Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin, vassolat va salam ala xoyli xohiy muhammadi va ala aliyhi va as saviya jumayla va al bad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Mana siz bilan bir bugun ana shu Odam alayhissalomni yaralishi va bidoyatul xalq haqida suhbatlashib, Odam alayhissa salomni yaralishiga o'tib kelgan edik. Bugun inshaalloh mana Odam alayhisson haqida gaplashgan bo'lamiz. Bismillahir rohmanir rohing. Alloh subhanah va ta'ala Qur'onida marhamat qildi. Omon xoloq tul jinna val inza illali abudun. Men jinlarni va insonlarni, odamlarni ibodat uchun yaratdim. Deb marhamat qildilar. Demak, insonni yaralishligidan maqsad ibodat bo'ladi. Agar qaysi bir inson dunyoga kelsa yu, robbisini ta'lib, unga ibodat qilmaydigan bo'lsa, o'zi ma'lum bir maqsad uchun yaralgan edi, shu maqsadni amalga oshirmagan bo'ladi.
Mana shu qo'limizdagi qalam agar yozishlikdan to'xtab qolsa, o'z o'zidan kerak emas narsaga aylanib qoladi. Qo'limizdagiga telefonimiz suvga tushib ketib, kuyadigan bo'lsa, remont bo'lishigina, remont bo'lmasligini ustidan eshitgan paytimizda har qancha qimmat pulga olgan bo'lmaylik, u arzimagan ikki pulga qiymat narsa bo'lib qoladi. Har bitta narsa o'zini mavjud bo'lib turishligida ma'lum bir ma qsadni ko'zlaydi. Shu maqsaddan, maqsadni amalga oshirishdan yaramay qolganda u narsa kerak emas vasaga aylanib qoladi. Xuddi shunga o'xshagan insonni dunyoga kirishiga ham maqsadi ibodat ekan. Inson ibodat qilmasa, kerak emas buyum qatorida bo'lib qoladi. Bog'lanib kelgan Alloh Subhanahu va Taolo siz bilan bizni ibodatimizga muhtoj emas edi. Alloh Taologa nima kerak bor odamni yaratish deydi. Nima keragi bor edi mahluqotlar yaratishligini? Alloh Taolo g'oniyu nani ila alamin, butun olamlardan behujjat bo'lgan parvardigor edi.
Hech o'ylab ko'rganmizmi nimaga Alloh Taolo yaratgan siz bilan bizlar? Nimaga keragi bor edi Alloh Taolo'ga? Shuni yaxshi tushunib olsak, bizga Alloh Taolo eng asosiy narsa berganligi yu, biz dunyodagi eng boy odamlar ekanligimizni anglab yetamiz. Alloh azza va jallani go'zal ism sifatlari bor. Alloh Taoloni rahmati bor, karami bor, marhamati bor. Mana shu sifatlarni Alloh Taolo zohir qilishlikni xohladi. Bandalarni yaratdi, maxluqotlarni yaratdi. Ularga ne'matlarni berdi, o'zini tanitdi. O'zini Alloh azza va jalloh tanitishlikni xohladida. Demak, butun koinotda yaralishligidan maqsad Allohni tanishligi bo'ladi. Demak siz bilan biz dunyoga kelib Alloh azza va jannatni tanibmiz, uni ismi sifatlarini o'rganibmiz, qanday sifatlarga ekanligini ko'ribmiz, iymon keltiribmiz, demak eng asosiy narsa bor bizda. Uni buyog'idagi narsa Alloh Taolodu xohishdagi narsa, xohlasa berardi, xohlamasa bermas edi. Bandalar bor, dunyodagi hamma matod olgan, lekin robbisini tanishlik baxtidan mahrum. Bandalar bor, yer yuzida sulton bo'lgan, yer yuzini hukmronlari, podderjahalari bo'lgan. Lekin robbisiga subhanah robbiyalar a'lo peshonasini yerga qo'yib sajda qilishlik baxtidan mahrum. Chunki birodarlar, do'st qidirsang ibodat etar deyilgan.
Har qancha narsa insonda ko'p bo'lsin, lekin ibodati bo'lmaydigan bo'lsa, yerni ustida to'plagan jamiyka narsasi ko'milganda inson yerni tagiga o'zi kirib ketadi, yerni bu yerda qoladi, faqat insonni ibodati bilan kiradi. Demak, Alloh azza va jalani siz bilan biz tanishligimiz, biz uchun berilgan eng oliy ne'mat bo'ladi. Allohga hamdlar bo'lsin. Alloh subhanallohu a'lam va taolo mana odam alayhissalomni yaratishligi haqidagi bahs, so'z odam alayhissa salom hali yaratilmasdan turib boshlandi.
Astayidubillah, iddiqor robbuka li ilmala ikati inni ja'inun fil arbu xolifa. Vaqtiki parvardigoringiz farishtalarga men yer yuzida o'zimni xalifamni yaratmoqchiman dedi. Xalifa degan so'z bu o'rinbosar degani. Alloh azza va jallani yerdagi o'rinbosari degani.
Yer yuziga hali odam demadi Alloh Taolo. Bashar demadi. O'rinbosar dedi. Ana shu Alloh Taolo o'zini niyatini aytgan paytda siz bilan bizni otamiz Odil aka assalom bir marta aziz bo'ldi. Chunki nima deyapti Alloh? Meni o'rinbosarim. Davlatni birinchi rahbari podshohi bo'lsa, undan keyingi odam o'rinbosari bo'ladi. Ikkinchi odam bo'ladi. Alloh Taolo siz bilan bizga shunday unvonni beryaptiki, yer yuzini Meni hukmimni joriy qilishligi bilan yer yuzini obod qiladi. Meni hukmimim hayotda tadbiq qiladi. Shuning uchun o'rinbosar dedi. Bundan katta birodarlar amal, bundan katta mansab bo'lmaydi. Har bitta erkak kishi, Alloh Taoloni xalifasi o'zini uyidan. Ana shu olti sotik, yetti sotik uyingizda to'rtta bolangiz bitta xotingizga xo'jayinmisiz? Allohni yer yuzidagi o'rinbosari bo'lasiz. Ya'ni Alloh azza va jala ertaga qiyomat kunida ana shu to'rtta farzandingiz u xotiningizni ustida sizga savol beradi. Demak, yaralishlikni boshida Alloh Taolo aziz qilib qo'yapti bu bandasini. Kim deyapti? O'rinbosar bo'lyapti. Hali otamiz Odam alayhissalom bir marta Alhamdulillah yoki bir marta Subhanalloh demasdan Alloh martabasini qanday ko'taryapti. Biz shunday odamni bolalarimiz birodarlar.
Allohni hukmlarini inson yerda tatbiq qiladi va yer yuzini obod qiladi. Uni hukmlarini tatbiq qilada. Yer yuzini obad qiladi degan joy kelyapti, birodarlar. Islom degani tarki dunyo, faqat oxiratiga ishlaydi, dunyosini tashlab yuboradi degan gap emas. Yer yuzini oblod qilish ham birodarlar, ana shu Alloh Taoloni buyruqlaridan. Ya'ni o'tirgan joyingizda tutishingiz, yurtingizni iqtisodini ko'tarishingiz, ko'chani toza tutishingiz, yer yuzida yashayotganda, hadislarda keladi, o'lmaydigan unaqa dunyoda ishini qilinglar, hozir o'ladigan unaqa ibodat qilinglar dedi. Lekin miyasi bo'lsinki, biz o'lmaydigandaqa dunyoda yashayapmiz, o'ladigan unaqul ibodat qilib tashlab qo'ydik. Faqat bir tomonda obod qilishingizdan ovora bo'lib qoldik. Ana shu o'ttiz yil sizda ta'lim oldim dedi bir shogird ustoziga. Ortiq otar so'zni o'rgandim. Shundan bittasi, hammani uyi bor ekan. Meni uyim qabr ekan. Hamma uyni obod qilishga harakat qilarkan. Men qabr degan uyimni obod qilishiga harakat qildim dedi.
Demak, ikki dunyoda obod qilishlik musulmonda vazifasi hisoblanadi. Jinlarga yer yuzini obod qilishning vazifasi yuklatilinmagan edi. Mana aytildi, va men xoloq tul jin navo inisa illa li abudun. Jinlarni va insonlarni faqat Menga ibodat qilsin deb yaratdim. Ulardan rizq so'ramayman, dedi Alloh. Nimaga jinlarga yer yuzini obod qilishlik vazifasi yuklatilinmadi?
Jumhur ulamolarni fikriga ko'ra, eng aqlli jin o'n yashar inson bolasini aqlichalik bo'lar ekan ahli. Qanday qilib obod qilsin? O'n yasharskiy bola ahliga ega bo'lgan jin. Endi shunday odamlar yo'qmaski, jinlardan yordam so'raydigan, jinlardan panoh so'raydigan ishlarini, yo'llarini ochib berishligini, pollarini ko'rib qo'yishlikni xohlaydigan odamlar bo'ladi. Birodarlar, ular ham siz bilan bizga o'xshagan zaif maxluq, balki bizdan ko'ra aqli ojizroq bo'lgan maxluqlar. Yer yuzini obod qilish edi Alloh aziz va jalla, ularga yuklagani yo'q.
Alloh Taolo Odam alayhissalomni yaratdi va suratini go'zal qildi. Laqod xolaqun al insana fii ahsanai taqvim fin marodadina hosipala safiring. Biz insonni eng go'zal suratda yaratdik, dedi. Mana ulamolardan bir kishini oldiga bir ayol kishi keladi da. Ey imom deydi, erim menga sen agar oydan chiroyli bo'lmasang, talaxsan dedi.
Talax tushadimi? Tushmaydimi? Dedi. E'tibor bering. Oydan go'zal bo'lmasang talaxsan dedi. Shunda haligi imom domlamga ustozimga boring deb ustoziga jo'natdi. Ustozim aytgan javobni menga aytib ketasiz dedi. Ayol bordi ustozini oldiga. So'zini aytuvdi, ey nodon ayol, sen oydan go'zal bola olarmiding? Albatta talaq tushadi. Talaq bo'libsan dedi. Haligi ayol xafa bo'lganicha, birinchi kelgan imomni oldiga keldi, ustozingiz talaq tushadida deb aytdi. Haligi imom yuring da ustozni oldiga oldi, bordi, aytdi, ustoz, talaq tushaydi deb siz. Talaq tushmaydi.
Ustozni nimaga tushunmaydi? Axir inson oydan chiroyli bo'la olmaydi ku desa, ana shu imom, shogirdni ustoziga aytyaptiki, ustoz deydi, Alloh Taolo laqadah xalakunal insana fii aqsanit taqvim degan oyatda biz insonni eng, eng go'zal suratni yaratay deyapti. Demak, eng go'zali surat insonda ekan. Oydan sen chiroylisan, talaq tushunmaydi deganda ustozni tan olgan ekan xatosini.
Birodalar, insonlar yuz, siz bilan biz ana shu yuzga qarab turib baho beradigan bo'lsak, qanaqa suratda bo'lmasin, albatta u eng go'zal suratda yaratilingan. Shu bilan yana bir marta aziz bo'lmayapmizmi? Fi ahsan taqvim, eng go'zalsuratda yaratdik. Farishtalarga Alloh Taolo men yer yuzida o'zimni o'rinbosarimni yarataman deganida, farishtalar javob berib aytdiki, ataj alufiha man yufsi dilfiha va ya spikut dima. Axir yer yuzida fasod tarqatadigan, nohaq qonlar to'kadiganni yaratmoqchimisan?
Farishtalarda bu so'zni Alloh Taologa e'tiroz emas edi. Iste'fon, ya'ni so'rash ma'nosida edi. Axir biz seni urg'ulab turgan bo'lsak, senga tasdiq etayotgan bo'lsak. Yer yuzida qon to'kadigan, gunoh qiladigan bandani yaratasanmi? Alloh Taolo inni a'lamu ma'lata alamu men sizlar bilmaydigan narsani bilaman dedi. Bu savolni farishtalar mana aytdik, e'tiroz qilib aytgani yo'q. Balki aniqlash uchun bilib olish uchun berishdi. Farishtalar hech qachon Allohga osiy bo'lgan emas. Ibodu mukromun la yasuna robbaho ma'amarahum va yafa aluna ma'umarun. Ular hurmatli bandar. Ular robbilarga hargiz osiy bo'lmaydilar. Balki Parvardigori buyurgan ishni so'zsiz bajaradilar.
Farishtalarda bunday deyishiga sabab bor edi. Alloh Taolo jinlarni yer yuziga tushirib, yer yuzida maskan qilib berib, ixtiyorni ularga berganida juda ko'p gunohlarni qilishdi. Nohaq qonlarni to'kishdi. Shunda Alloh Taolo farishtalardan iborat qo'shinni surib, mana o'tgan darsda aytdik, qirib yo'q qilib tashladi bularni. Qolganlarini dengizlardagi, okeanlardagi orollarga surib tashladi. Farishtalar uni ko'rganida, ya'ni ana shunaqa jimda qilib yuboradimi u yaratganing? Axir biz senga tasvir aytyapmiz ku, deb aniqlash ma'nosida so'radi. Ikkinchi ma'nosi, yo biz Allohga ham maqtov aytishligida noqislik qilib qo'ydikmikin, Alloh boshqa bandani yer yuziga yarataman deyapti. Ikki xil ma'noda o'z ichiga oladi mana shu savolni.
Alloh Taolo men sizlar bilmagan narsani bilaman dedi. Farishtalar o'zaro suhbatlashib aytishdiki, Alloh xohlagan bandasini yarataversin, baribir biz Allohni huzurida hurmatli banda bo'laveramiz. Ilmli bo'laveramimiz. Baribir bizdaqa bo'lmaydi u deyishdi. Bunday deyishiga sabab bor edi. Chunki farishtalar butun koinot ishini tadbir qilib turishardi. Yerda aylantirayotgan, bulut haydab kelayotgan, rizqidan tarqatayotgan, va ulardaqa ilmlik, ulardaqa Alloh Taologa so'zsiz itoat qiladigan bandalar haqiqatan yo'q edi. O'zaro aytishdiki, kim bo'lsa ham bizdaqa bo'lmaydi baribir.
Baribir men boshqachaman deb o'ylaymiz hammamiz, otamizga. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, ya'ni insonni tabiati yo'q. Rasululloh sallallohu alayhissalom muomala shu yerda bir axloqini aytib ko'chishimiz kerak. Amr ibn Nos roziyallohu anhu musulmon bo'lgandan keyin ancha kech islomga kirgan. Xolid ibn Valid, Usmonli ibn Talha, Amr ibn Os uchalasi, uchala bir amir bo'lgan, juda kuchli bir qo'mondan lashkarboshi bo'lgan sahobalar Xudoybiya surxida kelib birdaniga iymon keltirishgan. Shunda Amr ibn Os Payg'ambarimiz shunday bir zo'r muomala qilganini ko'rib turib, men Rasulullohga hammadan yaxshi yo'l yurinsam kerak, chunki menga hech kimga qilmagan muomalasini qilyapti deb. Yo Rasululloh, sizga eng yaxshi ko'ringan odam kim desa, Oisha degan ekan. Yo'q, erkaklardan aytyapman desa, uni otasi Abu Bakr degan ekan. Endi Payg'ambarimiz ahlig'ini ko'ringki, shunaqa yaxshi muomala qilganligidan men isklyuchitelniyman deyapti da. Menman deyapti. Men, hammadan men, shunday narsani bera oladigan Payg'ambar alayhissalom. Yo'q, erkakdan aytyapman desak, Abu Bakr deydi. Keyinchi desa, Umar deydi. Keyin chi desa, Usmon deydi. E, deydi, bekor so'rabman deydi. Agar deydi, davom etaversam, oxirida bo'lib qolishingdan qo'rqib to'xtatib qo'ydim, bekor so'rabman. So'ramasdan, hammasidan meni Payg'ambarimiz yaxshi ko'radi deb yurganim yaxshi edi ekan.
Rasulullohni axloqini ko'rib qo'yaylik, bir shingil birodarlar. Har bitta sohibasiga personalniy muomala qilgan. Har bitta sohabi o'zini boshqacha deb bilgan Payg'ambarimni oldida. Farishtalar baribir bizdaqa bo'lmaydi kim yaratsa ham, baribir biz boshqachamiz deyishdi. Darhaqiqat ular Alloh Taoloning huzurida eng hurmatli, eng bilimdon maxluqlar edi. Alloh azza va jalla Odam alayhissalomni tuproqdan yaratmoqchi bo'ldi. Endi turli xil rivoyatlar bor. Haligi o'tmendan yaratdi da, biz u zaif bo'lgan rivoyatni olmaymiz da, sahihani olamiz. Alloh Taolo Odam alayhissa salomni tuproqadan, yer jinsidan yaratmoqchi boldi. Imom Ahmad, Imom Termiziy mehmonlarda keltirilgan hadisda, Alloh azza va jalla buyurdi farishtalarga, yer yuzida qanaqa tuproqni surtib olsa, shundan bir qismini olib chiqildi. Sarig'i bor tuproqni, qattig'i bor, sho'ri bor, qorasi bor, yumshoqi bor, dag'ali bor.
Mana shu tuproqdan Odam alayhissalom aralashtirib, loydan yasaldi. Demak, odamlarni tabiatini xilma xil bo'lishi nimasidan ekan? Turpog'idan ekan. Ya'ni bitta otadan uch xil bola chiqishi mumkin, tabiati, xarakteri. Bu nimasiga bog'liq bo'lyapti? Turpog'iga. Shuning uchun ba'zi bir birodarning injiqligini, ba'zi birodarning sholdir shuldirligini turpog'idan deb qo'yib, nima qilib qo'yavering? Kechirib qo'yaverin. Avf qiladigan bo'lsangiz, bu zaiflarga ehson deyiladi, rizqingizga baraka kiradi birodarlar. Rizqda aytib o'tmasak bo'lmaydi.
Vaqtiki Alloh farishtalarga men loydan inson basharni yaratmoqchiman dedi. Va bu loyni Alloh Taolo aralashtirdi va tinun la'zib deyiladi. Yopishqoq loyga aylandi. Bir biriga qattiq aralashdi. So'ngra Alloh azza va jalla Odam alayhissalomni o'zini ikki qo'li bilan yaratdi. Bir marta aziz bo'luvdi. Qachon? O'zimni o'rinbosarimni, xalifamni yarataman degan edi. Bir marta azziz bo'ldi. Ya iblis, u meni akam tasjuda lima xolohu biyaday. Ey iblis, nimaga men o'zimni ikki qo'lim bilan yaratgan bandaga sajda qilishlikdan bosh tortdi dedi.
Innama amruh idara adashay, yana an yaqul alahum. Kunfaya. Alloh bir ishni qilmoqchi bo'lsa, shu ishga bo'l deydi, shu ish bo'ladi. Lekin Odam alayhissalomni ikki qo'shlim bilan yaratdim deyapti. Yana xos muammolami? Bizni otamiz shunaqa birodarlar. Alloh taoloni qo'li haqida. Ahli sunna va jamoatni aqidasida Alloh taoloni qo'li bor deyilyapti mana. Nima deymiz bunga biz?
Muattalar, mushabbaha degan firqalar chiqib ketdi. Muattalar aytishdi, Allohni qo'li yo'q dedi. Qo'li bo'lsa yelkasi ham bo'lishi kerak. U beli ham bo'lishi kere. U bizga o'xshab qoladi. Allohni qo'shni yo'q dedi da, yo'q deganligi uchun Allohni qo'mitini kofir bo'lib ketishdi. Chunki Alloh taolo ikki qo'lim bilan deyapti. Biyaday deyapti, lug'atni biladigan birodarlar. Ikki qo'li bilan deyaptilar. Oyatni inkor qilishda kofir bo'lishdi. Mushabba xalal chiqishdi. Ha, Allohni qo'li bor. Bizni qo'limizga o'xshaganlar Allohni qo'lliga sifatni belgilab qo'yishdi. Ular Allohni qoidaga sifat bergani uchun kofir bo'lib ketishdi. Bizni tutgan mavqehrimiz qanaqa bo'ladi? Allohni qo li bor, kayfiyatini Alloh o'zi biladi. Demak, Alloh ikki qo'l bilan yaratdi dedi. Qo'li borligiga iymon keltiramiz. Qandayligini Alloh biladi. La isaka mif lihi shay, u vahoo samila alayhim. Alloh Taolo'ga hech bir o'xshaydigan narsa yo'q. Yana Alloh eshituvchi, biluvchi bo'lgan Zot. Eshitish qanaqa? Bilish qanaqa kayfiyati bizga berilgan emas.
Alloh Taolo Odam alayhissalomni timsol, haykal suratda yasab, tashlab qo'ydi. Bir necha kun yoki bir Alloh xohlagancha muddat tashlab qo'shdi. Mana tuproq, loy, yopishqoq loy va musavvar jism. Timsol holati solsol. Qurigan, qatigan loy holatida haykal bo'lib turdi. Odam Odam alayhissalomni Alloh azza va jalla bo'yini oltmish metr qilib beradi, sahih hadislarda kelgan. Oltmish metrdir. Yelkasining kengligi yetti metrda bo'lgan rivoyatlar bor.
Ya'ni, va men xalq, va men xalqu, va men ham va mazzal al xolq u yonqusim muntuzak. Rostini aytdi. Ana shu kundan boshlab, va mazzal al xulq u yonqusi muntuzak. O'sha kundan boshlag insoniyat kichrayishga qarab ketadi deydi. Dalil kerakmi? Muzeylarga borsanglar besh yuz yil burun odamlarni kiygan kiyimlari, ushlagan qilichlari bor.
A? Ikki hisobli, uch hisobli deb o'rta asrlardagi ritserlarni qilishini qarasangiz, u bitta qilichga ko'tarib kechgacha chopishgan u. Biz ikkitamiz ham ko'tara olmaymiz uni. Nimani belgisi bu? Siz bilan biz mana yoshi katta oqsoqollar o'tiribdi, otalarimizni eslaylik da, opa dadalarimizni. Qanaqadir gavdalik, ularni ushlagan ketmonini biz o'rnidan ko'tara olmaymimiz kerak bo'lsa, lekin kechgacha ketmon chopgan. Insoniyat qiyomatgacha kichayib borishligi mana shu hadisdan hujjat olinadi. Oltmish metr bo'lgan bo'yi, ana shu kundan boshlab insonlar kichik eshita boshladi. Bir avlod keyingi avloddan kichikib ketaveradi. O'zimiz ham ko'rib turibmiz ku, birodarlar.
Jannat ahllarini bo'ylari, ana shu Odam alayhissalomni bo'yi oltmish metrda bo'ladi. Rasulullohu alayhi vasallam mana Imom Ahmad ro'vat qilgan hadisda aytgan ekan, Odamni bo'yi o'ttiz metr edi, ziro edi, yana yetti metr, yetti ziro edi. Imom Muslim ahmaddan keltirilgan hadisda Rasululloh aytadi, Alloh Odamni yaratib, yasab, shakllab bo'lgach, bir muddat o'z holiga tashlab qo'ydi. Ruh kirgizmadi.
Qolalama xoloqullohu adam tarakhohu mana shangada. Haykal holatda turdi. Qirq kun deyiladi, vallohu a'lam. Iblis jannatda edi. Iblis farishta emas edi. Ibliz layin emas edi hali. Yer yuzida, rivoyatlarda keladi, ana shu jinlarni ichidagi eng taqvoligi, eng ibodatga polvon bo'lganligidan Alloh azza va jalloni ikki ro'mol, hurmat qilgan holda jannatga olib chiqib qo'ygan edi.
Allohni makiridan faqat fostiq qavmdor g'ofil qoladi. Jannatga kirganda ham Alloh xohlasa makir bilan chiqarib yuborgan ekan shu ummani. Iblis keldi da, hasad qildi. Kim bu dedi. Nima uchun yaraldi? Har tomonda aylanib ko'rdi. Hadislarda keladi, Iblis kelib, tepib ko'rdi Odam alayhissalomni. Shunda ovoz chiqdi. Odam alayhissa alomni qorni bo'sh edi. Haykal holatda qorni bo'shi edi. Ovoz chiqqani ko'rdi da, odam alayhissonomni ichi g'ovak, bo'm bo'shligini ko'rdi da, quvvati yo'qligini bildi. Ibn Abbos tabarida keltirilgan rivoyatlarda Odam shakllangan, yaralgan holda qirq kun ruhsiz holda turdi. Shayton keldi, ko'rdi, qo'rqdi, hasad qildi. Farishtalar ham qo'rqishdi. Oyog'i bilan tepib ko'rdi, u nima bo'lib chiqdi. Odami og'zidan kelib, orqasidan chiqdi iblis. Ichini bo'shligini kirdi va farishtalarga aytdi, undan qo'rqmanglar. Agar Alloh uni menga bo'ynini sindirib qo'ysa, uni halok qilaman. Agar meni unga bo'ynini sindirsa, bo'ynini sinmayman dedi.
Niyatni qaranglarda. Hasad, kibrdan burun hasad bo'lyapti birodarlar gunoh. Hasaddan boshlanadi ko'p narsa. Keyin kibr qilasiz. Va hamma hayron bo'ldi, nima uchun yaraldi bu yangi maxluq? Kimligini bilmaydi. Necha marta aziz bo'ldi? Uch martami?
Uyqusiryapmiz shekilli ekan. So'ngra Alloh aziz va jalloh odam alayhissalomga ruh kirgizdi. Fayda nafaq fayda savoy tuxi va nafaqtu fiyhi mi ruhiy, faqav u lah u sajiddin. Qachoniki men unga uni yaratib, tekislab, shakllab, o'zimni ruhimdan puflab kirgizganimda, unga sajda qilgan holda yiqilinglar. Mana endi uch marta bo'ldi. Nimamdan deyapti Alloh?
Ruhimdan deyapti. Birodarlar, siz bilan bizdagi tirik qilib turgan ruh, bu Allohning ruhidan ajrab chiqqan ruhi, birodarlar. Mana bu jasad. Bu turpoqdan bo'lgan, yerdan bo'lgan. O'lganimizda kirib ketadi. Inson o'lganda, yerdagi yerga, osmonniki osmon ko'tariladi. Nima o'lmaydi? Jasadmi, ruhmi? Allohu la ilaha illallohu alayhi va alayhiul qoyyum la tahudugu. Sinatun vala anavu. Allohni na uyqu oladi, na mudroq oladi. Ruh uxlamaydi, birodar.
O'lmaydigan, uxlamaydigan, mudroqmaydigan Alloh azza va jalani ruhidan chiqib bizga kirdi. Biz aziz qilgan narsam shu ruh, birodar. Shu ruhni Alloh Taolo kiyintirib qo'ydi mana jasad bilan. Qiyomatda Alloh Taolo boshqadan tuproqdan chiqarib kiyintirib quradi bu jasadga. Jasadni etyat qilib, ruhni qiynamanglar birodarlar. Namozda turganda rohat oladi, to'g'ri oyog'imiz tolyapti, belimiz tolyapti chiqib ketib qolyapti chidamasdan. Ishlatib qolish kerak bu jasadni, bu ruhni rohati uchun.
Hadislarda keladi, mana quyidagi hadisda Odam alayhissalomga ruh kirishlik tafsilotlari keladi. Alloh Taolo Odam alayhissaalomga ruhni boshidan kirgizdi. Birinchi bo'lib ko'zi ishladi. Jannatdagi ne'matlarni, mevalarni ko'rdi. Aqli ishladi. Pastga qarab keldi. Mana shu joyga kelganda, Odam alayhissalom bitta aks urdi.
Shunda farishtalar, Alhamdulillah deng deyishdi. Odam alayhissa'nni birinchi og'izdan chiqqan so'zi, Alhamdulillah bo'ldi. Alhamdulillah ibodatlarni ibodati birodarlar. Inshaalloh keyingi suhbatlarda Alhamdulillah qanaqa ibodatligini gapirib beramiz. Alhamdulillah dedi. Voy ey, nimadi?
Alloh azza va jalla javob berdi: Rohim aka, robbuk, robbingni senga rahmati bo'ldi dedi. Necha marta bo'ldi? Qaranglar, otamiz qanaqa inson bo'lgan? Qanday banda bo'lgan? O'sha otamizni farzandimizimiz haqiqiy. Bir gunoh qilib qo'yib turib, kunni buni adam va xotin va kunni qoyrul xatdayinni tavo buni deyveramiz. Nima deymiz? Xato qiluvchilarni odam bolasi borki, xato qiladi. Xato qiluvchi lekin yaxshisi, to'ba, birodarlar, otamizga ergashsak, otamiz bir marta yana xato qilgan.
Bir marta o'sha mevani yeb qo'ygan. Qaytib gunoh qilmagan. Ras otamizni farzandi bo'ladigan bo'lsa, gunohini kamroq qilaylik. Har safar gunoh qilib qo'yibdilar, to yaxshi qiluvdisi, to bahruzdisi. Qilmaslikka harakat qilaylik birodarlar. To'rtinchi marta allohga rahmatli bo'ldi. Ruh odam alayhissalomni qorniga yetganda, qorni ishga tushdi da, jannatni mevalarini ko'rdi, yeyish kerakligini tushundi. Hali jon oyog'iga yetmasdan turib intilib yubordi. Shoshilib ketdi. Otamizdan bu ham.
Bir narsani mo'ljallasa yetkuchi bo'lmay ketamiz u. O'ttiz bir da kutib shoshilyapmiz u birodarlar. Shoshilsak ham, shoshilmasak ham, Alloh bergan kun bo'lishini iymon keltirdingmi? Shoshilmang. Shoshilmang! Kim aytgani bo'ladi? Xotirjamlik shu emasmi? Odam alayhissalom shoshib yuborgan ekan. Xoli qalay insonim, men ajralaman. Alloh Taolo inson shosh qoloq deyapti. Shoshib ketamizda, bo'lmayapti da, bo'lmayapdi. Duo qildingiz necha yildan beri so'rasa bo'lmayaptimi, birodarlar, duo qilavering da. Bo'lmayaptida desangiz pishib qolishi mumkin.
Turibdi, tushishi kerak. Shuncha so'radim, bemalol dedingiz, ellik yilda ham bemalol dedingiz. Bo'ldi, tushmaydi endi. Inson o'layotganda ham xuddi shuni aksi bo'ladi, birodarlar. Jon oyog'idan chiqishni boshlaydi. Yaxshi bilamiz a, oyog'i muzlab qolibdi deymiz, oyog'i nima deymiz? Ishib qolibdi deytmiz.
Xuddi shuni teskarisi bo'ladi. Ruh qanday kirgan bo'lsa, chiqishlikda xuddi o'shanga teskari yo'l bilan oyog'idan boshlab chiqishni boshlaydi. Yo mana ba'zida shu shunday bir ulamolarni gaplari keladi, inson mana shu o'lganida ko'ramiz, haligi kinolarda ko'ramiz da endi. Ko'zi shunday osmonga qarab qoladi. Ruhini chiqib ketayotganini ko'rar ekan ko'zi oxirgi marta. Ruhini ko'rar ekar o'shani.
O'ho, hali qancha bor unga deymiz u. O'rtacha bir yetmish ga kirsam. Kim biladi birodarlar? Kim biladi yetmish ga kirishimizni? Alloh shu bahana haqida odam alayhissalomga jon kirgizib bo'lgandan keyin, u mutqasini o'ng qo'li bilan sinadi.
Va qiyomatgacha, ana shu lahzadan boshlab, qiyomatgacha yashaydigan odamlarni ruhini bir vaqtda yaratdi. Bu yerda o'tirganlar yoshi qancha bo'lishidan qat'iy nazar ruhimiz teng akalar. Odam alayhissalomni birinchi farzandlari va oxirgi qiyomatdagacha yaqin tug'iladigan farzandlar ruhi bir vaqtda Alloh Taolo bo'ldi da, hamma ruhlar bir vaqtda yaraldi. Endi dunyoga kirishlik tartibi, Alloh Taolo taqdir qilib qo'ygandaqa, birimiz burun, birimiz keyin dunyoga kelamiz.
Alloh azza va jalla mana shu o'rinda bandalar bilan misol tuzdi. Musulmonmisan? Alhamdulillah musulmonmiz. Musulmonman. Kimni millatidansan? Kitobing nima? Qudang nima? Qachondan beri musulmonsan desa, Almisog'idan beri deymiz. Almisog'ni ma'nosi nima desa, haligi test qatorini bo'lib qolgan, yodlatib qo'ygan kattalarimiz. Almisog'ning ma'nosi nimalar desa, ruhlar balo degan kuni. Nima degani? Mana shu masalani gaplashamiz, inshaalloh.
Inay to'xtatamiz. Astaytibir aytdi, ahadarob buka minbani adama min zuhurixim, zo'riyatixum va ashxadahum alam fuzixim. Alastu bi robbikun qolib bola, shahidna an taqvila yavmal qiyamati inna kunna an hadar ofiylin. Av taqvila inna mashru ka'ba unamin qoblu va kunna huzuriyatamin badihim. Afatuqli kuna bima faylan mubit ilon. Qiyomat kunida Allohni oldiga borganda, bir banda, ha men eshitmagan ekanman bularni. Ha menga birov aytmagan ekan der ekan.
Biror bir qavm bo'lmaydi, mag'lar ichida albatta oxiratni ogohlantiradigan nazir, ogohlantiruvchisi bo'ladi deyildi. Endi bir bandada eshitmadi ham deylik. Ruh ana shu paytda yaratib qo'yib turib, hammamizni ruhimizni Alloh taolo alasqu bi robbukum. Men sizlarni yo'g'dan bor qilgan robbilar emasmanmi deganda hammamiz bir ovozdan ha, biz guvohimiz, sen bizni yo'g'dan farq qilganligingga deb javob berganmiz. Kim eslay oladi shuni?
Eslay olmaysizlar a? Men ham eslay olmayman. Chunki agar buni eslay, buni eslaydigan bo'lsak, bu qanaqa bu imtihon bo'lib qoladi? Alloh taolo aytyapti, mana, biz guvohlikka o'tdik, qiyomat kunida. E, biz bu narsalardan bexabar ekanmiz, otalarimiz mushriklar bo'lgan ekan, otalarimiz qilgan gunoh tufayli, ana shu ahmoq bo'lgan odamlarga ergashganligim uchun azoblaysanmi, demasligimiz uchun senga hozir so'z beryapmiz. Ya'ni har bittamiz bittadan bittadan eslaymiz birodarlar qiyomat kunida. Bergan so'zimizni. Ana shu payt minisoq deyiladi. Ruhlar parvardigori bilan ittifoq qilgan, dogovor qilgan kuni minisoq deyishadi. Qachondan beri musulmon ekanmiz? Almisoqdan beri. Almisoqni ma'nosi nima ekan? Hammamiz ham parvardigor. Sen bizni yo'qdan bog' qilgan robbimizsan, bizga hech qanaqa uzr qolmadi degan kunimiz. Demak, hech kimga qiyomat kunida uzur qolmaydi.
Alloh azza va jalla mana hazrati umarovat qilgan xatis rasul aytadi, alloh odamni yaratdi va o'ng qo'li bilan uni zohirni siladi va qiyomatgacha yashaydigan zurriyotni chiqardi va dedi alloh. Ana ularni dedi, jannat uchun yaratdim. Mana bularini do'zax uchun yaratdi dedi. Ruh bo'lib turgan paytda orotaloq bo'lib qo'ydi. Mana bu qismi jannatga, mana bu qismi do'zaxga dedi.
Biz nomayi amolimizni o'ng qo'limizdan olib, jannatiligimizni xabarini topmaguncha hech qachon xursand bo'lishga haqqimiz yo'q. Tushundingmi? Vam man man utya, ketay baho, biya meniki, fayaquli, ha bu qirovni ketay biya. Ammo kimni kitobini o'ng qo'llardan bersak deydi Alloh Taolo. Kitobini oladi da, xursand bo'lib ko'ringlar, mana Alloh meni kitobimni o'ng qo'ldan berdi. Va mana bu yerda kitob o'qib beshimaligi, ammo kimni kitobini chop qo'lidan bersak, o'ng qo'llidan, chop qo'ldan olinadi. Ana shu kun kelguncha hech kim xursand bo'lishi, xotirjam bo'lishi ekan, haqqi yo'q.
Shunda bir ikki so'raydi, Rasululloh dedi. Kimni jannatga, kimni do'zaxga borishi hal qilinganmi? Ha dedi Rasululloh. A unda nima qilamiz qiyla, nima qiladi dedi. Kitobimizga suyanib, yozib qo'yganingizga suyanib yotavermaymizmi? Meni jannatim bo'lganim yozgan bo'lsa, men dod desam ham, faryod desam ham jannatga kiraman ekan. Shundaymi? Shunday.
Men har qancha amal qilsam, agar do'zaxligimni yozgan bo'lsam, do'zaxga kirib keta olaman ekan. Shunda ham unday emas, birodar. Ey, mana bu kunni muyassar liman xul uxaradir rasululloh. Yo'q dedi, amal qilinglar dedi. Har kim dedi, diqqat qilaylik. Qayoqqa yozilgan bo'lsa, shu yoqqa olib boradigan ishlarni qilishlikni oson qilib qo'yadi u uchun.
Tushuntira oladimi? Bemalol kechqurun turib namoz o'qiy olaysiz, bemalol ellikta yerda bir yuz dollar turganda oqlab o'tib keta olasiz, bemalol ko'zingizni shunday yerga olib qochib olasiz, zino bo'lak ekanda ko'z zinosi. Bemalol televizor ishlab qola olasiz, bepalol qur'onangizni ochib, televizor o'chirib qo'ya olasiz, beonalol qur'oningizni o'qiy olasiz. Va aksincha, bir bandani alloh do'zax qilib yozgan bo'lsa, uni hech kim bilmaydi. Xuddi jannatga yozganini bilmagandek. Lekin bu do'zaxiy ishlarni qilishlik bilan mashg'ul bo'ladi, do'zaxiy narsalar qilish unga oson bo'ladi. Ba'zida yerda ketayotgan qo'ng'izni bosib olsangiz, inson qanaqadir bir ichingiz ezilib ketadi. Beqasd qildingiz, lekin ichingiz ezililib ketadi. Endi odamlarga ochiq zulm qilayotgan odamni ko'rganda nima deysiz?
Yo'q, Alloh biladi, uni ayta olmaymiz do'zaxligini. Demak, ba'zi odamlarga do'zaxni ishini qilishiga oson bo'lar ekan. Ba'zi odamlarga jannatni ishlarini qilishlik. Demak, tekshiraylik birodarlar. O'zimizga savol beraylik, qaysinisi oson bo'lyapti. Yana noaniq kim qaqqa borishligi biz uchun. Alloh aziz va jalloh o'zi biladi. Xulosa birodarlar, har bir inson o'ziga qaysi tomon yozib qo'yganligini bilmaydi. Va har bitta insonda ixtiyor bor.
Indalloh shu gapdan. Ixtiyoringiz bilan jannat ishladi qiling, jannatga kiring, ixtiyoringiz bo'lgan do'zaxga ishladi qiling do'zaxga kiring. Lekin jannat ishlati ixtiyoringizni bilan qilayotganda ham kerilmang. Chunki innomal amal bil xavotim, amallar xotimasiga qarab o'lchanadi. Bu o'tirishimiz hech narsa emas. Ketar soatda shunday holatda ketmasak, bu o'tirishim hech narsa emass. O'shaning uchun o'zimizga katta baho berib, xotirjam bo'lib qolmaylik.
Necha marta aziz bo'ldi? Birinchisi. O'rinbosarim dedi. Ikkinchisi. Qo'li bilan yaratdi. Uchinchisi. O'zini ruhidan kirgizdi. To'rtinchisi. Rahima karobbuk dedi. Mana shu joyda to'xtatib, qolganini keyingi darsda inshaalloh suhbatlashgan bo'lamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.