MMaviza
As siqoTekshirilgan22 daq

93-QISM (missing from flat-playlist)

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
21:56
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammobod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatu. Kechagi darsimizni oxirida matematika o'qituvchisi, ayol kishi, tafsirdan dars berishlikka to'g'ri kelib qoldi maktabida. O'zi hijob o'ramaydigan yalombosh ayol edi. Ana shu darsini o'tishlik jarayonida hijob haqidagi oyatlarni tafsirini o'qib o'rgandi, ana shu narsadan ta'sirlanib hijobga kirdi. Ha. Shunaqa bitta maqola sabab bo'lib qoladi, bitta ma'ruza sabab bo'lib oladi, insonning hidoyatiga. Bitta oyatni tafsirini eshitasiz, qalbingizdan joy oladi. Bir hadisni eshitasiz sharhini, qalbingizga mustahkam o'rnashib qoladi. Ana, umariddin xattob roziyallohu anhuni islomga kirishlik qissasiga qaramaymizmi? Singlisini uyiga kelib, singlisini va kuyovini urib pachaqlagani kelgan edi. Muhammad alayhissalomning diniga o'tganlari uchun. Lekin o'tirib, Alloh Taolo xohlagan edi, ana shu Qur'on oyatlar yozilgan sahifani oldi.

Bu Toha surasining avvalidagi oyatlarida o'qidi, ta'sirlandi, qalbi ochildi, iymonga keldi. Inson mana shunday bir uni saodatli qiladigan shu'rlarni, saodatli hislarni topishligi uchun o'qish kerak, ma'ruzalarni eshitish kerak, fikr qilish kerak va saodat degan shu'rni topish kerak.

Va natijaga erishish kerak. Endi, mana shu topgan shu'ri, agar topsa, saodatli shu'r, qalbida yo doimiy bo'ladi, yo vaqtincha bo'ladi. Yo doimiy bo'lladi, yoki vaqtincha bo'lladi. Bu nima degani? Darsga keldingiz, tingladingiz, ta'sirlandingiz, amalga kirdingiz, yuksaldingiz. Mana shu saodatli shuni topdingiz. Endi mana shu holatingizda davomiy turishligingiz sizning ulg'vorligingiz. Sizni qahramonligingiz. Ammo haq taniganidan keyin, unga amal qilgandan keyin, vaqt o'tib, yana eski holatga qaytib qolayotgan bo'lsangiz, ana shu saodatli shuurlarni yo'qotayotgan bo'lsa, bu muammo.

Hajga borib keladi, iymoni yuksaladi, boshqacha bo'lib yuradi bir oy, keyin boyagi boyxo'ja. Ramazonda taroviga keladi, xatmi Qur'onlarni eshitadi, ro'za tutadi, iymoni yuksaladi. Bir oydan keyin qarasangiz eski holat. Tushunarlimi? Qaytib sigaretni ushlamayman deb turib qasam ichgan, hajga borganda. Qaytib aroqni oldiga kelmayman deb qasam ichgan. Qaytib qimor o'ynamayman deb Allohga ahd bergan, chunki ana shu holatda hajdagi yuksak holatida saodatli shu'rlarni his qilib turib shu gapni aytdi, keyin qaytib kelib boyagi boyxo'ja bo'lib qoldi. Demak, ulug'vorlik nimada ekan? Insonning qahramonligi nimada ekan? Iymoni yuksalganidan keyin, ana shu alvajit, saodatli shuvrlarni topgandan keyin, shu holatida davomiy bo'lishligi ekan. Mo'min doim shunaqa bo'ladi. O'qiydi, zikr aytadi, Qur'on tilovat qiladi, ma'ruzalar tinglaydi, fikr qiladi, doimiy suratda o'zini ustida ishlab turganligi uchun, doimiy sur'atda yuksalib turadi.

Muqassirlar esa, o'sha bir iymonida zaif bo'lganlar, mavsumi kelganda bir yuksalib oladi, keyin pastga qarab yuradi. Iymoni zaiflar ana shunday bir yutuqqa erishganidan keyin, mana shunday ularni baxtli qiladigan hislarini, tuyg'ularini, shu'rlarini totib ko'rgandan keyin, o'zini nazorat qilmay qo'yadi, topgan narsasini yo'qotadi, yana eski ahvolga tushib qoladi. Ya'ni uni insoniyligi yengib qo'yadi. Basharligi yengib qo'shadi. Bandaligi yengib qoladi.

Qarang. Agar mana shu shu o'rni, mana shu hisni doim ushlab tursangiz, o'zingizni bashariyligingizdan, insoniyligingizdan, bandaligingizdan g'olib bo'lasiz. Sen basharsan, birodar, chunki yeging keladi, ichking keladi. Ayollarni yaxshi ko'rasan, pulni yaxshi ko'raman, mansabni yaxshi ko'tarasan, boylikni yaxshi ko'darasan, basharsan. Bu xohish shahvatlar seni tabiatingga joylab qo'yilgan.

Agar banda biz aytayotgan alwajit martabasiga yetmagan bo'lsa, uni mana shu insoniyligi, bashariyligi yengib qo'yadi. Natijada shahvatlarining quli bo'lib qoladi. Inson demak, o'sha darajaga chiqar ekan, shu holatda doimiy qolar ekan yoki pastlashib ketar ekan. Imoni baquvvat bo'lgan haqiqiy mo'minlar shu holatinda doim nazorat qilib o'zini, kitob o'qir ekan, darsga kelar ekan, ma'ruza eshitarkan, o'zini shu urovenda ushlab turar ekan. Endi imoni zaiflarchi? O'zini kontrol qilmay qo'ygandan keyin pastga tushib ketar ekan. Pastga tushib kelishligi tabiiy, chunki uni nafsi boyagi bizlatgan narsalarni hammasini yaxshi ko'radi.

Demak, inson haqni taniganidan keyin, ana shu haqda sobit tura olmasligini sababi, unda alwajid martabasini yo'qligi. Agar alwajid martabaasini, saodatiy hislar hislarini totib ko'rganida, bu eski holatiga qaytmas edi. Masalan, deylik, biz o'zimizni shahrimizda yurib, imon e'tiqodi bir o'rnida zikrini aytadi, o'zini savodatli his qilib yuradi, amallarda qoyim bo'ladi. Keyin boshqa mamlakatga ishlagani ketadi, yoki boshqa shaharga ketadi. U yerdagi ulfatlarini qarasa, ancha johil.

Shularni ichida ham yurib, o'sha amallaridan qaytmayotgan bo'lsa, biz aytgan martabiga ko'tarilibdi bu odam. Endi ularni orasiga kirgandan keyin, shularni kapasiga kirib ketsa, biz aytgan martabaga yetmabdi. Suhbatimizni mavzusi alvajit martabasi. Insonni baxtli qiladigan, insonni saodatli qiladigan hislar, shu urlar.

Eski holatga qaytib qoldimi? Demak, u biz aytgan alvajit martabbasi yetmabdi. Chunki hadisda Payg'ambarimiz aytdilar, uni Alloh kufrdan saqlaganidan keyin, kufrdan qutqargandan keyin, yana kufrga qaytib qolishlikdan qo'rqsa, xuddi o'tga tushlikdan qo'riqqanidek.

Payg'ambarim aytadilar, ta'ysa abdu dinariy va abdu dirham. Val qotiy fati val xomiy sati. In oltiga rodiya va in lam yuto lam yordo. Rasululloh aytadilar, dinor, dirham va matohlar quli bo'lgan ochiq ofat kishilar xor bo'lsin. Agar dunyo berilsa rozi bo'ladi, berilmasa rozi bo'lsin.

Ya'ni namoz o'qib ro'za tutadi, dinni mahkam o'sha yerda, ishlari tekkis bo'lsa. Agar ishlari ozgina xiralashib qolsa, o'sha johili hayotga nima qilaveradi? Qaytib olaveradi. Demak, banda shahvatlarining quli bo'ladi. Ana shu shahvatlar insonni usti hukmronlik qilishiga harakat qiladi. Agar shahvatiga qul bo'lib qolsa inson, ana shu shahvati nima desa, o'shani qiladi. Ammo. Al wajd martabasiga yetgan bo'lsangiz, shahvatlaringizni hech qachon ustingizda hokim bo'lmaydi.

Xulosa, inson o'zining bashariyligini qachon yenga olar ekan? O'zining nafsini qulligidan ozod bo'la olsa. Agar nafsini qullikidan ozod bola olsa, eng oliy martabaga erishadi. Eng oliy martaba nima? Alloh taoloning quli bo'lish. Birodalar, inson yo Allohning quli bo'ladi, yo boshqa narsalarning quli bo'ladi.

Afaroa ta man itta hada ilaha hu hava hu. O'zining havoyi nafsini deydi Alloh taolo. Iloh qilib olgan odamni ko'rmadingizmi? Qaytaraman. Alloh taolo aytyapti, afaroa ta manitta hava ilaha hu havah hu. O'zining havoyi xohishini, nafsining xohishlarini iloh qilib olgan odamni ko'rmadingizmi deyapti.

Demak, inson yo Allohni quli bo'ladi, yo havoyi xoh shahvatini quli bo'lardi. Inson bolasi yetishi mumkin bo'lgan eng oliy martaba Allohning quli bo'lish. Birodalar, bizchi xolisnimi, xolamisimi, qulmiz. Ollohni tanigan odam ham qul, Ollohni inkor qilgan odam ham qul. Obu havoda quli.

Shart sharoitni quli. Insonda nima bor? Insonda yaxshi ish qilish yoki yomon ish qilishlik ixtiyori bor xolos. Boshqa hech qanaqa ixtiyori yo'q. Inson qul. Kasallikni quli, kambag'allikni quli. Boylikni quli, qo'rquvni quli, vahimani quli. Aytdilarchi bir ozod bo'lgan joyni mutloq, bitta. Yo Allohga qul bo'lish, yo vahovoy nafsiga qul bo'lishida ixtiyori bor xolos.

Astaydu billah. Va man xola qutul jinna val insa illali abudun. Men deydi Alloh Taolo, jin va insonlarni faqat o'zimga ibodat qilishlari uchun yaratdim dedi. Agar kishi Allohni quli degan martabaga yetib olsa, shaytonga itoat qilmaydi. Havoyi nafsiga itoat qilaydi. Harom shahvatlar yo'q.

O'zini nafsi rozi bo'ladigan ishlarni qilmaydi. Nafsiga yoqmasa ham Allohni rozi qiladigan ishlarni biladi. Mana. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Toifga, Toif ahlini islomga da'vat qilish uchun bordilar. Toif ahli juda xunuk muomala qilishdi. U zotni toshbo'ron qilib haydashdi.

Qurashning saidi, Abdulmuttolidning nabirasi, As Sodiqul Amin bo'lgan, ishonchli, omonatdor bo'lgan, eng hurmatli kishini toshbo'ron qurib haydashdi. Muborak tovonlari yorildi. Mana shu o'rinda insonni nafsi, ozor chekib, ularni duoibad qilishlikka shoshiladi tilar.

Lekin Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam qanday qildilar? U zot o'zining nafsini qulay emas edilar. Balki Allohni qulay edilar. Jabrali alayhissalom kelib, yo Rasululloh, Alloh sizga salom aytdi va men bilan tog' farishtalari keldi. Agar siz xohlasangiz, mana shu shahar ahlini ikkita tog'ni o'rtasiga qorishtirib tashlaymiz dedi.

Payg'ambarimiz nima dedilar? Yo'q. Allohim mahdi qavmiy. Parvardigor, qavmimni hidoyat qil. Qarang, o'zini qavmi deyapti o'shanda ham. Chunki ular nima qilishayotganini bilishmayapti. Agar bulardan chiqmasa, shoyad ularning sulbidan Allohni yakkalaydigan insonlar chiqar.

Ana ko'ryapsizmi? Allohni quli mana shunday maqomda turadi. Nafsani quli nima qiladi? Duoibad qilib tashlaydi. Biz al vajd martabasi dey ekanda mana shu narsani xohlayapmiz. Inson uni saodatli qiladigan shu'rlarni doim topib tursin, inson o'zining shahvatlarini ustidan g'olib bo'lsin.

Mana shu o'rinda endi ulamolarni bir so'zini aytishimiz o'rinli bo'ladi. Bu maqomda odamlar uchga bo'linadi. Mutloq qul, mutloq ozod inson va ikkalasini o'rtasidagi holat. Mutloq qulkim? Allohdan uzoq, o'zining shaxvatlariga qul bo'lgan inson. U mutloq qul. U faqat shaxvatini xizmatini o'ylaydi. Hech kimga hech qanday yordamni bermaydi, agar foyda ko'rmasa. Pul olmasa, o'rnidan jilmaydi. Bunaqa inson mutloq qul bo'ladi. Menga nima deydi? Menga kerakmi deydi. Menga nima foyda bor bundan deydi. Foyda yo'qmi? Qilmaydi. Mana shu odam nafsini quli bo'ladi.

Fuzaylim niyoz aytadi, rohimahulloh, shahvatlariga bo'yin so'ngan inson uchun tavfiq eshiklari yopiladi. Nima degani bu? Faqat o'zini havoyi nafsi, shahvatlarini orqasidan yurgan odamni Alloh Taolo yaxshi, to'g'ri, xayrli narsalarga muvaffaq qilmaydi. Hech qachon yeta olmaydi bunaqa odam. Bunaqa odam uchun dunyoda faqat tushumlik bor, yomonlik bor. Oxiratda bo'lsa jahannam bor.

Qatoda radiyallohu anhu aytadi. Alloh Taolo maloyikalarga shahvatsiz aqlni berdi. Maloyikalarda shahvat yo'q. Faqat aql bor. Hayvonlarga shahvatni berdi, aqlsiz. Hayvonlarda faqat xohish istagi bor, aql yo'q. Endi insonga esa aqlni ham, shahvatni ham ato qildi. Endi qaysi bir odamning aqli shahvatini yengsa, bas u malakalar bilan birga bo'ladi.

Endi kimni shahvati aqlini yengib qo'ysa, bas bu odam hayvonlar bilan birga bo'lladi. Inson shahvatlaridan ozod bo'lgan bo'lsa, shunda u mutloq ozod bo'lladi. O'zining shahvatlarini yengan odam haqiqiy ozod inson bo'ladi. Endi savol.

Inson bir vaqtni o'zida ham qul, ham ozod bo'lishi mumkinmi? Insonni hayotida qullik bilan ozodlik birlashadimi? Savol tushundinglar a? Ham qul, ham og'zod bo'ladimi bir vaqtni uzida? Ha, bo'ladi. Haqiqiy ozod inson o'zini qalbini bu dunyoning matohiga qul bo'lishdan qutqarib, robbil alaminning quli bo'lishiga erishadi. Shu bilan uning shaxsiyatida qullik va ozodlik birlashadi.

Dunyoni matohiga bo'lgan qullikdan ozod, lekin Allohga qul. Tushunarli bo'ldimi? Allohga qul, dunyo matohidan, shahvatlaridan ozod. Allohga haqiqiy qul bo'lgani uchun, bu dunyoni matohidan ozod bo'ladi. Bu dunyoni matoxidan ozod bo'llagani uchun Allohga qul bo'ladi. Demak, doim yuksalib boradi. Mana shunday umumiy doim yuksalab boradi. Allohni unga ko'rsatgan marhamatlariga nazar solganida, uni baloga uchraganlar qatorida qilib qo'ymaganiga shukur keltiradi.

Balo egalari kim? Dunyoda yashab turib balo ahllari deb kim aytamiz? Bu shunaqa odamlarki, o'zlarining havoyi nafsiga qul bo'lgan odamlar. Agar bizdan balo ahllari kim deb so'raydigan bo'lsa, shunday javob berishimiz kerak. Hayotni o'zi balo. Val asr innal insan alafi husr.

Asrga qasam, albatta inson ziyondadir. Ya'ni baloga kirdi. Dunyoga kirishi bilan uje baloga kirdi. Shu balodan faqatgina iymoni bo'lsa, solih amali bo'lsa, bir birini haqqa chaqirsa va sabr qilsagina bu balodan omon bo'ladi. O'shaning uchun aytyapmiz, dunyoni o'zi balo.

Dunyoni hamma yog'i tashvish, mashaqqat, qo'rquv, xavotir. Endi haqiqiy balo egalari kim? Ollohni tanimaganlar. O'ylamanglar. Qo'lida milliardlagan dollar bo'lsa, tani sog' bo'lsa, dunyoviy maishati zo'r bo'lsa, buni hayoti zo'r demang. Agar Allohni tanimagan bo'lsa.

Astadibilla, va man a rodan vikri, fa innalahum maishatam donka. Alloh Taolo aytyapti, kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, nimadan? Dindan yuz o'girsa, bas, albatta uning uchun tang baxtsiz hayot bo'lur. Allohni tanimagan, Alloga qullik qilmagan odam dunyodagi eng baxtsiz odam. Milliardni bo'lsa ham, trillionni bo'lsa hamm. Bunaqa odamlar otday sog'lom bo'lishi mumkin. Bironta kasalni hidi ham bo'lmasligi mumkin. Obro'si, daromadi katta bo'lishi mumkin, mansabi. Lekin Allohdan g'ofil bo'lganligi uchun bu odamlar baxtsiz deyiladi. Endi siz bilan biz Allohdan g'opil emasmizmi? Demak, o'z o'zidan siz bilan biz eng baxtli odamlarmiz. Shuni his qilamizmi, yo'qmi?

Tarixda o'qisangiz, ne ne jahongirlar, ne ne sultonlar, podshohlar kelib ketdi. Ana shu taxtga, mansabga, boylikka, saltanatga erishish uchun qanaqa xiyonatlarga, qanaqa bir gunohlarga, harom ishlarga qo'l urishmadi. Kimisidir mana shu bir harom yo'llari bilan yetdi, kimisidir yetmadi. Lekin hammasi ketdi.

Endi siz o'zingizni baxtli his qiling. Nima uchun? Shunaqa harom ishlariga Alloh Taolo sizni burib qo'ymadi. Birovni o'ldirmadingiz. Birovni ustidan tuhmat qilmadingiz, birovni molini tortib yubormadingiz. Siz ham ellik yildan keyin, yuz yildan keyin yo'q bo'lasiz. Ular ana shu mansabga kelguncha nima ishlarga qo'l urganligini o'zlari biladi va Robbilari biladi.

Ertaga qiyomat bo'lganda, ana shu mansab, ana shu dunyo qo'lingizda bo'lmaganiga hamdlar aytasiz. Shuni hozir his qiling. Allohdan bizlarni ana o'sha unga muhabbat qiladigan va iymon lazzatini totadiganlar qatorga kirishini so'raymiz. Lekin bu darajaga yetish uchun katta mehnat qilish kerak.

Sabr qilish kerak, nafs bilan jihod qilishlik kerak. Astadibillah, valladiyna jaha dofiyna la nahdiyannahum subulana va innalloh alama al muhsini. Bizning yo'limizda jihod qilgan, kurashgan zotlarni, albatta o'z yo'llarimizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Allohi chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir.

Eng katta jihod, inson o'zining nafsi bilan qiladigan jihoda. Al wajd martabasini o'qidik. Al wajd bu saodatli shu'urlar. Din deganda biz nimani tushunamiz? Aqida, ibodat, axloq, muomala, farz, harom. Lekin haqiqiy din deganda biz yana shu'urlarni ham tushunishimiz kerak. Mo'min banda his qiladigan, uni saodatli qiladigan shu'urlar, hislar, tuyg'ular. Bandani Allohni roziligiga qarab yurib borishligida mana shu shu'ur hislarning o'rni juda ham katta.

Mana shu shu'urlar iymon yo'lidagi motorga o'xshaydi. Motor baquvvat bo'lsa, mashina har qancha yukni mashaqqat qilamasdan sudrab keta oladi. Agar mana shu shu'uralar motor bo'lib turgan shu'uralar zaiflashadigan bo'lsa, susayib ketsa, inson mana shu saodatni his qilmay qo'ysa, qilayotgan amallari faqatgina shakli bo'lib qoladi.

Din faqatgina ma'lumot bo'lib qolad. Fikr bo'lib qoladi, munosha bo'lib qolad. Agar bu holatda dinni ushlaydigan bo'lsangiz, sizni din ma'lolantiradi. Din odamlarni qiynaydigan quruq amallarni o'zi bo'lib qol. Ana shu shu'urlari, hislari bandani Alloh sari yetaklaydi.

Alloh aziz va jallodan siz bilan bizni ham mana shu alivachit martabasiga yetishimizga muvaffaq qilishligini so'raymiz. Aqulu qovli ha da va astag'firulloh alayhi valakum. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish