MMaviza
Al vajdTekshirilgan19 daq

96-QISM / AS SIQO (3/6) NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
19:24
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vassolat, vassalomu ala ashrafil mursalin. Va ala alixiy va ashabiy hajmain. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Nafs tarbiyasi, tazkiyati nafs darslaridan birodarlar, at fiqo, ishonch martabasini o'qiyotgan edik, davom etamiz.

Agar sen Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning so'zlari ham Allohning vahisi ekanligiga aniq ishonsang, u zot hech qachon havodan olib gapirmasligiga iymoning komil bo'lsa, hamma narsa Allohni qo'lida ekanligiga shubhing bo'lmasa, din, Islom, Qur'on, Alloh Taoloning ta'limoti ekaniga aniq iymoning bor bo'lsa, Payg'ambaringni aytganini qil.

Endi qarang da, masalan, ishongan odamingizga topshirasiz ishingizni. Masalan, qimmatbaho bir apparatingiz buzilib qoldi jihoz. Qimmat apparat. Nima qilasiz? Birinchi duch kelgan odamga olib borib turib topshirib qo'yasizmi, meni tuzatib ber deb? Ha yo'q. Buzilib qolsa, so'raysiz, kimga olib boray, qayerda tuzatadi? Ha, uchta to'rtta ustaxona bor. So'raysiz, qaysinisi eng kuchligi? Qaysinisi omonatdori? Qarang, pulingizga olgan jihozingizni topshirgani ishonchli odam qidiryapsiz. Endi eng ishonchli, bu Alloh Taoloningizni o'zi emasmi? Eng ishonchli inson Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam emasmi? Alloh va Rasuliga bo'lgan ishonchingizga qarab amal qilasiz hayotda.

Masalan, birov bilan sherikchilik tijor qilmoqchisan. Sherikchilik biznes qilmoqchisan. Ahamiyat. Shart qo'liga katta pulni berib qo'yaverasanmi? Ha yo'q. So'rab surishtirasan, qanaqa odam? Birov bilan avval ishlaganmi? Qo'li egir emasmi? Demak, odamlarni o'zaro qilayotgan muomalalarda ham asos bu ishonch bo'ladi. Ishingizni qachon Allohga topshirasiz? Qachoniki tamomiy ishonsangiz. Qachoniki uni rahmati, hikmatiga to'liq ishonganingizdan keyin. Aytasizki, ey Robbim, ishimni o'zingga topshirdim. O'zing tanlab ber, o'zing ixtiyor qilib ber. Tavakkal.

Parvardigor, o'zingga bo'lgan muhabbatni menga eng sevimli narsa qilgin. Taqdiringdan rozi qilgin. Toki kelmayotgan narsani tezroq bergin demay. Kelmayotgan, sen bermayotgan narsani kezroq bergin deb so'ramasdan, kunimga rozi qilgin'. Yoki tezlashtirib qo'ygan narsangni kechiktirishni baholamay. Ustimga bergan narsani rozilik bilan qabul qiladiganlardan qilgin. Nimaga bu narsani menga berding? Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun? Ey Xudo, senga nima yozuvdim?

Qaysi qilagan gunohim uchum? Oho. Siz top toza odam edingiz da. Sizni hech ham gunohingiz yo'q edi. Siz bunaqa kunga nima emas edingiz? Loyiqmas edingiz. On qarab qo'ying. Alloh Taolo aytadi, agar Alloh bandalarning qilgan ishlariga yarasha mukofot bersa, qo'shtirnoq ichida agar, nimaga loyiq bo'lsa, shuni beradigan bo'lsa, yer yuzida bironta jonivorni qoldirmas edi deydi.

Sen o'zi bundan ham bettara olishing kerak. Alloh Taolo senga o'nta, yuzta qilgan gunohingni bittasiga jazo berib, qolgan to'qson to'qqiztasini o'chirib tashlayapti. Tushunarlimi? Toki kechiktirgan narsangni tezlashtirishini xohlamay, yoki tezlatgan narsangni kechiktirishingni istamay.

Parvardigor, senga bo'lgan muhabbat men uchun hamma narsadan ko'ra sevimliroq bo'lsin. Meni qazoyi qadaringga rozi bandalar qatoriga kiritib qo'ygin. Birodar, har bir narsani belgilangan vaqti bor ekanligiga ishongin. Qaytaramiz. Har bir narsani, belgilangan vaqt bor ekanligiga, ishongin. Chunki, ana shu senga kelishi kerak bo'lgan vaqti bo'lmay turib, sen shu narsaga loyiq bo'lmasdan turib, shu narsani talab qilaversang, o'sha talab qilayotgan narsangdan mahrum bo'lishlik seni jazoying bo'ladi.

Man tola bashshay an qobla avanixiy, uqiba behirmanixiy. Yoshlar, kim bir narsani hali uning vaqti bo'lmasdan turib talab qilsa, kim bir narsni vaqti bo'masdan turib talaba qilsa, shu narsadan mahrum bo'ldi shlik bilan jazolanadi. Yosh turib mashg'ulingni istamanglar.

Yosh turib katta pulni quvmanglar. Yosh bo'lib turib katta mansabni qidirmanglar, chunki loyiq bo'lgan kuningiz Alloh Taolo mansabni ham, mashg'ullikni ham, pulni ham beradi. O'zi xohlagan kunda. O'shaning uchun shoshmaslik kerak, birodarlar. Bilasizlarmi? Baxt nima desa, tire, rozilik deyiladi. O, saodat darslarida o'tganmiz. Baxt rozilik. Hayotidan, kunidan rozi bo'lgan insongina baxtli bo'ladi.

Allohga bo'lgan ishonching sening iymoningni belgisidir. Allohga bo'sgan ishonching seni iymoningni belgilisidir. Iymon bilan ishonch bir biriga bog'liq narsa bo'ladi. Imoningiz ziyoda bo'lgan sari, imoningiz kuchaygani sari, ishonchingiz ham kuchayib boradi.

Shuning uchun bitta problemaga kirib qolsangiz aytingki, parvardigor, shu kunni menga taqdir qilibsan, roziman. Ishimni o'zingga topshirdim. O'zimni senga topshirdim. Rahmatingga ishondim. Seni hikmatingga ishontdim. Adolatingga ishontim. Qalbimdagi niyatlarimni ham bilib turishingga ishonaman. Shunday qilib, Allohga o'zingni topshirasan.

Taslim bo'lish. Mana biz tafvizni gaplashdik. Tafviz nima? Allohga topshirish hamma yo'g'ini. Endi taslim. Sabablarni hammasini zo'r qilib bajarding, Allohga topshirding, endi natijani kutish kerak. Endi nima bo'larkan? Natijadan avval qilinadigan ish, sabablar, keyin tafriz.

Natija ma'lum bo'lgandan keyingi amalchi, endi taslim. Ikkisi ham zarur. Ikkisi ham muhim. Natijadan avval sabablarni qilamiz, Allohga topshiramiz. Endi natija bo'lgandan keyin qanaqa bo'lsa ham nima bo'lamiz? Xo'p deb taslim bo'lamiz. Tafvizingiz ham, Allohga topshirishingiz ham ishonch bilan bo'lishi kerak. Taslim bo'lishingiz ham ishonch bo'lishi keraksiz. Tafviz va taslim tavakkulning asosi. Tavakkal Allohga deysiz a? Nima degani? Ishimni Allohga topshirdim, keyin nima bo'lsa roziman degani.

Tavakkul. Allohni rejasi va hikmatiga to'liq ishongan holda hamma narsani uni o'ziga topshirish. Tavakkal, sabablarni zo'r qilib bajarib, keyin ishlarning natijasini g'am qilmaslik. Nimaga o'xshaydi? Baliq tutgani borganmisiz qarmog' bilan?

Va katta baliq tutib kelaman. Bugun zo'r tutib kelaman, bir paqir bali tutib kelaman, bola chaqam bilan yeyman deb yaxshi niyat bilan chiqdingiz. Qalmoqdagi aslini oldingiz. Ilonchilig'ni oldingiz, ko'kruzni oldingiz, xamirni oldingiz, yana nima ilinadi, baliq chiqishi uchun? Hammasini oldingiz. Paqirni oldingiz. Ildiz boyagi ilonchiligingizni ignaga solib, tashladingiz. Endi buyog'i tavakkal.

Chiqsa ham alhamdulillah robbil alamin, chiqmasa ham. Yo tashlab qo'yib siqilasizmi? Yo'q. Tavakkal shu g'am qilmaslik. Astaydu billah. Voyoquluna to otun fayida barozu mina indika bayyata toifatu minhum g'oyrulla di taqul. Va allohu yaktu bu man yubayyutun, fa ari tham xum va tavakkal alalloh va kafa billahi vakiyla. Ular itoat etamiz deydilar u, huzuringizdan chiqqanlardan keyin esa, ulardan bir toifasi siz aytgan gaplarning aksiga xufiyona til biriktiradilar. Alloh esa ularning xufiyona kelishuvlarini yozib qo'yur. Bas, siz ulardan yuzaga urib, Allohga tavakkal qiling. Allohning o'zi yetarli vakildir.

Shuning uchun aytamiz da biz. Ya robbiy, ida kunta mayifa mana alay. Parvardigor, agar sen men bilan birga bo'lsang, kimni kuchi yetadi menga? Agar sen men bilgan birga bo'lseng, kim menga yomonlik qila oladi? Voyda kun taalay faman mayi. Agar menga qarshi bo'lsang chi, kimni menga foydasi tegadi? Kimni menga yordami tegadi?

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam mana hijrat qilganlarida, bilasizlar, savr g'origa borib o'tirdilar. Madina shimolda, rasulullohim makkadan chiqib, shimolga yurmasdan janubga yurdilar. Toki sabablarni qildilar. Juda ko'p sabablarni qildilar. Xabarni maxfiy qildilar. O'rniga alimni abituriyentni yotqizib ketdilar. Abubakarni uyiga borganda yuzini to'sib bordi birov ko'rib qolmasin deb. Shimolga yurishni o'rniga janubga yurdilar. Ana shu tuyalarni izini yopish uchun qo'ylarni haydab ketishdi. Qarang, o'ndan ortiqroq sababini qildi Rasululloh. Lekin bu sabablarni bittasi ham foyda bermadi. Abu Bakr Siddiq bilan Payg'ambarimiz g'orda shuncha sabablarni qilib o'tirsa ham, Qurayishning izquvarlari ana shu izlarni eplab topib, g'orni oldiga borishdi. Ko'ryapsizmi? Sabab hech narsa emas ekanmi? Bitta emas, o'nga yaqin sabab qilindi. Bittasi ham foyda qilmadimi?

G'or ichida o'tirishar ekan, mushriylarni oyog'ini Abu Bakr Siddiqi ko'rib turar edi. Shunda yig'iladi. Nabi sollallohu alayhi vasallam, ey ababakir, nimaga yig'layapsiz? Yo Rasululloh, hozir engishib, shunday g'orning ichiga qarashsa, ko'rib qolishar edi. Xavotir oldi, qo'rqdi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqiqiy ishonch egasi bo'lgan, Robbisining qo'llashiga ishonchi komil bo'lgan inson, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, ma zonnuka ya Abu Bakr bi isnayn allohu salisi huma. E Abu Bakr, uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanday gumondasiz?

Biz o'zimizga tegishli hamma sababni qildik. Allohga tavakkal qildik. Allohni biz bilan qo'rqmang deyapti. Tamom. Birontasi engishib qarab qo'ymadi. O'shangacha chiqqan odamlar engishib qarib qo'ymadi, chunki Alloh xohlamagan edi da ularni engishchiligini. Ana Allohga bo'lgan ishonch. Voman yattaqill la hayaj al lahum maxrojam. Kim taqvo qilsa, Alloh unga maxrojni, muammodan chiqib ketadigan yo'lni ko'rsatadi, orqasidan voy arzu quhum min hayf to'la yaxtasib. Va kutmagan joyidan rizqini beradi. Va man yata vakkal ala Alloh fahva hasbuhu. Kim Allohga tavakkal qilsa, suyansa, Alloh o'zi kifoya qiladi.

Mana shu oyat siz bilan bo'lsa tamomiy xotirjam qilishi kerak. Ayniqsa manaqa rizq masalasida. Nima bo'larkin? Yerni qimmatlaganini qara, uchastkalarni. Nahnavoni ko'tarilaykanini qara. Bunaqa qilib bir qachon to'y qilib, qachon bolalaringga uy joy qilarkinman? Belingizni sindirib yuboradi, mana shu o'ylar. Lekin nooyatga bo'lgan ishonch qani?

Kim taqvo qilsa, Alloh unga mushkuladan chiqadigan yo'lni ko'rsatadi va kutmagan joydan rizqini beradi. Kim Allohga tavakkal qilsa, bu odamni hisobi Allohnin qo'lida. Allohga tavakkal qilib qo'yasiz. Ey Abu Bakr, uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanday gumondasiz?

Allohga tavakkal qilgan el na talqonni va na qalqonni g'amir yer. Akam mayda bolalik, mayli akam qolaversin eshikda. Men bolalarim mayda, deb chap kvartiraga chiqib ketgan uka. Qaranglarda, agar Alloh uchun tashlab chiqib ketgan bo'lsa, Alloh shu ukaga zo'r yuborgan. Yo akaga, qaysinisi tashlab chiqqan bo'lsa, faqat bitta shart. Alloh uchun toshagan bo'lsin. Ishonch bormi, yo'qmi?

O'sha Allohga bo'lgan ishonchi yo'q, iymonsiz kofirlar ishdan haydalib ketmaslik uchun, shefni ko'nglini ovlash uchun lyuboy ishga tayyor. Ya'ni bu ish bo'lmasa ko'chada qoladi da. Lekin qani Allohga bo'lgan ishonch? Mo'min nima deydi? Shef deydi. Olsangiz, meni unaqa qilib, unijod qilib, xohlamang meni. Meni rizqim otamni qo'lida ham emas, enamni qo'liga ham emas. Rizqim Allohni qo'lida olsangiz ishingizni olasiz deb turib, nabarot, ti uvolen degan gapni, kayfni unga bermaydi da, kayfni o'ziga olib qoladi. Ya uvolenayus deydi.

Akalar, buchi, aytilayotgan oyatlar, hadislar, siz bilan bizni hayotimizni tuzatish kerak. Bir eshitib mazza qilib, ko'zimizga yosh kelib, bir ko'chadagi tashvishlarni unutib, mazza qilib chiqib ketadigan gap emas bu. Buni olib chiqib hayotda tadbiq qilish kerak. Ma'qulmi? Mana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning holatini Alloh Taolo Qur'onda bayon qiladi. Astaydiviylar. Illa tan suruhu faqat nasorahullohu iz axrojahulladina kafaruthaniya thnaini idh huma fil g'or. Idyaqululi sohibihila tahzan, innallohi ma'na. Agar sizlar unga, ya'ni Muhammad alayhissalomga yordam qilmasanglar, Allohni o'zi yordam qilur. Uni kofirlar ikki kishining biri bo'lgan holida Makkadan haydab chiqarganlarida Alloh o'zi yordom berdi ku. Unga Alloh yordam berdi ku. O'shanda ikkovlon g'orda bo'lgan paytlarida hamrohiga g'amgin bo'lma. Shubhasiz Alloh biz bilan birgadir der ekan, Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va uni sizlar ko'rmagan lashkar, ya'ni farishtalar bilan qo'llab quvvatladi hamda kofir bo'lgan kimsalarning so'zlarini tuban qilib qo'ydi, Allohning so'zigina yuksak so'zdir.

Alloh qudratli, hikmatlidir. Sabablarni zo'r qildilar. Allohga tavakkal qildilar, g'orga kirib o'tirdilar. Uyog'i kimning ishi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisiga quloq tutamiz. Indamil zofil yaqiniy an turdi inna asa bez sohatinglar.

Allohning noroziligiga sabab bo'ladigan amal bilan odamlarni xursand qilishga urinish ishonchning zaifligidandir. Diqqat qilinglar. Allohning noroziligiga sabab bo'ladigan amallar bilan odamlarni xursand qilishga urinish ishonchning zaifligidandir. Va antahmada hum ala risqillahi ta'ala. Allohni rizqini bandalardan deb bilib, ularga shukur qilish ham ishonchning za ifligidandir.

Vo antazumma hum ala ma'lam yu'ti kalloh. Senga bermagan narsasi uchun bandalarni ayblashing ham ishonchning zaifligidandir. Innna rizqa allohi la yajur ruhu ilayki xayr suxarisin va la yarud duhu karohiyatu karihin. Albatta, Allohning beradigan rizqini xaristning, xaristligi tezlashtira olmaydi. Yomon ko'ruvchining yomon ko'rishi ham uni qaytara olmaydi.

Alloh yozgan bo'lsa butun dunyo qarshi bo'lsa ham keladi shu narsa. Endi Alloh sizga kelishini yozmagan bo'lsa, butun dunyo shuni qilib beramiz senga deb tursa ham kelmaydi. Bu ishonch deyiladi bu. Albatta Alloh o'zining hikmati, buyukligi sababli xotirjamlik va xursandchilikni rozilik va ishonchga joylab qo'ydi. G'am qayg'uni esa shak shubha va norozilikka joylab qo'ydi.

Diqqat qilinglar. Albatta Alloh Taolo o'zining hikmati va buyukligi sababli xotirjamlik va xursandchilikni rozilik va ishonchga joylab qo'ydi. G'am qayguni, shak shubhani esa norozilikka joylag' qo'ydi. G'am tashvish, shubha bo'lib yotibdimi? Buni sababi ishonchning zaifligi.

Endi kishi hayotidan rozimi? Xursand yashayaptimi? Demak, buni ishonchi o'zini o'rnida. Agar Allohni rahmati haqida shakka borsang, ustingda hamma qayg'u jamlanadi. Agar Allohning adolati rahmati haqidagi shakka borsang, ishonching bo'lmasa, ustingda hamma g'am qayg'u jamlanadi.

Adolat haqida shubhaim bo'lsa, hikmat haqida shubhang bo'lsa, qudrati, ilmi atosi haqida shubham bo'lsa. Demak, ishonch, Allohga bo'lgan ishonch, seni saodatli hayotingni kafolati bo'ladi. Aqulu qol deya ha da, vositel firullohi alayhi va alakum. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish