MMaviza
As siqoTekshirilgan22 daq

92-QISM (missing from flat-playlist)

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
22:08
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Xo'p, bismillahir rohmana rohim. Nafsni poklash, tazkiyatun nafs darslaridan birodarlar al wajd martabasini o'qiyotgan edik. Bugun to'rtinchi darsimiz. Arximet hammomga kirib, ana shu hovuzdagi suvga kaftini shunday bosganida, hovuzni suvi uni kaftini yuqoriga qaytardi.

Shunda eurika deb qichqirib yubordi. Ya'ni topdim dedi. O'ylanib yurgan masalasini javobini topdi. Bu narsani izlab, qidirib, mashaqqat chekib yurgan inson, o'sha mashaqqatini, mushkulasini, yechimini topganda, o'sha evrika deydi da, mana keldi deydi, topdim deydi. Bir odam yigirma, o'ttiz yillab darsxonaga boradi. Ilm talabida yuradi. Vaqtini sarflaydi, kuchini sarflaydi. Pulini sarflaydi! El yurti xizmatini qiladi, duo oladi, kitob o'qiydi, tilovat qiladi, imtihon qilinadi. Xullas, ilm talabida ancha mehnat mashaqqat chekadi. Endi, agar mana shu yigirma yillik, o'ttiz yillik mehnat, ilm mehnatidan keyin mana shu mashaqqatni yo'lini oxirida Allohni topgan bo'lsa, bu odam hamma narsani topibdi. Chunki ana shu ilm o'qishlikda maqsad Allohni topishidir. Allohni tanishida va Allohga yaqin bo'lishlik bilan saodat shu o'rinda his qilishida. Alvaj martabasiga yetishligida.

Shuning uchun yo'lini oxirida Allohni topsa, bu odam hamma narsaga ega bo'ladi. Chunki duoda aytilganidek, ey robbim, seni topgan odam nimani yo'qotibdi? Seni topmagan odam nimani topibdi? Al wajd martabasidagi eng oliy nuqta al vujud. Al wajd bu saodatli shu'urlar. Insonni saodatli qiladigan his tuyg'ular va shu'urlar al wajd martabasi deyiladi.

Allohni topishlik. Har bitta narsada Allohni ko'rishingiz, Allohga yaqin his qilishingiz o'zingizni. Va Allohni sizga ham yaqin ekanligini his qilishingiz. Atrofda bo'layotgan voqea hodisalarni orqasida Alloh Taoloning qudratini ko'rishligingiz. Alloh xohlagandan qiladigan zot ekanligini ko'rishingiz. Hikmat egasi ekanligini bilishingiz.

Qarasangiz, bir odamga berdi dunyoni matohidan. Bittasiga bermadi. Bittasini aziz qildi. Bittasini xor qildi. Bittasiga ikrom ko'rsatdi, ikkinchisiga yo'q. Hamma ishni Alloh Taoloni o'ziga qaytishini topdingiz. Allohni iznisiz biror narsa bo'lmasligini tushundingiz. Allohni topdingiz. Siz hamma narsani topdingiz.

Va ilayhi yur jaul amru kulluhu, fa'buduhu va tavakkal alih. Qarang, oyatni go'zalligini. Va ilayhi yur jaul amru kulluhu. Fa'buduhu va tavakkal alih. Unga tavakkal qiling, ibodat qiling. Deyishdan avval, bizni qalbimizni xotirjam qilib aytyaptiki, ey banda, ilayhi yurjaul amru kulluh. Hamma ish Allohga qaytadi.

Shuni bil, shuni tushun, shuni top. Undan keyin ibodatingni qil, tavakkal qil, g'am qilma deyapti. Robbimiz bizni xotirjam qilib qo'yib turib, keyin ibodat qil deyapti. Shuni tushundingiz. Endi dunyodagi eng boy, eng baxtli, xotirjam odam siz bo'lasiz. Chunki hamma ishni orqasida Alloh turar ekan.

Hamma ishni ustida Allohni qo'li turar ekan. Allohning iznisiz hech narsa bo'lmas ekan. Shuni tushuningiz. Siz eng baxtli odamsiz. Chunki o't kuydirmadi Ibrohim alayhissalomni. Alloh xohlamadi. Pichoq kesmadi Ismoil alayhissalomning bo'g'zini. Chunki Alloh xohlamadida. Suv cho'ktirmadi Yunus alayhissalomdan. Chunki Allohni bo'ladi. Kim aytgani bo'lar ekan? Kim aytgani bor ekan? Shuni tushundingizmi?

Bilgin keldilar Rasululloh, butun ummat. Senga yomonlik qilamiz deb jamlanib turgan bo'lsa, Alloh yozganidan ortiqcha zarar yetkaza olmaydi. Shuni tushundingizmi? Kimdan qo'rqasiz? Agar butun ummat senga yaxshilik qilamiz deb ham jamlanib turgani bo'lsa,alloh yozganidan oshiqcha foydani berisha olmaydi. Qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurigan. Ekanini bilsangiz, sizdan xotirjam, sizdan jur'atli, sizdan saodatli odam bo'lmaydi. Agar siz al vajd martabasiga yetgan bo'lsangiz, sizni saodatli qiladigan shu'rlar, hislarini topgan bo'lsangz, Allohni tanigan bo'lsangiz. Allohni har bitta ishini orqasida hikmat borligini bilasiz. Bitta bola otasini olib chiqib uryapti ko'chadan. Odamlar tushunmayapti. Nimaga uradi? Siz bilasiz hikmatini. Chunki bu otani o'zini bir qilgan ishi borki, bolasi uryapti. Nima uchun falonchi otasini izzat ikrom qilib boshiga qo'yib yuribdi?

Uni ham bilasiz. Chunki bu ota o'zini otasini davrida hurmat izzatini joyiga qo'ygan edi. Nimaga mana bu odamda baraka bor? Nimaga mana bu odamsda baraka yo'q? Buni ham tushunasiz. Chunki siz Allohni tanidingiz, Allohni topdingiz. Aytyapmiz ku, yigirma yil, o'ttiz yil ilm yo'lida yurib, shu yo'lini oxirida Allohda tanigan odam dunyoda hamma narsani qo'lga kiritdi. Allohni tanigan, Allohni topgan odam hayotga qarashi o'zgaradi. O'lchov tushunchasi tuzaladi. Nima yaxshi yu, nima yomonligini Allohni shariat bilan belgilaydigan bo'ladi. Haqiqiy foyda nima? Haqiqiy zarar nima ekanligini aniq biladi. Chunki Allohni topdi.

Shuning uchun birodarlar, biz kitob o'qirkanmiz, domlalarni oldida ilm o'qirkanimiz, ma'ruzalar eshitarkanmiz, mana shu ishimizni oxirida Allohni topishimiz kerak. Al Vajid, saodatli shu'urlar. Mana shu martabaga qanday yetamiz? Mana to'rt dars gaplashyapmiz. Xo'p, qanaqa qilib erishamiz?

Ulamolar aytishadiki, Al Vajidning uchta eshigi bor. Ko'rish, eshitish va tafakkur qilish. Mana shu uchta eshikdan inson Al Vajid martabasiga yetib boradi. Eshitish. Astadubillah. Vala taqfumalaysalaka bihi ilm. Inna sam avval bosar avval fuada, kunli ula aka ka'na anhu mas'ula. Ey inson, o'zing aniq bilmagan narsaga ergashma deydi Alloh Taolo. Chunki quloq, ko'z, dil, bularning barchasi to'g'risida har bir inson mas'ul bo'lur. Ya'ni qiyomat kunida eshitgan, ko'rgan, ishongan har bitta narsasi uchun inson javob beradi.

Al wajd martabasiga olib boradigan birinchi eshik, bu eshitishlik, tinglashlik. Ilm majlisiga bor, o'tirib darsni tingla, eshit, ana shu suhbatlar orqali Allohni taniysan. Allohni senga bo'lgan fazli marhamatini, karamini bilib olasan. Allohni taniganing sari, unga bo'lgan muhabbating ziyoda bo'ladi. Taqvoying ziyoda bo'lar. Taqvoying ziyoda bo'lgani sari saodatni his qilasan.

Bir biznesmen odam umrida bir katta bir kontraktni qo'lga kiritadi da, ana shu kontrakt orqali behisob katta boylikka erishadi. Va mana shu bitta kontraktni qo'llab kiritishi natijasida o'zini bolalarini ham kelajagini ta'minlab qo'yadi. Xuddi shunga o'xshagandek, agar mo'min ilm majlislariga borib, Alloh Taoloning bittagina ilhomiga ega bo'lib qolsa, ana shu ilhom uni ikki dunyosini obod bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.

Tushunarlimi? Ilm majlisiga kelamiz, besh yil, o'n yil, yigirma yil, ana shu darslarni bittasida qalbimizga Alloh Taolo bir ilhomni berib qo'ysa, shu ilhom nima qiladi bizni? Saodatli qiladi. Ehtimol, o'nta darsda kelmas u ilhom. Ehtimol ellik , yuz darsda kelar. Lekin ana shu ilhomni olganingizdan keyin, sizni hayotingiz tamomiy hayriyatda bo'ladi. Shuning uchun darslarga qatnaymiz. Turli mavzularda suhbatlar bo'ladi. Davomiy qatnaymimiz. Ana shu darslardan bittasida qalbimizga Alloh Taolo shu narsani tushirib qo'yadi. Shuning uchun ilm majlislaridan uzilib qolmaslik kerak. Alivajit martabasiga olib boradigan birinchi eshik, tinglash, eshitish.

Inson hayotda gohida bir mehnat mashaqqatga qoladi. Problema orqasidan problema, yetishmovchilik, baraka yo'q, oilaviy muammolar, siqilib ketadi inson. Nima qilishini bilmay qoladi. Tugamikin bu kunlar deydi. Yengillik bormi deydi. Nimaga ishlanishini, kimga suyanishini bilmay karaxt bo'lib qoladi.

O'zi aslida Alloh Taolo shu bandani shu musibatlar bilan sinab, balolab, o'ziga chaqirayotgan edi. O'zi bu musibatlarni kelishiga sabab bu banda Allohdan uzoq bo'lib qolgan edi. U musibatlar uni Alloh tomonga olib kelishi kerak edi. Misol, bir ayol qishki kunida o'zini yetti yilga kirgan bolasini urib, kaltaklab uyidan haydab chiqardi. Qish, sovuq.

Yetti yashar bola qayoqqa boradi? U yoqqa qaraydi, bu yoqqa qiraydi. Sovuqda o'tirib yig'laydi. Uch to'rt soat adavini yegandan keyin, sovuq, qorni och, u yoqqa qoraydi, bu yo qoraydi, kech kiryapti. Qayerga keladi yana? Kelib eshikni qoqdi. Onasi eshikni ochdi. Bola aytyapti, onajon, qayoqqa boraman deyapti. Sizdan boshqa kimim bor deyapti. Agar siz qabul qilmasangiz kim qabul qiladi? Siz kirgizmasangiz kim kirgizadi?

Ona bolasidan shuni kutayapti. Nimaga chiqardi? Onasi bolasini bag'riga bosib aytadiki, bolam deydi, o'zing majbur qilding da meni shunaqa haydab chiqarishga deydi. Ya'ni o'zing shu narsani mendan so'rab olding da. Agar itoatsizlik qilmaganingda haydab chiqaramidim dedi. Endi tushundingizmi?

Endi tushundingizmi nima uchun muammolar tugamayapti? O'sha Alloh'dan uzoq bo'lib, osiyil qilishni boshlaganingizda musibatlarni beradi, beradi, o'ziga qaytarishlik uchun. Endi tushundingiz mi? Nima uchun bu mashaqqatli kunlar keladi? Alloh, birodarlar, siz bilan bizga mehribon, ota onamizdan ko'ra mehribonroq. Siz itoatsizlik qilgandingiz, Alloh Taolo nima qildi? Ustingizga shunaqa kunlarni berib qo'ydi. Shuning uchun tavba qiling. Robbim, sendan boshqa kimim bor, kimga suyanaman, kimga ishonaman, tavba qildim deb turib, Allohni hukmiga qayting, muammolaringizni hal bo'lganini ko'ravering.

Mana shu haqiqatni tushunish uchun ham ilm majlisiga kelish kerak da. To'g'rimi? Shuning uchun ilm majlisidan o'zimizni behojat bilmasligimiz kerak. Ilm majlisiga kelganlar Allohning mehmonlari. Allohning uyiga, masjidga kelib ibodat qilayotganlar, ilm majlisiga kirib ilm o'qiyotganlar, Allohning mehmanlari. Alloh qanchalar saxovatli zot ekanligini biz tasavvur ham qila olmaymiz.

O'zi odatda mezbon mehmonni ikrom qiladimi? Siz ilm majlisiga borgan paytingizda hayot degan, vaqt degan ne'matni, shukrini ado qilgan bo'lasiz. Vaqtingizni zakotini bergan bo'lasiz, mana shu paytda Alloh Taolo sizni va oilangizni hojatida o'zi turadi.

Agar inson o'zini mana shu qimmatli vaqtidan ilm majlisida ajratmaydigan bo'lsa, diqqat. Agar inson o'zini mana shu qimmat vaqtidan bir qismini ilmga ajratmaydigan bo'lsa, Alloh bunaqa bandani vaqtini beshdan to'rt qismini befoyda narsalarga sarflatib yuborishi mumkin.

Motorist darsxonasi bor. Bugun asrda darsga borish kerak. Aytadiki, motorni yig'ishim kerak, ulgurmadim, ertamanga tayyorlab berishim kerak. Deydi da, bir soatlik vaqtdan qizg'ani, darsga bormaydi. Haqiqatdan dars uchun ajratilgan vaqtini ishiga buradi. Natija qanaqa bo'ladi? Natija qanaqo' bo'ladi? Motorda chachdi, yig'di, hamma yoqni qilib, endi yoqaman deganda qarasa, bir narsasi qolib ketib qo'ymagan.

Endi sotishga yana bir besh soat ketadi, yig'ishga yana birbesh soat ketadi. Uyqu ham ketdi. Bir soatlik vaqtini darsdan qizg'anuvdi, sakkiz soat, o'n soat, o'nta besh soat vaqti ketdi. Demak, kishi o'zini qimmat vaqtini ilmga sarflaydi. Alloh Taolo uni va oilasini xizmatida o'zi qoyim bo'ladi. Agar banda ilm majlisidan vaqtini qizg'anadigan bo'lsa, juda katta bir ehtimol bilan beshdan to'rt qismini vaqtini bema'ni narsalarga nima qildirib qo'yadi? Sarf qildirib qoyadi.

Demak, alivajit martabasiga olib boradigan birinchi eshik eshitish, tinglash. Ikkinchi eshigi ko'rish, fikr qilish. Rosa chanqab turibsiz, muzdek, bir stakan suvda oldingiz. Qarab, aqlingizni ushladi, chiroyiga, go'zalligiga. Jajjigina nabirangizni olib, yuziga qarab turibsiz. Qoyil qolasiz chiroyiga, beg'ubonligiga. Osmonni ko'rdingiz tiniqligini. Bulutni ko'rdingiz. Oy, quyoshni ko'rdingiz. Kunni, tunni ko'rding siz. Yomg'ir, shamolni ko'rdingiz, daraxtlarni ko'rdingiz. Agar aqlli, xushva ushli inson bo'ladigan bo'lsangiz, fikr qilishingiz kerak. Fikr qilmadingizmi? Demak, g'ofilsiz. Ana shu alivadjet martabasiga yetish uchun, saodatli shu'rlarni his qilishlik uchun, eshitish kerak, ko'rish kerak, tafakkur qilish kerak.

Astayu billah afalam yasiru fil ard. Fotakuna lahum qulubun ya aqilunabihah. Avadan un yasmanunabihah. Fa innahala ta'mal abzor. Valakin ta'mal qulubun latifis sudur. Qarang, Alloh Taolo insonni ko'zi emas, qalbi ko'r bo'lib qolishigini aytyapti. Mo'jiza ko'rsatmang. Nima bor mo'jiza bo'lmagan? Kunni chiqib botayotganligi mo'jiza emasmi?

Uxlab, ertaman uyg'onayotganing mo'jiza emassimi? Manday o'lik urug'ni yerga yesang, yetti yuzta bo'lib ko'payotganligi mo'min emasmi? Mo'jiza bo'magan nima bor hayotda? Sen hozir mosh mosh qilib yeyotgan olmangni yeyishdan oldin bunday qaragin da. Figurasini qara.

Vaznini qara. Rangini qara. Hidlab ko'r biror marta. Vosh vosh deb yeb qo'yavermasdan. O'sha olma o'zi mo'jiza o'ylab ko'rgin da, qayerdan chiqdi? Hozir o'lik turgan daraxtdan chiqdi shu. Daraxtni bakini chiqishligi mo'jiza emasmi? Bodom gullabdi, o'rik gullabdi, qarang gulini. Alloh aytadi, axir ular. Yer yuzida sayr qilib aylanishmaydimi? Shunda ular uchun dono dillar tinglaydigan quloqlar bo'lur edi. Zero ko'zlar ko'r bo'lmas, balki ko'kraklardagi ko'ngillar ko'r bo'lar.

Ana shu daraxtni ko'rib turib subhanalloh deb turib qalbingiz bir yashnab ketmayaptimi? Keng okeanga dengizga chiqib turib subhanalloh deyolmayapsizmi? Demak sizni ko'zingiz emas, qalbingiz ko'r ekan. Afalaya tadabbarun al quran am ala qulubin aqfa aluha. Robbimiz aytadi, axir ular Qur'on haqida fikr yuritishmaydimi? Balki dillarida qulflari bordir.

Qur'on bir ming to'rt yuz yildan beri bitta harfi o'zgarmasdan kelishligi, o'n to'rt asrdan beri dinimizni dushmanlari Qur'onni yo'q qilishga harakat qilib, hech narsani qila olmayotganligi, bizni lol qoldirish kerak emasmi? Shuni o'zi o'ylab ko'rsangiz, aqlingiz lol qolmaydimi? Astaydibillah. Avvalam yetafakkuru fiy afusihim, ma xolaqallohu s samavati val art va ma baynahu ma illa bil haq. Va ajalin musamma va innaka firun minannasi beliqoy robbihim la kafirun. Axir ular o'zlaricha Alloh osmonlar va yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq qonun va belgilangan muddat bilan yaratganini tafakkur qilib ko'rishmaydimi? Darhaqiqat, bu odamlardan ko'pchilik qayta tirilib, Parvardigorlarga ro'baro' bo'lishni inkor qiluvchidirlar. Mana Alloh Taolo fikr qilishga kelib yuryapti.

Haqni tingla. Allohni oyatlariga, mo'jizalarga nazar sol. Allohni kitobi haqida tafakkur qil. Mana shu yo'l orqali Allohni taniysan. Mana shu yo'llar orqali, albatta, saodat, shug'ullanib his qilasan. Agar Allohga muhabbatli bo'lsang, hamma narsaga ega bo'lsan. Mana odamlarni to'qson to'qqiz.to'qson to'rt foiz ko'chada bola chaqa tirikchilik deb yuribdi.

Bizni ko'chada harakatga keltirayotgan narsani asosi shu bo'lib qolgan. Alloh subhanahu va taolo hadis hududida shunday deydi: men sha'olahu zikriy ammas alatiy, a toytuhu favqu ma'o'tih as sa ilin. Kimni mening zikrim mendan hojatini so'rashlikdan mashg'ul qilsa, ya'ni bir banda Allohni zikri bilan shu darajada band, doim zikr aytib yuradiki, so'raydigan narsasi esdan chiqib qoladi.

Kimni mening zikrim, mendan hojatiniso'rashlikdan masg'ul qilsam, men u bandaga so'rovchilarga berganimdan ko'ra kattaroq, yaxshiroq narsani ato qilaman. Mana shu hadis hudusini eshitganingda qalbing titrab ketadi. Qalbingda bir saodat hislari jumbushga keladi. Keyin aytasan, ey Parvardigor, seni topgan banda nimani yo'qotibdi? Seni tanigan, seni topgan band a nimani yo'q otibdi? Endi seni tanimagan band a nimani topibdi?

Arab o'lkalardan birida bir muallima ayol o'zini shahridan bir boshqa shaharga, komandirovkaga boradigan bo'ldi. Matematika o'qituvchisi. Bu ayol ochiq sochiq, din diyonat bilan ishi yo'q. Yangi maktabga kelsa, o'zini sohasi matematikadan dars berishmadi da, tafsirdan dars beradigan o'qituvchi yo'q bo'lib qolib, tafsirdan darz berasiz dedi.

Din diyonat bilan ish yo ochiq sochiq ayol tafsirdan dars berish kerak. Endi uni mutaxassisligi emas. Nima qiladi? Majbur. Tafsir kitobini oladi, o'sha o'quvchilar kelgan temani topib o'qiydi, izlanadi, oyatlar, hijob haqidagi oyatlar edi. Allohni xohishini qarang da. Alloh shu ayolni hijobga kirishini xohlagan ekan, o'sha shaharga, komandirovkaga jo'nattirdi. Matematikadan emas, diniy ta'limdan, tafsirdan dars berishlikka majbur qilib qo'ydi. Ana shu ayol tafsirni oldi, hijob haqidagi oyatlarni o'qidi, qalbi ochildi, ta'sirlandi, shu bilan hijobga kirib oldi.

Ha, shunaqa. Agar Alloh xohlasa, bitta maqola sabab bo'lib qoladi sizni haqqa yurishingizga. Bitta ma'ruza sabab bo'lib oladi hidlatib topishingizga. O'qiysiz, eshitasiz, fikr qilasiz, natijaga erishasiz. Aquli qovli hada va astag'firullohu livalakum. Innallohu va malayka tuxi yu sonli una alannabi. Ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish