MMaviza
MuroqabaTekshirilgan24 daq

89-QISM / AL VAJD (1/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
24:27
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalama ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Al vajid manzilasi. Iya ka na abdu va iya ka na stain. Sengagina ibodat qilamiz va sendangina yordam so'raymiz.

Al vajid nima? Qalbda sun'iy emas, tabiiy suratda, o'z o'zidan paydo bo'ladigan shug'ur, his tuyg'u al wajid deyiladi. Qalbda suniy iskusstvenniy emas, tabi' suratda, o's o'zidan paydog'i bo'ladigan shu'r, his tuyg'i al wajid deiladi.

Yana aytiladi, alvajit qalbda chaqmoq kabi bir chaqnab, yaltirab, so'ngra tezda so'nib qoladigan his shuur. Ma'ruza eshitasiz, ko'zingizga yosh keladi. Tilovat eshitasiz, ma'nosini tushunmasangiz ham qandaydir ko'zingiz yoshlanib, qalbingiz erib ketadi. Keyin to'xtab qoladi. Mana shu alvajit.

Yana aytiladi. Al wajid bu qalbda paydo bo'ladigan muhabbat, ishq va ulug'lash kabi his tuyg'ularning natijasidir. Al wajid so'zini birodarlar arab tilida o'ttiz ikkita sinonimi bor ekan. Al wajidso'zini o'ttiz ikki xil ma'nosi bor ekan.

Insonni qalbadan kechadigan his tuyg'ularining o'ttiz ikkinchi xil ko'rinishi. Shularni ichidan beshtasini tanlab olsak, o'shalarni umumiy o'z ichiga oladi deymiz. Birinchisi, ishtiyoq. Tushunamiz ishtiyoq nimaligini. Ikkinchisi, hanin, sog'inch. Uchinchisi, shag'of, qattiq muhabbat. Yusuf alayhissalomni saidasi zinoga taklif qilganida, ana shu misrning zodagonlarining ayollari uni ishidan xabar topib, qodi shag'ofa ha hu ba deyishgan edi. Ha, quli yuragidan urib qolibdi da, deyishgan edilar. Shag'of. Qattiq muhabbat. To'rtinchisi, ishq. Ishq tushunarli. Beshinchisi, rog'ba. Xohish, ishtiyoq. Mana shu narsani hammasini qo'shsangiz, al wajid bo'ladi.

Demak, juda ham keng ma'noni o'z ichiga olgan so'z. Al wajid saodat shu'urlari. Din deganda birodarlar biz nimani tushunamiz? Aqida, ibodat, axloq, muomala, amr va nahiylar. Endi haqiqiy din deganda biz shularga qo'shimcha ravishda yana shu'rlarni ham tushunishimiz kerak. Inson robot emas da. Inson iskusstvenniy intellekt emas da. Hamma gapingizga chotki chotki javob beraveradi, lekin unda his tuyg'u yo'q.

Qanday shu'rlar? Mo'min bandi his qiladigan shu'rlar. U shunday his tuyg'u shu'rlarki, ular tufayli mo'min baxtli bo'ladi. Banda Allohning roziligiga qarab yurib borar ekan, mana shu sayrida bu shu'rlarning ahamiyati juda ham katta. Agar mana shu shu'rlar bo'lmasa, mo'minni qalbiga saodat olib keladigan shu'rlari bo'lmasa. Din faqat ma'lumot, jasad bilan yotib turib qiladigan amal, fikr tushuncha, saqofat bo'lib qoladi. Agar bu shu'urlar bo'lmasa, ma'qulmi? Faqat uni musulmonligi shakli bo'lib qoladimi xolos.

Din odamlarda qiynaydigan quruq amallarni o'zi bo'lib qolaydi xolos. Mana ro'za tutyapmiz. Shu shu'ur bormi, yo'qmi? Chanqadingiz, saratonda ro'za tutganda, qiynandingiz. Tomog'ingiz qurdi, holingiz qurdi qovvatingiz ketdi, lekin ichingizda shu'r bor. Men bu qiyinchilikni Alloh uchun ko'taryapman deysiz, mana shu qiyinchilik sizga rohat beradi. Mana al vajid nima. Hozir qilmayapmiz a?

Hozir kunlar salqin, qisqa, chanqamayapmiz ham, ocham qolmayapmiz, yuribmiz a? Lekin o'sha saraton darvoza tutdik bir o'n o'n besh yil burun. Eslanglar. O'sha paytda eslaylar da. Uyga kirdingiz, rosa shanqab turibsiz. Suv turibdi xolodilnikda, yo bir qandaydir kompot turibdi, muzdek choy turibdi, haliginga qaradingiz. Nafs nima deydi? Kim kirib turibdi deydi. Deganda ichingizda kurash ketadi. Yo'q. Alloh uchun qilyapsan. Ertaga Allohni oldiga borganda, Parvardigor, sen uchun mana shu narsalarni tashlab, jonini qiynaganman deysiz. Tushundinglarmi mavzuni? Alvajit. Mo'min bandani saodatiy qiladigan his tuyg'ular, shu'urlar.

Ana shu shu'urlar, hislar bandani Alloh tomonga yetaylik edi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning mana shu mashhur hadislari, salafi ummon kun na fii wajada halavat al iyman. Kimda mana shu uchta narsa bor bo'lsa, ana shu inson iymon halovatini totibdi. Birinchisi, Alloh va Rasuli u uchun boshqa hammadan afzal, sevimli bo'lsa. Ikkinchisi, bir kishini yaxshi ko'rsa, faqat Alloh uchun yaxshi ko'lsa. Uchinchisi, Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin, yana shu kufrga qaytib qolishlikdan qo'rqsa, xuddi o'rtga tushishlikdan qo'tqanidek.

Mana shu uchta narsa qalbida topilgan odam, mana shu uchta nasani o'zida mujassam qilgan odam, ana shu biz aytayotgan saodat shu'rini, al vajidni his qiladi. Iymonni ta'mi bor. Iymonni halovati bor. Ana shu narsani totib ko'rmaguncha mo'min saodat topa olmaydi.

Mana sinonim so'zlar. His, tuyg'u, shu'r. A? His, tuyg'u, shu'r. His va shu'r. Ikkita so'z. Shu'r so'zi his so'zidan ko'ra afzalroq ko'rinadi. Chunki his so'zi moddiy narsalar sababli keladigan narsaga ishlatish, shu'r so'sini esa ko'proq ruhiy holatlarga ishlatishlik munosibroq ko'rinar edi.

His moddiy narsalardan shu'r qalbga tegishli ruhiy holatlarga ishlatishlik. Masalan, mana hozir his bilan shu'rni farqini bilamiz. Mavzuga kirishdan oldin bitta misol aytamiz. Mana shu his bilan shu'srni farqini bilib olaylik. Savdogar bir millionga bir molni sotib oladi da, bir haftadan keyin bir million ikki yuz mingga sotadi. Yigirma foiz foyda qildi. Ikki yuz ming so'm foyda qildi.

Mana endi ikki yuz ming foydani ko'rgandan keyin xursand, kayfiyati chok, so'zlari muloyim, yuzida tabassum, ko'zi yonib turadi. Mana shu xursandchiligini atrofdagilarga ko'z ko'z qiladi da, mana shu xursandchiligini kayfiyatini ulashishga harakat qiladi, unga hazil qiladi, buni kuldiradi. Ha, kayfiyati nima? Ikki yuz ming foyda qildi da. Lekin bularni barasi o'sha ikki yuz ming xursandchilikidan. Foydani quvonchidan. Ammo bu his vaqtincha. Uch kundan keyin u xursand qilmay qo'yadi uje.

Tushundingizmi? Yoki biror bir yil qattiq shug'ullandi, universitetni bitiradigan yili qattiq ishladi oliy ta'limda. Yilni oxirida imtihon topshirdi. Bir hafta o'tib qarasa doskada o'qishni a'lo darajada bitirganlar qatorida atib turibdi. Qizi diplom olishi aniq bo'ldi. Mana shu hafta davomida uni ham kayfiyati cho'q, xursand, o'zini saodatli his qilib yuradi. Ammo bu hissa ham vaqtincha.

Bir kishi safarga chiqadi. Bu ham bir chiroyli, bir go'zal manzarali joyga. Qo'lida yaxshigina puli bor. Yonida oilasi, farzandi. Hech qanaqa qo'rquv, vahima yo'q. Hammalari birga, bironcha, bironta tashvish yo'q. Bu odam ham saodatni xotirjamligini his qiladi. Lekin bu hissa nima? Vaqtincha. Demak, his moddiy narsalar orqali kelayotgan xursandchilikka his desak to'g'ri bo'lar ekan va his vaqtincha bo'lar ekan. Avvalgi suhbatlarimizda aytganmiz, dunyoning bironta bir matohi sizga doimiy saodat hissi, baxt shu o'rnini bermaydi. Aytdik ku, pul topganda bir quvondingiz, uy olganda bir quvondingiz, keyin oddiy bo'lib qoldi. Uylanganingizda bir quvondingz, keyin oddiyy bo'lib qoldingiz va hokazo. Dunyoning bironta matohi sizni doimiy o'zingizni saodatni his qilishigina bera olmaydi.

Endi yana bitta kishi bor. Mo'min. Bu o'zini taqvosi bilan, istiqomasi bilan Allohga yaqin bo'ladi. Pokiza amali bor. Savobli amali bor va mana shu qilgan ishlari sababli iymonning halovatini, iymonning mazasini totib ko'rgan. O'shaning uchun bu odam aytadiki, yer yuzida mendan ko'ra baxtliroq odam yo'q deydi. Bu odam qarang, ana shu savobli amallari bor va sog'lom aqidasi bor. Itoati bor, go'zal xulqi bor, uni kutib turgan Jannati bor. Mana shular sababli unda mana shu saodat, shu'ri doim bo'ladi.

Mana shu shu'rlar iymon yo'lidagi motorga o'xshaydi. Mashinani motori quvvatli yangi bo'lsa, har qancha yukni tortib ketaveradi. Agar motor quvvati ketsa, motor eskisa, zaiflasa, mashina torta olmay qolganidek, mo'min bandani qalbidagi mana shu iymoniy shu'urlar zaiflashgan sari, susaygani sari, din unga faqatgina informatsiya bo'lib qoladi. Mana bir ba'zi bir mamlakatlarga borib, diniy sohani o'qib kelgan ukalarimiz bo'ladi. Aytmayman qaysiligini.

Sigaretik chekadi, yalang'och yuradi. Gapirsangiz falsafasi o'qib mullalik qilib qo'yaveradi, namoz o'qimaydi. Namoz o'qimaydi, ishonasizmi? Chunki o'sha shu'r bo'lmagan. O'tirib gaplashsangiz hamma yoqda biladi. Har qanaqasi siz bilan bahs qilib qo'yaveradi, lekin amalda hech narsa yo'q.

Nimaga u uchun din faqatgina ma'lumot bo'lib qoldi, fikr bo'lib qolda, saqofat bo'lib qoldida, faqat kitob, ma'ruza, maqola bo'lib qoldiga, chunki ana shu shu'rni his qilgani yo'q. Mana shu shu'urlar insonni qalbida bo'lishi kerak bo'lgan saodat shu'urlari zaiflashib, pasayib ketsa, kishini dinga bo'lgan e'timoli susayib ketadi. Dindan mololanib zerikib ketadi. Din ma'lumotlar yig'indisiga aylanib qoladi. A bunaqa quruq ma'lumotlarni odamni mololantiradi, zeriktiradi, charchatadi.

Masalan, bir odam Allohga bog'lanmagan holda namoz o'qishi mumkin. Nafi ro'zalar tutishi mumkin. Allohga bog'lanmasdan qilayotgan bo'lsa bu ishidan, bu ishidan malollanadi. Ey, studentlar, Qur'on yodda ekanlar. Agar sizlar ham Allohga bog'lanmasdan Qur'on o'qiy ekan bo'lsanglar, Allohga bog'ilanmasdan Qur'oni yodlab, shar'iy ilmlarni o'rganayotgan bo'lsanglar zerikasizlar. O'shaning uchun beshinchi kursni bitirgandan keyin darrov chiqib ketishga harakat qiladi madrasadan. Nimaga? O'sha shu o'rni totib ko'rmagan.

Uylansa. Pul topsa, telefon olsa, mashina olsa, madrasadagi o'qishdan talabalarimiz o'tiribsizlar mana. Malollanib zerikyapsizmi? Demak shu shuurni totib ko'rmadinglar hali. Buni kayfini bizni tilda, nimaligini bilib ko'rmadiyinglar. O'shaning uchun tezroq dars tugasa, qancha bo'ldi? Domla ko'p gapirib yubordi.

Sizlar o'tirib Qur'onda yotganinglarda Alloh Taoloning rahmati ustinglarga yog' ekanligini his qilyapsizlarmi? Allohning kalomini yodlashlikka Alloh imkon berib, yer yuzidagi sakkiz milliard odamdan sizga marhamat ko'rsatganini his qilyapsizmi? Alloh sizni boshqalardan afzal qilib, shu ikromini berganligini his qilyapsizmi?

Taravada o'tirib, malollanmayapsizmi? Qorilarimiz tekkisroq ancha chiroyli o'qiyapti. Bir paradan o'qiyapmiz mana. Shunda ham mololanib ketayotgan bo'lsak, demak bizda o'sha shu'r bo'lmabdi. Mana darslarga kelyapsizlar, eshitib o'tiribsizlar, o'sha qalbga bir saodat shu'ri kiryaptiki, qalbingiz ochilyapti, ma'naviyatingiz ko'tarilyapti, mazza qilyapsiz, o'shaning uchun kelyapsiz.

Agar o'sha shuurni qalbingizga bu madrasadagi ta'limingiz, o'qiyotgan Qur'oningiz, qilayotgan sadaqangiz, tutayotgan ro'zingiz shu shu o'rni bermayotgan bo'lsa, bu amaldan tezda zerikasiz. Allohga bog'lanmagan holda ehson tarqatadi, Allohga bog'lanmagan holda ehsan tarqatadi da, odamlardan rahmat eshitmasa, ta'na malomat eshitsa, aytadiki, odamlar yomon bo'lib ketibdi deydi. Ha, demak siz shu gapni gapirdingizmi?

Demak odamlar qadrlamabdi sizni. Endi qadrlashini kutibsizmi? Demak siz Allohga bog'lanib turib qilmabsiz u yaxshilikni. Demak siz Allohiga bog'lanib turub qilmabsiz bu yaxshilikni? Mana tushunyapsizlarmi nima uchun? Nima uchun zerikadi odamlar amaldan. Nima uchun talabalar kitob o'qishdan mololanadi? Nima uchun odamlarni dindan mana shu qalbida sovushlik paydo bo'ladi? Chunki o'sha shu'urni totib ko'rgani yo'q.

Hamma narsadan zerikdim deydi. Bandani iymonini quvvatlab, ozuqlantirib turadigan narsa nima? Ana shu iymonini quvvotini so'yib ketishdan to'sib turadigan narsasi nima? Iymon halovatini totib ko'rish, saodat shu o'rini totish. Qalbingiz nafsingiz orom oldimi? Shu saodat shu o'shani his qilib ko'rdingizmi? Yana borasiz da, chunki mazzasini tushunib qoldingiz.

Mana shu saodatli qiladigan shu o'rlar inson qalbini to'ldiradi, dindan, malollanishdan to'sib turadi. Mana shu narsa bugungi darsimizni mavzusi edi. Gohida qalbi o'lgan odam bilan o'tirib gaplashib qolasan. Hamma narsadan zerikkan, hamma narsadan to'ygan, malollangan, hech narsani xohlamaydi. Qalbida insoniy shu'rlar o'chib qolgan.

Bunaqa odam bilan bir soat o'tirganingdan keyin, uning ruhiy holati senga ta'sir qiladi. Senga mana shu salbiy holatda nima bo'ladi? Yuqadi. Sen ham ko'ngling sog'ib ketadi. Gohida buni aksi. Tirik, g'ayratlik, shijoatlik, qalbida o'ti bor, qalbi o'lmagan odam bilan o'tirasan, uni o'tidan, uni shijoatidan senga ham nima bo'ladi? Yuqadi.

Endi qara birodar. Seni atrofingda ko'proq qaysinisi mana shu ikki toifani? Tinmasdan vahimani gapiradigan, tinmasdan narxni gapiradigan, minmasdan siyosatni gapiradigan. Tinmasdan a? Negativni gapiradigan odamlar ko'proqmi? Yoki seni ma'naviyatingni ko'taradigan odamlar qo'proqmi? Ha hech narsa emas, birodar, o'tib ketadi. Peshonamizga yozganini ko'ramiz.

Iymon yo'liga turtuvchi narsa, iymon yo'liga yetaklovchi omil. Bugungi mavzumiz alvachit mavzusi. Insonni saodatli qiluvchi tuyg'u uni iymon yo'liga boshlovchi bo'lgan his. Payg'ambarimizni yuqorida biz o'qigan hadisida iymon halovatini totib ko'ribdi. Kim? Alloh va rasuli hamma uchdan ko'ra unga sevimliroq bo'lsa.

Kimda iymondagi huzur halovat shu'ri bo'larkan, shunday odamdaki, u uchun Alloh va rasuli hammasidan ko'ra sevimliroq. Ya'ni bir odamni yaxshi ko'rgan bo'lsa, u faqat Alloh uchun yaxshi ko'radi. Va bir ishni qiladigan bo'lsa, Allohni roziligiga qiziqtiradi xolos. Odamlar nima deydi, xotini rozi bo'ladimi, yo'qmi farqi yo'q. Muhimi Allohni rozi bo'lishi.

Masalan bir ish qilmoqchisiz, dunyoviy foyda bor. Uni qilsangiz odamlar ham xursand bo'ladi, ammo Alloh norozi bo'ladi. Nima qilasiz? Qaysi tarafga moyil bo'lasiz? Agar Alloh va Payg'ambarning roziligini qo'yib, odamlarning roziligina tanlaydigan bo'lsangiz, ayolingizning ko'nglini istaydigan bo'lsangiz, dunyoviy bir foydani tanlaydigan bo'lsangiz, sizga hali iymon talovatini tortishlikka yo'l bo'lsin.

Qalbingiz torligicha, quruqligicha, o'ligicha turaveradi. Allohning yer yuzida valiylari bor. Ala inna avliya allohi la xavfun alihim valahum yaxzanun, alladina amanu va kanu yattaqum. Avliyolar iymon keltirgan va taqvo qilgan insonlar. Ana shunday valiylar bor, ularga ko'zingiz tushishi bilan kim esingizga keladi? Alloh esingizga keladi. Ularning ko'rinishi o'ziyoq odamlarga Allohni eslatadi.

Bunaqa odamlarni uzoqdan ko'rishingiz bilan tavba qilish kerak, esingizga tushadi. Namoz, sadaqa, boshqa amallar. Payg'ambarimiz aytadilar, avliya ummatiy idaru vukirallohu bihim. Ummatimning avliyolari, agar ular ko'rilsa, ular sababli Alloh eslanadi. Sizni ko'rishganda nimani eslaydi odamlar? Futbolda. Sizni ko'rganda nimani eslaydi odamlar? Siyosatni. Sizni ko'rgandda nimani eslaydi? Osh bilan dimlamani.

Bizni ko'rsa nimani eslaydi, odamlar? Avvalukum alladina idaru dhukirallohu taalali ruhiyatihin. Rasululloh aytadilar, sizlarni oranglardagi eng afzallaringlar shunaqa odamlarki, agar ular ko'rinsa, ularning ko'rinishi sababli Alloh eslanadi. Demak, iymon halovatini, saodat shu'rini his qilishligini birinchi sharti, Alloh va rasuli sizga hamma narsadan ko'ra sevimliroq bo'lishi kerak.

Bir insonni Alloh uchun yaxshi ko'rish qanaqa bo'ladi? Bir odamni Alloh uchun yaxshi ko'rsatish qanaqa biladi? Qarindoshing emas, tijoratdagi sheriging emas, sponsoring, homiying emas, undan biror narsani umid qilayotganing yo'q, bironta dunyoviy manfaat yo'q u bilan qilgan muomilangda.

Faqat Allohni roziligi uchun yaxshi ko'rasan. Nima uchun? Chunki solih banda. Allohni taqvoliy bandasi. Uni ko'rsang Alloh esinga tushadi. O'shaning uchun yaxshiroq ko'rasan uni. Bunaqa odam bilan soatlab gaplashib o'tirsang ham malollanmaysan. Yonidan turib keting kelmaydi. Doim xaridorsan. U bilan o'tirsang, motivatsiya olasan.

O'sha nechta o'shanaqa odam bor atrofimizda? Biz o'zimiz qanaqamiz? Agar bitta odamni mana shunday yaxshi ko'rgan bo'lsang, demak sen iymon halovatini totibsan. Demak, hadisda aytiladigan ikkinchi alomat, bir kishini yaxshi ko'rsa, faqat Alloh uchun yaxshi ko'rsat.

Uchinchi alomat, vaman yakka rohi an yauda fil kufri ba'da an anqodahullohu minhu, kamay yakka rohi an yulqofi nar. Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin, yana kufrga qaytib qolishni yomon ko'rsa, xuddi o'tga tashlanishni yomon ko'rdigandek.

Johil edi, fosig' edi, har xil ishlarni qilib yurar edi. Alloh hidoya qildi da, chiqdi undan. Kufrdan, shirkdan, ma'siyatdan. To'g'ri yo'lga yurdi. Endi shu odamga qaytasanmi desa, xuddi o'tga tashlanasanmi deganda, yo'q degandaqa yo'q deydi. Misol. Bir odam tavba qildi, gunoh ma'siyatini qo'ydi, Allohning amriga qaytdi. Keyin pushaymon yedi. Tovba qilib, to'g'ri yo'lga qaytgandan keyin pushaymon yedi. Aytadiki, oshinalarim deydi, kayf sapoda qilib, xohlaganini qilib yurishibdi. Men bo'lsa baland bo'lib qoldim deydi. Endi besh yil universitetda o'qishim kerak deydi. Bir kun bormasam, malomatga qolaman. Falon falon ishlarni qila olmay qoldim deydi. Madrasadagi bolalar, ulfatlar mashina minyapti, qimmat telefon tutyapti. Zo'r kiyinishyapti, cho'ntagida puli bor, har kuni kafeda o'tiribdi.

Madrasaga kirganingizga pushaymon yuborasiz. Ovqatni o'lchab beradi. Ko'chaga chiqarmaydi. Mol soatda yotasan, mol soatda turasan deydi. O'shanda nima qilasiz? Shart tashlab yuboraymi deysiz. Do'xtirlar, qo'l ko'tarib qo'yinglar. Uchinchi, to'rtinchi kursga borganda zad mehhod berish kerak bo'lgan a? Yomon tortganmi?

O'sha to'rtinchi, uchinchi kursda o'qiganlarda eslaringlarda, uje qiyinlashib ketganidan, og'irlashib ketganidan o'sha to'yinchi, uchinchi kurse ilinib qoladi vrachlar. Oshnalari kayf sapodi qilib, har kuni osh, har kuni maishat, har kuni bir huzur halovatda yurganda bu bechora nima qilgan? Bitta pirashkani yeb olib, ona korpusdan, mana korpusga piyada yurgan. Ha, domla aytmang, yomon bo'lgin.

Zato huzurini ko'ryapsizmi? Mana shunaqa talabalar, bir yil, ikki yil sabr qilasiz. Siz o'zi zerikayotganligingiz shu shu'rni yo'qligi, qalbingiz hali ham ko'chada turganligini belgisi. Siz Muhammad alayhissalomdan qolgan merosni olyapsiz. Siz Umariddin Xattobdan qolgan merosni olyapsiz. Abdullohimni Umar, Abdullohim Abbosdan qolgan mer osni olyapsiz'. Bu narsani faqat Alloh faqat yaxshi ko'rgan bandalarga beradi. Shuni his qilasizmi, yo'qmi?

Mana, biz aytayotgan odam haqqa, tavbaga yurgandan keyin, iymon taqvo yo'liga yurgandan keyin pushaymon yeyapti. Ulfatlarim huzur halovatda yurganda, men qiynalib yuribman. Bu odam tavba qilganiga afsus yashayaptimi? Iymonga qaytganidan nadomat chekib yuribdimi? Yana fiz qilib huzurga qaytish orzusidami? Demak, bu odam hali iymon degan narsani tushunmabdi, iymonni mazasini totib ko'rmabdi, saodat shu o'rnini his qilmabdi.

Aquli qovli ha da, astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohu va malaka tug'ish sollallohu ala nabiy, ya yuhalladiyna amanu sollallohu alayhi vasallamu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish