Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala ashrafil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatu. Tazkiyatun nafs. Silsila darslarimizdan birodarlar, attqiqol. Ishonch martabasini o'qiyotganidek davom etamiz. Ishonch martobalari. Ulamolar ishonch martabasini uchta deyishadi. Birinchisi, tafviz. Ya'ni ishingizni Allohga topshirishingiz. Ikkinchisi, Allohning qozosiga taslim. Uchinchisi, Allohga tavakkal. Tafviz, taslim va tavakkal. Mana kechagi o'qigan darsimizdan bir qancha hadislarni takrorlab qo'yamiz. Toki bugun kecha darsimizni eshitmaganlar ko'proq eshitganlardan ko'ra, Alloh azza va jallaga bo'lgan ishonchingiz, iymoningiz. Iymoningiz, ishonchingiz. Qanchalar Allohga iymoningiz quvvatli bo'lsa, ishonchingiz ham shunga yarasha bo'ladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar ma taraka abudun li'llahi amron la yatruquhu illa li'lla illa avvodahullohu minhu ma huva xoyrunlahu minhu fiy diniyhi va dunya. Bir banda bir narsani tark qilsa, Alloh uchun. Alloh unga ana shu tark qilgan narsasidan ko'ra, dinida va dunyosida undan yaxshiroq bo'lgan narsani evaz qilib beradi.
Siz nafsingiz xohlab turgan, narsani tark qilasiz Alloh uchun, birodan qo'rqib emas. O'zingizga bo'lgan ba'zi bir narsani tark qilarsiz, mayli, akamga qolsin, mayli ukamga qolsin Alloh uchun. Bu yerdagi eng asosiy narsa tark qilish emas. Eng asosiysi Alloh uchun tark qilish. Chunki bir narsani qo'rqitib tark qilishingiz mumkin, bir narsani, biror bir narsani umid qilib turib tark qilishingiz mumkin. Agar shu tark qilishingiz Alloh uchun bo'lsa, Alloh rozi bo'ladigan ish bo'lsa, ishonavering, mana shu tark qilgan narsangizni o'rniga Alloh undan yaxshirog'ini beradi.
Yana bir hadis o'qiymiz. Innomin vofil yaqiniy an turdinna asa besoxotel lahi ta'ala. Odamlarda rozi qilaman deb, Allohni norozi qilishing ishonchingning zaifligidandir. Ya'ni Allohni norozi qilishlik evaziga odamlarni rozi qilayotgan bo'lsang, demak seni ishonching judayam zaif. U antahmada hum ala rizqi illahi ta'ala. Allohni rizqi uchun boshqalarni maqtashliging ishonchingni zaifligidandir. A, siz bo'lmaganda shu ish bo'lmasdi. Siz xodovoringiz bo'lib ketdi. A, siz bor biz yuribmizda. Ollohni bergan rizqi uchun bandalarni maqtayotgan bo'lsangiz, demak sizni Ollohga bo'lgan ishonchingiz zaif ekan. Va Olloh bermagan narsa uchun odamlarni yomon ko'rayotgan bo'lsaysiz, bu ham Ollohga bo'gan ishonchingizni zaifligidan ekan.
Senda mana shu narsani qildirmading. Dadamda o'sha paytda o'sha narsani olay desam, anaqa qilmadi. Bor u shunaqa o'pkalash. Olloh bermagan narsa uchun odamlarni yomon ko'rayotgan bo'lsangiz, demak Ollohga ishonchingiz zaif ekan. Payg'ambarimiz aytadilar, albatta Ollohning beradigan rizqini xarisning, xarisligi tezlashtira olmaydi. Ya'ni, siz har qancha tirishing, qancha harakat qiling, u yoqqa uring, bu yoqqa uuring, o'tga uring, cho'qqa uring Olloh yozgani bo'ladi.
Yoki yengil sababini qilib qo'ying, Ollohga tavakkal qiling. Yomon ko'ruvchini yomon ko'rishi uni qaytara olmaydi. Olloh azza va jalla o'zining hikmati va buyugurga sabablik, diqqat qilinglar, xotirjamlikni va xursandchilikni rozilik va ishonchini ichiga joylab qo'ydi. Boshqacha qilib aytsak, Ollohdan rozi bo'lgan, Ollohga ishongan odamgina xotirjam bo'ladi, xursand bo'ladi.
Qaytaramiz. Xotirjamlik va xursandchilik faqat kuniga rozi bo'lgan odamda bo'ladi va Allohga ishongan odamda bo'iladi. Endi kimda bo'lmaydi bu ikkita narsa? G'am qayg'uni esa shubha va norozilikka joyladi. Baxt nima? Tinchlik, ta'sirotli, xotirjamlik, mo'l ko'lchilik, pulni bo'lishi, bola. Ko'p narsa.
Yo'q, baxt. Biz aytayotgan mo'l ko'lchilik, serfarzand bo'lish, badavlat bo'lish, bu xohlasa beradi Alloh, xohlamasa yo'q da. Bu hammada bir xil bo'lmaydi. Endi faqatgina pulda, mansabda, sog'likda, quvvatda, farzandda baxt desangiz, Alloh kimga bergan buni, kimga bermagan. Unda hamma bir xil baxtli bo'la olmay qoladi. Baxt, rozilik.
Kishi kunidan, hayotidan rozi bo'lsa, shu odam baxtli bo'laveradi. Modomiki qalbingizda Allohga nisbatan shubha bor ekanmi? Demak siz bitmas tuganmas, g'am tashvish qayg'u ichida qolasiz. Doimiy norozi bo'ladi bunaqa odam, doimiy asabiylashgan bo'ladi, doim shikoyat. Kofirlar shunaqa bo'ladi. Modomiki ularni Allohga iymoni yo'qmi? Demak kunidan rozi bo'la olmaydi. Modomiki Allohga ishonmaydimi? G'am, tashvish o'shancha bo'ladi. Doim bir narsadan shikoyat. Doim tanqid qilaveradi. Chunki bu Allohni tanimagan odam.
Allohning irodasi hamma narsadan ustun turishini bilmaydi da. Alloh Taolo fa'lul lima yurid ekanligini bilmaydi da. Alloh xohlaganini qaradigan zot. Allohni hikmati borligini tushunmaydi da. Mana rozilik baxt deyapmiz.
Inson o'zini rozi bo'lishga majbur qila oladimi, yo'qmi? Savol tushundinglarmi? Demak, rozilik qalbiy holat. Bu irodiy amal, bu insonni o'zini xohishidagi narsa emas. Inson hech qachon o'zini ko'nglida majbur rozi qila olmaydi. Roziman deb majbur qila olmaydi. U rozilik tabiiy bo'lishi kerak. Endi qachon tabiiy bo'ladi insonda qalbda rozilik? Allohni tanisa.
Uni al hakim ekanligini bilsa. Alloh har narsaga qodirligini bilsa, nima bo'layotgan bo'lsa atrofida, Allohni xohishi ekanligini bilsa. Shuning uchun aytyapmiz da, mo'minni qalbidagi xotirjamlik hech qachon kofirda bo'lmaydi. Demak, rozilik bu qalbiy holat. Rozilik irodiy amal emas, ya'ni inson o'zini qalbini rozi bo'lishga majbur qila olmaydi.
Ulamolar aytishadi, mo'min banda agar mana shu rozilik darajasiga yeta olmay qolganida ham eng kamida ishonchga ega bo'ladi. Qanaqa ishonchga? Bu ishni orqasida bir hikmat bor. Harakat qildi, yugurdi, yeldi, bo'lmadi. Endi rozi bo'la olmaydi, tabiiy. Chunki bo'lmadi da. Aytdik ku, qalbni majbur qila olmaydida rozi bo'lishga. Endi rozi bo'lolmagan chog'ida ham nima deydi? Bu ishni orqasida bir hikmat bor deydi.
Demak, banda yo rozi bo'ladi, yo ishonadi, yo sabr qiladi. Biz qaysinisi? Biz qaysinisi rozimizmi? Ishonchimiz bormi? Yoki sabr qilyapmizmi? Rozi bo'lgan banda kunidan eng oliy martabaga erishadi. Agar rozi bo'lmasa, ishonchga ega bo'ladi. Albatta, mana shu ishni orqasida menga bir foyda bor deydi.
Ishonchning uchta manzilati. Tafviz, ishingizni Allohga topshirishingiz, taslim bo'lgan natijaga rozi bo'lish, tavakkal, Allohga suyanish. Mana shu taslim martabasini o'qiyapmiz. Astaidu billa, qola muso ali qavmihi istayin u billahi vas biru, innal ardolela yurithu hamma yasha u mina aybadi, va la aqibatu lil muttaqiyin.
Inson rozi bo'ladi, ishonchi bo'ladi, yo sabr qiladi. Alloh tog'a aytadi. Fir'avunning so'zlaridan dahshatga tushib ketganlarida, Muso o'zining qavmiga dedi. Allohdan madad tilab, sabr toqat qilingiz. Bu yer shak shubhasiz Allohnikidir. Uni o'zi xohlagan bandalariga meros qilib beraver.
Fir'avn o'sha paytdagi dunyoning eng qudratli podshohsi. Bano Isroil, Muso alayhissalomu aqom, eng xor xalq. Ana shu eng qudratli podshoh, eng xor xalqni yo'q qilib tashlayman senlar deb qo'rqitganda, Muso alayhissalom aytyapti. Allohdan madad tilab sabr qilinglar. Bu yer Allohniki, bu yerni Alloh o'zi xohlagan bandasiga beradi. Oqibat, natija esa taqvodorlarniki bo'ladi. Qo'rqmanglar, kim aytgani bo'ladi?
Ishonchni qarang. Ana shu Banu Isroilni, Mo'liso alayhissalom, kechqurun olib chiqib ketdi Misrdan. Olti yuz ming yahudiy Misrdan bir kechada chiqib ketdi. Sekin yuradi. Tong otganda Fir'avn qarasa chiqib ketishibdi. Banu Isroil. Ha, bizni xizmatimizni kim qiladi? Bizni qulimiz kim bo'ladi? Eng qudratli qo'shnini yig'di da, quvib chiqdi orqasidan. Ana shu boyagi olti yuz ming yahudiyning avvali dengizga yetganida, oxirgisi hali fir'avnni qo'shinini ko'rdi. Qol ashabi musa innala mudrakun.
Musoning hamrohlari bas, albatta biz tutildik deyishdi. Chunki naq turibdi orqada, eng kuchli qo'shin kelyapti. Bularni qo'lida kaltak ham yo'q. Muso alayhissalom nima dedi? Kalla. Mana shu yerda ishonchni eng oliy ko'rinishini ko'rdik. Ishonchning eng oliy maqomini guvohi bo'lamiz. Kalla, innama ayy robbi sayyahdin. Yo'q, dedi Muso alayhissalom. Albatta robbim men bilan birga yo'l ko'rsatadi dedi. Ishonchni qarang. Ishonchniq qarang, qirib yuboradi kelib boyagi armiya bo'lardi. Hech narsasi yo'q qo'lida. Lekin ishonchni ko'ring. Yechim qanaqa bo'ldi? Yechim qanaqa bo'ldi?
Ha bularchi, Fir'avn tomonga qarab bitta tosh otgani yo'q. Alloh Taolo dengizni shunday ochib qo'ydi. Banu Isroil o'tib ketdi. Fir'avn ham jinni emas edi. Muso alayhissalom Misrda turganida to'qqizta mo'jiza ko'rsatgan edi. Adab cho'pini yegan edi Fir'avn ham.
Banu Isroil dengizdan o'tib ketgandan keyin dengiz yana yorilib turibdi, tog'dek bo'lib, suv. Ikkiga bo'linib. Kelib otini to'xtatdi. U ham jinni emas edi. To'xtatdi otini. Lekin Alloh Taoloning xohishi bo'ladi da. Fir'avn mingan otga Alloh amr qildi, ot shunday dengizga qarab yurdi.
Kim aytgani bo'ldi? Fir'avn o'lmayman desa ham, Fir'avn halok bo'lmayman desa ham, Fir'avn to'xtab olsa ham, Alloh uni halok qilishni xohlagan ekan, ot shunday dengizga qarab yugurdi, Fir'avnni to'xtata olmaydi. Endi podshoh yurgandan keyin qo'shin ham kirdi dengizga. Keyin nima bo'ldi?
Muso alayhissalom aytyapti, bu yer Allohnikisi. Uni o'zi aholigan bandasiga beradi. Oqibat natija taqvodorlarniki, ana ishonch. Ana ishonch. Vosbir vama sobiruka illa billa, vala tahzana alayhim, vala takofi doyqin minmayam kurun. Ey Muhammad alayhissalom deydi Alloh Taolo. Sabr qiling, toqat qiling. Yolg'iz alloh yordami bilangina sabr qilishga qodir bo'lursiz. Sabr qilishinglar ham Alloh qo'llasa bo'ladi.
Sabr qilishingiz ham Allohga bog'liq. Alloh imkon bersa, Alloh quvvat bersa, keyin sabr qilasiz. Tushunyapsizmi? O'zingizdagi bor bo'lgan sifat. Ismoil alayhissalomni otasi Ibrohim alayhissalom so'ymoqchi bo'lganida aytadiki, satajiduni inshaallohu minas sobirin. Ey o'g'ilcham, sizni tushimda so'yayotganligimni ko'rdim. Nima deysiz? Aytdiki, ya abadiy al mato umar. Otajon, buyurilgan ishni qiling. Inshaalloh mening sobir ekanligimni ko'rasiz dedi. Chidab beraman, turib beraman, gap yo'q demayapti. O'ziga ishonmayapti. Nima deyapti? Inshaalloh sabr qilaman. Bu oyatda ham o'qiyapmiz.
Yolg'iz allohning yordami bilangina sabr qilishga qodir bo'lasiz. O'shaning uchun Parvardigor o'zing sabr qanoat ber deb duo qilishimiz kerak. Ularning ustida mahzun bo'lmang, ularning makro hiylalaridan siqilmang ham. Demak, ishonchning uchta martabasi. Birinchisi, tafviz, taslim, tavakkal. Biz tafviz martabasini o'qib bo'ldik, endi taslimdamiz.
Taslim bo'lish, Allohning hukmiga, Allohning irodasiga taslim bo'lish ham ikki xil bo'ladi. Taklifiy amallarga taslim bo'lish, takviniy amallarga taklif bo'lish. Mana endi taklifiy amrga taslim bo'lish, birinchisi. Taklifiy, amr nima?
Farz amallar, vojib amallar. Ya'ni majbur shu narsani qilasan. Elkamizga taklifot qilib yuklatilgan. Aroq ichmaysan, zino qilmaysan, tarozidan urmaysan. Taklifiy amal degani elkamizga yuklatilgan vazifalar degani. Ixtiyor yo'q bizda. Bu uni qilish qilmaslikda. Qilishimiz shart.
Xotinimni bir taloq qo'ydi bitta odam. Keyin qaytarib oldi. Yana bir taloq qoidadi. Yana qaytarib oldim. Keyin uchinchi taloqni ham qo'ydi. Endi tamom. Bu ayol o'zining bu eriga halol bo'lmaydi. To boshqa bir eriga tegib, tabiiy suratda ajrasa, keyin halol bo'ladi. Endi uch taloqni qo'yib qo'ygan o'g'il bola, pushaymon yeb, xotinimni qaytarib olgim kelyapti deydi.
Buni gapini ma'nosi nima? Allohni shariatiga taslim bo'lmayapti. Chunki Alloh Qur'onda attala qu marrotan dedimi? Taloq qo'yib, qaytarib olishlik ikki marta bo'ladi. Ya'ni uchinchi taloqdan keyin halol bo'lmaydi desa, shunga majbursan desa, qaytarib olgim kelyapti deyapti. Demak Allohning hukmiga taslim bo'lmayapti bu odam.
Qancha qancha o'zimizni atrofimizda ko'ramiz, bu narsa harom, bu narsa mumkin emas, sening haqqing emas, ko'chaga chiqma. Ikki metrga bitta fundan o'tib qo'yadi, reshotkani qiladi, keyin topib devor urib oladi. Bu ko'chani haqqi. Mumkin emas desa, quloq solmaydi. Mana shu taklifiy amrga ko'mmaslik, taslim bo'lmaslik.
Hamma uylar qator, bitta liniyada turibdi, ikki metr chiqib turib, devor urib olgan darvozaxona qilib. Bu Allohga yoqmaydi, bu yaxshi emas desa, unamayapti. Ha mana, mana shu odam taklifiy amriga bo'yin so'nmayapti. Ro'za tutamiz. Saraton kunlarida. Kun uzun, kun issiq, o'ttiz kun davom etadi. Nimaga endi tushish kerak? Tutmay qo'ysa bo'lmaydimi? Qishda tushsa bo'lmaydimi? Mana shu taklif amalga taslim bo'lmaslik. Haj. Nimaga endi Saratonda borish kerak? Keyin borsa bo'lmaydimi? Tavof qilish shartmi? Ehrom ja noqulay kiyinmikan. A?
Shunaqa deyapsizmi? Demak siz Allohni sizga yuklagan taklifiy amalini hikmatini tushunmabsiz. Siz Allohning amriga taslim bo'lmabsiz. Qarang. Ibodatda, xulqda, muomalada, taklifiy, majburiy amallarga e'tiroz bildiryapsanmi? Demay sen hali Allohga ishonmabsan.
Ana shu taklifiy amalga bo'ynini sinayotganligingiz mo'minligingizni belgisan. Fala va robbik ala yuqminuna hatta yuhakkimu kafima sha jarabaynahum. Simmala yajidu fi afusihim xarajam minma qodoyta va yusallimu taslima. Qarang oyatni. Alloh Taolo aytyapti. Yo'q. Parvardigoringizga qasamki, to ular, musulmonlar, o'zlarini o'rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha, birinchi sha. Va keyin siz chiqargan hukmni, hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmasdan, to'la taslim bo'lmagunicha, zinhor mo'min bo'lmaslar. Sizni mo'minligingizni belgisi, musulmon birodaringiz bilan o'rtada kelishmovchilik muammo chiqib qolsa, birinchi Payg'ambarni hukm qilasiz. Payg'ambarnni hakam qilasiz. Mo'min bo'lib qoldingizmi? Yo'q. Ikkinchi sharti. Payg'ambar chiqargan hukmga bo'yin surasiz.
Bo'ldi, mo'min bo'ldingizmi? Yo', uchinchi sharti bor. Bo'yin singaningizdan keyin tamomiy taslim bo'lasiz, rozi bo'lasiz. Shu uchta shart bo'lsa, iymonli bo'ladi ular deyapti. Alloh subhanahu va taolo. Ana shu norozi bo'layotganlar, Allohninng abriga taslim bo'lmaganlar. Bir imom og'aynimizga bir ellik dan o'tgan shu paytda, ikkita aka kelibdi da, xullas xotiniga uchtalarni berib bo'lgan. U degan, bu degan, u imom og'aynimiz yo'l yo'q degan. Desa yonidagi sherik aytyapti, e, bo'lmadi bu domla deyapti.
Yur, falonchiga boramiz deyapti. Ana, demak Allohning taklifiy amriga taslim bo'lmadi. Bunda iymon yo'q hali. Garchi la ilaha illalloh muhammadur rasululloh desa ham, hali iymoni komil emas. Bizni Allohga bo'lgan ishonchimiz taklifiy buyruqlarga taslim bo'lishimizda ko'rinadi. Muammo chiqsa, Payg'ambarni hakam qilamiz, Alayhissalomni. Chiqargan hokimiga xo'p deymiz, bo'yin sinamiz va rozi bo'lib, taslim bo'lib ketamiz.
Yana bitta nozik joyi. Domla, islomiy to'y qilmoqchimiz. Islomiy to'da shartlari qanaqa bo'ladi deb so'rayapti bir domladan. Domla qarab turib aytyapti, hozir men sizga javobni aytsam, shunga amal qilsangiz, keyin aytaman deyapti. Nimaga? Hozir men sizga islomiy tiyman deyman deyman de bo'ladi desam, uyga borib turib xotinga maslahat solsangiz, bekor aytibdi domlang desa, xotiningiz dindan chiqib qoladi.
Aytaveradi domlalaring deydi yu, enangiz, ammangiz, xolangiz, katabingiz, yana kimlar? Aytaveradi domlalaring dedimi, dindan chiqib qoladi. O'shaning uchun hozir men sizga islomiy to'yni qanaqaligini aytsam, javobni eshitib turib amal qilsangiz aytaman, bo'lmasa yo'q, xotiningiz iymondan chiqib qolasin deydi. Muhammad alayhissalomning hukmi shariatni hukmi. Endi, u zot vafot etgandan keyinchi, mana bizni davrimizda nima bizga hakam?
Muhammad alayhissalomning hakamligi tirik bo'lganda o'zi bilan bo'lar edi. Mana endi u zot vafot etganidan keyin, u zotning sunnati. Rahbarmisiz, odamlarni boshqarasizmi, orada paydo bo'lgan muammolarni hal qilasizmi, hamma ishlarda muhammad alayhissalomni sunnatini hakam qilasiz, shunda siz allohning taklifiy amriga taslim bo'lgan bo'lasiz. Sunnatga muvofiq ish qilasiz.
Fala va robbikala yu minuna xatta yu hakimuka fiy ma shajara baynahum. Ular iymonli bo'lishmaydi, to o'rtalaridagi muammolarni hal qilishda sizni hakam qilmagunicha. Unga bunga bormaydi. Musulmon odam kitobi sunnat bilan hal qiladi. Avvalambor. Endi falonchini hakam bo'lishiga rozi bo'ldingizmi? Demak ishondingiz da unga. O'shaning uchun bir odamni o'ziga hakam qilasiz. Keyin siz chiqadigan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmagunicha. Meni foydamga bo'lsa, rozi bo'laman, bo'lmasa yo'q. O'shada boyagi, bu domla bo'lmadi deyapti. Yur falonchi domlaga boramiz deyapti.
Hukmni e'lon qilgandan keyin va yuz sal lmutaslima to'la taslim bo'lmagunlaricha zinhor mo'min bo'la olmaydilar. Mana, siyratdan misol keltirsak, Badr kunida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam jangdan avval bir qancha hukmlarni e'lon qildirdilar. Banahoshimni o'ldirmanglar. Ular mukira holda kelishdi, majbur holda. Abbosimni, Abdulmutolibni o'ldirmaylar. Ya'ni Payg'ambarimizning amakisi.
Abbosimni, Abdulmutolibni o'ldirib bo'lmaydi. Mushriklar tomonidan kelgan. Makkadan Quraysh bilan birga chiqib kelgan musulmonlarga qarshi. Mana shu hukmini e'lon qilishdan avval Quraysh qo'shini bilan musulmonlar qo'shini o'rtasida muboraza bo'ldi. Uchta odam Qurayshdan chiqdi, uchta odam musulmonlardan. Qurayshdan chiqqan uchta odam qatl qilindi. Bu uchala odam Utuba ibn Robiya, Shayba ibn Robiya, Validovni Utuba. Birinchi ikkitasi aka uka, uchinchisi utubani o'g'li.
Tushunarli a? Musulmonlar qatorida Utubaning yana bitta o'g'li, Abu Huzayfa roziyallohu anhu turgan edi. Jang boshlanmasdan avval uni otasi kopirlar tomonidan turib, otasi o'ldi, amakisi o'ldi va ukasi o'ldi. Dinsiz holda, iymonsiz holda ketdi. Abu Huzayfi roziyallohi anhu joni og'rib, ichi achishib turgan edi.
Shunda Payg'ambarimizning boyagi buyrug'i keldi. Abbosni qatl qilmanglar. Shunda jahl ustida, alam ustida bittamizni otasi, amakisi, ukasi qatl qilinadi yu, Abbos qatl qilinmas ekanmi? Vallohi, agar peshonamdan chiqsa, yuziga qilich bilan uraman dedi.
Payg'ambarni gapiga taslim bo'lmadi. Payg'ambarimiz bu yerda urug'chilik, millatchilik qilmagan edi. Abbos roziyallohu anhu Badr kunigacha musulmon edi. Makkada turib, Payg'ambarimizga Qurishning xabarlarini yetkazib turar edi. Agar uni islomi, musulmonligi oshkor bo'lsa, Makkada turishning imkoni bo'lmas edi.
Agar abbos roziyallohni qurish bilan birga kelmasa, mushriylarda shubha bo'lib qolar edi. Agar Payg'ambarimiz Abbosni o'ldirmanglar demasa, deb qo'ymasa, Abbos roziyallohu anhuni qatl qilib qo'yishi mumkin. Jangdan avval, Abbos musulmon, meni amakimga tegmanglar desa, Qurash o'zi qatl qilib qoyar edi. Abbos musulmon desa ham mushkula, uni o'ldirmanglarni demasa ham mushkula.
Lekin Payg'ambar aytganidan keyin, bu sahoba taslim bo'lishi kerakmidi? Hikmatini tushunmasa ham, orqasida nima hikmat borligini bilmasa ham, keyin Abu Huzayev roziyallohu anhu mana shu gapidan qattiq pushaymon yeb, vallohi bu gapimni qanday aytib yuborganligimni bilmayman dedi. Vallohi bu so'zimni endi faqatgina shahidlik yuvib tashlaydi dedi va Musaylim akazodga qarshi bo'lgan jangda u kishi shahid bo'ldi.
Mana shu voqea Payg'ambarning hukmi haqida yomon gumonga misol bo'ladi. Oyatini o'qiymiz. Yo'q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o'rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunicha va keyin siz chiqargan hukmda hech qanday tanglik topmasdan to'la taslim bo'lmagunlaricha bo'yin so'mmagunlar uchun musulmon bo'lishmaydi.
Allohni shariatga taslim bo'lishing shart, itoat qilishing shart. Endi Allohni buyrug'iga e'tiroz bo'lyaptimi? O'zicha bir fikrlar paydo bo'lyaptimi qarshi? Demak, muammo iymonda. Demak, iymonda nima bor? Muammo bor. Astiqo, ishonch martabasining uchta ko'rinishi. Tafviz, taslim, tavakkal. Endi taslim bo'lishning ikki xil bo'ldi. Taklifiy ishga taslim bo'lish, takviniy ishga tasnim bo'lish.
Endi takviniy amr. Demak, sizni ixtiyoringizga berilgan ishlarni bajarishda taslim bo'lish. Endisi sizni ixtiyorizdan tashqari bo'lgan ishlar bor hayotda. Masalan, bunga ham taslim bo'lish kerak. Qanaqa ishlar? Alloh birovni befarzand qildi. Takviyniy ish, Allohni xohishi. Birovga faqat o'g'il berdi. Qiz bermadi. Birovga aksincha, faqat qiz berdi, o'g'il bermadi. Birovni bolasi tug'ilishida shol bo'lib qoldi. Bu takviyniy is.
Allohning takviyniy amri, Allohni xohni. Shunday bo'lishini Alloh xohlayapti, shunday bo'ldi. Endi bunga rozi bo'lish kerak. Chunki mana shu ishda Allohni hikmati bor deysiz. Yo shubha qilasizmi? Allohni hikmatida, rahmatida, adolatida ishonchingiz yo'qmi?
Bu qazoyi qadarga rozilik deyiladi. Bilingki, sodir bo'lgan bir voqea, albatta uni orqasida bir hikmat bor. Unga rozi bo'lish kerak. Boshqa ilojimiz yo'q. Hayotda qarasangiz, atrofimizda bo'layotgan ayrim ishlarni tushunmaymiz. Sig'dira olmaymiz, hazm qila olmaymiz, sababini bilmaymiz. Lekin iymonimiz komil bo'lsin.
Har bitta bo'lgan ishni orqasida hikmat bor. Mana, qazoyi qadardagi, taqdirdagi hikmatga bitta misol. Rivoyat. Alloh azza va jala Muso alayhissalomga dedi. Bir banda men bilan xusumatlashyapti. Muso alayhissa said, qanaqa bir gumroq band ekan? Ko'rsat menga o'sha bandani. Alloh taolo aytdi. Falon joyga borib qarab tur.
Falon joyga burib qarab tur! Muso alayhisi aytilgan joyga bordi. Qarasa, daraxtni soyasida bitta odam turibdi. Tug'ilishidan ikkita qo'li yo'q. Ikkita oyog'i ham yo'q. Taqdirni qarang. Tug'ilishida ikko qo'lsiz tug'ilgan, ikko oyoqsiz tug'ilgan. Lekin shu davrgacha yashashlik, shu kungacha umr ko'rishligi taqdir qilingan turibdi. Endi bu nimaga rozi bo'lishi kerak da, qarang. Siz o'g'lingiz yo'qligi norozi bo'lyapsiz, qizingiz yo'qligini norozi bo'lmayapsiz, pulingiz yo'qligiga norozi bo'layapsizmi? Buni oyog'i ham, qo'li ham yo'q.
Alloh taolo nima dedi? Borib qarab tur dedi. Qarab turdi. Shu payt haligi odamni oldidan bir kuch quvvatga to'lgan boy, mansabdor, quvvatlik, bir o'zidan ketgan odam o'tib ketyapti oti bilan. Qo'lidan qamchisi tushib ketdi. Haligi invalidni oldiga.
Uzatib yubor dedi. Bu buyruq buyruqga o'rgangan da. Buyruq buyru'g'a o'rgangan. Uzatib yur dedi. Uzata olmayman dedi. Ko'ryapsan, oyog'im ham, qo'lim ham yo'q. Tirikchiligini qanaqa qilyapsan bo'lmasa dedi. Bu boy. Ha, Alloh yetkazyapti deb turib, qo'polroq javob berib qo'ydi. Haligi boyga, polvonga, mansabdorga yoqmadi bu javob. Otdan tushdi da, qamchini olib turib boshiga chopdi.
Qo'li yo'q, to'sib olgani. Yana chopdi. Yana chopdi. Uroverdi, uroverdi. Har zarba tushganda, voydod, nimaga urasan? Ey odamlar, yordam beringlar, demadi. Har urganda, buni o'rniga, ey Alloh, tavba qildim. Endi tushundim, meni kechir. Ey Alloh, endi tushundum, tavba qildi, meni kechirdi, urdi. Necha marta urgan bo'lsa, har urganda shu gap, boyagi polvon to'ygacha urib, otiga o'tirib ketdi.
Endi Muso alayhissalom ko'rib turibdi buni hammasini. Alloh taolo qarab turdi da, o'shaning uchun aralashmadi. Keyin haligi yig'lab o'tirgan joyiga keldi da, ey allohni quli dedi. Nimaga seni har safar urganda, nimaga urasan meni? Men senga nima qildim? Haloyiq, yordam beringlar deyishni o'rniga, tavba qildim, esim keldi, tavba qildum deding. Desa haligi, gapirdi. Alloh azza va jahlim meni shu holda yaratdi. Ko'rib turibsan boraman. Tush ko'rdim. Alloh menga tushimda jannatni ko'rsatdi. Uning ne'matlari, xurlari, bog'lari, daryolari, so'rilari, mevalari, xullas jannatni ko'tarishdi.
Men Allohda rozi bo'ldim. Yaratganiga. Mana shu joyga tushaman ekan bir kuni, deb mana shu kunimga ham rozi bo'ldum. Endi orqasidan do'zaxni ko'rsatdi. Yilingi, qoni, shamoli, o'ti, azobi. E, buyaga tushib qolishing ham ehtimoli bor ekan. Buni bekor yaratibsan, Parvardigor. Do'zaxni yo'q qilmasang, men sendan noroziman. Men sen bilan xusumatlashaman, dedim. Shunda Alloh aytdi, e banda, u jannatni ham egasi bor, jannatga loyiqlar, do'zaxga ham loyiq odamlar bor. Devodim unga men rozi bo'lmadim. Shu jahannamni yo'q qilmasang, do'zaxni yo'q qilsang, men sen bilan xusumatlashaman dedim. Endi, endi, beayb, zulman, boshimga qamchi bilan urganda, jonim og'riganda Allohni hikmatini tushundim, aytdim. Parvardigor, esim kirdi.
Ha, do'zaxga ham nima oyoq odamlar bor ekan. Tavba qildim, meni kechir dedim. Har urganda deydi. Shuning uchun, birodarlar, qazoyi qadarda albatta hikmat bor. Siz Allohning taqdiriga, qazosiga rozi bo'lishingiz shart. Mo'so alayhissalom bilan Xizr alayhissalomni qissasini olmaysizmi?
Bilamiz mashhur qissa. Xizr va Mo'so alayhissa salomlar kemaga chiqishdi. Kematni egasi bekarga olib borib qo'yadigan bo'ldi narigi sohilga. Keyin mana teshib qo'ydi Xizr alayhiissalom. Mo'so alayhiissalom tushunmayapti buni. Keyin u sohilga borganda, o'sha sohildagi bir o'ynab turgan bolani o'ldirib qo'ydi. Kema kambag'al miskinlarning tirikchiligi asbobi edi. Agar kema butun borganida sohilga, u sohilni podshohi kemalarni hammasini tortib qo'yayotgan edi. Endi kemani teshib qo'ygandim, askarlar kelib kemani tortib qo'yyapmiz deb kelsa, kema teshik ekan, ha o'zingga buyruq uzum deb ketdi. Kemani teshilgani, kemachi uchun foyda bo'ldimi, zarar bo'ldimi? Ha teshilganda nima degan edi? Yomon bo'ldi deyotgandimi? U bolani o'ldirib qo'ydi. Ota onasi yomon bo'ldi deb o'yladimi? Keyin muhizir alayhissalom aytib berdi muso alayhissalomga. Bu bola katta bo'lsa, kofir bo'lib ketar edi. Ota onasini ham kufr yetalab ketar edi. Endi bu o'ldi, Alloh unga, ota onasiga undan yaxshirog'ini beradi dedi. Mana endi boyagi ota ona, bolasi o'lganida, uni hikmatini tushunmaganligi uchun norozi bo'ladi.
Lekin qiyomat bo'lganda, shu farzandi nima uchun o'lganligini bilsa hikmatini, qalbi shukurdan erib ketadimi? Allohning amriga taslim bo'lishlik ikki xil bo'lar ekan. Taklifiy amriga bo'ysunish, bu buyruqlar bajarishimiz kerak bo'lgan. Ikkinchisi, takviniy. Alloh Taoloning xohishi irodasi, qazoyi qadari uni orqasida hikmat borligiga taslim bo'lishligimiz kerak. Mana shu taslim bo'lishlik siz bilan bizni qalbimizga xotirjamlik olib keladi.
Inshaalloh buni orqasida bir hikmati bor deydi, rozi bo'lib ketaveradi. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum innallohu va malakatu yu salun ala nabi. Ya yuhilladina amanu, sollallohu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.