Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilil amin. Vassalotu vassalama ala sharaful mursalin va ala alixiy vasihab i hijmain. Ammobad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Mavzuyimiz attiqo. Ishonch martabasi edi. Kechagi darsimizda tafviz, taslim va tavakkal haqida suhbat qildik. Ko'proq mavzuyimiz taslim haqida bo'ldi. Af fiqo, allohga bo'lgan ishonchning uchta martabasi deydi. Birinchisi, tafviz, alloh taologa ishingizni topshirishingiz. Ikkinchisi, taslim, ishingizni topshirtirgandan keyin alloh qanaqa kun bersa ham, buni rozi bo'lib, taslim bo'lib qabul qilishlik va uchinchisi allohga tavakkur. Ishimizni allohga topshiramiz.
Qanday kunni, qanday natijani bersa, rozi bo'lib taslim bo'lamiz va uchinchisi tavakkal. Qazoy qadar haqida gapirgan edik, davom etamiz. Qazoy qabar masalasida aytilishi kerak bo'lgan bir nozik nuqta bor. Qazoy qaddarni hammasiga ham taslim bo'linavermaydi. Qaytaraman, biz qazoy qadga iymon keltirganmiz. Val qodari xoyrihi va sharrihi minallohi ta'ala deganmiz. Alloh taologa iymon keltirishida, aman tubillahi va malaykatixi va kutubixi va rusulixi va liyom il axir, val qodari xoyrixi va sharrihi minollohi ta'ala va al ba'ti va adalmaut. Yettita rukmi bor iymonni. Ana shuning oltinchisi, yaxshilik ham, yomonlik ham allohdan. Qazoyi qadrga iymon keltirganmiz. Bir odam yoshroq o'ldi, demak taqdiri shunaqa ekan. Bir oy yuzga kirdi, demak taqdir shunaqa ekin. Bir odamni Alloh Taolo befarzand qildi, taqdir shunaqa ekan. Bir odamga o'g'il bermadi, bir odamga qiz bermadi. Bu taqdir deyiladi. Bunga rozi bo'lishlik kerak, taslim bo'lish kerak. Ammo taqdirni ham hammasiga rozi bo'lanavermaydi. Hammasiga ham taslim bo'linmaydi.
Qanday qilib? Masalan bolangiz isitmalab yotibdi. Qirqqa chiqib ketdi isitmasi. Nima qilasiz? Taqdir ekan deb o'tiraverasizmi? Yo davolashga kirishasizmi? Demak, qazoyi qadarning bir turiga taslim bo'lamiz, bir turiga taslim bilmaymiz. Bolangizni maktabdagi o'qishi susayib ketdi. Nima qilasziz? Taqdir ekanda deb o'tiraverasmizmi? Yo harakat qilasizmi? O'qishini. Yaxshilashlikka.
O'zingiz xohlagan natijaga yetish uchun qilishingiz kerak bo'lgan hamma ishni qilasiz, sizga bog'liq bo'lgan ham ma sababni qilasiz. Shundan keyin ham siz aytgan natija bo'lmagan bo'lsa, qazo qadarga rozi bo'lasiz. Chunki siz o'zingiz xohlagan natija uchun sababni qildingiz, bo'lmadi. Demak bo'lmadi da, nima qilamiz endi. O'sha tovuqni yaxshisini topdingiz, tuxumni svejiysini oldingiz, yaxshi joyga yotqizdingiz, yigirma bir kun qaradingiz, bitta ham jo'ja chiqmadi.
Davleniyasi ko'tarilib ketdi. Taslim bo'lib o'tiraverasizmi? Tishingiz og'riyapti. O'tiraverasimi taslim bo'lib? Taqdir ekan deb? Yo qishda kechqurun svet o'chib qolib, uyingiz sovib ketdi. Allohni xohishi ekan, rozi bo'lishimiz kerak deb o'tiraverasizmi? Yomg'ir yog'ib, tomingizdan uyga chakka o'tyapti. Nima qilasiz? Rozi bo'lib o'tiraverasrizmi? Demak, taqdirni ham, qazoyi qadarni ham bir turiga taslim bo'lamiz ekan, bir turiga taslim bilmaymiz ekan.
Umarun xattob roziyallohu anhu oldiga bir o'g'rini olib kelishdi. O'g'ri ham faylasuf ekan. Qo'lini kesish kerak, shariat hukmi bo'yicha. Yo amiral mo'miniyin, bu borliqda Allohning xohishidan tashqari bir narsa bo'ladimi? Ha, yo'q. Alloh xohlagan narsa bo'ladirmi? Ha. Alloh xohlamagan narsa bo'lmaydimi? Ha. Ha. Demak, men o'g'irlik qildim, Alloh xohlagani uchun. Agar Alloh xohlamaganda, men o'g'irlik qila olmas edim. Endi Alloh Taoloning taqdiri yuzaga chiqsa, meni qo'limni kesasizmi, jazolaysizmi dedi. Ha, dedi Umariddin Xattop. Chunki Allohni taqdirida seni qo'lingni kesishim bitilgan ekan, dedi.
Shuning uchun aytilinadiki, qazo bor va uning bajarilishi bor. Qazo bor va uni bajarish bor. Qazo Alloh tomonidan to'g'ridan to'g'ri keladi. Ammo ana shu qazoyi qadarning amalga oshirilishi bandalar orqali bo'lishi mumkin. O'g'ri o'g'rilik qildi. O'zini ixtiyori bilan. Bu ham taqdirda bor edi. Endi ixtiyori bil an qamashligi ham taqdirde bor edi.
Ikkalasi ham taqdirdo bor edi. O'g'rini nimani tanladi? O'g'irlig'ini. Endi uni qo'lini kesib, o'g'rilikni to'xtatib qo'yish ham taqdirda bor. Agar o'g'rini jazolamasdan, taqdirda shunaqa yozilgan ekan deb, taqdirni noto'g'ri tushunib, noto'g'li talqin qilib, qo'yib yuborilsa, jamiyatda o'g'rilikka ko'payib ketadi. Bu ham taqdir. Qo'lini kezib, o'g'dirni jazolasangiz taqdir, jamiyat tekis ketadi. O'g'rini qo'lini kesmasdan taqdir ekan deb teq qo'yib qo'ysangiz, jamiyat fasodga uchraydi. Bu ham nima? Bu ham taqdir. Demak, taqdirni bandalarini aralashadigan o'rni bor, aralashmaydigan o'rni ham bor.
Mana shu qazoyi qadar masalasi, birodarlar, doim siz bilan bizni o'ylantirib keladi. Hammamiz taqdirimizga nima bitilganligini bilishni xohlaymiz. Qazoy qadar masalasini sodda, oddiy qilib tushunib olmasangiz, qiynalib ketasiz. Qazoy qadarga kirishaversangiz, kirishaversangiz kirishaversangiz tushunmasdan, quyoshga tikka qarab qarab qarib qarab, oxiri ko'zingizni nuri so'nib, ko'r bo'lib qolgandaqa, qazoy qadarni masalasiga ko'p kirishib bo'lmaydi. Demak, qazoy qadorga Alloh Taolo ikkita variantni yozgan. Tashqarida yomg'ir yog'yapti.
Variant a, zonti bilan chiqsa boshqa ho'l bo'lmaydi deb yozilgan. Variant b, zontiksiz chiqsa bosh qo'l bo'ladi deb yozilgan. Ikkala variant ham bor. Endi siz tollaysiz shu yerda. Endi Alloh boshini ho'l bo'lishini yozgan ekan deb chiqib ketayotgan bo'lsangiz, siz taqdirga tuhmat qilyapsiz. Endi zonti ko'tarib chiqdingiz, shamol uchirib ketdi.
Demak yozilgan ekan. Chunki zonti qo'li zato siz nima qildingiz? Imom A'zam Fiqhul Akbarda yozadi. Katabah u bil vasf la bil hukm. Taqdirni Alloh Taolo hukm qilib yozmadi. Vasf qilib yozdi. Ya'ni bir odamning musulmon kofir bo'lishligini hukm qilibyozmadi. Vasuf qilib yozdi. Nima degani bu?
Taqdir vasf qilib yozilgani bor, hukm qilib yozilgan i bor. Mana ko'rib chiqamiz. Hukm bilan yozilgani. Alloh shunday bo'lsin deb hukm qildi. Nima u? Erkak, ayol bo'lishingiz, rangiz, millatingiz, kimni farzandi bo'lishingiz, qaysi zamonda va qaysi makonda dunyoga kelishingiz, bu hukm bo'lib yozilgan.
Bu hukm bo'lib yozilgan joyi Alloh Taoloning xohishi va bunga bizga qiyomatda savol berilmaydi. Nimaga sen o'g'il bola bo'lgansan? Nimaga sen o'shda yashagansan demaydi, chunki bizni ixtiyorimiz yo'q. Bu hukm bo'lib yozilgani. Endi vasf bo'lib yozilgannichi? Vasf bo'libyozilgani bandani ixtiyorida bo'lgan ishlar. Masalan, banda gunoh yoki savob qilishni tanlashi. O'ngga buriladimi, chapga buriladimi? Uyg'ondi, turib tahorat qilib namoz o'qiydimi yo yotaveradimi? Bu bandani ixtiyoridagi ishlar. Ana shu ishlari vasfda yozildi. Ahmad musulmon bo'ladi.
Agar Ahmad musulmon bo'lsin deyilsa, bu hukm bo'lib qolar edi, u majbur musulmon bo'lar edi. Mahmud kofir bo'ladi. Ya'ni o'zini ixtiyori bilan, o'zini amali bilan tollab, o'zini ixtiyori bilan kofir bo'larda. Agar Mahmud kofir bo'lsin desa, u majbur kofir bo'lar edi, uni jazolash kerak bo'lmas edi.
Tushunarlimi? Mana bugun sizlarni bu yerga kelishinglar, sizlarni ixtiyoriylar edi. Bu vasx bo'lib yozilgan. Palonchi voy alimtevaga tushadi deb yozgan. Ana shu taqdir, qazoyi qadar masalasida tushunchasi bo'lmagan, ilmi bo'lgan, sayoz odamlar noto'g'ri xulosa qilishadi da, aytadiki, teq qo'ying, peshonasiga shunaqa yozilgan ekan deydi, qo'y deydi. Unaqa bo'lmaydi. O'sha namoz o'qiguncha da'vat qilaveramiz. Arog'ini tashlaguncha bir nasihat qilib, to'g'ri yo'lga yetalavoramiz. Qo'y endi. Demak sizdan. Bu noto'g'ri tushuncha. Masalan, mahallani ichidagi yo'lda bir shoper ellik oltmish km tezlikda ketyapti da, bir yosh bolani urdi. Hali bola o'lib qoldi.
Nima bu? Vasfmi, hukmmi? Vasf. Chunki boyagi haydovchi sekin yurishi ham mumkin edi. Chunki mahallani ichi edi. Bu yigirma oshib borsa o'ttiz yurish kerak edi. Ha, demak bu tez yurish deydi, ixtiyor qildi va bolani urdi. Endi bu odamni jazolash kerak. Chunki ixtiyori bilan shu ishni qildi.
Agar mana shunday bir mas'uliyat ko'tarilsa, taqdir ekan deb turiblar, hamma narsani bizni tilda spisat qilib yuboraversak, jazosini bermasak, hayotimiz fauzoga, bardakka aylanib ketadi. Demak, inson taqdirga taslim bo'lib, uni qabul qilish kerak bo'lgan o'rinlari bor. Yana muolaja qiladigan, tuzatadigan o'rinlari ham bor.
Nozik nuqta, Alloh mavjud. U bor. Mana shu koinot, osmonlar, yer Allohning borligiga dalil. Agar Alloh bo'lmagan edi, bularda birontasi bo'lmas edi. Shuning uchun Alloh Taoloning borligini isbotlashlikka hojat yo'q. Nima uchun? Yerda bir tezak turibdimi? Demak, bir sigir bor da shuni tashlab ketgan. Yerda bir is turibdimi? Deyman, bir odam bor da uni bosgan. Endi bu borliq turibdimi? Demoq uni yaratgan Zot ham bor. Chunki o'z o'zidan is paydo bo'lib qolmaydi.
O'z o'zidan yerga tez tushib qolmaydi. Mana shu borliq Alloh Taoloning borligiga dalil bo'ladi. Sen birodar, o'zingni tabiating bilan Allohga iymon keltirgansan. Qaranglarda yigitlar, shu bu nozik narsa. Mana hayotda qarasangiz, qo'lida kuchi bor, mansabi bor, quvvati bor odamlar, davlatlar, xalqlar, shaxslar zaiflarga zulm qilib, yerini tortib olyapti, yurtidan haydab chiqaryapti, tuxumat qilib qomatib olyapti. Urib pachag'lab turib, yana uni aybdor qilyapti.
Bu adolatsizlikni ko'rgan paytda insonni sog'lom aql aytadiki, shu bilan hayot tugab ketishi to'g'ri emas deydi. Albatta mana bu zolim jazosini olish kerak. Mazlum o'zini haqqini olishi kerak deb turib sog'lom aqlingiz talab qiladi. Mana shuni o'zi qiyomatda borligiga bitta dalil. Agar bir odam iymon, e'tiqoddan, dindan, Allohda uzoq bo'lgan kofir bo'lsa ham, uni sog'lom a'hli aytadiki, yo'q, bunaqa bo'lib qolib ketishi to'g'ri emas deydi.
Demak, o'sha kofirni ham aqli, sog'lom axtli qiyomat bo'lishi kerakligini taqozo qilyapti. Tushunyapsizlarmi? O'shaning uchun aytasiz da, yo'q, bu bilan ish tugash kerak emas. Bu ikkinchi seriya bo'lishi kerak. Qiyomat bor. Mana shu Allohga bo'lgan imoningiz qalbingizga xotirjamlik beradi. Bo'lmasam portlab ketkisi keladi da. Bo'layotgan adolatsizlikni ko'rib turib, portlab ketay deysiz. Lekin imoningiz aytadiki, hali qiyomat bor.
Summala tus alun na yevma idin ani naim. Ha u musulmon bo'lib turib, iymon e'tiqod bilan turib yashagan chog'ida ham qiyomatga borganda berilgan ne'mat haqida so'ralasizlar deyapti. Biz, bizni Allohga olib boradigan yo'lni topishimiz kerak. Ya'ni Allohni borligini bizga isbotlashni keragi yo'q. Borligiga iymon keltirdik. Bizda nima hojat bor? U hujjatga hojat bor emas, balki Allohni roziligiga qanaqa qilib yetamiz? Qanday qilib yaqin bo'lamiz? Mana shu yo'lni topishlikka muhtojmiz.
Hammamiz o'zimizni mo'min deb bilamiz. Nima uchun? Allohni borligiga ishondik da. Allohni borligi ishondim, shuning uchun mo'minman dedingiz. Ammo maqsad shuni o'zinglar emas. Maqsad ishonib qo'yishni o'zi emas. Maqsad Allohni borligini bilib qo'yishingni o'zi emass. Chunki Allohni borligiini bilsangiz, ishonsangiz, shu haqida ilmingiz bo'lsa yu, ana shu ilmingiz talab qilgan narsani qilmasangiz, bu bilishni sizga foyda qilmay qolishi mumkin.
Amal qilmasangiz ilmingizga, bu ilm sizga foyda demaydi. Bildingizmi? Endi amal qiling. Amal qilsangiz foyda beradi. Masalan, uch kundan beri suv ichmadingiz. Chanqab turib siz o'lay deb qolgansiz. Bildingiz, besh yuz metr ko'chani boshiga chiqsangiz quduq bor ekan.
Xo'p, bildingiz. Shu bilan chanqog'ingiz qolib qoladimi? Nima qilish kerak bu ilmga? Amal qilib chiqib borib paqirni tashlab olish kerak, keyin tirik qolasiz. Bilishingizni o'zi kifoya qilmaydi. Bizni juda ko'pchiligimiz Allohni borligini bilamiz. Alloh hamma narsaga qodirligini bilamiz. Duoni ijobat qilishga qodirliginibilamiz. Allohga yaqin bo'lsak, baxtli bo'lishimizni bilamiz, lekin bilamiz xolos da.
Endi ana shu Allohga yaqim bo'ladigan yo'lni qidirishimiz kerak. Maqsad shu. Maqsad Allohga yaqin bo'lish intilish, unga yetish. Falonchi Allohga yetishib qolibdi deb qo'yadi. Nima degani bu? Allohga yetishishib qolibdimi bu deydi. Nima degan? Ya'ni o'sha odam har bir narsada Allohni ko'rdi. Har bir narsani ustida Allohni qo'lini ko'rdi. Ha bir narsa bilan birga Alloh birga ekanligini ko'rdi, hamma narsa Allohni qo'lida ekanligini ko'rdi. Shuning uchun Allohni amrida mustaqil bo'ldi. Uni roziligini birinchi o'ringa qo'ydi, Allohga iqbol qildi, shu bilan saodat topdi.
Demak, Allohni borligini bilib qo'yishingiz, ishonib qo'yishlik o'zi kifoya qilmas ekan. Bildingiz, ishondingizmi? Endi Allohga yaqin bo'lishni yo'lini qidirishimiz kerak, birodarlar. Mana shu biz o'qiyotgan darslarimiz ayni shu yo'lni ko'rsatadi bizga. Qanday qilsak Allohga yaqim bo'lamiz? Endi Allohni borligiga ishonib qo'yishlik bilan unga iqbol qilib, unga yetish o'rtasida katta farq bor. Bilib qo'yishi bitta narsa, Allohga yetish ikkinchi narsa.
Alloh Taolo aytadi. Astaydu billa. Qul innama ana basharum mislukum yuha ilayya annama ilahukum ilahum vahid. Faman ka'na yarju liqo a robbihi, fal ya'mal amalan solihan va la yushlik bi ibadati robbihi ahada. Ey Muhammad alayhissalom, bularga ayting. Hozirgi oxirgi gapimni tushundinglarmi? Ollohni borligini bilib ishonib qo'yish deydi o'zi yetmaydi saodatli bo'lish uchun. Ollohni borligini bildi, unga ishonganingizdan keyin ana shu ollohga olib boradigan yo'lni qidirishingiz kerak. Hammamiz bilamiz ollohni borliginini. Hammamiz ollohga ishonamiz. Ammo unga olib boradigon yo'lni qidirish kerak bo'lgan paytda endi tafovutlaymiz.
Hammamiz la ilaha illalloh muhammad rasululloh deganmiz. Hammamiz bilamiz alloh har narsaga qodirligini. Bilib qo'yishlikni o'zi yetmaydi. Nima qilish kerak? Allohga olib boradigan yo'lni istash kerak. Ey muhammad alayhissalom, ularga ayting. Hech shak shubha yo'qki, men ham sizlar kabi bir odamdirman. Menga ilohingiz yolg'iz Allohning o'zi ekani vahiy qilinmoqda.
Endi buyog'ini eshiting. Bas kim Parvardigoriga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, ya'ni Allohga qiyomatda ro'baro' bilasiz. Ishonasizmi? Har narsa Allohni qo'lida, ishonasizmi?' Allohga yetsangiz, ikki dunyoda saodat topishingizga ishonasizmi, ha, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani unga sherik qilmasin.
Ishondingiz, bildingizmi? Ishondingiz Allohga yaqin bo'lsangiz baxtli bo'lishingizni. Allohga iqbol qilsangiz saodat topishingizni. Endi chiroyli amal qilsin. Istasin Allohga olib boradigan yo'lni. Mushkula Allohni borligiga iymon keltirish yoki keltirmaslikda emas. Allohni borligini mushriklar ham e'tirof qilishgan. Vala insof altahumman xoloqas samavati val ardo la yaqulunna lo. Ha o'sha mushriklardan ham osmonlar yerni kim yaratgan deb so'rasangiz deydi Alloh Taolo. Alloh deb aytishadi deydi. Ana, ular ham ishonishgan Allohni borligiga, lekin Allohga yaqin qiladigan yo'lga yurishmagan. O'shaning uchun u bilganlari foyda qilmadi ularga.
Alloh bizni ibodat qilishga chaqirdi, itoat qilishgachaqirdi. Shukur qilishga chaqirdi. Faqat iymon keltirib qo'ysanglar bo'ldi demadi. Oyatda o'qidik ku. Kim Allohga ro'baro' bo'lishdan umidvor bo'lsa, solih amal qilsin. Bilib qo'yishlikni o'zi bizlar behojat qilmaydi. Hamma harakatlarimiz, hamma amallarimiz, hamma darslarimiz, bayonlar, tahlillarimizdan maqsad Allohga yaqin bo'lish. Allohni roziligiga yetish.
Yana bitta misol. Bilib qo'yishlikni o'zi bizni behojat qilmasligi bitta misol. Bir shaharda oling, o'rtacha shaharda maktablar bor. Yuz mingta o'quvchi bor deng. Ana shu yuz mingta o'quvchini hammasi aniq biladi. Yilni oxirida yillik imtihon bo'ladi. Shubha yo'q, ekzamen bo'ladi. Endi, bu masalada birontasi ikkilanmaydi. Aniq ishonadi, biladi. Bunda mushkula yo'q. Mushkula boshqa narsadan.
O'sha imtihondan o'ta oladimi, yo'qmi? Ekzamenni borligini bilib qo'yishingiz, mushkulani hal qilib qo'ymayapti. Ekzamendan o'tishlik asosiysi. Ayrim olimlar borliqdan Allohning mavjudligiga dalil olib keladi. Lekin Allohga yaqin kishilar bo'lsa, unga yetishga olib boradigan dalilni qidiradi.
Ayrim olimlar Allohni borligini isbotlaydigan dalilni keltiryapti. Yana ayrimlari Allohga olib boradigon yo'lni, dalilni qidiryapti. Nima qilsak Allohga yaqini bo'lamiz? Endi Allohni borligi isbotlaydigandalil bilan unga yaqinlashishni ta'minlaydigan dalil o'rtasida farq bor.
Bu darsimiz iymonni mustahkamlovchi darslar qatoridagi dars emas. Qaytaraman, bu darslar iymonimizni quvvatli bo'lishiga sabab bo'ladigan darslar emas. Unda nima bu darslar? Bu darslar qanday qilib Allohga aytamiz? Sog'lom qalb qanaqa bo'ladi? Qanday qilib Allohga taslim bo'lamiz? Qanday qilib Allohni ishimizni topshiramiz? Qanday qulib tavakkal qilamiz? Mana shular haqida.
Kechagi darsda aytdik. Mo'min, banda Alloh uchun bir narsani tark qilsa, Alloh unga tark qilgandan yaxshirog'ini beradi desa, ishona olmayapti ko'pchilik. Endi bizni bu darslardan ko'zlagan maqsadimiz, nima qilsak, shu ishonch bizda bo'ladi.
Xulosa, bugungi darsimizni xulosasi. Mushkula Allohni borligiga iymon keltirish yoki keltirmaslikda emas. Mushkula borligiga iymon keltirish yoki keldirmaslikda emas, mushkula Allohga iqbol qilishimizda. Hamma harakatlarimiz, amallarimiz, darslarimiz, bayonlarimiz, zikrlarimiz, tahlillarimizdan maqsad Allohga yaqin bo'lish. Allohni rizosiga yetish, shu bilan ikki dunyoda saodat topish.
Aqulu quvli ha'da, vositag'firullohu li valakum. Innallohu va malaka atahuyu sallu una alannabiy, ya yuhalladina amanu, sollu alayhi va sallamu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.