchun o'zini osib o'ldiryapti da g'arbdagilar. Suitsidni eng kattasi o'sha g'arbda, amerikada, yevropada, o'sha shvetsiya, skandinaviya o'lkalarida, bo'lmasam mana shu dunyoviy hayoti, maishati zo'r. Nimaga o'zini osilib o'ldiryaptilar? Nimaga hayotdan to'ygan? Chunki bu dunyo matohi har qancha ko'p bo'lsin, har qancha zo'r bo'lsin, malollantiradi, zeriktiradi.

Dunyoning hech qaysi matohi senga doimiy saodat shu o'rinda bermaydi. Qaytaramiz. Dunyoning he ch qaysi matoh go'zalligi doimiy qalbingizda xotirjamlikda saodatni bermaydi. Mashina olgan kuningiz qanaqa xursand bo'lgansiz? U ne vajno qanaqaligi, zato o'zingizniki, endi o'zingizni dayingizda mashinangiz bor. Rosa xursand bo'lgansiz.

Uy oldingiz, uyingiz yo'q edi. Bu juda katta narsa erkak kishi uchun o'g'il bolaga. O'zimni uyim endi deysiz, choldovordir, tomig'ichig'idir. Zato o'zingizi uyingiz. Rosa xursandsiz. Qancha? Aytingchi, dunyoni qaysi matog'ingizda doim qalbingizga mana shu xursandchilik, saodat, baxt shu o'rinni beradi. Hech qaysisi. Ana shu biz aytayotgan dunyoni hamma xayriyatiga ega bo'lgan odamlar Allohni tanimasdan, Allohga yaqin bo'lishligini mazasini bir marta topib ko'rishsa, nima deyishar edi? Allohga hasan. Dunyoni ichidagi shuncha lazzatda huzur halovati Allohga yaqim bo'lishni bir sekundiga teng bo'lmas ekan deyishardi.

Agar mo'min, chinakam mo'min Allohga yaqib bo'lgan, imonda halovatini totib ko'rgan mo'min aytsa, yer yuzida mendan ko'ra baxtliroq odam yo'q desa, qasam ichsa, qasamida adashmagan bo'ladi. Bundan ko'ra bahtliroq odam bor, agar u odam bundan ham taqvoliroq bo'lsa.

Yer yuzida, agar u mendan taqvaliroq bo'lmasa, mendan ko'ra baxtliroq odam yo'q deb qasam ichsa, qasamida adashmagan bo'ladi. Rodalar, dunyodagi eng go'zal narsalarga erishgan odam. Eng afzal narsalarni qo'lga kiritgan inson. Ko'ngli istagan narsaga qo'li yetadigan odam. Agar Allohni tanimagan bo'lsa, Allohga yaqin bo'lishligini halovatini totib ko'rmagan bo'lsa, bu manda hech narsani totib ko'rmapdi. Nima uchun? Bu dunyoni go'zal narsalari.

Ularga Alloh Taolo go'zalligidan bir nasiba bergan. Ana shu nasiba tufayli ular go'zal. Bitta ulush, bir qismi go'zalligi. Endi go'zallikni asli bo'lgan Alloh Taoloni o'zini tanisangiz chi? Go'zallikni asli kim? Al jamiy bo'lgan robbimiz. Ey, ukalar, yoshlar, o'ylamanglar. Agar men Allohni tanisam, Allohni topib, unga yaqin bo'lsam, bu dunyoni xayriyatlardan mahrum bo'lib qolaman ekan, o'ylamaylar.

Agar Allohni topsangiz, unga yaqim bo'lishlikni huzurini qanaqa ekanligini bilib, totib ko'rsangiz, bu dunyoni matohi siz uchun hech narsa bo'lmay qoladi. Faqat Alloh deb yashaysiz, o'shanda siz intilib yetib topa olmayotgan dunyoni matohini Alloh oyog'ingizni tagiga sochib qo'yadi. Bu Allohni va'dasi.

Kim hamma g'amini bitta g'amga almashtirib olsa, deydilar Rasululloh, Allohni rozi qilish g'amiga, qolgan g'amlarga Alloh kifoya qiladi deydi. Kim Alloh uchun bir narsani tark qilsa deydilar Rasululloh. Alloh unga tark qilgandan yaxshirog'ini beradi deydilar. Shuning uchun ukalar o'ylamanglar. Allohni tanisam, taqvoga yursam, Allohga yaqin bo'lsam, dunyoni matohida mag'rur bo'lib qolaman deb o'ylamangilar. Bizni ko'zimizga bu dunyo chiroyli ko'rinyapti.

Bu dunyoni matohi ko'zimizga chiroyli, ajib ko'rinyapt. Sababi Allohga yaqin bo'lishlikni nimaligini bilmaymiz da biz. Biz Jannatni ko'rmagan, unga kirmaganligimiz uchun dunyodagi hayotimizni zo'r deb o'ylayapmiz. Onani qonidagi bola, agar aql bersa chiqmaydi. Nima qilaman deydi. Issiq joy, yumshoq joy. Oziq ham kelib turibdi kindigimdan, hech qanaqa anaqa tashvishim yo'q. Nima qilamiz chiqib deydi. Chiqishlikni xohlamaydi, lekin majbur chiqarishadi. O'ldim deb chiqsa, u ichidagi ikkita narsadan ko'ra ko'proq narsa bor ekan. Toza havo, kenglik, yorug'lik, yeydigan narsa ming xil. E, zo'r ekan u bu yoqda, deydi. Xuddi shunga o'xshagandek dunyoda yashayotganida qabrga kirdi, kirmaydi yana. Chunki hayotim zo'r deb o'ylaydi. Lekin majbur kirgizishadi qabrga, yana undan so'ramasdan, kirgandan keyin Alloh Taolo mo'minga jannatdagi joyini ko'rsatib qo'yadi. Ana shu qabrini, lahadini o'ng tomonidan darcha ochib qo'yiladi. Mana bu seni boradigan jannating deydi. Deganda, Parvardigor qiyomatni tezroq qoyim qilgin deydi.

Jannatni ko'rmagan, unga kirmagan odam bolasi mana shu dunyo uyini, dunyodagi uyni, mashinasini nima deb o'ylaydi? Eng zo'r narsada deb o'ylaydi. Ammo jannatga kirgandan keyin, jannatni ko'zi bilan ko'rib, ne'matlarni tortib ko'rgandan keyin, dunyo hayoti haqida fikr o'zgaradimi? Ba'zan alloh taolo dengizga o'zining al jamil ismi bilan namoyon bo'ladi. Dengizga tajalli qiladi. Dengizda o'zini go'zalligini namoyon qiladi. Ana shu paytda dengizni ko'rsangiz aytasiz. Kecha tunni dengizni sohilda o'tkazdim. Bu kechani hech ham unutmayman deydi. Nimaga? Osmonda to'lin oy, yoqimli to'lqinlar, mayin shamol, suvda suzasan, xushnudigini his qilasan. Suv tup tiniq. Dengizni tubini ko'rish mumkin. Bu Allohning al jamiyat ismi bilan dengizga namoyon bo'lishi.

Endi Alloh Taolo mana shu dengizga o'zining al jabbar ismi bilan namoyon bo'lsa chi, qo'rquvdan qalbimiz yorilib ketadi. Kunlar bor. U kunlarda Alloh Taoloning al jamiyat esmi namoyon bo' ladi. Qarang, birga kirgan yosh bolani yuziga qarang da. Go'zallik, tiniqlik, beg'uborlik, musaffolik. Yer yuzida bundan ko'ra go'zalroq yuz yo'q. Allohning al jamiy ismi namoyon bo'ldi.

Yana shunday kunlar bor. Alloh taoloning al jabbar ismi namoyon bo'ladi u kunlarda. Bo'ronlar, vulqanlar, sunamiylar, zilzilalar. Xabarlarda aytiladiki, kecha tunda bo'lgan zilzila oqibatida qirq mingta odam uylan tagida qolib ketdi vayronada. Sunami natijasida butun bir shahar suv tagida qolib kelibdi.

Alloh taoloning al jabbar ismi namoyon bo'ldi. Kunlar bor. U kunlarda Alloh taoloning allatif ismi namoyon bo'ladi. Yangi shofyor, bola chaqasi bilan toqqa chiqqan, tushib o'ynashdi, o'tirdi, hali motorini yig'masdan turib, rushnoy tormozini tushirib yubordi. Rul burilib qolgan bir tomonga. Qattiq qolgan. Mashina jalliga qarab ketdi. Yumaladi, to'ntarildi, ontarildi, har tomonga urildi, dabdalasi chiqib ketdi. Buni ko'rgan odam, u mashinani ichida bironta odam tirik qolmadi deb o'ylaydi. Lekin Allohniyif bo'lgan Alloh o'zini ismini namoyon qiladi o'sha holatda. Hammasi tirik chiqadi. U yer bu yeri shilingan, lekin Alloh saqladi. Allohni Allohniyif ismi namoyon bo'lishi yana bitta misol. Yosh bolani tishini tushib ketishini oling.

A? Vaqt soati yetganda bola sezmaydi. Nerv tomirlari uziladi. Bola ovqat yeykan paytda og'zida bir narsa paydo bo'lib qoladi, qarasa tishi tushib ketibdi. Allatiyf ismi namoyon bo'ldi. Muloyimlik bilan olib qo'ydi Alloh Taolo. Endi eng zo'r mohir stomatolog. Tish doktori o'n uch sinf olib tashlamoqchi bo'lsa, shunaqa bo'ladimi? Eng kamida ukolni sayg'anda joni achishadi. Demak, Alloh Taoloning Allativ ismi namoyon bo'ldi.

Og'irligi yuz ming tonnalik kemalarni suv ko'tarib turadi. Ha, mushtdek tosh tashlasa, shoppa turib cho'kib ketadi. Ellik, yuz tonnalik samolyotlarni havo ko'taradi. Havo ko'taradi shu samolyotni, lekin shu havoni ichida yurar ekanmiz, bizga og'iri yo'q. Alloh taoloning allatif ismi namoyon bo'ladi.

Muroqibaning samaralari, agar sen birodar, muroqibada ekaningni, Alloh seni kuzatib turganini his qilsang, uning amrida mustaqil bo'lasan, maxluqotlarga faqat yaxshilik qilasan va uning o'ziga iqbol qilasan. Shunda sen dunyoning hech bir narsasidan topa olmaydigan lazzatni topasan.

Avval olib mazza qilgan bo'lsang, berib turib shunaqa mazza qilasanki, voy bu berish olishdan ham mazaliroq ekan deysan. Muroja opa, birodarlar, Alloh taolo sizni kuzatib turishligini bilishingiz va mana shu shu o'rni doim yodingizni ushlab turishligingiz. Aquli qovli ha da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malayka tahush su'alunu ala nabi. Biya yu halladina anan u sollallohu alayhi va sallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish