MMaviza
MuroqabaTekshirilgan23 daq

88-QISM / MUROQABA (5/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
23:09
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robbil alamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabard, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Eng shirin taomni yeb, sara liboslarni kiyib, eng afzal mashinalarni minib, hashamatli uylarda istiqomat qilayotgan, dunyodagi muvaffaqiyatni cho'qqisiga yetgan qavmni oliylari, agar bular Allohni tanib, Allohga iqbol qilishsa, Allohga yaqin bo'lishlik rohatini huzurini totib ko'rishsa, avvalgi huzurlar bilan keyingi huzurni taqqoslab bo'lmasligini bilishar edi. Aytishardiki, vallohi Allohni tanishlik halovatini oldida boshqa narsa halovatmas ekan. Bir musulmon bo'lmagan sayohatchi odam musulmon davlatlarini birini qishlog'iga kelibdi da. O'sha qishloqni qabristoniga kirib, bir narsani ko'rib, aqli uchibdi.

Ana shu qabrlarni ko'pida shunday yozib qo'yilibdi. To'rt yil umr ko'rdi. Olti yil yashadi. O'n olti ga kirdi. Odatda vafot etganlarni aksariyatini yoshi qirq, ellik, oltmish, sakson yoshni ustida bo'ladi. Lekin bu yerda qarasangiz, ko'pchiligi yigirma ga yetmagan. To'rt yil umr ko'rdi, olti yil yashadi, o'n yetti yil umr ko'di. Ajib. Avvaliga tushunmadi. Lekin keyin buni sababini bildi hikmatini. U qishloq ahlini ajib bir odati bor ekan. Ular insonni umr tarixini Allohnı tanigan kunidan boshlab hisoblashar ekan. Ya'ni Allohnı tanidi, bugundan insofga keldi, ibodatga qaytdi, haromiyatdan tiyildi, shu kundan boshlab umr hisoblar ekan. Shuning uchun bitta odam to'rtga kirib o'ldi desa, Allohnı tanigandan keyin, taqvoda, ibodatda to'rt yil yashadi degan ekan. Birov o'n yetti ga kirib o'ldi desa, haqqa qaytib, iymon yo'lga yurgandan keyin o'n yetti yil umr ko'rdi. O'n besh yil umr ko'di. O'ttiz yil umr ko'ti. Allohni tanigandan keyingi yashagan hayotini ular haqiqiy hayotda bilishar ekan.

Allohni taniganida, banda ma'siyat bilan, johillik bilan o'tgan umriga qattiq pushaymon yedi, qalbi parchalanib ketadi. Nimaga shuncha umrimni bekor o'tkazdim? Ammo Allohni tanigan, Alloh uni doim kuzatib turishini bilgan, muroqiba manzillatiga yetgan banda doim saodatli. Qalbida osoyishtalik, ko'nglida xotirjamlik, ko'zida doim quvonch. Bunga teng narsa bo'lmaydi dunyoda. Bu jannat ahlining holati. Mana shu holatga yetgan, mana shu maqomga yetgan oriflardan biri aytgan ekan, agar jannat ahlini ham holati, mana shu biznikidaqa holat bo'lsa, demak ularni ham holati yaxshi xayolat ekan deb qo'yar ekan. Tushunyapsizmi? Dunyoda turib, jannatiylar his qiladigan shu'rni aytyapti. Agar bizni qalbimizni holatidaqa huzur halovat, xotirjamlik jannatinglarda bo'lsa, jannatda kiyganlar, demak ularni ham hayoti pokiza ekan deydi. Mana shu yerda Payg'ambarimizning bir hadisini eslaymiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ana shu kibor sahobalardan o'n tasini ismini aytib, ularni jannatda ekanligini xabarni berganlar.

Abu Bakr filjanna, Umar filjanna, Usmon filjanna, Ali filjanna. Biz bu hadisni nima deb tushunamiz? Ya'ni biz shunaqa deb tushunamimizki, mana shu sahobalar vafot etgandan keyin aniq jannatiy. Rasulullohdan shu bashoratning tirikligida eshitishdi. Shular jannatga kiradi. Biz ular vafot etgannan keyin jannatga kiradida tushunamiz. Lekin Allohni tanigan oriflar aytar ekan, Abu Bakr Siddiq shu dunyoni o'zida jannatda turibdi, deb tushunishgan ekan. Tushunarlimi? Aytdik ku, hozir oriflar aytyapti, agar jannat ahli ham bizni qalbimizdagi xotirjamlik ularda ham bo'lsa, bizdagi sakinat, bizdagi ko'zni quvonchi ularda ham bo'lsak, demak ularda ham holati yaxshi ekan.

Demak, inson muroqibat darajasiga ham, muroqibat manzilatiga yetsa, Alloh uni kuzatib turganini, Alloh uni yaxshi ko'rganini, Alloh uning rioyasiga olganligini his qilsa, mana shu dunyoni o'zi uchun jannat bo'lib qolar ekan. Biz aytamiz, Allohni toatida ishtixod ko'rsat. Allohga yaqin bo'lishlikka g'ayratli bo'l. Allohning qullari, bandalarini xizmatida tur. Vaqtingni sarflay, kuch quvvatingni, oyoq qo'lingni, hatto ahlingni ham, oilangni ham Allohni dinini xizmatiga sol. Borlig'ing Allohning rizosi xizmatida tursin. Shunda Alloh senga o'ziga yaqin bo'lishlik saodatini beradi. Mana shu paytda Alloh Taolo qalbingga tajallik qiladi, qalbingga tijallik qilgandan keyin sakinatni beradi. Ana shu holatda sen jannatiylarning totigan narsasidan bir narsani totib yurasan. Tamomiy sakinat, tamomiy xotirjamlik.

Maktabni bitirding, oradan yigirma yil, o'ttiz yil o'tdi. Ana shu sinfdoshlaringdan bittasini oradan o'ttiz, qirq yil o'tgandan keyin ko'rishib qolding. O'tirib gaplashding, hol ahvol so'rading, u yoqdan, bu yoqdan degandik. Bir soatlik suhbatdan keyin hayotda bu odamni qiynalganligini bilding. Qalbda xotirjamligi yo'q, yo'lini yo'qotgan, adashgan, hamma narsadan qo'rqib, xavotir bilan yashayotganini tushunding. Hayoti og'ir.

Chunki Allohda uzoq u. Endi haqiqiy mo'minchi? U bilan o'tirsang chi, uni ham hayotini nima ekanligini ko'rasan. U haqiqiy mo'min. Biladi. Nimani biladi? Allohni yaxshi ko'rishini. U biladi. Nimani? Alloh o'zini rioyasida saqlashini. U biladi, nimani? Alloh meni tashlab qo'ymaydi o'z holimga deydi.

Mana shu narsaga iymoni komil bo'lganligi uchun ma'naviyati ham oliy. Hech narsadan qo'rqmaydi. Allohga tavakkal qiladi. Har qancha atrofida vahimali voqea, hodisalar bo'lsa, hasbunallohu va ne'mil vakil deydi. Allohni aytgani bo'ladi deydi. Allohdan uzoq odamlar aytadiki, rak kasali ko'payib ketdi. Shuning uchun har yili deydi, bir marta deydi, rakka analiz topshirib turish kerak. Qo'rqadi. Vaholanki, rakda asari ham yo'q saratonda. Mana shu odam Allohda tanimaydigan odam. Sakson yil sog'lom yashasa ham, sakson yil qo'rquv bilan yashaydi. Qo'rqib yashayaptimi? Demak, shu qo'rquvu uni tugatadi. Nima uchun qo'rqyapti? Allohni tanimaydi da. Kim aytgani bo'ladi?

E birodarlar, bizda, sizda mana shu iymon borligi uchun Allohni aytgani bo'ladi degan narsa shunaqa katta boylikki, uni biz bilmaymiz boylikligini, chunki borda bizda. Endi o'sha narsasi yo'q bo'lgan odamlar sal narsaga nima qilaveradi? Qo'rquv vahimaga tushaveradi. Aytiladi, anta min xolf ilmurodiy, hiymurodiyin. Sen kasal bo'lib qolishlik qo'rquvi sababidan doim kasalsan. O'zi sog'. Lekin kasal bo'lib qolishlik g'ami bilan, qo'rquv bilan doim kasal.

Allohni unutgan dunyo ahllari. Ular Allohda uzoq bo'lib olishdi. Shuning uchun doim qo'rquvida yashashadi bular. Falon kasal ko'payib ketibdi, falon virus tarqalibdi, infarkt insult ko'payibdi, dollar kurs o'ynamish, qish sovuq kelarmish, yoz. Issiq kelarmish. Nahnavo ko'tarilib ketarmish, uxlamaydi, siqiladi, o'ylanadi, reja tuzadi.

Odam qachon shunaqa holatga tushadi? Allohda uzoqlashganida. Endi mo'minni qara xotirjamligini. Agar safarga chiqib ketayotgan bo'lsa, aytadiki, robbim, sen safarda menga hamrohsan, ahlim, oilam, muallim va farzandlarim ustida o'zing xalifa boshliqsan. O'zingga topshirdim deydi, xotirjam ketadi. Bolasini safarga jo'natayotgan ota, ona nima deydi? Bolam, Allohga omonatsan deydi. Bo'ldi.

Agar Alloh bilan birga bo'lsang, robbing senga xotirjamlik beradi. Fa innaka beayuningna. Zotan siz shak shubhasiz bizning ko'z o'ngimizdadirsiz, ya'ni hifzi himoyamizda. Agar Alloh bir bandani o'zini rioyasiga olsa chi, panohiga olsa chi, bu banda hech qachon xor bo'lmaydi. Ikki dunyoda ham. Alloh bunaqa bandasini tashlab qo'ymaydi. Zoya qilmaydi. Shunday va'da bergan.

Allohni va'dasi bajarilmay qolishidan ko'ra, bu osmoni yerlar vayron bo'lib ketishi Alloh uchun osonroq. Og'ir bo'lsa ham aytishimiz kerak bo'lgan bir haqiqat bor. Agar sen, banda, hayotingda osoyishtalik topa olmayotgan bo'lsang, qalbingda sakinat yo'q bo'lsa, rizqingda baraka topilmayotgan bo'lsa, bu holat uchun faqat o'zingni, faqat o'zi, faqat oziyni ayblab. Iymoning, amalingni bir qator ko'rib chiq. Agar namozlaring shakli bo'lsa, tilovatlaring shakli bo'sa, namozingda yoki tilovatingda biror marta qalbing yumshab, ko'zing yoshlanmagan bo'lsa, Allohga bo'lgan muhabbat sababli biror marta qolbining iztirobga tushmagan bo'lmasa, Allohda bo'lgan qo'rquv tufayli etlaring titrab jimramagan bo'lsa, o'zingni Alloh uchun qadrli ekanligingni his qilmagan bo'lsang, ibodat amallaring faqatgina shakli bo'lsa, biz aytayotgan sakinatni qayerdan topmoqchisan?

Qanday qilib senda xotirjamlik bo'lsin? Bular yo'qmi? Ha, yo'q. Buning uchun faqat o'zingni malomat qil. Iymon va amallaringni ko'rib chiq. Chunki iymonni halovati bo'ladi. Agar banda o'sha halovatni tortib ko'rmagan bo'lsa, orqasiga bir qarab qo'yish kerak. O'zini bir qator tekshirib qo'yish keladi. U nurni qo'lga kiritish kerak bo'ladi. Mo'minlarning qalbida halovat bo'ladi, iymon tufayli. Mo'minlar qalbida nur bo'ladi. Alloh Taolo aytadi, istadibilla, ya umayoqulul munafiquna val munofiqotul illa dina amanu durna naqtabis min nurikum.

U kunda, qiyomat kunida, munofiq va munofiqalar iymon keltirgan zotlarga bizga qarab turinglar, biz ham sizlarni nuringlardan ozgina foydalanaylik deyishadi. Ularga ortinglarga qaytib, nur istay beringlar deyiladi. Ana birodarlar. Mo'min odamni qalbida xotirjamlik nuri bo'ladi. Iymon sababli. Payg'ambarimiz aytadilar, da qo ta'mal iyman man rodiya billahi robban va bil islami dinan va bil muhammadin rasulan. Sollallohu alayhi vasallam.

Iymon ta'mini totib ko'ribdi. Kim? Allohni robb deb, islomni din deb, Muhammad alayhissalomni payg'ambar deb rozi bo'lgan kimsa. Agar Allohni robbim deb rozi bo'lgan bo'lsangiz chin dildan, islomni dinim deb qabul qilgan bo'lsanglar chin dildan, Muhammad alayhissalom mening payg'ambarim deb chin dildan rozi bo'lgan bo'lsangiz, siz iymonni ta'mini totib ko'ribsiz.

Tasavvur qiling, holvani chaynadingiz, shirin, orqasidan sholg'omda chaynadingiz. Ta'mi bir xilmi? Bu karimani aytgandan keyin ham, ibodatlarni qilgandan keyin ham bir narsani his qilmayapsizmi? Demak muammo sizda. Agar hali ham iymonni ta'mini totib ko'rmagan bo'lsangiz, sizni kamchiligingiz, o'zingizni tekshiring. Qayerda nuqson bor? Qayerda kibr bor? Qayerda shirk bor? Qaysi o'rinda dunyoga ochiqcha muhabbat bor? Kuzating, qidiring, izlang. Yaqinlikni his qilmadingizmi? Muhabbatni his qilmadingizmi? Yuksalishni his qilmadingizmi? Saodat topdingizmi? O'zingizni ayblang.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, salatun man kunna fii va jada halavatul iyman. Kimda mana bu uchta sifat bor bo'lsa, taqiq iymonning ta'mini totib ko'ribdi. Iymonning halovatini totib ko'ribdi. Birinchisi, man kan allohu va rasuluhu ahab ba ilayhi minmas i va human. Alloh va uning rasuli ana shu odam uchun, qolgan hamma narsadan suyukliroq bo'lsa.

Ikkinchisi, va man ahab ba abdann la yuhid buhi illa li lahi azza va jalloh. Ikkinchi sifati, bir odamni yaxshi ko'rsa, faqat Alloh uchun yaxshi ko'rsin. Undan foyda bo'lganligi uchun, qarindoshi bo'lgani uchun, millatdoshi bo'lganligini uchun, urg'u bo'lgani chunmas. Uchinchisi, voman yakka rohu an yauda fil kufri badan an anqadahullohu minhu, kema yakka rohu an yulqofi nar. Kufrga qaytishni, Alloh uni kufrdan qutqargandan keyin, yana kufrga qayd qilib qolishlikni xuddi o'tga tushlikni yomon ko'rganda yomon ko'rsa. Mana shu uchta sifat bo'lsa, iymonni nimaligini totib ko'rasiz. Birinchisi nima deyildi? Alloh va Rasul, hamma narsadan sizga ustun bo'lishi kerak. Otangizdan ham, enangizdan ham, agar qarshi bo'lsa Allohga. Tijoratingizdan ham katta bo'lsa ham.

Ahmad iymonida sodiq, amallarida doim bo'lgan muntazam bir musulmon inson. Uni bir boy, badavlat do'sti bor. Ammo u do'sti boy bo'lgani bilan orsi fosiq ma'siyat ichida. Endi Ahmad o'zi dinda taqvoda bo'lib turib, o'sha oshnamo hayoti zo'r da, deyotgan bo'lsa, shu fosiq do'stini hayotini havas qilayotgan bo'lmasa, Ahmadni iymoni nolga teng.

Aytildi yu, Alloh va Rasululloh hamma narsadan ustun bo'lishi kerak. Agar Ahmad iymonni mazasini totib ko'rganida, u fosxona hayotini umuman havas qilmas edi. Pulingizdan ajraysiz, kasal yetadi. Mana shu holatda sop bosa odamni havas qilyapsiz, rasvo bo'lsa ham, kofir bo'lsa ham. Zo'rda buni hayoti desangiz. Yoki pulingizdan ajrab turganda, boy, badavlat bo'lib turgan bir munofiq odamni ko'rib havas qilyapsz. Agar shu holatda turgan bo'lsangiz, hali siz Alloh tanimabsiz. Aniq, siz hali iymonda halovatini totib ko'rmassiz. Amallaringiz, agar shunaqa bo'lsangiz. Hammasi o'zingizga qaytariladi. Tushunyapsizmi?

Alloh va uning rasuli u uchun hamma narsadan suyukliroq bo'lsa. Man kan allohu va rasuluhu ahabba ilayhi minmas i vahima. Allohni tanigan ibodatdagi bir taqvoliy musulmonni xotini, falon falon narsani qilib berasan deb turib oldi, hayzallik qilib. U narsalar Alloh rozi bo'ladigan narsa emas. U dedi, bu dedi nasihat qilsa ko'mmadi. Oxiri nima dedi? Ey xotin dedi. Bilib qo'y. Jannatda shunday bir xurlar borki, agar ulardan bittasi yer yuziga ko'rinsa, uning yuzining nuri oy bilan quyoshni nurni so'ndirib qo'yadi dedi.

Seni deb undan voz kechganimdan ko'ra, uni deb sendan voz kechib qo'yishim osonroq dedi. Endi seni deb turib u xurlardan mahrum bo'lishni xohlamayman. Ularni kechmayman, yaxshisi seni kechib qo'taraman dedi. Haqiqiy mo'min odam iymonida sobit turadi. Chunki u uchun eng birinchi narsa qalbida ega. Bu Alloh va uning rasuli. Har qancha qiyinchilikka, aziyatga qolmasin, Allohga osiylik qilmaydi. Shunaqa odamlar bor.

Birov masxara qilib qo'ysa, qilayotgan savobli amalini shart tashlab yuboradi. Ha, bu qoraxon, bu namoz o'qiydi deb turib, masxara qilib yuborsa shart. Yig'ishtirib qo'yadi. Yoki kitob ko'tarib darsga ketayotgan bo'lsa, hamma ulovachchada masxara qilib qo'ysa, shart tashlab yuboradi. Nima qiladi, nima qilaman bunaqa gapni eshitib deydi da. Tashlab yuboryaptimi? Demak, u halovatni totib ko'rgani yo'q.

Alloh taolo aytadi. Astaydib yillar. Vo minannas iman ya'budulloha ala harf. Fain asobah u xayrunut man anna bih. Va in asobat g'u fitnatun g'alaba ala vochehi hosirat dunyo val ahiro dha li kovhol husronul mubiy. Bizda yo'qmi shu narsa? Ozgina yaxshilik qildingiz, muruvvat qildingiz, bilishmadi. Yaxshiligingizni qadrlashmadi.

Aksincha, sizni bir xafa qilib qo'ydi bir sassiq gapi bilan. Shart tashlab yuboryapsizmi shu ishni? Demak, Alloh uchun qilmagan ekansiz u ishni. Alloh aytadi. Odamlar orasida Allohga bir chetda, ya'ni sidqidildan emas, balki til uchida ibodat qiladigan kimsalar ham bordir. Bas, agar unga yaxshilik yetsa, o'sha sababli xotirjam bo'lur. Agar biron fitna baxtsizlik yetsa, dindan yuzaga yurib ketur. U dunyoyu oxiratida ziyon ko'rur, bu esa ochiq, aniq ziyondir. Ma'qulmi? Yaxshi ishni qilayotuvdi, odamlar qadrlashmadi. Naoborot ustidan kulib qo'yishdi. Nima qiladi? Shart tashlab yuboradi.

Ulamolardan biri aytadi agar qilgan savobli amaling sababli qalbingda bir halovatni topmasang, bas, u qalbingni hisob qil. Savob ish qildingiz, lekin qalbingizda xursandchilik, halovat bo'lmadi. Demak, muammo bor qalbda. Nima uchun? Chunki alloh ash shakur bo'lgan zot. Bandasini qilgan ishiga shukur keltiradi. Agar shu qilgan ishi xolis Alloh uchun bo'lgan bo'lsa, mana shu dunyoni o'zidayoq shu ishiga Alloh Taolo mukofot beradi. Ana shu mukofotning birinchi belgisi qalbingizda hursandchilik paydo bo'ladi.

Berdingiz, olib ketdi. Bir muammosini hal qilib berdingiz, xursand ketdi. O'sha odamni xursand qilganingizga, qalbingizda paydo bo'layotgan xursandchilik, amalingiz qabul bo'lganligining alomati, amalingiz qbul bo'lganligini alomati, qalbingizdagi xursandchilik. Masalan, katta yo'lga chiqa olmay turibdi bir kichkinaroq mashina. Hech kim yo'l bermayapti. Turibdi bechora, barakat qilyapti farasini. Siz shunday gazdan yig'iz olib, avarikani yig'ib tormoz tepdingiz. Shat kirib oldi. Keyin ikki qadam yurgandan keyin avarikasini yoqib qo'ydi.

O'sha momentdagi holatinglarda eslanglar da. O'zingizdan xursand bo'lganmisizlar? Biz qilgan savobli amalimizni orqasida, qalbimizda xursandchilik paydo bo'layotganligi, birinchisi, ixlos bilan qilganligimiz, ikkinchisi, Alloh qabul qilganligining belgisi. Savob ishi bor, hamma aytadi qilish kerak deb. Yuz martadan takrorlaydi. Mana bu ishda savob bor, qilsang ajr bo'ladi deydi.

Savob degan so'zning ma'nosini o'zi yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Savobning ma'nosi qanaqa bo'ladi? Takrorlaymiz. Allohning go'zal ismlaridan bittasi ash shakur. Ash shakurni ma'nosi, agar banda savobli, yaxshi amalni qilsa, Alloh mukofotlab, uni qalbiga xursandchilik, xotirjamlik va saodatni shu dunyoni o'zidayoq, shu joyda ham paydo qilib qo'yadi. Oxiratda beriladigan ajrdan avval.

Savobli amal degani orqasidan mukofot keladigan amal ekan. Ha, demak biz qilgan ba'zi bir savobliydagi amallarimiz mukofot kelmayaptimi? Demak savobli bo'lmagan ekan u. Rio uchun bo'lgan ekan, xo'jako'rsum uchun bo'gan ekan. Agar savobni qilib turib ham qalbingda xursandchilik paydo bo'lmayotgan bo'lsa, muammo seni o'zingda. Aniq bil, mana shu amalingda kamchilik bor yo niyatingda nuqson bor. Shuning uchun Alloh Taolo senga oxiratdan avval shu dunyoni o'zida ham mukofotni bermadi. Demak, qabul qilmadi, Allohni huzuriga ko'tarilmadi.

Odamlarni maqtovudi, ularni muhabbatini ko'zlab, tog'dek qilgan amaling hech qachon qalbingda xotirjamlikni, shakillatni paydo qilmaydi. Shuning uchun ixlosli mo'min bandalar savobli amalda qilishgan paytida, ularning qalblari saodatga to'ladi. O'shaning uchun ular olganda ko'ra, olgandan ko'ra berganda ko'proq mazza qiladi.

Olganda mazza qilishlik hammani qo'lidan keladi. Olganda mazza qilib kofirda ham bor, mushriydi ham bor, mo'minda ham bor. Ammo berganda mazza qillish faqat mo'minlarda bo'ladi. Demak, savobli amal degani, mukofoti tezda qaytadigan, tezda keladigan amal bo'ladi. Mana shu his mo'minni yana ham shijoatli bo'lishiga undaydi.

Katta katta xayrli ishlarni qilayotgan odam mana shu saodatni qalbida topmasa, o'zini tekshirib ko'rishligi kerak bo'ladi. Mana shu birodarlar muroqaba bo'ladi. Muroqaba manziloti, Alloh Taoloni ko'rib turgandek ibodat qilishing, garchi sen Allohni ko'ra olmasang ham, Alloh seni ko'rib turadi.

Alloh azza va jalloh savobli ishlarni xolis Alloh uchun sunnatiy muvofiq qilib, mukofotini shu dunyodadayoq xursandchilik ko'rinishida oladigan, taqvoliy, muroqaba manziliga yetgan bandalardan bo'lishimizga muvaffaq qilgan bo'lsin. Aql u qobli hali va astag'firulloh ili valakum. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish