MMaviza
Al vajdTekshirilgan27 daq

94-QISM / AS SIQO (1/6) NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
26:43
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalama ala ashrafil mursaliy va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu. Nafs tarbiyasi, tazkiyatun nafs, silsilat darslarimizdan bugun birodarlar yangi mavzuni boshlaymiz. Bu at tiqo, ishonch manzilati.

Ali ibn abit olib roziyallohu anhuning hadisi. U kishi aytadi sa'l to rasulullohi sollallohu alayhi vasallam an sunnatihi. Men nabiy sollallohu alalayhi vasallamdan u kishining sunnat haqida so'radim. Bas shunda rasululloh dedilar. Al ma'rifatu rosumali. Ma'rifat mening sarmoyam. Val aqlu aslu diniy. Aql dinimning asli va hibbu asasi muhabbat asosim va shavqu markabiy shavq ulovin va dikrullohi aniysiy. Allohning zikri mening aniysim, ya'ni meni tasalliym. Va fiqh u kanze. Ishonch mening xazinam. Va huzno rafiqiy, g'am yo'ldoshim.

Vala ilmu silaxiy, ilm qurolim. Vala sobiru ridayiy, sabr libosim. Valarido g'onimatiy, rozilik yutug'im, g'animam. Vala ajzu faxriy, ojizligim, bandaligim mening faxrim. Vala zuhdu xirfati, zohidlik kasbi hunarim. Val yaqin u quvvati, yaqin, ya'ni ishonch mening quvvatim. Vosit qu shafi'i, rozgo'ylik shafoatchim, vattoat u hubbiy, itoat muhabbatim, val jihod u xuluqiy, jihod mening xulqim, va qur'atu ayniy fissola, va namoz ko'zinning quvonchi. Demak, vasfiqatu kanzi.

Ad tiqo, Allohga bo'lgan ishonchim mening xazinam. Bu ishonch manzilati, birodarlar, mislsiz xazina. Ishonch mislsiz xazin. Bu xazinani dunyoni boyligi bilan o'lchab bo'lmaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning biz aytgan yuqoridagi hadislari mana shu narsaga ishora qiladi. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, zu'xd mening kasbim, hunarim, ishim. Zu'xd insonni qalbini dunyodan behojjat bo'lishligi. Ya'ni bu degani dunyodan voz kechib yuborish, masjidga yotib olish, uylanmaslik, pul topmaslik, kasb bekorni tark qilishlik emas.

Bu narsalarni hammasini qiladi mo'min, faqat bu narsalar mo'minning qalbini egallamaydi. Mana Payg'ambarimizning keyingi hadisidan bu narsani yaxshiroq tushunib olsak bo'ladi. Rasululloh aytadilar, Abu Zor G'uforiy roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda la esa zahada tufiy dunya bi tahrim il halaliy va la fii izo atil mal. Dunyodagi zohidlik halolni, halol qilishlik bilan yoki molni zoyi qilishlik bilan bo'lmaydi. Zohidlik degani, muboh bo'lgan, halol bo'gan dunyo ne'matlarini o'ziga harom deb olishlik bu zohidlik emas. Yoki mol mulkini sarflab, shunday gaday bo'lib ketishlik bu zohidlig emas. Va lekin iz zohadatu fid dunya, alla takuna bima fiy yadayka, al faqa minka fiy mafiy yadillar. Juda ham nozik narsa. Dunyodagi zohidlik biz hozir aytgan narsalar emas. Rasululloh dunyodan behojjat bo'lish, dunyodan zohid bo'lishing deganda nimani nazarda tutyaptilar? Rostlar aytyaptilar, dunyodagi zohiddik Allohninng qo'lidagi narsadan ko'ra, o'zingni qo'lingdagi narsa sen uchun ishonchliroq bo'lmasligi.

Allohning qo'llidagi narsadan qo'ra, o'zingni qo'lingdagi narsa sen uchun ishonchliroq bo'lmasligi. Ya'ni o'zingni qo'llingda turgan puling, o'zingni qoidada turgan imkoniyatingga ishonganingdan ko'ra, Allohninng senga va'da qilgan narsasiga ko'proq ishonayotgan bo'lsang, demak sen zohid insonsan. Ma'qulmi?

Cheklarni olib qo'ydim. O'g'illarga uyni solib qo'ydim. Endi ularni kelajagi zo'r bo'ladi. Yana ularni hammasiga yaxshigina bir meros qoldiryapman deb turib, xotirjam bo'lmaysan, o'zingni qilib qo'ygan qo'lingdagi naqd narsang bilan, balki aytasan, inshaalloh farzandlarimni Allohga omonat qilganman, halol haromni tanitganman, Allohnı tanitganman, iymon bilan yashash kerakligini o'rgatganman, inshaalloh kelajagi yaxshi bo'ladi desang, demak sen zohid ekansan. Tushunarli a? O'zingni qo'lingdagi narsaga bo'lgan ishonchingdan ko'ra, Allohnıng beradigan narsasi, Allohnı qo'lidagi, Allohnı va'dasiga ko'proq ishonishing, bu juda ham katta manzili, bu juda ham qimmat martaba.

Agar mana shu martabaga, mana shu manzilatga yetgan bo'lsangiz, sizdan xotirjam odam bo'lmaydi va sizni hamma muammoyingiz Allohu Subhanahu va Taoloni zimmasida bo'ladi. Rasululloh aytdilar, af fiqatu kanzi. Af fiqo, ishonch mening xazinam. Ya'ni Allohga bo'lgan ishonchi. Eng boy odam bo'lishni xohlasang, eng xotirjam odom bo'lishni xohlasang, o'zingni qo'lingdagi narsaga bo'lgan ishonchingdan ko'ra, Allohnı qo'lidagi narsaga ishonching kuchliroq bo'lishi kerak.

Demak, ishonch afiqo, iymonning mevasi, ma'rifatning mevasi. Allohni tanisang, albatta unga ishonasan. Allohni tanisan, Allohga suyanasan. Bizni zamonamizdagi ham, avvalgi zamondagi va bundan keyin keladigan odamlarning muammosi ayni mana shu masalada. Allohga bo'lgan ishonchi zaif.

Mana shu masaladan odamlar biri ikkinzidan farqlanadi. Tushunarlimi? Kimnidir ishonchi qattiq, ishonchi kuchli, xotirjam turadi. Allohda aytgani bo'ladi deydi. Yana bitta odam xuddi shu gapni aytadi, Allohda aytganda bo'ladi yu, vahimada turadi. Qo'rqib turadi. Nima bo'larkin dedi? Muso alayhissalom. Alloh azza va jalla mana muso alayhissa salom qissasini siz bilan bizga qur'onda bayon qiladi.

Xullas, Fir'avn tush ko'rdi. Tushida ana shu Banu Isroildan bo'lgan bir chaqaloq tug'ilar ekan va shu chaqaloq uning saltanatini yo'q bo'lishiga sabab bo'lar ekan. Muammoni yechimi oson. Hokim qildi. Banu Isroildan tug'ilgan har bitta o'g'il chaqaloq so'yilsin. Haqiqatdan so'yildi. Yuzlab, minglab begunoh chaqaloqlar so'yildi! Ya'ni o'zini quvvatiga ishonyapti. Shu muammoni hal qilishlikka aqli yetyapti, o'ziga ishonyaptida. Mana endi Muso alayhissalomning onasi homiylador edi. Dunyoga keltirdi, tug'di Muso alayhiissalomni. Mana endi agar bolasi bilan qolsa, albatta bir xufiyalar yetkazadi xabarni, topishadi, kelib qatl qilishi aniq. Bolasini o'ldirishi aniq. Shunda Alloh Taolo shu holatni siz bilan bizga hikoya qilib aytadi. Astayribinlar. Va avhayna ila ummi musa an arde'i. Fayda xifti alixi faalqiyhi filiyam. Biz Musoning onasiga vahiy qildikki, uni emiza bergin. Bas qachon qo'rqsang, fa alqihi fil ham uni daryoga tashlagin. Vala taxofi vala tahzani qo'rqmagin, qayg'urmagin.

Zero biz senga uni qaytarib berguchidirmiz va payg'ambarlardan qilguchidirmiz. Fa alqihi fil hamon vala taxofi va taqzani inna rodduhu ilayki va ja iluhu minal mursali. Bu yerdagi vahiy qildik degani, ilhom berdik degani. Alloh azza va jala muso alayhissalomning onasini qalbiga shunday bir siqo, ishonchni joylab qo'ydiki, shu ishonchni ato qilib qo'ydiki. Bolasini daryoga solib oqizib yubordi.

G'arib kalima, agar bolangni o'lib qolishidan qo'rqsang, suvga solib oqizivor. Millionta ayolga shu narsani ayting chi, bittasi quloq solib xo'p demikin. O'zi o'lishidan qo'rqib etiyat qilib turibdi. O'lib qolishidan, o'ldirib qo'yishidan qo'rquv turibdi. Endi bizni aqllarimizga solib keladigan bo'lsak, daryoga solib oqizib yuborsa, u Nil.

O'lishligi yuz foiz. Agar hozirgida millionta ayolga shunaqa deb aytsangiz, hech qaysisi quloq solmaydi. Lekin Muso alayhissalomning onasi shunday qildi. O'sha seyvatmidi, qaysidir idishga soldi, suvga solib oqizib yubordi. Nima uchun Muso alayhissa onasi bunday qila oldi? Alloh Taolo uning qalbiga solgan va Alloh Taoloning saqlashiga bo'lgan ishonchi, afziqun. Ishonch sababli.

Fayda xiftiy alayhi fa'lqiy hifilyam va la taxofiy va la tahzaniy inna rodduhu ilayki va ja ilohi minal mursalin. Bas qachon qo'rqsang, uni daryoga tashla, qo'rqma, qaytarib beraman, yana payg'ambar qilaman. Faraz qiling. Samolyotda uchib ketyapsiz. Sakkiz ming, o'n ming metr balandlikdan. Tezligi soatiga sakkiz yuz kilometrda uchib kiryapti. Shunda sizga ana shu pilotlardan bittasi kelib eshikni ochib, mana tashqariga sakring dedi.

Sizni borib tushadigan joyingizni hisob kitob qilib, aniqlab qo'yganmiz. Siz borib tushadigon joyga qalin, yumshoq materialdan solib qo'yganmisiz? Ana shu yerga tushganingizda zarbani shu materialni o'ziga oladi, tirik qolasiz. Sakring. Desa, sakraysizmi? Rosa tekin bo'lishi ham mumkin. Lekin baribir ishonmaysiz da. Xudo biladi. Daraxtga lash bosamchi? Yo'q deysiz. Endi parashyut sizlarni qarang.

U ham bir uch to'rt km tepaga ko'tariladi, eshikni ochadi, shap irg'iydi u. Nimaga irg'iydi ikkilanmasdan? Astiqo. Ishonchi bor. Chunki yelkasiga ilib olgan parashyut o'tir, parashyuti ilmiy tajribalarda o'tkazilgan, ko'p marta sinalgan. Bu parashut ishonchli ekanligi takror takror isbotlangan. Undan tashqari parashutni o'zi taxlagan.

Shuning uchun qo'rqmasdan irg'iydi. Nima bor? Afviqo, ishonch bor. Tortganida ip uzilib ketsa chi, ming xil shubha nima qiladi sizni? Ko'ryapsizmi muammo nimada? Muammo ishonchni zaifligidan. Shu va hali puldan qachon voz kech olasiz? Qachoniki shundan voz kechsam, Alloh menga undan yaxshirog'ini beradi degan ishonchingiz bo'lsa, afiqo bo'lsa.

Harom amalni qachon tashlaysiz? Harom amaldan qachon tiyila olasiz? Agar shuni tark qilmasangiz, Alloh sizga g'azab qilishiga aniq ishonsangiz. Agar Alloh g'azab qilsa, aniq xori bo'lishingizga ishonsangiz, yana ishonch. Qachon zolimga yordam berishdan o'zingizni saqlaysiz? Qachoniki, kim zolimga yordam bersa, mana shu zolimning birinchi qurboni o'zi bo'lishiga aniq ishonsa.

Ma'qulmi? Ibn abbos roziyallohu aytadi, agar alloh bir qavmdan rozi bo'lsa, ana shu qavmning ishlarini ularni orasidagi eng yaxshilarini qo'liga topshirib qo'yadi. Agar Alloh bir qavmni yomon ko'rsa, ana shu qavmning ishlarini mana shu odamlarni ichidagi eng yomonlarni qo'liga topshirib qo'yadi. Payg'ambarimiz aytadilar, men a'na voliman, sollatahullohu alayhi. Kim bir zolimga yordam bersa, Alloh o'sha zolimni, o'sha yordam berganini ustiga hukmron qilib qo'yadi da. Mana shu hadisga ishonchingiz aniq bo'lsa, qattiq ishonsangiz, shunda zolimga yordam bermaysiz. Chunki u zolimni zulmi birinchi bo'lib sizni ustingizga tushadi.

Qur'oni Karimda o'qiymiz. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sunnatini, hadislarini o'rganamiz. Kitob va sunnat Alloh Taoloning vahyi ekanligiga qanchalik ishonchimiz kuchli bo'lsa, itoat qilib amal qilishimiz ham shunga yarasha bo'ladi. Qaytaraman. Kitobu sunnat Allohning kalomi ekanligiga ishonchingiz qanchalar kuchli bo'lsa, ana shu kitobu sunnatga amal qilishingiz shunchalar kuchli bo'ladi. Aniq ishonasiz. Nimaga? Allohni bergan va'dasi bajarilmay qolishidan ko'ra, bu borlig'ini vayron bo'lib ketishi osonroq Alloh uchun. Innalloh ala yuxliful me'at. Alloh hech qachon va'dasiga g'ilof qilmaydi. Aniq ishonasizmi?

Faqat shunda qo'rqasiz, faqat shunda itoat qilasiz. Agar iymon degan narsani nima deb so'ralsa va ikki og'iz so'z bilan tushuntirib bering shu narsani desa, iymon Allohga bo'lgan ishonch desak, mubolag'a bo'lmaydi. Demak Allohga bo'lgan ishonchingiz qanchalar kuchli bo'lsa, iymoningiz ham shunchalar kuchli bo'ladi.

Siz Qur'on Allohning kalomi ekanligiga aniq ishonasiz. Qur'on bergan xabarlarning haq ekanligiga aniqi ishonasiz. Shuning uchun ham Allohdan sizni to'siq degan narsadan oson voz kecha olasiz. Boylikmi u, mansabmi, hurmat e'tiborimi, chekkaga surib qo'yasiz. Chunki bu narsani Alloh harom dedi. Bu narsa seni ikki dunyoda vayron qiladi dedi. Ishonasiz.

Muammo nimada ekan? Mana hozir shu mahalliy qilyapsizlar u, u yoqdan qisib o'tib ketib aytyapmiz. Ey, xor bo'lasan. Haligi har bitta qilgan ishing mana bu paymoni degan piyolenga tushayotgan tomchi. Bitta odamni dilini og'ritding, bitta odamni haqqini yeding, bitta odamga qo'rqiting, tomchi tushyapti. To'layapti deyapmiz. Bitta odamni xafa qilsang, bitta tomchi tushsa, bitta Allohnin valiysi bo'lgan odam bor. O'zi ham bilmaydi. Uni dilini og'risang bir qoshiq tushadi. Shu paymoning to'lgandan keyin to'kiladi, bitta ontariladi, ishkalga kirasan desang, ishonolmayapti da. Aytaveradi Allohdan.

Musulmon, mo'min insondan so'ra. Nimaga Allohga itoat qilasan? Seni. Bo'yin sinishlikka nima majbur qiladi? U aytadi, men ishonaman deydi. Allohni borligiga ishonaman. Uni yakkaligiga ishonaman. Meni mukofotlab, jazolab qo'yishga qodirligiga ishonaman, qiyomatga ishonaman, jannat do'zaxga ishonaman. Birovga zulm qilsam, shu dunyoni o'zida menga jazo kelishiga aniq ishonaman. O'shaning uchun itoat qilaman Allohga deydi.

Undan yana so'raysan. Nima uchun ko'zingni tiyasan? Nimaga qulog'ingni, boshqa a'zolaringni tiyasan? U aytadi, men Allohga bog'langan bandaman. Agar shu a'zolarimni tiymasdan gunoh qilsam, Allohda uzilib qolaman. Bunga ham ishonaman. O'shaning uchun uzilib qolishni xohlamasdan gunohlardan tiyilaman deydi. Modomiki, bandani Allohga bo'lgan ishonchi bor ekan. Va ana shu ishonchi af fiqhosi kuchli ekan, bunday bandda har qanday Allohni norozi qiladigan narsadan osonlik bilan kecha oladi.

Demak, demak, mo'minning toatini siri ishonch ekan. Af fiqh. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar va fiqatu kanzi. Ishonch mening xazinam. Payg'ambarimiz aytdilar, dunyodagi zohidlik, qo'lingdagi narsang sen uchun Allohning qo'lidagi narsadan ko'ra ishonchliroq bo'lmasligi.

Alloh Taolo o'zini mo'min, taqvoli bandasini tashlab qo'ymaydi. Bu ishonch deyiladi. Alloh bunaqa bandasini o'zini holiga tashlab qo'yganidan ko'ra, yordamsiz tashlab qo'shganidan ko'ra xor qilib qo'yganida ko'ra, bu dunyoni zavolga uchrab ketishi Alloh uchun yengilroq. Subhanaka, Parvardigor, sen o'zingga do'st tutgan bandang xor bo'lmaydi. Sen o'zingga dushman tutgan banda aziz bo'lmaydi! Payg'ambarimizni sahobalarini qarang. Oshchiligida, zaifida, nochor edi, mazlum edi. Ammo ularning Rabbilarga bo'lgan afviqo ishonchi cheki chegarasi yo'q edi.

Adibni Hotamut Toyini hadisi. Bu kishi Toy qabilasining podshohi bo'lgan, sayyidi bo'lgan. Hotamut Toyining o'g'li. U kishi Madinaga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashgani kelganida, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam podshoh bo'lganligi uchun, unga bir xos e'tibor qildilar va oldiga o'tirib, u bilan suhbatlashdilar. So'ngra aytdilar. La allakaya adiy innamaayam nauka mina duxulif haada din ma taromin hajatil muslimin va faqrihin. E, Adiy. Ehtimol, musulmonlarning faqirliklari, va hojatlarini ko'pligi sizni bu dinga kirishdan to'siq ekandir. Kambag'alligini ko'rib turib bu dinga kirgiz kelmayaptimi? Vaholanki yaqinda ularga moli dunyo shu darajada oqib keladiki, ana shu molni olgani odam topilmay qoladi.

E, Adiy, ehtimol musulmonlarning ozligi va dushmanlarining ko'pligi sizniki bu dinga kirishdann to'siq ekdandir. Va Allohi shunday kunlarga yaqingki, mana shu baytni, Baytullohni ziyorat qilish uchun bir ayol, yolg'iz o'zi hodisadan chiqib keladi, yo'lda hech kimdan xavotir bo'lmaydi. Ishonch shu darajada. E, Adiy, ehtimol mulk, saltanat boshqalarning qo'lida ekanligi sizni bu dinga kirishdan to'sayotgandir. Vaholanki tez kunlarda bobil yeridagi oq qasrlar musulmonlar uchun fath bo'lganini va Kisirovning xazinalari ularniki bo'lganini eshitasiz dedilar.

Adibni Hotamut toyi Kisirovning khazinalariya dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ha, Kisirovning qazinalari dedilar. Ana shunda Adibni Hotamuttoyi kalimani aytib musulmon bo'ldi. Birodar aniq ishongan. Agar haromdan tiyilsang, farzni bajarsang, sunnatni mahkam ushlasang, ko'zingni, tilingni, boshqa a'zolaringni haromdan tiysang, doim taqvoging tilsang va shu holatingda davomiy yashasang, aniq ishon.

Xuddi bahordan keyin yoz kelishiga ishonganingdek, kuzdan keyin qish kelishiga aniq ishonganingdek ishon. Butun osmonga ko'tariladi, suv pastga oqadimi? Aniq ishonasanmi? Agar taqvoda turadigan bo'lsang, doimiy shu holatda bo'lsang, Alloh seni qo'llashligi ham mana shunday ishonchli narsa. Seni ko'taradi, aziz qiladi, ko'zingni quvontiradi. Chunki bu Allohni va'dasi, Muhammad alayhissalomning va'dasi. Allohni va'dasisi esa haq. Allohni so'ziga bo'lgan ishonching seni iymoning. Seni iymoning, seni ishonching.

Ota g'am qiladi. Ota ona g'am qilad. Qizim katta bo'lib qoldi, o'qitib qo'y bir joyda. Eriga tekkanidan keyin er mabodo taloq qilsa, hali bergani yo'q. Niyatni qarang. Agar qizim o'qitib ko'rmasam, erga tekkanidan keyin eri taloq qilsa, ko'chada qolmasin, o'zini hunari bo'lsin, kasbi bo'lsin. Subhanalloh. Hali qizini erga bermay turib, uni taloq qilishini o'ylayapti. Allohga bo'lgan ishonchi shumi uni?

Ha qizingni Allohni toatida tarbiya qil, Allohni tanit, taqvoni o'rgat, soliha bo'lib yashasin. Nima? Agar shunday qilib katta qilsang, bir yaxshi kuyovni Alloh ro'baro' qilmaydimi senga? Ishonmaysan Allohga. Zoya qiladi deb vahima qilasan. Mana shu Allohga bo'lgan ishonching.

Odamlarni qilayotgan gunohlarga qarasangiz, buning asosiy sababi Allohga bo'lgan ishonchini zaif ekanligini ko'rasiz. Insonlardagi tushkunlik, umidsizlikka nazar soladigan bo'lsangiz, buni ham sababi Allohga bo'lgan ishonchi zaif ekanligini ko'rasiz. Shu sababdan ular o'ziga o'xshagan bandalarni roziligini istab yuradi, Alloh norozi bo'ladigan bo'lsa ham.

O'ziga oxshagan ojiz bandani g'azabiga qolishdan qo'rqadi, garchi Alloh norozi olsa ham. Allohni va'dasiga ishonchi zaif bo'lgan bandalar, uni huzuridagi mukofot jazoga bo'lgan iymoni nochorligini ko'rasiz. Shuning uchun aytyapmiz da, agar iymonni, ma'rifatni, taqvoni, amalni, hammasini bitta so'zga jamlasak, u so'z afviqo, ishonch degan so'z bo'ladi. Shuning uchungi payg'ambarimiz aytyaptilar, va fiqhatu kanzi. Ishonch mening xazinamdir.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar men ka'natil axiratu hammahu, jallallohu g'inahufi qolbihi va jama ash shamlahu va atathu dunya fahiyarog'i man. Kim o'zining g'ami qilib, oxiratni g'am qilsa, kimning oxirat g'ami bo'lsa, ya'ni eng birinchi g'ami oxirat bo'lsa, Alloh u odamning boyligini qalbiga joylab qo'yadi. Ishini jamlab qo'yad. Dunyo oqib kelaveradi, faxriyat rog'i men. Unga parvo qilmaydi. Kimning asosiy g'ami Allohni rozi qilishlik bo'lsa, qolgan g'amlariga Alloh kifoya qiladi. Boyligini qalabiga joylab qo'tyadi, ishini jamlab qoyadi, dunyo oqib kelavoradi, u parvo qilmayd. Bo'pti qo'yib qo'yayga deydi. Endi muqobilini qarang. Vaman kan eti dunyo hammakhu. Kimning g'ami dunyo bo'lsa.

Ey birodarlar, deyarli hammani g'ami shu bo'lib qolgan. Nima uchun? Allohga bo'lgan ishonchi zaifda. Kimning g'imi dunyo bo'lsan. Alloh uning faqirligini ikki ko'zini o'rtasiga yozib qo'yadi. Va farroqa shamlahu ishini sotishib qo'yad. Hech ishi tugamaydi. Hech ishida tartib bo'lmaydi. Ishlayveradi, ishlayveradi.

Volam ya'ti himina dunya illa ma qudira alahum. Ishlayverad, ishlayverad ishi sochilgan bo'ladi, ishi tugamayda, lekin rizqmi? Alloh taqdir qilgandan oshchasiga emaydi. Mana shu Rasulullohning mana shu hadisiga aniq ishonsangiz, hamma g'amda bitta chakaga surib turib, Allohni rozi qilish g'amini birinchi g'amingiz qilib olasiz. Bu degani, masjidga kirib yota oladi degani emas.

Tijoratini qiladi. Hunarini qiladi. Kasbi korini qiladi. Sog'ligiga, sog'ligi uchun qilish kerak bo'lgan dietani qiladi. Sport bilan shug'ullanadi. Sabablarni hammasini qiladi, lekin g'am qilmaydi uni qalbiga olib kirib. Mana shu dunyo matohining tashvishi kallamizda tursa, bu hisob kitob deyiladi. Agar mana shu tashvishlar qalbga kirib qolsa, g'am bo'ladi.

Alloh taolo aytyapti, qalbingda meni g'am rozi qilishlik g'ami tursin, u dunyodagi hisob kitob bo'lsin. Tushunarlimi? Bizni shunaqa gapimiz, domlalaringga qarasang deydi, Allohga tavakkal qil, o'tiraver deydi. Kim aytdi? Mo'min odam dunyoni ishini xuddi o'lmaydigandaka, ming yil yashaydigandaka ishlab qiladi. Pulni shunaqa topishga harakat qiladi. Uyda shunaqa zo'r soladi. Dunyoda xuddi o'limaydigandaka ishlab yashaydi. Lekin ibodatni hozir o'lib qoladigan unaqa qiladi. Ikkalasi barobar turadi.

Demak, dunyo tashvishlari hisob kitob bo'ladi kallamizda tursa, agar mayka tushsa, g'am bo'lib qoladi. Hamma g'amda bitta g'amga almashtiramiz. Allohni rozi qilishning g'amiga, Alloh azza va jalloh qolgan g'amlarimizga o'zi kifoya qiladi. Paquluhovli ha, da v astag'firullohi li va lakum, vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish