Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbil al amin. Vassalotu vassalomu ala ashrofil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma abad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libu barakatu. Nafs tarbiyasi darslaridan birodarlar, afiqo, ishonch martabasini kecha boshlagan edik, davom etamiz. Ulamolar ishonchning uchta martabasi borligini aytadi. Birinchisi, Allohga topshirish, tafviz. Ikkinchisi, Allohning qozosiga taslim bo'lish. Uchinchisi, Allohka tavakkal qilish.
Demak, tafviz, taslim va tavakkal. Bitta bittadan ko'rib chiqamiz. Tafviz. Ishingizni Allohga topshirishingiz. Masalan, sizni qandaydir bir kattaroq ishxonangiz bo'lsa, yuridik ishlarni bajarish ekan vaqtingiz, toqatingiz bo'lmasa, bir odamga o'zingizni nomingizdan davernost yozib berasiz. Generalniy daverennost. Va bu odam endi sizni nomingizdan hamma ishlarni bajaring yurishi mumkin. Dogovor tuzadi, birorga pul va'da beradi, birorga bir narsani bir bajarishingni mas'uliyatini zimmasiga oladi. Demak, ana shu siz doverennost berayotgan odamga tamomiy ishonsangizgina unga shu doverennostni bera olasiz. Tushunarlimi? Ishongan odamingizga bunday narsani topshira olasiz. Vakolat ishongan odamga beriladi.
Muomaladagi asosiy narsa ham mana shu ishonch. Bir odam ikkinchi odamga mashina sotadi, indinga pulini beraman deydi. Bo'ldi, olib ketavering, deydi. Nimaga? Ishonsa da. Tanimagan odamlarga topshiradimi ishini? Yo'q. Endi birodarlar, eng ishonchli zot kim? Alloh subhanahu va taolomi. Sizni ishonchingizga Allohda ko'ra loyiqroq biron bormi? Yo'q. Va ufov vid dha amri ila alloh, innalloha basirun bil aybat. Men o'zimni ishimni Allohga topshirdim. Men ishimni Allohga topshirdim. Astaydubillah. Allohu la ilaha illa huva la yajma an nakum ila ya'umi il qiyamatilla ro'yba fih va man astoqu minallohi haditha. Qarang. Yolg'iz Allohdan o'ziga hech qanday iloh yo'qdir. U sizlarni hech shak shubhasiz qiyomat kunida to'playdi.
Allohdan ko'ra rostgo'yroq kim bor? Ya'ni Allohdan ko'ra ishonchliroq kim bor? Bilasizlar, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hali payg'ambar bo'lmaslaridan avval qurayishni orasida yasharkanlar, laqablari as sodiq, al amin edilar. As sodiq, hech qachon yolg'on gapirmagan, doim rost gapirgan, al amin, ishonchli.
Allohdan ko'ra rostgo'yroq, Allohdan ko'ra ishonchliroq kim bor? Agar bizda iymon, ishonch martabasi bo'lsa, iymonimiz, ishonchimiz o'rnida bo'lsa, har qanaqa ishimizni Allohga topshiramiz. Va man avfa bi ahdixi minalloh. Allohdan ko'ra ahdiga vafodorroq kim bor? Qarang. Alloh taolo Qur'onda mana Fil surasida aytadi. Astaydubillah. Alam taro kayfa fa'ala robbuka bi asha bil fil.
Robbingiz, parvardigoringiz fil egalariga qanday muomala qilganini ko'rmadingizmi deyapti. Biz ko'rdikmi? Muhammad alayhissalom ko'rdilarmi? Yo'q. Shu yerda alam tasma. Robbingiz fil egalariga, qanday muomalalar qilganini eshitmadingizmi desa, to'g'riroq bo'lmasmidi?
Qur'onda keldi, eshitdik, ha bo'pti. Tarix kitoblariga yozilibdi, Abrohani armiyasi Ka'bani buzaman deb kelgan edi da, fillar bilan, Alloh Taolo vayron qilgan edi. Demak, agar Alloh Taolo ko'rdingizmi, emas, eshitdingizmi deganda to'g'riroq bo'larmidi? Nima uchun Alloh Taolo alam tasma, eshitmadingmi demadi, balki ko'rmadingmidi?
Eshitdik, tarixda o'qidik, ma'qul bo'lar edi, ammo Alloh Taolo ko'rmadingmi dedi. Ulamolar aytishadi, ixbarullohi azza va jalla yaqinun kayyaqinil mushaxada. Allohning bergan xabarlari aniq ishonchdir, xuddi ko'rilgan narsa ishonch bo'lganidek. Men fil egalarini vayron qildim dedimi, Alloh shunaqa ishonchli zotki, shunaqa rozgo'y zotki, Alloh shunaqa degandan keyin biz ko'rganimizdaqa, ko'rganimizdek ishonishimiz kerak.
Muhammad alayhissalom shunday rozgo'yki, kim Alloh uchun bir narsani tark qilsa, Alloh unga zo'rroq narsani beradi desa, shunaqa qattiq ishonishimiz keraks. Bizda yo'qda unaqa ishonch. Birni bersang Alloh o'n qilib qaytarib beradi. Yetti yuz qilib qaytar beradi deb Alloh aytyapti, Payg'ambar aytyapti. Endi ikkilanyapmiz da. Bo'larmikin? O'shaning uchun bo'lmayapti da bizniki. Mana Ali roziyallohu anhuni qaranglar.
Ali roziyallohni bir dona onorni olib uyga kelyapti. Mashhur qissa. Bir dona onorni olmayapti. Yo'lda bir tilanchi kelib turib, Alloh uchun bir xayr qiling dedi. Endi Ali roziyallohu anhuning ishonchi aniq. Agar Alloh uchun bersa, Alloh o'n barobar qilib qaytarib berishiga.
Biz bera olmaymiz biz. Chunki kecha aytdik ku, hadisda aytildi, o'zingni qo'lingda turgan narsaga bo'lgan ishonchingdan ko'ra, naqd turgan pulingga ishonganingdan ko'ra, Allohning va'dasiga ko'proq ishonsang, haqiqiy tavakkalchi bo'lasan. Bu yil besh tonna sulyukni ko'mirda tushirib qo'ydim. Kotyolni zo'rini qo'ydim, bu yil qishdan zo'r chiqaman. Aniqmi?
Mojet otilib ketar kotyolning. Mojet ko'mir yonmay qolar. Mojet, mojet, yo'q. Siz olib qo'ygan ko'miringiz u katta yo'lga shu darajada ishonasizki, aniqda, yaxshi chiqishingiz. Qayoqdan bilasiz? Meni deydi, falon joyda akam bor deydi, lyuboy problemani hal qilib beradi deydi. Alloh esiga kelmaydi. Allohga tavakkal deb tur akasiga bormaydi. Shu darajada o'sha ishonadiki, o'sha akasiga o'sha ish tushgan kuni qarasam akasi ishdan ketib qoldi da.
Yo akasi o'lib qoldi da. Yoki akasi ishga kelmay qoldi da o'sha kuni. Ali roziyalloh anu xo'p bir dona anorni tilamchiga berdi. Tavakkal ketdi. Uyiga keldi. Mashhur qilsa, qani anor? Ha, bir Alloh uchun bir so'rovni berdim. Fotima onamiz ham Payg'ambarimizning qizi. Xo'p, yaxshi bo'pti deb turuvdi, eshik taqillab qoldi. Borib eshikni ochsa, bir odam qo'lida xolta bilan turibdi. Yarim soat o'tdi, yo bir soat o'tdi.
Bir yil o'tmadi. Bilasizlarmi? Ala inna avliya allohila xofun alayhim valahum yahzanun oyatini o'qiganmiz. Ogoh bo'linglar. Allohning valiylari bor, Allohning do'stlari bor. Kim ular? Alladina amanu va kanu yattaqun. Ikkita sifati bor Allohning valiysini. U vali havoda uchmaydi. Suvni ustida yurmaydi. Birdaniga yo'g'ilib paydo bo'lmaydi. Bizdaqayli odam. Vali, Allohning do'stvi bo'lishda ikkita sharti bor. Iymon va taqvo.
Allohga valiyligingiz qancha yaqin bo'lsa, iymoningiz, taqvoyingiz kuchaysa, valiyligingiz yaqinroq bo'ladi Allohga. Allohga qancha yaqim bo'lsangiz, mukofotni kelishi ham tezlaydi sizga. Yaxshi ishingiz uchun. Jazoni kelishi ham tezilaydi xatoyingiz uchun. Shuni yaxshilab tushunib olinglar. Payg'ambarimizning sahobalari ellikta kamoncha Uhudda tushib ketdi. Xato qildi, jazo srazi keldi. Nima uchun? Ular valiy edi da. Allohning avliyolari edi. Xato kelgan edi, darrov jazosini berdi. Endi valiylarga qilgan savob ishiga mukofot ham tezda keladi. Ali ibn Abid to'li valiymi, valiy emasmi? Ha, avliyalloh ular. Payg'ambarimizning amakivachchasi, Payg'ambarimizning eng kichkina sahobasi birinchi o'g'li iymonga kelgan. Rasulullohning kuyovi, Fotima Zahroniy eri, Hasan va Husanlarning otasi, karomatni qarang.
Endi bu avliyo bo'lgandan keyin qilgan bitta yaxshiligini mukofoti kelishi ham tez bo'ldi. Nima uchun tez bo'ld? Nima bilan berdi? Ishonch bilan berdi. Haligi ishi yetadi turibdi haligi odam taqillatib. Monavu dedi xoltoni ko'rsatib. Allohdan Payg'ambarga keldi. Payg'ambardan sizga keldi dedi. Qo'liga berdi. Olib qarasa, onor.
To'xta dedi. Shunday to'kib sanadi. Bir xolta sanasa to'qqizta. Ishonchi shu darajadaki, al hasanatu bi ashir amthaliha oyatini o'qiganda, bitta hasanot o'n barobar qilib beriladi ajrida deganiga ishonchi komil da. To'xta dedi. To'qqizta yuvinmayapti, biz ikkitaga ham jon deymiz. Uchtaga ham jon deymimiz, do'ppimiz osmonga yig'atamiz. To'xta, dedi. Allohdan payg'ambarga kelgani rostmi? Rost. Payg'ambardan menga kelgani rostmi? Rost. Unda yana bitta onur bo'lishi kerak, dedi.
Qani odam chiqarib berdim sizni sinamoqchi edim, deb. Qayoqdan bildingiz deganida, axir o'qimaganmisan? Al hasanotu bi ashriy am saliha. Bitta qilingan hasanot o'n barobar qilib beriladi degan. Endi tushunyapsizlarmi nima uchun bizni qilgan yaxshiliklarimizni mukofoti kelishi kechikadi? Chunki qilib turib, qaytamikin?
Demak, alam tarokay fa fa ala robbuka bi ashabi il fil, dedi alloh. Parvardigoringiz fil egalariga qanday muomala qilganini ko'rmadingizmi? Yo'q, biz ko'rmadik. Biz eshitdik, Alloh aytdi. Lekin Alloh aytgani, biz ko'zimiz bilan ko'rgandan ko'ra ishonchliroq bo'ladi. Ma'qulmi? Qilingan bitta yaxshilikka o'n barobar mukofot beriladimi? Ishonamiz. Qanchalik ishonchingiz qattiq bo'lsa, nima qilasiz?
Astiqo. Ishonch. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning keyingi hadisiga quloq tutamiz. Ey yigitlar, bu darslarchi, mana qalbimizni tagida turgan muammolarni hal qiladi. Yuragimiz siqilib, qo'rqib, vahimaga tushamiz u, shunga o'xshagan qo'rquv chiqib ketadi. Aniq ishonasiz, Allohga tavakkal qilgan el na talqonni va na qalqonning g'amini yer.
Payg'ambarimiz aytadilar, sallallohu alayhi vasallam: ma taraka abdun lillahi amron la yaturagu hu illa lilla. Illa avvodahullohu minhu ma huva xoyrunlahu minhu fiy diniyhi va dunya. Qarab ko'ring, hayotingizda shu bo'lganmi biror marta? Banda bir narsani Alloh uchun tark qilsa, Alloh unga har qilgan narsasidan ko'ra, dinida va dunyosida u uchun yaxshiroq bo'lgan narsani evaz qilib beradi.
Alloh uchun tark qildingiz, qo'rqqaningizdan tark qilmadingiz. Bir zarardan qo'rqib tark qilmadingiz. Bir foydani o'ylab turib tark qilmadingiz. Tark qildingiz Alloh uchun. Agar Alloh uchun tarqigan bo'lsangiz, aniq ishoning, Alloh sizga tark qilgan narsangizdan yaxshirog'ini beradi. Faqat u tark qilganingiz birovdan qo'rqqaningiz uchun emas. Bir narsadan mukofot umid qilganligingiz ham emas. Bir zarardan qutilishingiz uchun emass. Alloh uchun tark qiling.
Ikkita aka uka ota eshikda qolgan, bittasi chiqib ketishi kerak. O'zi ikkalasini ham haqqi bor. Shunda uka aytadi, aka, sizni bolalaringiz ko'proq menikidan ko'ra. Meni bolalarim hali mayda. Sizga qolsin eshik, deydi. Hech qanday da'voyim yo'q, sizga deb chiqib ketadi da. Alloh unga, ukaga, otaning eshigidan ikki uch barobar bo'lgan yaxshiroq narsani beradi. Guvohi bo'lganmisizlar shu narsani? Nima uchun tark qiluvdi u?
Nima uchun tark qiluvdi? Akam mendan ko'ra bezbetroq, jizn chiqib ketaman demaydi. Undan ko'ra men chiqib ketay deb emas, Xudo uchun tark qildi. O'shaning uchun so'radim da, hayotingizni qarab ko'ring da, biror narsani shunday qilib tark qilganmisiz Alloh uchun? Rasululloh aytyaptilar, banda bir narsani Alloh uchun tark qilsa, bu yerdagi eng asosiy narsa Alloh uchun mark qilsa, Alloh unga mana shu tark qilgan narsasidan ko'ra, dinida va dunyosida u uchun yaxshiroq bo'lgan narsani evaz qilib beradi.
Agar Rasulullohning mana shu so'ziga ishonchingiz komil bo'lsa, in'iy kecha olasiz bir narsadan. Ishonchingiz komol bo'lsa, Allohning toatiga iqbol qila olasiz. Shunda hamma narsa keladi. Va'dalar albatta ustingda haq bo'ladi. Misol, kerakmi? G'or egalari, as xobil kaf.
Uch yuz to'qqiz yil g'orni uxlashdi. Nima uchun bunday bo'ldi? Chunki ular aniq ishonishgan edi. Vaman ya tavakkal alallohi fahva hasbuhu, degan edi Alloh. Kim Allohga tavakkal qilsa, bu odamning ishi Allohni qo'lida. Bular nimani tark qilishgan edi. Nima nimani Alloh uchun tark qilishgan eda? Bular saroydagi zodagonlarni, aristokratlarni, keborlarni bolalari edi.
Saroydagi huzur halovatli, kayf safo hayotini tark qilishdi. Kim uchun? Alloh uchun. Mukofot qanaqa bo'ldi? Mo'jiza bo'lib uch yuz to'qqiz yil g'orda uxlab tirilishdi. Ularni qiynagan, ularni iymonni imtihonga solganlar, o'tib o'lib ketganiga uch yuz yil oldin. O'shaning uchun tark qilish kerak Alloh uchun.
Sahobalar, Makkai Mukarramani tug'ilib o'sgan shaharini tashlab chiqib ketishdi. Madina Munavvarga hijrat qilishdi. Alloh Taolo nimani berdi ularga? Butun dunyoga ustozlarga aylantirib qo'ydimi? Hech kim tanimaydigan sahroi, teze hidi kelib turgan, tuya hidi kelib turib turgan, o'qish yozishni bilmagan kambag'al nochor arablarni butun yer yuzidagi hamma xalqlarga ustoz qilib qo'ydimi?
Kim deyaptilar Rasululloh? Alloh uchun bir narsani tark qilsa, Alloh unga tark qilgan narsasidan ko'ra yaxshirog'ini ato qiladi. Dinida ham, dunyosida ham. Ollohni roziligi uchun hamma yog'ingizni sarf qilasiz, keyin hamma narsaga ega bo'lasiz. Yer yuzida bironta odam bormiki, hozirda, tushida o'g'lini so'yayotganini ko'rsin.
Turib, o'g'lim, men sizni tushimda so'yayotkanimni ko'rdim, nima qilaylik desa, bolasi aytsin, otajon, Alloh buyurgan ishni qiling. Bunaqa bo'lishi mumkin emas. Ibrohim alayhissalom tushida o'g'lini so'y ekanligini ko'rdi. Sakson besh ga kirganda ko'rgan bir dona bolasi bor. Yoshi yuz ga yetib qolgan paytda o'n, o'n ikki ga kirgan bolasini so'y eganligini ko'radi. Alloh uchun tark qildi shu farzandini, muhabbatini. Nima bo'ldi? Alloh taolo mukofot berdimi? Pichoq kesdimi, tomog'iga qo'yib tortuvdi? Yo'q, orqasidan yana bitta Isxoq ismli o'g'inni berdi. Tug'maydigan birinchi ayoli Sorani Alloh taolo tug'adigan qilib qo'ydi.
Muammo nimada ekan? Nimada ekan muammo? Ishonchimiz zaifligida. Ibrohim alayhissalomning Allohni rahmatiga bo'lgan ishonchi komilida. Ana shu buyrug'ini orqasida bitta hikmat borligiga ishonchi aniq edi. Buyrug'ni bajardi, natija qanaqa bo'lganligini hammamiz bilamiz.
Endi zamonaviyroq misolga o'taylik a. Mashinangizga o'tirdingiz, jildingiz. Gazni bosdingiz, tezlayapti. Yigirma km ko'rsatdi tablo. Qirq, oltmish, yuz, yuz yigirma, yuz ellik ga chiqdi. Yuz ellik ikki chiqqaniga ishonganligingiz uchun rolni rolni ushlaysiz. Shart, shart, bularni ikki tomonga, chunki chiqib ketasiz da yo'ldan. Ha, ana. Ana shu tablodagi yuz ellik ikki ishonganligingizi uchun rolni nima qilyapsiz?
Aniq ishonasiz. Harom puldan voz kechsangiz, harom tijoratdan yuz o'girsangiz, Alloh uchun. Alloh ziquri qo'ymaydi. Aniq ishonsiz keyin tarqala olasiz. Seni imoning ishonchinga barobar bo'ladi. Imoning besh foizmi?
Ishonching ham besh foiz bo'ladi. Iymoning yigirma foizmi? Ishanching ham yigirma foaz bo'ladi. Iymoning sakson foizmi? Ishonshing ham sakson foiz bo'lada. Iymon darajangiz ko'tarilgani sari, ishonch darajangiz ham ko'tarilib bo'ladi. Shunda iymoningiz ko'tarildi, ishonchingiz ham kuchaydi. Endi shu paytda sizni qilgan ishlaringizni odamlar tushunmaydi.
Ko'pchilik odamni aqliga sig'maydigan ishlarni sizga buyursa, shart qilasiz va aniq ishonasiz. Alloh sizni tashlab qo'ymaydi. Allohni tanigan bir musulmon savdogar keladi da, ana shu atrofidagi savdogarlarni urf odatiga amal qilmaydi. Aytadiki, yo'q deydi. Bu ishda deydi, shubha bor deydi. Buni qilmayman deydi. E, deydi atrofida deydi, hamma qiladi shunaqa deydi. A bunaqa qilmasang foyda qila olmaysan deydi. Bunaqa qilmasing katta foydadan qolib ketasan deydi. Pulingni muzlatib qo'yasan deydi. Ahling joyidami deydi.
Haqiqatdan bir qarasangiz aqli bor odam shunaqa qiladimi? U musulmon savdogar aniq biladi, aniq ishonadi. Agar Allohga itoat qilib, Alloh aytganday savdo qilsa, Alloh uni tashlab qo'ymaydi. Hech qachon zoyi qilib qo'ymaydi. Bu odamlarda qilayotgan ishlari, odatlari Allohni hukmiga teskari kelib qoladi. Mana shu o'rinda mo'min boshqalardan ajralib qoladi.
Hamma unday qil, bunday qilma, bunday qil, unday qilma desa ham, ularda gap yo'q, quloq solmaydi. Shu o'rinda bir misol. U o'sha Amerikada katta bir tijoratlarda yurgan bir savdogar bilan bizdagi bir yigit o'tirib gaplashib qolgan. Uch to'rtta savdogarlar. Endi o'sha Amerikadagi katta biznes, u millionlagan dollarlari bor. Dindor, Alloh tanigan odam. Haligi odam bilan gaplashib o'tirib, o'sha ukalar o'zlari aytib beruvdi. Biz endi bu dunyo miqyosida biznes qilayotgan odam, bizga bir zo'r bir maslahatlarni beradi, zamonaviy ish yuritish uslublarini beradi, biznes yo'llarini o'rgatadi deb turib, o'tirib, ruchkasini, daftarini qo'yib o'tiribdi. Bizga biznesda nimalarga e'tibor berishimiz kerak? Maslahat bering deydi.
Desa, haligi odamni aytgan birinchi gapi, bu bolalarni aqlini o'chirib qo'yadi. Hech qachon bu narsani kutmagan bo'ladi u odamdan. Nima deydi? Aytadiki, avvalambor, qilayotgan tijoratinglardan tushgan foydani bir qismiga Allohni sherik qilinglar deydi.
Bu Amerikada, Yevropada, g'arbda biznes qilib yurgan odamdan boshqa narsani kutgan bo'lar. Molonga bo'lajeniya qilinglar, kursga qaranglar, molon qilinglar, kriptovalyuta trading deyishini kutgan. Lekin bu odam aytganki, qiladigan ishinglardan topgan foydani bir qismiga Allohni sherik qilinglar deydi. Ya'ni yuz so'm foyda topsanglar, yigirma so'mi allohniki deylar. Ajratinglar va o'sha yigirma foizni ajratib turib, ehson qilyapmiz demanglar, bu Allohni haqqi deb ajratinglar. Shunda tijoratinglar zo'r ketadi deydi.
Halol tijoratda shariat ko'rsatgan yo'l bilan qilib turib, tushgan foydani bir qismini Allohni haqqi denglar, Allohni sherik qilinglar deydi. O'sha besh foizini, o'n foizini, yigirma foizini Allohni haqi dedingizmi? Endi uni chiqarayotganda, ehson qilyapman demang, sizniki emas endi u, kimniki u? Allohnikide.
Demak, birodarlar, sizni ishonchingiz iymoningizga bog'liq bo'ladi. Iymoningiz qancha kuchaysa, ishonchingiz shuncha kuchayadi. Alloh aziz va jalla ishonchi quvvatli bo'lgan mo'g'ullardan bo'lishimizga tavfiq bergan bo'lsin. Aquli qovli ha da va astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohi va malayki atohi yu sollu an ala nabiy. Ya yu halladina amal u sollu alayhi va salli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.