Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammobad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Nafsni poklash darslaridan birodarlar Al Wajd martabasini o'qiyotgan edik, davom etamiz. O'tgan darsimizda sahobalarni ko'rsatgan qahramonliklari, buyuk ishlari haqida suhbat qildik. Davom etamiz. Ana shu Al Wajd qalbida saodat shu'urlarini his qilishligi, ularni mana shunday insonni aqli bovor qilmaydigan darajada ulug' ishlarni qilishlikka turtki bo'ldi, quvvat bo'ldi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Nabi sallallohu alayhi vasallam musulmon qo'shini qurollantirishlik uchun info qilinglar deganlarida, uydagi hamma boyligini olib kelib o'rtaga qo'ydi. Shunda payg'ambarimiz, ey abubakir, oilangizga ham bir narsani qoldirib keldingizmi? Degan edi ha. Bundan yaxshirog'ini qoldirib keltim. Nimani qoldirdingiz? Alloh va rasulini roziligini qoldiribkeldim uyimga. Ya'ni hamma narsasini ko'tarib kelib tashlashlikka nima majbur qildi?
Ana shu qalbidagi alvajdi, saodat shu'ri, saodat hissi. Suhaybi Rumiy. Bu kishi Makkaga kelgan kelgindi edi. Rasulullohning sahobalari Madinaga hijrat qilishni boshlaganlarida, bu kishi ham hijrat qildi. Makkaga kelganida quruq kelgan edi. Hech narsasi yo'q edi. Lekin shu yerda yashab, mol u davlat orttirib, boy badavlat bo'ldi. Hijrat qilib chiqib ketayotganida, Qoraish mushiriylari yo'lni to'sib olishdi. Sen bu yerga kelganingda hech narsasiz kelgan eding. Endi boy badavlat bo'lib chiqib ketasanmi? Seni hech qayoqqa qo'yib yubormaymiz. Seni hibs qilamiz. Shunda Suhayb roziyallohu anhu ana shu Makkadagi hamma boyligini berishligi, va shuni evaziga qo'yib yuborishligini ulardan talab qildi. Ular ko'nishdi. Falon joyda deb aytdi, borib, o'shada ekanligini bilishganidan keyin qo'yib yo'qolishdi.
Boru burdini berib, hijrat qilib ketyapti. Nima majbur qildi u kishini bu ulug' ishni qilishlikka? Ana shu biz aytayotgan qalbidagi saodat hissi. Madinai Munavvaraga shunday qilib kelganidan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hali u kishi nima bo'lganligini aytib bergani yo'q. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga mana shunday bir karomat qilib, mo'jiza qilib aytib berdilar. Aytdilarki, robbi halbay o'ya Abu Yahyo, ey Abu Yahyo, savdo foydali bo'ldi. Savdo foydalibo'ldi dedilar. Hamma narsasidan voz kechishligi juda oson bo'lyapti. Nima uchun? Qalbida boyagi biz aytayotgan saodat shu'ri bor. Agar iymon insonni qalbini egallasa, chinakamiga, agar inson iymon halovatini totib ko'radigan bo'lsa, uni mazzasini nimaligini tushunsa, dunyoni hamma zebi ziynatidan osonlik bilan voz kecha oladi.
Aytyapmiz ku, mansabdor odam lekin shu ishlayotgan ishini ko'p qismi Alloh norozi bo'ladigan ishlar bilan bo'lganligi uchun, mansabidan ketishi kerak bo'lganda, agar iymonni mazasini totib ko'rgan bo'lsa, shart tashlab ketadi. Vaholanki, bu o'rinda egashtirishlik uchun qancha xaridor turibdi, har qancha sarf qaracha bo'lsa qilaman deb shu kursini egallayman deb turibdi. Ammo bu odam osonlik bilan voz kechyapti. Nima uchun? Qalbida ana shu saodat shu'ri bor. Alloh Taolo aytadi, varobatina ala qulubiyin. Biz ularning dillarini quvvatlantirdik.
Ya'ni, ularni qalbiga muhabbat o'rnatib qo'ydi. Ularni qalbiga haqiqatni o'rnatib qo'ydi. Ularda qalbiga sakinatni joylab qo'ydi, shuning uchun ular mana shunday ulug' amalni qilishlikka qodir bo'lishdi. Agar sahobalarning hayotini o'qiydigan bo'lsak, ha, bular ham odam bolasi bo'lganmi deb yuborasiz. Ha, ular ham odam bolasi. Lekin hamma odamlardaqa emas da.
Ularni boshqalardan ajratib turgan narsa nima edi? Alloh ularning qalblariga o'ziga bo'lgan muhabbatni joylab qo'ygan edi. Qalbida saodat shuuri bor edi. Iymon halovatini, haqiqat nurini, xotirjamligini ato qilib qo'yganida. Mana ana shu kaf surasidagi yigitlarning hissasiga qaytadigan bo'lsak, bu yigitlar saroydagi zodagonlarning farzandlari edi. Hayoti judayam bir havas qilinadigan, to'kin sochin, kayf safo, huzur halovatdagi hayot edi. Lekin ular mana shunday bir huzur halovatlik, mo'l ko'l hayotini tark qilib, sovuq, zax bo'lgan g'orga chiqib ketishlikni afzal deb bilishdi.
Astaydu billa. Varobatina ala qulubihim inqomu faqolu robbuna robbus samavati val ardu lannado omin donixi ila hanlaqodi qullai dan shatoto. Biz, deydi Alloh Taolo. Ularning dillarini, iymonlarini quvvatlantirdik. O'shanda ular zolim podshoh qarshisida turib dedilar. Bizning Parvardigorimiz osmonlar va yerning Parvardigoridir. Bizlar undan o'zga biron ilohga har yuz iltijo qilmaymiz. Aks holda nohaq so'zni aytgan bo'lurmiz.
Mana, g'or egalari, as qobil kaf. Ana shu qalbidagi saodat shu'ri bor. Qalbida sekinot xotirjamlik bor. O'shaning uchun huzur xolovatdan shunday voz kechib, chiqib g'orga kirishib olyapti. Alloh Taolo ularga karomatni berdi, uch yuz to'qqiz yil uxlashdi. Uch asrdan keyin, to'rtinchi asrga borib uyg'onishdi.
Shuning uchun qalbingizda Allohga bo'lgan muhabbat birinchi o'rinda tursa muhabbat. Allohni rozi qilaman degan bitta g'amingiz bo'ladigan bo'lsa, Alloh sizga ham karomatni beradi. Boshqalar qo'rqib turganda siz qo'rqmaysiz. Boshqalar siqilib turganda xotirjam bo'lasiz. Boshqlar yeta olmay turganda Alloh sizni yetkazib qo'yadi. Bu karomat deyiladi.
Oriflardan biri aytganidek, agar podshohlar bizni holatimizni qanaqa ekanligini bilishganida edi, ana shu ahvol, ana shu holatni, huzulni tortib olish uchun biz bilan jang qilishgan bo'lardi deydi. U sakinat, u halovat faqat mo'minni qalbida bo'ladi. Allohni tanigan, Allohga muhabbati bor mo'minni qarbida.
Alloh sendan rozi ekanligini his qilishing. Alloh mendan rozi bo'lyapti degan narsani his qilishing. Bu shunaqa bir huzur halovatki, buni so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi. Mana shu his, saodat hissi, al vajid. Har qanaqa mashaqqatni ko'tarishlikka sabab bo'ladi. Toatlarga sabr qiladi, shahvatlarni yengishlikka sabr qiladi. Saratonda ro'za tutamiz. Mashaqqat a? Mana o'shani his qilganmiz biz ham. Mashaqqat, chanqaganmiz, o'n to'rt soat, o'n olti soat ro'za tutamiz. Lekin ana shu chanqog'ingiz, ana shu qiynalayotganligingizdan Alloh rozi bo'layotganligini his qilasiz da, bu mashaqqatmas huzur halovat bo'ladimi?
Aytdik ku, alvajit nima desa, qalbda o'z o'zidan bir paydo bo'lib, bir ketib qoladigan narsa. O'sha vajit qalbimizda paydo bo'lganda ko'zimizga yosh keladi. Safarda yurgan yosh yigit bo'ydoq. Qarshisida bir ayol avratlari ochiq, o'zini unga ko'z ko'z qilib turibdi. Faxshga chaqirib turibdi. Ha bu bolada ham, bu yigitda ham ayollarga bo'lgan rag'bat bor. Ammo uni ana shu zinoga yurishidan nima to'syapti? Nimaga teskari qarab olishlikka quvvat yetyapti? Chunki bu yigitda iymon degan, iymon halovati degan quvvat bor. Uni totib ko'rgan. Agar unga qarasa, ana shu zinoga bir qadam qo'ysa, mana shu halovatni yo'qolib qolishini biladi.
U halovatdan ajralishinglar xohlamaydi, shuning uchun teskari qaraydi. Sa'din Abu Yoqqos roziyallohu anhu. U kishi iymonga kelganida, onasi qarshilik qilib turadi. Sa'd roziyallohu anhu onasiga juda ham mehribon, yaxshi farzand bo'ladi. Onasi ultimatum qo'yadi.
Yo Muhammadga kofir bo'lasan, dinidan qaytasan, yo men ovqat yemay qo'yaman, suv ichmay qo'yaman. Ochimdan, chanqog'imdan o'laman, sen nomusga qolasan dedi. Nima dedi sa'd roziyallohni? Ey onajon dedi. Bu hali bitta joningiz ekan dedi. Agar joningiz yuzta bo'lib, kunda bitta pitadan chiqib kelsa ham, Muhammad alayhissalomga kofir bo'lmayman men dedi. Xohlang ovqat yeng, xohlang ovqot yemang dedi.
Ularni mana shunday bir quvvatli bo'lishligiga sabab, biz aytayotgan saodat shu'ri. Bugungi mavzuyimiz al vajid. Agar qalbing Al Vajidga, saodatli shu'urlarga to'lishini xohlasang, iymon halovati nima ekanligini totib ko'rishni xohlasang, buni bir yo'li bor. O'sha yo'lni ko'rsatib beramiz. Avvalo, Allohga itoat qil.
Allohga itoati qilmagan odamni qalbida bu shu'ur bo'lmaydi. Birinchi yo'li nima ekan? Allohga itoat qilamiz. Mana shu narsani o'zi seni qalbinga saodatni olib keladi. Ana shunaqa biz ismini zikr qilgan ulug' insonlar, sahobalar, tobinglar, ulug' insonalar, ummatni ulug'lari. Alloh ularni qalbiga shu shu'urni solib qo'yganligi uchun, ana shunday bir ulug' ishlarga qodir bo'lishdi, dunyoni hashamatini tanlashmadi.
Qarang, Suhaybir Umiy necha yil yashab to'plagan moli, boyligi bo'lsa, shunday berib keta olyapti. Xotirjam. Nima quvvat berdi unga mana shu ishga? Qalbidagi saodat shu'ri. Al Vajid. Saodatli shu'rlarning martabalari.
Al Vajidning to'rtta martabasi. Mana endi bitta bittadan ko'rib chiqamiz. Birinchi marta basi. Tavajjud. O'zini o'shanday qilib ko'rsatish. O'zini ana shu saodatli shu'larni his qilayotganday qilib ko'rish. O'zi yo'q. Arab tilida mana tafovul vazni bor. Sarf fanida. Tafovul vazniga fe'l o'zida bo'lmagan sifatni, holatni bor qilib ko'rsatkich uchun kirgiziladi. Masalan, tabaki o'zini yig'ilayotgan qilib ko'rsatish. O'zi yig'lamayapti, yig'ilaykan qilib ko'rsatyapti. Demak, al wajidning birinchi martabasi tavajud. O'zida mana shu saodatli shu'urlarni bordek qilib ko'rsatkash. Asli yo'q. Bu eng zaif martaba. Ulamolar bu martaba haqida ixtilof qilishgan. Ba'zilari bunday qilish mumkin emas desa, ba'zilari mumkin deyishgan. Ba'zilari maqbul desa, ba'izilari nomaqbul degan. Endi, agar o'zingizda mana shu shu'urni bordek qilib ko'rsatishdan maqsad odamlarni maqtovi bo'lsa, bu mumkin emas.
Hal yastavillading la ya'lamuna va la dinla la ya'lamun. Bilgan zotlar bilan bilmagan kimsalar barobar bo'ladimi? Rostdan shuni his qilayotgan odam bilan hazakamdan shunaqa his qilayotganda ko'rsatgan teng bo'lmaydi da. Agar bu tavajjuddan maqsad ana shu vajidning, Al Vajidning haqiqatiga yetish bo'lsa, bu to'g'ri bo'ladi. Bu nima niyatda qilayotganingizga bog'liq.
O'zini ta'sirlangan qilib ko'rsatishi, yig'layotgandek qilib turishi, ko'zini yumib olishi, bu tavajjud deyiladi. Yana qaytaramiz. Agar bundan maqsad odamlardan maqtov eshitish bo'lsa, mumkin emas. Agar bundan mas'ul o'sha martabaga haqiqatdan yetishsin harakat qilayotgan bo'lsa, bu mumkin bo'ladi.
Misol. Umarul Xattob roziyallohu anhuning tavajjudi. Badr kunida mishriylardan asr tushdi. Va Rasululloh sahobalarga maslahat soldilar, nima qilamiz? Umariddin xattob qatl qilaylik bo'ladi hammasini dedi. Abu Bakr Siddiq: Yo'q, nima bo'lsa ham o'zimizni urug'larimiz, ulardan nima qilaylik? Jizi olib qo'yib yuboraylik, dedi. Va mana shu qarorni Rasululloh ma'qulladilar va bu qaror noto'g'ri edi.
Ertasi kuni rasulullohni oldiga umariddin xatti kelsa, rasululloh va abu bakr sidni yig'lab o'tirishibdi. O'n baribir u yerda olib qarab, nimaga yig'layapsizlar, dedi. Xabar qilinglar. Agar yig'i topsam yig'layman. Agar topa olmasam, o'zimni yig'laganga solib turaman men ham, dedi. Mana tabaki, yig'i yo'q, lekin siz yig'lagani uchun men ham yig'laganga o'xshab turaman deyapti. O'zida yo'q. Nima qiladi? Bor qilib ko'rsatadi.
Demak, bu martaba bir tomondan maqbul, ikkinchi tomondan nomaqbul. Endi Umar ul Xattobga bu ishda Rasulullohga ergashlik turibdi da. Yig'lagiz kelmasa ham, yig'lagiz yig'layotgandaqa ko'rsatayotganligi Rasulullohga ergashtirib bo'ladi. Shuning uchun Umar ul Xattobi uchun bu holat ma'qul bo'laverardi. Mana shu o'zida yo'q bo'lgan narsani bor qilib ko'rsatish deydi, bugun ko'proq gaplashamiz.
O'zi yo'q. O'zi yuragi siqilib turibdi hali mehmonni ko'rib. Qanaqa qilasiz? Karam saxovatli, mehmondo'st odamdaqa bo'lib ko'rinasiz. Rasululloh aytganlar, innomal al ilmu bitta allom va innomal hilmu bitta hallom va innomal karamu bitta karom.
O'zi asabiz taring, nervniy odamsiz. Tabiatingiz boringiz shu. Lekin diningiz sizni halim bo'lishga buyuradi. Shuning uchun o'zingizni halim qilib ko'rsatasiz. O'zi jahldorsiz. Sal narsaga asabingiz o'ladi, pelingiz tor. Lekin dada bo'lganingiz uchun, qaynota bo'lganligingiz uchun qanaqasiz? Xo'jayin bo'lganligingiz uchun majbursiz o'shanday qilib ko'rsatishga.
Ichingizda o't yonib turibdi, vulqon otilib turibdi, ammo o'zingizni bosiq qilib ko'rsatasiz. Nafsingiz qil deb turgan ishni qilmaysiz. Mana shu narsa tahallum deyiladi. Asabi taring, jahli chiqib turibdi, so'kish kelyapti, baqirgisi kelyapti, lekin o'zini bosib turibdi. Mana shu tahallum. O'zida yo'q, lekin bor qilib ko'rsatish.
Halim qilib ko'rsatkichlik. Lekin, sekin sekin, asta sekinlik bilan, asta astalik bilan mana shu taxallumni o'zingizni shunaqa bir halim qilib ko'rsatishligini davom ettirib boraverasiz, davom ettirib boroverasiz, sekin sekinlik bilan bu holat sizni tabiatingizga aylanib qoladi da, halimlik sizni asl tabiatingiz bo'lib qoladi.
Masalan, o'zi baxilsiz, mumseysiz, hech ham pul bergingiz kelmaydi. Hamma tashlaganda tashlaysiz. Bergingiz kelmay turganda berasiz, sekin sekinlik bilan berib, berib berib turib berishlik tabiatingizga aylanib qoladi. Shu etapdan o'tgan odamlar o'tiribdi ichimizda. Bir paytlar o'lganday qurum sog' edi. Lekin vaqt o'tib, qo'li ochiq, saxiy odam bo'lib ketdi. Muhimi o'sha tomonga qarab qadam bossin.
Avvaliga iskusstvenniy, sun'iy halimlik bo'ladi, keyin bu tabiatingizga aylanib ketadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu narsani o'rgatib, mana hadisda aytdik. Innomal hilm u bitta hallum. Halim bo'lishlik asta sekin halim bo'lishligi bilan bo'ladi. Innomal karom u bitta takarrum. Albatta saxovatli bo'lish, a takarrum, asta sekinlik saxiy bo'lishligi bilan bo'ladi, ozgina ozgilardan sekin sekinlik bilan.
Uzoq yerdan uyingizga mehmon keldi. Birinchidan. Mehmon kutmayotgandingiz. Ikkinchidan, kapam mezbonlikka xushingiz yo'q. Tabiatingizda yo'q. Suyormaysiz bu ishni. Lekin nima qilasiz? Iloji yo'q, eshik tagida turibdi da. Kutib olasiz, ziyofat qilib berasiz. Bir marta majbur qilasiz o'zingizni, ikki marta majbur qilsangiz, sekin sekinlik bilan shu narsa tabiatingizga aylanib qoladi.
Tavajjud. O'zida u his bo'lmasa ham, bordek qilib ko'rsatishlik keyinchalik al wajidni keltirib chiqaradi. O'zingizni mana shunday qilib ko'rsatshingiz riyo uchun, summa uchun bo'lsa mumkin emas. Agar haqiqiy al wajid martabasiga yetish uchun bo'lsak, bu maqbul bo'lgan amal bo'ladi. Demak, al wajidning birinchi martabasi nima oldi? Tavajjud. O'zida yo'q narsani ham bordek qilib ko'tarishlik.
Ikkinchi martabasi, al mawajid. Saodat, halovat. Qur'on tilovat qilib, qalbingizda saodatni his qilasiz. Zikr qilib, rohatlanasiz. Sajdada chin qalbdan duo qilib, allohga yaqinlikni his qilas siz. Aytasizki, sajdada turib Parvardigor o'zingni saqlagin. O'zing ishini o'nglagin. O'zi to'g'ri yo'lga boshlagin. Nafsimni yengishiga o'zing yordam bergin. Parvardigor, hamma narsadan voz kechib bitta senga suyanyapman.
Haqiqiy duo bilan saodatni his qilasiz. Haqiqiy zikr bilan saodatini his qilasiz, haqiqiy tilovat bilan saodat ni his qilasiz'. Bu Al-Mavjud, toat va ibodat zikrlarning natijasi. Tevada yo'g'ini bor deb ko'rsatish bo'ldi, birinchi martabada. Ikkinchisida bu narsani his qilasiz endi. Qachon his qilasiz? Ko'p zikr aytsangiz.
Ko'p namoz o'qisangiz, ko'p tilovat qilsangiz, ikkinchi martaba al mavajid qilayotgan toat ibodatlaringlarni natijasi bo'ladi. Uchinchisi, al vajid. Al vajid qalb amallarining samarasidir. Qanaqa bo'ladi u? Alloh uchun yaxshi ko'rib, Alloh uchun yomon ko'rsangiz, Alloh uchun berib, Alloh uchun man qilsangiz, siz iymon halovatini totibsiz.
Qalbni amallari bor. Alloh Taolo marhamat qiladi. Astaydu billah, qodi afla halmu minu taqiq, mo'minlar najotga yetishdi. Qaysi mo'minlar? Alloh Taolo oyatda ularni sifatini bayon qiladi. Alladinahum fiy solatihim hoshiun va alladinahum anil lag'viy muridun. Qaysi mo'minlarni natijasiga yetdi? Ular namozlarida qo'rquv, umid bilan bo'yin eguvchi kishilardir. Ular behuda, foydasi, so'z va amallardan yuz o'giruvchi kishilarda.
Qarang, namozida qo'rquv bilan turadi. Bema'ni, lag'ib bo'lgan so'zlardan, amallardan o'zlarini tiyadi. Dunyodan yuzaga kirib, oxiratga iqbol qiladi. Mana shu amal qalb amali deyiladi. Qalb amali to'g'ri bo'lsa, insonni qalbida al wajid martabasi paydo bo'ladi. Haqiqatdan o'zini saodatli his qiladi. Alhamdulillah, herobbila alamin deydi. Ey, yigitlar! Ertalab turib, mana shu shuurni his qilishingiz keraksiz.
Chunki uyg'ondingiz, tiriksiz, uje yutuq. Aql hushsiz o'zingizga keldi, yutuq. Taningiz sog', yutuq. Yurtingiz tinch, yutuq, boshingizda tomingiz bor, yutuq! Bir kunlik ovqatingiz bor. Siz eng baxtli odamsiz.
Nabi sollallohu alayhi vasallam aytganlar. Man batin minkum aminam fi serbihiy, muaffofiy badanihi va inda huquq ta yovmixiy, ka'nama hizzatlahut dunya. Mana shu narsa hammamizda bor. Kim o'zini to'shagida xotirjam tong ottirsa, demak, uyi bor, tinchligi bor yurtidan. Muaffofiy badanixiy, tanasi sog'lom bo'lsa, va indahu quta yalmihi. O'sha kunga yetadigan ovqati bo'lsa, eng boy odam shu, eng baxtli odam shu deb Rasululloh aytyaptilar.
Bormi shu narsa bizda? Biz ertalab uyg'oniblar o'zimizda mana shu alivach saodat hissini topishimiz kerak. Biz baxtli odamlarmiz. Kimda mana bu uchta narsa bor bo'lsa, taqiq iymon halovatini topibdi. Birinchisi, Alloh va rasuli u uchun hamma narsadan sevimli bo'lsa. Ikkinchisi, bir kishini yaxshi ko'rsa, faqat Alloh uchun yaxshi ko'lsa. Uchinchisi, Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin, yana kufrga qaytishlikni, o'tga tushlikni yomon ko'rganday yomon ko'rsa. Mana shu odam iymonni halovatini totibdi.
To'rtinchisi, al vujud. Topishlik. Birinchisi tavojud, mavojid, al vajd, al vujud. Allohni topishlik, Allohga yetishlik. Allohni ko'rib turgandek, unga ibodat qilishlik. Har bir narsada Allohni ko'rish. Har bir narsani orasida Allohni ko'rinish. Har bir narni ustida Allohni ko'renish. Har bitta maxluqni qo'li Allohning qo'li ostida ekanligini ko'rish.
Televizorni qo'yasizlar. Tabiat manzaralari. Ayniydaka ko'ryapsiz. Dengiz ostidagi hayvonlar, baliqlar, ko'katlar, qushlarni ko'rsatganda har bitta narsani ko'rganingizda Allohni ko'rasiz shu yerda. Ma'qulmi? Ertalab turasiz bomdodda, qushlar chirik chirik qilib rosa sayrayapti. Kimdir qushlarni sayrayotganini eshitadi. Kimdir Alloh Taoloning. Nomini ulug'lab aytilayotgan tasbehni eshitadi.
Kimdir katta shosharani oldiga boradi da, suvni shovqinini eshitadi. Endi kimdir Alloh Taologa tasbeh aytayotgan suvni ovozini eshitadi. Kimidir o'zini birga kirgan bolasini shunday qo'liga oladi da, bolasini ko'radi. A kimdir Alloh Taoloning qudratini ko'radi? Har bir maxluqni ustida, oldida, orqasida, orasida Alloh Taoloni ko'rishlik. Qayerda bo'lsa ham Alloh siz bilan birga ekanligini ko'rishligingiz. Qayoqqa yurmang Allohga duch kelishingizni ko'rishligiz. Mana shu tavofning oxiri. Mana shu finish.
Shu joyga yetib kelgan bo'lsangiz, sizda al wajid degan his shuur bor. Birinchisi attavajid o'zida mana shu shu'urlarni his qilgandek qilib ko'rsatish, saodatli qilib ko'rsatish. O'zi yo'q. Ikkinchisi, almavajid, saodatli shu'urlar, saodat, halovat. Bu toat, ibodat va zikrlarning natijasi.
Uchinchisi, alvajid, qalb amallarining samarasi. Ollohni muhabbatini qalbing bilan his qilishi. Al vujud to'rtinchisi, topishlik, allohga yetishlik. Allohni ko'rib turgandek ibodat qilishing unga. Endi allohni garchi ko'ra olmasang ham, u seni ko'rib turibdi.
Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum, va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakati.