Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyati nafs darslaridan birodarlar, al vajid manzillatini boshlaganidek davom etamiz. Al vajid bu qalbda sun'iy emas, tabiiy suratda, o'z o'zidan paydo bo'ladigan shu'r, his, tuyg'u. Mana shu alvajit deyiladi. Yana aytilinadi, alvajitni qalbda chaqmoq kabi bir chaqnab, yaltirab, so'ngra tezda so'nib qoladigan his shu'r. Yana aytinadi, alvachit bu qalbda paydo bo'ladigon muhabbat, ishq va ulug'lash kabi his tuyg'ularning natijasidir.
Misol. Bir odam tor mahallada yashaydi. Tor mahalla, bir xonali uy bor. Kun tushmaydi xonasiga, zak xonasi. Tor, havosi og'ir, shovqin suronli mahalla. Qo'yingki, yashagani sharoiti juda ham qiyin. Bir necha yil yashadi, sabr qilib. Keyin shunaqa bir imkon bo'lib qoldi, boshqa bir joyga ko'chib o'tishlik. To'rt besh xonali uy. Xonalari yorug', keng. Quyosh tushadi, havosi toza. Ko'chib bir yil, ikki yil yashadi.
Mana endi shu odam eski holatingga, eski xonangga qaytasanmi desa, tor ko'chadagi zak xonasiga, qaytadimi? Qaytmaydi da. Yana bitta misol. Bir odam, bir birovni qo'lida ishlaydi. Ishi og'ir. O'n soat, sakkiz soat, o'n olti soat ishlayveradi. Ish rejimi yo'q. Xo'jayini xohlagan paytda chaqirib ishga solaveradi.
Oyligi ham shu zo'rg'a zo'rg'aga yetadi. Ish joyi tiqilinch, shovqin, chang, tutun, hokazo. Mana endi shu odam mana shu uzoq yil davomida shunaqa joyda ishlab turib, keyin tijorat qilishlikka, o'zi mustaqil ish yuritishlikka imkon bo'lib qoladi. Ish boshlaydi, mustaqil, ishi urishib ketadi. Katta daromad topadi. Endi o'zi xo'jayin. Qo'lida ishchisi bor. Xohlagan paytda keladi, xohlagan paytida kelmaydi. Ish vaqtini o'zi belgilaydi. O'ziga xon, o'ziga bey bo'lib qoldi. Endi aytingchi, shu odamga eski ishinga qaytasanmi desa, u nima deydi?
Albatta ko'mmaydi. Endi, agar inson haqiqiy tavba qilgan bo'lsa, haqiqiy iymon keltirgan bo'lsa. Haqiqiy ma'noda Allohga chinakamiga bog'langan bo'lsa, iymon halovatini totib yurgan bo'lsa eski holatiga qaytish deydi holi edimi? Avval kim bo'lgan edi? Kimlar orasida yashar edi? Nimalar bilan ovora edi? Nimalarni yeb ichib yurar edi? Atrofida qanaqa odamlar bor edi? U o'sha paytda uni atrofida bo'lgan odamlarni axloqi, muomalalari qanaqa edi? Suhbat mavzulari nima edi? Faxsh so'zlar, faxsh hazillar, tinimsiz g'iybatlar, haqoratlar, bir biriga laqab qo'yish, kibr, egoizm, ikkiyuzlamachilik. Mana shunday odamlarni ichida yashab turib, keyin birdaniga tovba qilib, yaxshi odamlarni orasiga qaytib qolsa, Allohni tanigan, iymon e'tiqodli, axloqi go'zal, o'ziga yaxshi ko'rgan narsani birodariga ham ravo ko'radigan odamlar, solih insonlar qatoriga.
Endi aytingchi, eski ulfatlarni orasida qaytishlikni xohlaydimi? Yo'q. Agar xohlasa chi, aqlga sig'maydi bu ish. Shuning uchun hadisda aytildi, Alloh uni kufrdan saqlaganidan keyin, qutqargandan keyin, yana kufrga qaytishlikni xuddi o'tga tushlikni yomon ko'rganday yomon ko'rsa, shu odam iymon halovatini tortagan bo'ladi.
Ko'nglingiz tortmayaptimi shu eski ulfat, eski ulfatlaringizni? O'sha vecherinkalarni, o'sha diskotekalarni, osh restorandagi harom xarish majlislarni, o'sh ziyopatdagi qimorlarni. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar, salasun man kun nafiyhi vajada halavat al iyman. Mana bu uchta narsa. Kimda bor bo'lsa, iymon halovatini totibdi. Birinchisi, Alloh va Rasuli hamma narsadan sevimli bo'lsa. Ikkinchisi, bir kishini yaxshi ko'rsa, faqat Alloh uchun yaxshi ko'lsa. Uchinchisi, Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin, yana kufrga qaytib qolishlikni xuddi o'tga tushlikni yomon ko'rganday yomon ko'rsa. Agar kimda mana shu uchchala sifat bor bo'lsa, iymonni haqiqiy lazzatini, halovatini totib ko'ribdi.
Bu manzilatni ta'kidlaydigan oyatlar bor Qur'onda. Astaydu billah, varobatu na'ala qulu bi him. Biz ularning dillarini, iymonlarini quvvatlantirdik. Ana shu iymonning halovatini totib ko'rishdi. Al vajd martabasini ko'rishdi, al vajdni totib ko'rushdi. Mana g'or egalari haqida nozil bo'lgan. Yosh yigitlar, iymon e'tiqodni nimaligini tushunganidan keyin, u zodagonlarni bolalari edi. Saroydagi huzur halovatlik maishatini tarqalib, g'orga chiqib ketishdi. Nima uchun mana shunday zo'r hayotini tark qila oldi? Chunki iymonni nima ekanligini totib ko'rishdi. Birodarlar, biz aytaveramiz kalima keltirib musulmon bo'ldim deb. Lekin mana shu hisni, mana shu tuyg'uni totib ko'rganmizmi rostakamiga?
Haqiqiy iymonni halovati qanaqa bo'ladi? Mana, tarixdan, bizni islomimizni shonli tarixidan ulug' insonlarni, ulug' insonlarning misollarini keltiramiz hayotidan. Jafarov nobet olib. Mo'ta jangida bitta qo'lida bayroq, bitta qo'li qilib jang qilyapti. Mushriklardan bittasi kelib, bayroq ushlagan qo'lini shartta uzib tashladi.
Nima bo'ldi? Qo'li yerga uzilib tushdi. Qo'li yerga uzilib tushdi. Voydod, qo'lim deb yiqilib oldimi? Shart qilichini tashladi da, bayrog'ini ikkinchi qo'li bilan oldi. Ikkinchi qo'li bilan tutdi bayrog'ni. Ikkinchi zarba kelib, u qo'lini ham uzib tashladi. O'sha qo'lidan, chopilganidan qolgan qismi bilan bayrog'ini olib, bag'riga bosib, tikka ushlab turdi, yiqitib yubormadi. Shu yerda bir nozik savol bor. Ja'fariddin Abdutorov ham odam bolasimi?
Bunchalik og'riq, bunchalik azobni ko'tarishga sabab nima bo'ldi? Ikkita qo'lini chopib tashlayapti. O'sha sobiq turibdi. Ha, u ham odam bolasi, lekin uni bunday sobiq turishligining sababi iymonning halovati. Allohni bayrog'ini ushlab turibdi da u, tushunishi mumkin emas u. Yana bitta misol. Xubaybi bin Adiy roziyallohu anh. Qurish mushriklari Badrda ko'rgan mag'lubiyatini alam olish uchun bu sahobani Makkadan tashqariga olib chiqishdi, Tan Ayim degan joyga.
Ikki rakat namoz o'qishlikka izn so'radi u kishi, qatlidan avval. Ruxsat berishdi. Ikki rakat namozini o'qidi da, namozini tugatib aytdiki, Alloh haqqi, agar senlar meni o'limdan qo'rqyapti deyishmaganingda, yana ham uzoqroq o'qirdim namozni dedi. Uni azoblab, tanasidan go'shtini kesib, parcha parcha qilib olishib, aytardiki, Abu Sofiya shu ishni qilib. Hozir seni o'rningda Muhammad bo'lib, sollallohu alayhi vasallam, sen o'zingni ahli oilang orasida bo'lishni xohlarmiding? Bunaqa holatda har qanday odam jonini saqlab olish uchun, azobdan qutilish uchun har narsaga tayyor bo'ladi. Lekin bu sohibi nima dedi? Vallohi dedi. Agar Rasulullohga o'tirgan joyida bitta stikan sanchiladigan bo'lsa ham, ahlim va bolalarim orasida bo'lib, dunyoni ofiyatida turishini istamayman. Ya'ni meni qiymalab tashlasang tashlashay, lekin Rasulullohga bitta tikan kirmasin.
U sahobani mana shunday maqomga ko'tarilishiga nima sabab bo'ldi? Muhammad alayhissalomga kofir bo'lishdan nima to'sdi? Javob iymon halovati. Al vajdi shu o'ri. Biz buni eshityapmiz, aqlimizga sig'maydi da. Ikkala qo'lini chopib tashlasa tikka turibdi. Dod demayapti, baqirmayapti.
Uxddan keyin, sahobiy ayollar ayollardan as sumayra binti qaysi? Uxd g'azotida otasi shahid bo'lgani xabari keldi. Rasulullohga nima bo'ldi deb so'radi. Akasini shahid bo'lgani xabari keladi. U ayol yana Rasulullohga nima bo'ldi dedi. O'g'lini shahid bo'lganligi xabari keldi. Rasulullohga ne bo'ldi dedi? Qarang. Bir ayolni bir kunda ham otasi, ham akasi, ham bolasi, ham erini o'limi haqida xabar kelishi uchun ming yil o'tishi kerak. Bitta jangda o'ziga qarshi to'rtta erkakdan ajrayapti. Otasi, akasi, o'g'li, eri. Mana shunday musibatni ustida turib, Rasulullohga nima bo'ldi deyapti. U zot salomatmi?
Boyolni bu maqomda turishiga sabab nima? Iymon halovati. Bu ulug' zotlar tarafidan sodir bo'lgan bunaqa holatlar aqllar lol qolmay ilojiz yo'q uni eshitib turib. Albatta bularni bariga sabab nima edi? Iymon halovati. Tasavvur qiling bir odamni. Bir haftalik umringiz qolibdi deb eshitdi.
Og'ir kasal, bemor, bir haftalik umingiz qolibdi dedi. Qanaqa holatga tushadi? Bir kunda o'n kilo ozib ketadi unaqa odam. Dod soladi, dod deydi. Tushkunlikka tushadi, rangi salg'ayib ketadi, hushidan ketib qoladi, birdaniga ozib ketadi. Lekin iymon halovatini totigan odamga aytilsa chi, Alloh taqdir qilgan umrni ko'raman deydi. Bir kun baribir shu o'lim keladigan narsa. Allohni huzuriga borishimiz haq deydi, ya'ni ibodatimizni zikrdamakkam bo'ladi.
Robiya radiyallohu anhu. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam jang maydonidan Robiya radiyallohu anhuni xabarini olib kelishni buyurdilar. Sahobalarni istab yurishibdi. Shahidlarni orasida yotganligini bir sahoba topdi. U Robiya radiyallohu anhun nafas olayotgan ekan. Boyagi kelgan sahobi unga qarab, Rasululloh, menga sizni xabaringizni bilib kelishni buyurdi. Siz tiriklar orasidamisiz yo mayyidlarni orasiydamisiz?
U kishi men mayitlar orasidaman. Rasulullohga mendan salom yetkazing. Va u zotning sahobalariga ayting. Agar sizlarda oranglarda, oranglarda ko'zini qimirlatishlikka qodir kishi bo'lib turib, Rasulullohni himoya qilmasanglar, Rasulullohga biron aziyat yetadigan bo'lsa, sizlar uchun Allohni huzurida uzr qolmaydi.
Chunki ansorlar Payg'ambarimizga sizni himoya qilamiz deb va'da berishgan edi. Qilich ko'tarishga emas, tikka turishga emas, ko'zini qimillatishlikka bitta odamni quvvat yotib turib, Rasulullohni himoya qilmasa, Rasulullohniy yolg'iz tashlab qo'ysa, Allohni oldida uzr yo'q. Qarang, bu sahoba qanaqa holatda? Dunyoni tarqalayotgan holat. Oilasini, bolasini hamma yoqdan ajralyapti. Bu dunyodagi bor narsasidan ajraladigan holatda turib, xotirjamlikni ko'ring, saodatni ko'ring. Bu saodatni cho'qqisi. Bunga sabab nima?
Iymon halovati. Va Alloh, agar banda iymon halovatini totib ko'rgan bo'lsa, Allohga qasam, u uchun bu dunyoni tuprog'i ham, oltini ham barobar bo'lib qoladi. Biz aytiblar qo'yyapmiz, al vajd martabasida. Iymonni ta'mi, iymonni halovati deyapmiz. Mana bularni mana shunday bir inson bo'lib, mana shunday bir qahramonliklarga qodir bo'lishiga sabab nima bo'ldi? Iymon halovati.
Bizda ham bo'lib qoladimi, ora churada. Ko'zimizga yosh keladi. Qalblarimiz boshqacha bo'lib qoladi. Hali yig'lab o'zimizni tiyib olganimizdan keyin qarasak boshqa odammiz, bilasizmi? Umraga borganlar, hajga borganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ro'za sharifini ziyoratiga borib, salom bergani kirib ketayotgan paytingizni eslanglar.
Rasulullohni alibobisi salom eshigidan kirib kelasiz. Chop tomonda payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabri, Abu Bakr Siddiqning, Umarul Xattobning qabrlari. Assalomu alayka, yo Rasululloh degan paytingizni eslang da birinchi marta. Bu dunyodan uzilganmisizlar? Boshqa dunyoga kirib qolgan bo'lganmisizlar? Ana shu iymonni halovatini bir ko'rinishi. Tashqariga chiqqaningizdan keyin siz boshqa odam bo'lgansiz. Bilasizmi?
Eslayapsizlar a shu tuyg'uni? Ka'bayi muazzamani birinchi marta ko'rganinglarda, eslaylar qanaqa holatga tushgansizlar? Boshqa dunyoga kirib qolganmisizlar? O'zinglarni unutib qo'yganmisizlar? Ana shu iymonni halovatini totigan lahzangiz. Fir'avn seqirganlari. Bu sehriganlar Muso alayhissalomni mag'lub qilish uchun Fir'avunni chaqirg'iga labbay deb kelishgan edi. Agar g'olib bo'lishsa, Fir'avun tomonidan juda katta mukofot va'da qilingan edi. Sizlar meni yaqinlarim bo'lasizlar degan edi. Mana endi muso alayhissa salomga ular sehr sehrlarni ko'rsatishdi, hassalarni, tayoqlarni, iplarini tashlashdi. Ularniki sehr edi, ular bilishar edi. Faqat odamlarni ko'ziga sehr qilishdi. Tashlagan narsalari o'z holicha turuvdi. Endi Muso alayhissalom asosini tashladi, u rosa kam ilonga aylandi, bitta bitta yutib tashladi boyagi tashlagan nashalarini. Faulqiya saharatun sajidiyin. Alloh Taolo shunday qildiki, sehrgarlar shunday sajda qilishdi, Muso alayhissalomni ko'rsatgan mo'jizasiga. Fir'avn nima dedi? Asta adabiylar, qola aman tum lahu qobla an a danalakum.
Sizlar hali men izn bermasdan turib unga iymon keltirasizlarmi? Innahulakabirukumulla di allamakumul sehr. Bu sizlarga sehr o'rgatgan kattailar ekan, dedi Muso alayhissalomni. Orqasidan tahdid qildi. Falo o'qotdi anna aydiyakum va orjulakum min xilaf. Vala usalli ban no kun fii juzoi nahl, vala ta'lamun na ayyuna ashaddu adabna va abu qo.
Fir'avn qo'rqityapti. Bas endi, albatta oyoq qo'llaringizni qarama qarshisiga kesurman. Ya'ni o'ng chop qo'lini kessa, o'ng oyog'ini kesadi. O'ng qo'lini kelsa, chop oyog'ini kesad. Ya'ni qarama qarsiga kesaman. Va sizlarni xurmashshohlarga osurman. Ana o'shanda qaysinimiz, qaysinimizning, ya'ni meningmi yo Musoningmi xudosi azobi qattiqroq va uzunroq ekanini bilib olaversiz.
Qo'lingdan kelgani qil deyishdi. Biz robbilar alamiga iymon keltirdik deyishdi. Mana shunday azobni oldida ularni sobit turishiga sabab nima edi? Iymon halovati edi. Siz xo'p deb qo'ysangiz o'n ming dollarlik foyda turibdi. Yolg'on gapingiz. Yoki siz prosta rozi bo'lib indamay tursangiz bir yigirma ming dollar foyda keladi sizga. Siz nima deysiz? Yo'q. Bu xorom deysiz. Menga kerak emas bu pul deysiz. Desangiz, nar yog'ingizda turgan odam qarshisida jimni olib qoladi. Yigirma min dollardan voz kechib yubordi a?
Nimaga u tushunmayapti? Siz iymon halovati, iymonni quvvati bilan aytyapsiz da. Koreyadan mashina olganman deyapti. Mashina cho'kkan mashina ekan, suvga tushgan. Endi olib kelib, hamma o'sha provodkalarni yangi qo'yganmiz. Endi sotyotib turib, shuni cho'kkanini aytishim kerakmi, kerak emasmi deyapti.
Haligi halol savdo va baraka degan darslarimizda o'shaqa joy o'tgan. Molning aybini xaridor so'ramasa ham aytib sotishingiz kerak. Agar halol bo'lishini xohlasangiz, baraka topishni xohlasangiz. Oho. Unda vapshe, ha shunaqa. O'shaning uchun baraka yo'qda sizda. O'shaning ustida o'nta konteyner olib kelsangiz ham problemangiz tugamayapti. Yuzta konteyner olib kelib kelsangiz, ham hayot ustida osudalik yo'q. U sotayotgan odam aybini aytishmas. Ahmad Mahmudga sotayapmanmi mashinani? Uchinchi odam turibdi. Ahmad Mahmudga mashinani sotayapti, Mahmud so'ramayapti aybini.
So'ramasa ham Ahmad aytishi kerak. Endi u so'ramayaptimi, u aytmayapti. Uchinchi odam turibdi, uchinchi odam biladi mashinani aybini. Agar shu aytib qo'ymasa ham gunohga qo'yadi. Biz qanday? Yo'qoslab olamiz buni. O'shaning uchun baraka yo'q, birodarlar. Mana bu Ahmad agar iymon halovatini totib ko'rgan bo'lsa, al wajid degan martabaga ko'tarilgan bo'lsa, aytadiki, Alloh bugun taqdir qilgan bo'lmasa, shu odam mashinamni oladi. Rozi gapirsam ham, yolg'on gapirsam ham.
Olmadi. O'lib ket, gunohkor olding. Agar yozgan bo'lsa yolg'on aybini aytsang ham oladi. O'ylamagin seni yolg'oning sotadi u mashinani deb. Ma'qulmi mashina pul ishlar, birdaniga katta pulga kidalab olib ketsanglar. Birdaniga mashinalar kartoshkaga chiqib qolsa, yoki yo'lda kelyapti, konteyner suvga cho'kib ketgan bo'lsa, ana ha da, qayoqdan keldi bu narsa bizni boshimizga, demang. Qul hua min, ayni anu fuzukum deydi Alloh. Bu o'zinglar qilgan ishni kasofatidan keldi deydi.
Mumkin emas. Mumkin emas, mumkin emas. Nima? Taqvo qilib, zarar qilishing mumkin emas. Fosig'li qilib foyda qilishing mumkin emas. Taqvo qilib zarar bo'lganga o'xshab ko'rinyapti boshida, lekin oqibati foyda bo'ladi. Fisq fujur qilib yolg'on gapirib foyda qilganga o'xshiayapsiz boshida, leki oxirida bir joydan teshib chiqadi. Buni iymon halovatini totib ko'rgan odam biladi va shunga amal qiladi. O'shaning uchun hammaga qarshi tura oladi da u. Yo'q menga bo'lmaydi deydi.
Malika Belqiz. Mana Sulaymon alayhissalom qissasiga murojaat qiladigan bo'lsak, Saba mamlakatining malikasi Sulaymon alayhi assalomga iymon keltiradi. Birdaniga o'zini mulkidan, saltanatidan voz kechadi. Nima sababdan? Saba mamlakati kuchli bo'ladi. Armiyasi ham kuchli, o'zi ham boy mamlakat bo'ladi. Lekin Sulaymon alayhissalomni oldiga kelib, Sulaymon alayhissalomni kimligini bilganidan keyin, darrov mol mulkidan saltanatadan voz kechadi. Nima sabab?
Iymon halovatini totib ko'rganligi sabab. Astaydubillah. Qiy lalaha u duxulis sorx. Falam ma'ru'at hu hasiba'thu lujjatan va kashafat an sa qoyha qola innahuu sorxum mo'marradun min qovorir. Malikaga saroyga kirgin deyildi. Endi qachoniki u saroyni ko'rgach, uni suv to'lqin deb o'ylab, oyoqlarini ochgan edi. Sulaymon alayhissalom aytdi, bu oynadan yasalgan baland qasrdir dedi.
Saroyni poli shishadan edi. Tagida suv oqayotgan edi. Bunaqa shisha polni ko'rmagan edi vilxiz. Shunaqa bir qudratli mamlakatni malikasi o'sha ham. Poli suv ekan deb turib, etagini ko'tarib, oyog'ini ochganida Sulaymon alayhissalom aytyapti, bu oynadan yasalgan baland qasr dedi. Shunda nima dedi malika? Qolat robbiy inniy zolom tu nafsiy va aslam tu ma'asulayman alillahi robbilen a'lamin. Parvardigorim, darhaqiqat men quyoshga sig'inish bilan jonimga jabr qilibman. Endi Sulaymon bilan birga barcha olimlarning xojasi Allohga bo'yun sindir. Iymonni nimaligini bilganidan keyin, iymonni halovatini tortib ko'rgandan keyin, juda katta saltanatdan osonlik bilan voz kechib yuboryapti.
Siz u bitta mashinani savdosidan voz kechyapsiz, yolg'on gapirmang. Bir konteyner mashinani foydasidan voz kechyapsingiz. Imonni halovatini to'tib ko'rganingizdan keyin, bu katta narsa emas ekan a unchalik? Malika o'zining saltanatidan voz kechyapti. Ha, agar inson iymon halovatini totilib ko'rsa, bunaqa ishlar u uchun juda oson bo'lib qoladi.
Maktabda tushgan pulini ham yemaydi. Mansabdor odam bo'lsa, el yurtni pulini ham yemaydu. Bo'lmasa ruchkasini bunday vergulini bitta olib qo'ysa, ming yuz bo'lib qoladi da, to'qqiz yuz uch o'ntaga urib qo'yaveradi. Va shu bilan yutdim deb o'ylaydi. O'zi aslida teshib chiqadi. Ey, qaranglarda, o'shanaqa haromiyat bilan boyigan, harom savdo bilan, yolg'on bilan, el yurtni, mamlakatni pulini o'zlashtirish bilan boyigan odamlarni oqibati nima bo'layotganini qaranglarda.
O'sha biz birinchi seriyasiga yana qaraymiz da zo'r bo'lib yurganini. Keyin birdaniga yo'q bo'lib ketadi. Ha uyati esimizga kelmaydi, uyaga qaramaymiz. O'shaning uchun yutdi da shu deb qo'yasiz. Mana hozir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislari bor. La'na allohuman g'oyira manor al alb.
Yerning chegaralarini o'zgartirganga Allohning la'nati bo'lsin degan ekanlar, Rasululloh. Ikki metrga reshotka qo'yadi, keyin tiqqa tunuka bilan to'sib oladi. Besh oy o'tgandan keyin shaqqish bilan urib oladi. Ey nima qilasan o'sha ikki metrni o'zingniki qilib yuborib a? O'sha mahallani, o'sha elda ko'chani haqqi edi o'sha. O'shaning uchun ko'chaga chiqib olganlar, Payg'ambarimizni hadisini eshitib qo'yinglar. Yerning chegarasini, manorlarini o'zgartirganga Allohning la'nati bo'lsin. Qarg'ish Muhammad alayhissalomdan. Otangiz chiqib olgan bo'lsa, bilasiz a, kirgizing, qarg'ish tugasin. O'shaning uchun baraka yo'q o'sha hovlida. O'shaning shuning uchun topganida hech bir baraka yo'q. Doim muammo, doim oilada janjal, doim kasal, doim kelishmovchilik.
Tushunyapsizlarmi? Bu o'sha chiqib olgan paytda bilmagan, mayli endi Alloh kechirsin. O'shalarni yelkasida turibdi shuni gunohi. Endi hamma chiqayotganda bir qo'shni chiqmay turibdi. Hamma uch metrdan qo'shib olganda bitta xona qolib qoldi. U mazza qilyapti u. Hamma chiqqanib, chiqib mazza qilayotganda u chiqmay mazza qilyaptida. Chunki la'natdan qutilyapti da bu.
Agar inson iymoni halovatini totib ko'rsa, u uchun bunaqa ishlar juda ham oson bo'lib qoladi. Aqllarga sig'maydigan ishlarni yengillik bilan qiladigan bo'lib qolad. Nabiyni sollallohu alayhi vasallam aytadilar, va qota amal iyman man robiya billahi robban va bin islami dinan va bin muhammadiyn sollallohu alalayhi vasallam rasulani.
Rasululloh aytadilar, iymon ta'mini totib ko'ribdi. Kim? Allohni rob deb, islomni din deb, Muhammad alayhi salomni rasul deb rozi bo'lgan kimsan? Aquli hovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.