MMaviza
As siqoTekshirilgan28 daq

99-QISM / AS SIQO (6/6) NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
27:32
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalama ala ashrafil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma allinlama yonfauna, vamfa'anabiy ma'allam tanavuzi idna ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon vorzuqun attiba'a va arenal baotila baotilan vorzuqun najidinaba. Vaja anna mimay yesta me'un al qovli fa yetti biun a husana. Vodixinna bi rohmatika fii ibodika solihain. Ammabard, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Fiqh, ishonch martabasi.

Ulamolar ana shu ishonch martabasini uch ko'rinishi, uch darajasi borligini aytishadi. Birinchisi, tafviz. Allohga ishlarni topshirish. Ikkinchisi, allohning taqdiriga, qazosiga taslim bo'lish. Uchinchisi, tavakkal qilish. Alloh azza va jala Qur'oni Karimda siz bilan bizga Muso alayhissalomning xabarini berdi. Bolasini Fir'avnning askarlari qatl qilishidan qo'rqib turganida, Alloh Taolo aytadi: va avhayna ila ummi Muso an ardeai. Agar qo'rqsang, nimadan? Bolangni topib, shu Fir'avnning askarlari o'ldirishigidan qo'rqsin, uni emizgin, daryoga solib oqizgin, qo'rqmagin, biz senga uni qaytarib beramiz va payg'ambarlardan qilamiz.

Agar hozirgi kunda yashayotgan ayollardan milliontasini yig'ib turib, mana shunday desangiz, hech qachon gapingizga quloq solmaydi. Haqiqatdan inson daxli qabul qilmaydi bu narsani, qanday qilib? Bolamni o'lib qolishidan qo'rqsam, suvga solib oqizib yuborishim kerakmi? Nil u. Lekin Alloh Taolo Musoning onasiga shunday ishonchni qalbiga joylab qo'ydiki, solib oqizdi.

Biz Alloh Taologa bo'lgan mana shu ishonch haqida gaplashyapmiz. Payg'ambarimiz aytyaptilar, kim Alloh uchun bir narsani tark qilsa, Alloh unga u tark qilgan narsasidan ko'ra afzalrog'ini beradi deyapti. Bunga ishongan odam tark qila oladi bir narsani. Allohni yo'lida qilgan ehsoniylar xuddi yerga tushgan bir dona bug'doyni doniga o'xshaydi deydi Alloh. Bug'doy yerga tushadi, bir dona bug'doydan yetti dona boshoq chiqadi, har bitta boshoqida yuz tadan dom bor deydi. Payg'ambarimizning hadislarida aytilyapti, Allohni yo'lida bir narsa berilsa, Alloh o'n barobar qilib qaytaradi. Mana shu narsaga bo'lgan ishonchimiz zaifligidan siz bilan bizni hozirgi kundagi ahvolimizni ko'rib turibsizlar.

Oriflar aytadi, olimlar uch xil bo'ladi. Shariat olimi, tariqat olimi, haqiqat olimi. Shariat olimi. Buni ishi nima? Shariat olimi shar'iy hukmlarni bilish. Buni hukmi bunday, unisiniki bunday. Mana bu halol, mana bu harom, mana bu sunnat, mana bu mustahab. Namozni qaysi vaqtda o'qish kerak? Rukuda qanday qilish kerak? Qachon ro'zani vaqti keladi? Qachon og'iz ochish kerak? Zakotni qanday berasiz? Hajdek qanday bajarasiz? Bu fixiy masalalarni siz bilan bizga o'rgatadigan olim, bu shariat olimi deyiladi. Tariqat olimi. Tariqat oli shariat olimidan ko'ra yuqoriroq bo'ladi.

Tariqa olim aytadiki, ko'zingni haromdan tiy, topishing haloldan bo'lsin, zikr qilib yur, g'aflatda bo'lma, Alloh'dan uzilib qolma. Bu tariqat oli. Ramazon ro'zasi haqida. Mana shariat olimi nima deydi? Ramazon kirganda tutish kerak ro'zani. Og'izni yopish kerak falon vaqtgacha. Og'izni ochish kerak falon voqtgacha. Mana bu narsani yesa ro'zasi ochilib ketadi, mana bu narsani qilsa ro'zasi achilmaydi. Demak, ro'zaning fiqhini o'rgatadi.

Endi tariqat olimichi? Ramazon ro'zasi senga foyda berish uchun qiyomil la ilnomasiga kel. Ko'proq zikr qil, ko'proq tilovat qil, sadaqalarni ko'paytir, e'tikof o'tir deydi. Endi haqiqat olimi. O'zi yaqin yaqingacha tariqat, shariat haqiqat desa, bu narsalardan bexabarligimiz uchun darrov bid'at bu, bu xurofot bu, bunga qarshi nima qilish kerak?

Odatda inson o'zi bilmagan narsaga dushmanlik qiladi da. Odatda inson o'sha bilmagan narsiga dushmanlik qilib. Ya'ni tanimagan, bilmagan narsasiga insonni tabiatida qarshilik qilishlik bor. Shuning uchun tasavvuf, tariqat, haqiqat degan so'zlar bizni qulog'imizga yangi eshitilyapti ko'pchiligimizni, darrov buni inkor qilib yuborgani shoshmay turaylik. Ayniqsa har xil bir fikrlar bilan chalg'ib qolgan ukalarimiz, shoshmay turinglar. Isming nima desa, meni ismim Alloh berdi deyman deb, mendaqa sekin gapirar ekan.

Meni ismim Alloh deguncha tap etib peshonasini otib yuborgan ekan. Nimaga Alloh deysan deb. Ha u berdisini aytib yuboradi. Ma'qulmi? Haqiqat olimi. Endi haqiqat olomi shariat olimidan ham yuqoriroq bo'ladi, tariqat olimidan ham balandroq bo'ladi. Haqiqat olimi seni Alloh sari yetaklaydi. Allohga yetishliginga yordam beradi.

Allohni mavjudligi bu birodarlar shubhasiz, unga bo'ladigan itoat ham oddiy. Allohni borligiga, komil zot ekanligiga ishondik. Endi manhajini ham bilding. Fiqh ilmini o'rgandik, shariatni o'rgandek, amal qildik. Endi nima qoldi bizga? Bizga Allohga qarab yurish va yetish qoldi.

Masalan, sizga bitta bir tabibni ko'rsatib turib, ma'novi odam joni yadagi ustozlardan bittasi dedi. Demak, tabib ekan, universitetda domla ekan. Bo'ldi. Bu haqidagi ma'lumotingiz, ma'rifatingiz aniq bo'ldi. Yuz marta ko'rishasiz, assalomu alaykum deysiz. Siz uchun bir muallim, bir tabib xolos. Endi, bu odamning qadr qiymatini bilishligi uchun, haqiqiy qadr qiytishini bilishingiz uchun, uni leksiyalarga kirib o'tirishingiz kerak. Bitta, ikkita, o'ttizta, yuzta leksiyasida o'tirdingiz. Uni ilm saviyasini ko'rdingiz, ilmiy darajasini tushundingiz. Ilm maydonidagi qadri qiymatini bildingiz, yuzta leksiya dan keyin. Keyin aytasizki, bu odam tengsiz olim. O'zini sohasida bunga teng keladigan yo'q bu atrofda. Dunyoda to'rtta olim bo'lsa, o'shalardan bittasi shu deysiz. Boshida bitta muallim i tabib degandiz a? Siz uchun qadr unchalik baland emas edi. Ammo uni yaqinrog'idan tanib, leksiyalarda o'tirib, kimligini bilganingizdan keyin, keyin asl qadrni, qadr qiymatini bildingiz.

Demak, uning boyagi profess, boyagi olimning, tabibning, ilm majlislarida o'tirgan odam bilan o'tirmagan odam o'rtasida farq bo'ladi. Uni biror marta leksiyasida o'tirmagan odam bir kunda o'n marta salomlashaveradi. Lekin bu bilan uning ma'rifati ziyoda bo'lib qolmaydi. Ammo qatnashsangiz, yaqindan tanisangiz, oldiga borsangiz, unga qarab yursangiz, sizni ko'zingizda bu olimning qadr qiymati yuksalib boraveradi.

Demak, bu olimning qadr qiymati unga yaqin bo'lgan, unga yaqin kelganlarga ma'lum bo'ladi. Endi siz bilan biz Allohni chinakamiga suyishligimiz, yaxshi ko'rishligimiz uchun, bizni Alloh tomonga yetalaydigan olimga muhtojmiz. Bu haqiqat olimi bo'ladi. Qarang da. Bir odamni qadr qiymati kimlarni orasida turganiga qarab belgilanadi.

Qaytaramiz. Bir odamning qadr qiymati qayerda va kimlarni orasida turganiga qarab belgilanadi. Mana shu biz aytayotgan olim, dunyodagi to'rtta olimni bittasi. Avtobusga chiqsak, biz tanimaymiz da. Ha, bitta odam deymiz, o'tiraveramiz. E'tibor bermaymiz. Yana bitta misol. Yarim litrlik oddiy suv butulkaga quyilgan. Necha pul magazinda?

O'ttiz so'm. Aeroportga kirib olsangiz chi? Ellik so'm. Pasport kontroldan o'tganingizdan keyinchi, yuz so'm. O'zi bitta suv. Nima uchun bir joyda o'ttiz so'm, bir joyda ellik so'm, bir joyida yuz so'm bo'lib ketdi? Qayerda turganiga qarab. Demak, bir odamning qadr qiymati uning qayerda turganligi va kimlarni orasida turganligiga bog'liq.

Demak, shariat olimi sizga fiqhni o'rgatadi. Tariqat olimi sizni tarbiyalaydi. Haqiqat olimi sizni Alloh tomonga yetaylaydi. Bu yerdagi eng muhim narsa, Allohni borligiga iymon keltirib qo'yishni o'zi emas. Bu yerdagi eng muhim narsa, Allohga iymon keltirganidan keyin, Alloh tarafiga qarab yurish, unga yetish, u haqidagi ma'rifatingni o'stirish, ziyoda qilish, unga yaqin bo'lishga doimiy harakat qilish, unga yaqin bo'lib, halovatni totib ko'rishlik. Uni roziligiga yetishlikka harakat qilishlik.

Demak, seni Alloh tarafga yetaklab olib boradigan, Allohni topishingga yordam beradigan olim haqiqat olimi deyiladi. Shariat hukmlarini mukammal bilgan odam, mana shariat olimi dedik. Ibodatlaringizni to'g'ri bo'lishini sizga o'rgata oladi. Endi, tariqat olimi bo'lishdan avval, bu olim avval shariat olimi bo'lishi kerak. Shuning uchun falonchi pir ekan, borib qo'lini olib kelaylik, falonchi anaqa ekan, avval qaraylik, u tariqatda pirmanda ekan, ustoz menda ekan odam, shariat ilmini biladimi?

Shuning uchun tariqat olimi bo'lishdan avval, kishi shariat olimi bo'lishi kerak. Toki halol nima, harom nima bilsin, farz nima, mubohnimi bilsin. Shayton mana shunaqa qilib, sen Allohga yetishib qolding, namoz o'qimasang bo'laveradi degan vosva sanab kelmasin. Kishi tariqat olimi bo'lishdan avval shariat olimi bo'lishligi kerak.

Endi haqiqat olimi bo'shush uchun esa, kishi ham shariat, ham tariqat olima bo'lishi kerak. Imom G'azzoliyni kitoblarini o'qisangiz, Imom G'azzoliy ham o'zining ishini avvalida mana shu tasavvuf egalarini, sofiylarning ishiga ozgina bir salbiy qaragan. Lekin o'zi mana shu tasavvuf bilan shug'ullanganidan keyin, tasavvuf ahillari bilan o'tirishlik vojib degan. Chunki sizni nafsingizni, ruhingizni tarbiyasi bilan shug'ulanadigan odamlar.

Agar aytish mumkin bo'lsa, shariat dinni sementdan bo'lgan fundamenti. Tariqat uni otdelkasi, kiyimi. Haqiqat dinning asli, asosi ruhi. Agar insonni jasadiga o'xshatsangiz, shariat insonni jasadi, tariqat uning libosi, haqiqat uning ruhi.

Tushunyapsizmi? Ana shu oxiriga, biz aytayotgan haqiqat degan narsa bizga hali yetmaganligimiz uchun namozlarimizni eslaymiz. Namozlarimizda nechanchi zakatiga esimizdan chiqib qoladi. O'shaning uchun masjidga borishlikka yalqovmiz, chunki nimami yo'q? Ruh yo'q, hayot yo'q. O'shaning uchunga ko'zimizga yosh kelmaydi. Qo'lingga katta uyda bir plan i chetyoj berildi. Mukammal qilib chizilgan. Hamma narsasi hisob kitob qilib qo'ygan. Qancha sement ketadi, temir ketadi, material ketadi. Go'zal. Hamma yog'i zo'r. Lekin bu hali uy emas da.

Uy emas da hali bu. Qaysinisi yaxshi? Senga mana shu uyni proekti, chet el shu hisob kitobi berilgani yaxshimi yoki tayyor uymi? Tayyor uy yaxshida. Ana shu tayyor uyga olib boradigan odam haqiqat olimi deyiladi. Muhammad said ramazon botiydan mana shu tasavvuf suhbatlaridan so'ralyapti. Biz borib qo'lini ushlashlikka arziydigan bir pir bormi hozir deydi. Tasavvuf tillaridan, tariqat shayxlaridan deganida, men hali ko'rmadim deydi. Agar ko'rsam, borib qo'lini olardim deydi.

Muallim bilan murabbiyni farqi bor. Muallim doska yozib chizib, tushuntirib qo'yadi sizga. Bo'ldi, keyin ketadi uyga. Siz o'zingiz bilan o'zingiz qolasiz. Ono halol, mana onxonamda o'rgatib qo'yadida domla, bo'ldi. Keyin ko'chada o'zingiz bilganingizni qilib yurasiz. Murabbiychi? Bu siz bilan doim birla. Sizni tarbiya qiladi. Olim darsni o'tadi, tamom, uni darsini kim tushundi, kim tushunmadi. Murabbiy bo'lsa, ana shu o'zining talabasini, toqatini biladi, iqtidorini biladi, sabrini biladi, tushunmagan narsasini tushuntiradi, birla yurib, yonida tarbiyalaydi.

Murabbiy o'rgatadi, aytgan narsasiga o'zi amal qilib, hayotida ko'rsatib beradi. Mana shu odam murabbiy bo'ladi. O'tirib olib bolangizga nasihat qilib qolasiz. Unday bo'lishi kerak, manday bo'lishi kelik. Unday qilma, bunday qil, bunday qilsang yaxshi bo'ladi, bunday qilsa yomon bo'ladi. Bu muallimlik bu. Yaxshi. Lekin chiqib turib sigaret chekasiz o'zingiz, pff qilib.

O'zingiz savdoda yolg'on gapirasiz. Siz muallimsiz xolos. Nima emassiz? Murabbiy emassiz. Juda ham bir murabbiylarga muhtojimizda hozirgi davrdagi odamlarchi. Xulosa. Taslim nima? Taslim Allohga bo'lgan ishonchning samarasi. Allohga bo'lgan ishonchning mevasi taslim bo'layotganingizda ko'rinadi. Taslim ilohiy xabarga teskari bo'lgan har qanday shubhadan xalos bo'lish. Ilohiy xabarda aytilgan narsaga, qaysi gap teskari kelsa, mana shu shubhali narsalardan xolos bo'lish. Masalan, Alloh Taolo aytyapti, biz odamni ikki qo'limiz bilan yaratdik. Odamni men yaratdim deyapti Alloh. Desa, bu yoqda aytyaptiki, ilmliylar maymundan yaralgan deyapti.

Ikkilanadi. Qaysinisi to'g'ri ekan? Alloh yaratganmikin odamni yo maymundan yaralganmikin? Ikkilanayotgan bo'lsa, demak bu odamda taslim yo'q. Aytdik ku, taslim Allohga bo'lgan ishonchni samarasi. Allohni so'ziga qaysi gap teskari kelsa, o'sha teskari kelgan gapni noto'g'ri deyishligingiz.

Siz tushunasizmi, tushunmaysizmi, yoqadimi, yoqmaydimi, siz aytishingiz kerak. Men tushunmayapman buni hikmatini, lekin bu Allohni amri bo'larkan, mana shu eng to'g'ri yo'l deyish kerak. Mana shu taslim bo'ladi. O'n yashar o'g'lingizga aytyapsiz, o'g'lim, mana shu do'kanni o'ttiz yil burun falonchi hoji akadan sotib olganmiz dedingiz.

O'n yoshar o'g'limizga o'ttiz yili burun sotib olganmisiz desangiz, yo'q, dada, adashyapsiz. Siz bu do'konni u hoji akadan emas, falonchi odamdan olgansiz, desa. O'g'lim, sen tug'ilishingdan u yigirma yil buni sotib olgan bo'lsam, qayoqdan bilasan sen men kimdan olganligimni deysizmi? Xuddi shunga o'xshagandek Alloh men dunyoni yaratganman, olamni paydo qilganman desa, kecha chiqqan odamlar nima deyapti? O'z o'zidan paydo bo'lgan desa. Alloh Taolo aytadi, astayrbiylar, ma ashxad tuhim xolqas samavati val ardavala xolqam fuzihim. Men ularni osmonlar va yerni yaratishiga ham va na o'zlarini yaratilishiga ham guvoh qilgan emasman.

Qur'onda, hadisda mana bunday bo'lib paydo bo'lgan olam desa, bu yerda aytyapti yo'q, bu noto'g'ri desa, ikkilanyapsizmi? Demak, taslim yo'q sizda. Men ularni osmonlar va yerni yaratishga va na o'zlarini yaratishga guvoh qilgan emasman. Inson maymundan ham yaralmagan, dunyo o'z o'zidan ham paydo bo'lib qolmagan. Agar sen Allohni so'zida shubha qilayotgan bo'lsang, demak senda taslim yo'q. Taslim yo'qligini sababi, ishonching yo'q.

Demak Allohning amriga taslim bo'lishligini to'sadigan birinchi narsa, ishonchni yo'qligi. Va Allohning so'ziga taslim bo'lishdan to'sadigan ikkinchi narsa, shahvat. Ko'zingni tiyib yur. Nomahramlarga qarama, desa, nima qilaylik endi deydi. Ko'zimizni yuvib olaylikmi deydi. Zamon shunaqada deydi. Buni iloji yo'q. Qayoqqa qarasak ham ayollar ochiq yuribdi. Ko'zni tiyishni iloji yo'g' deydi.

Ha, demak unda Alloh seni toqating ko'tarmaydigan narsaga buyuribdi da. La yukallifullohu nafsam illa vus axa degan oyatga ishonch qiladi. Nima degan edi Alloh? Alloh hech bir jonni uni toqati ko'tarmaydigan naso yuklamaydi, buyurmaydi. Taslim bo'lishdan to'sayotgan narsa ishonchni yo'qligi, taslim bo'lishidan to'sadigan narsa, nima bo'ldi? Shahvat bo'ldi.

Taslim bo'lmasligini sababi ikkita. Allohni xabariga bo'lgan shubha, Allohning amriga teskari bo'lgan shahvat. Demak, inson shubha va shahvat orasida bo'ladi. Mana shu ikkita kasal uni Allohga taslim bo'lishidan to'sadi. Ishonchi yo'qligi taslimdan to'sadi, ixlosga teskari bo'gan xohish iroda.

Odamlar mana shu Allohga bo'lgan ishonchi, iymoni zaifligidan, Allohni hukmiga bo'lgan taslimini nochorligidan qilayotgan amallarini ko'z ko'z qilishni xohlaydi. Bir odam hajga bormoqchi bo'lib, qo'lida katta puli bor, bir ishonchli odam bo'lsa, shunga omonat qo'yib ketardim deb turib, qayerdan istadi? Endi namozxonlar bo'ladi da, ishonchli odammlar da, masjidga keldi.

Namoz o'qiyotganlar da qarab, ko'rgandi, bitta odamni namozi judayam yoqdi. Nihoyatda bir hushu bilan o'qiyapti, rukulari ham o'rnida, qiyomlari ham, sajdalari ham, xullas hamma yog'i o'rnida. Shu odam taqvoliy odam bo'lsa kerak, ishonchli odam bo'lmasa kerak dedi da. Haligi odamni oldiga kelib, sizni namozingizni ko'rdim, judayam yoqti menga namozingiz, judayam bir chiroyli o'qidingiz. Men hajga ketayotgan edim. Mana bu qo'limda katta bir mablag' bor edi. Omonat qilib qo'yib ketsam sizga yaxshi bo'lardi dedi. Namozxon nima dedi, u namozxon? Bugun yana men ro'zayam tutib oluvdim, dedi. Ko'z ko'z qilishdi, a? Aytdi, ana shu shu ro'zadorligingiz yoqmadi menga, dedi. Yo bermasdan ketdi. Mana shunday bir ixlosi yo'q odamlar bor. Dinni tijorat qilib olgan. Dinni ortidan dunyoni maqsad qiladi. Lekin Allohni bandalari ixlosli bo'ladi. Ular din orqasidan dunyoni maqsad qilishmaydi. Mana shu dinni orqasidan dunyonni maqsad qilar ekanligi taslimning yo'qligi bo'ladi.

Allohni kitobida kelgan haqiqatga teskari bo'lgan falsafa, o'y fikrlardan qutulsang, agar mana shu illatlardan qutulsang. Demak sen sog'lom qalb egasi bo'lasan. Garchi Qur'onda, hadisda aytilgan narsani qila olmayotgan bo'lsang ham. Qaytarib aytamiz, birodarlar, biz bandamiz, ojizmiz, zaifmiz. Kitob va sunnat bizdan talab qilayotgan ishlarda qila olmayotgan bo'lishimiz mumkin. Lekin qila olmayotganbo'lsak ham ishonchimiz komil bo'lsin. Qur'on va hadisda aytilingan narsa haq. Ikkilanmaslik kerak.

Zolimlarning oqibati voy deyildi. Mazlum bilan Alloh turadi dedi. Mana shu so'zlarga bo'lgan ishonchingiz ikkilanmasligingiz kerak. Agar shu ikkilanish bo'lmasa, sizni qalbingiz sog'lom qalb bo'ladi. Yavmalay yonfa u ma'lum vala banun, illa man atalloha biqolbin salim. Qiyomat kunida bizga mana shu dunyoda to'plab yurgan bolamiz, chaqamiz foyda bermaydi. Agar pokiza qalb bilan borsak, shu qalbimiz bizga foyda beradi. Endi u qalb pokiza bo'lish uchun shubha qilmaslik kerak ekan. Nimada? Allohni bergan xabarlaridan. Alloh taolo aytadi, u kunda qaysi kunda?

Qiyomat kunida. U kunda na molu davlat va na bola chaqa foyda bermas, magar Alloh huzuriga toza qalb bilan kelgan kishilargagina foyda beraver. Ikkilanmasligimiz kerak. Shubha qilmasligimiz kerak Alloh taoloning so'zlarida, Payg'ambarning so'zlarida. Agar mana shunday bo'lsak, inshaalloh Allohni fazli bilan najotga erishamiz.

Taslim bo'lish. Allohning hukmiga taslim bo'lish siddiqlik martabasiga olib chiqadi. Siddiqlik martabbasi bu nubovot martabasidan keyingi martaba. Bu martabaga kim yetgan edi? Abu Bakr Siddiq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bir so'zini tasdiqlagan va ikkilanmasdan ishongan. Baytul Maqdisga bir kechada borib keldim dedilar. Mana isrof va meros kechasidagi qissaga qaytsak.

Qanday qilib? Kechqurun Makkada edi. Ertalab Makkada turib aytyaptilarki, bugun kechasi Baytul Maqdisga borib keldim deganida, qurish, mana Muhammad yolg'on gapirdi, yolg'onini ushadi dedi. Hatto ba'zi bir iymoni zaifroq mo'minlar ham shubhalanib qolishdi, qanday qilib. Lekin Abu Bakr Siddiqni bu gap aytilganida, shu so'zni Rasululloh aytibdimi rostdan? Ha, aytibdi deganida, unda rost aytibdilar dedilar. Payg'ambarimizni oldiga kelib, yo Rasululloh, bugun kechasi Baytulmaqtizga borib keldingizmi? Ha, dedi. Sadoqatda, dedi. To'g'ri aytdingiz, deganida Payg'ambarimiz shu yerda aytdilar va anta ya Abobakr as Siddiq, dedilar. Ya'ni meni har bitta aytgan gapimni tasdiqlaydigan siz Siddiqsiz, dedi. Oddiy odam bolasi, Payg'ambar bo'lmagan oddiy odam bolasini yetishi mumkin bo'lgan maqomning eng martabasi Siddiqlik martabasi. Abu Bakr Siddiq mana shu martabaga yetdi nima bilan? Qalbida zarracha ham shubhasi yo'qligi bilan.

Albatta bu yer Allohnik, o'zini bandalariga meros qilib beradi dedi. Albatta men va mening bandalarim, Payg'ambalarim g'olib bo'ladi dedi. Bu ummat o'zini asli ulug'ligiga, majlisligiga qaytadi dedi. Ikkilanmasligimiz kerak. Oho, qiyin, qiyin. Hozir pul ham bor, kopirlarni qo'lida, qurol ham bo'ladi qo'lida. Qachon ham musulmonlar.

Demak senda ishonch yo'q. Seni qalbingda salomatlik yo'q. Qalbingda illat bor. Allohga taslim bo'lsang, Allohga taslimbo'lsang, ishingni unga topshirasan, unga. Tavakkal qilasan, shak shubhang yo'q, harom shahvat yo'q, kitobi sunnatga teskari zid o'lchov tushunchalar, prinsiplar yo'q. Mana shulardan omon bo'lsang, sen taslim martabasdasan. Taslim, uning asosi ishonch. Ishonchning asosi esa Allohni tanish. Ma'rifatulloh. Ma'rifatulla, hamma yaxshilik ana shunda.

Bir odam vafot etdi. Johillikni ko'ring. Odamlar ana shu o'lgan odamning ahliga ta'ziya bildirgani kelib turishibdi. Endi boyagi o'tgan odamni kasi alamda turib, dinni so'kishni boshladi. Nimaga akam o'ladi? Nimaga akam o'sha? Bundan ko'ra qarilar yuribdi yu. Nimaga meni akam o'lardi? Yoshidi yu meni akam. Nimaga taslim bo'lmayapti? Chunki Allohga bo'lgan ishonchi yo'q. Agar bu odam ilm majlisiga kelganida, Allohni taniganida, ajaldi nimaligini bilib olar edi. O'limdan keyin insonni nimalar kutib turishligini bilib olar eda. Ammo ilm majlisga kelmagan, johil, johillida ham eng xunuk ko'rinishida, nimaga deydi, akam o'ladi, deydi.

Bir ota ayol o'ldi, ellik yoshlik. Johilligidan aytadiki, nimaga deydi, xotinimiz hay sanga kirgan opasi terib turadi yu, meni xotinim o'ladi deydi. Shuning uchun insonning aqli pishgan sari, iymoni kuchayib boradi, so'zi kamayadi, sukutni lozim tutadi. Har bir holat uchun Alloh Taologa hamdisona aytadi.

Ishonch manzilating uchta ko'rinishi. Tafviz, Allohni Allohga topshirish ishini. Taslim, bo'yin sinish va tavakkur qilish. Va man yatavakkal alallohi fahva hasbuhu. Kim Allohga tavakkul qilsa, bu odamning ishi Alloh qo'lida. Alloh azza va jalla o'zi yaxshi ko'rgan bandalarga ato qilgan ishonch martabasiga yetishligimizga hammamizga tavfiq bergan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish