Bismillahir rohmanir rohim. Marhamatullohir rohiminan alamin, assalomu alaykum va alaqshu ala alaykum. Assalomu alayhi va alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Payg'ambarlar qissalarini boshlab, mana Odam alayhissalomni yaralganiga kelib to'yga qo'ygan edik. Kechagi suhbatimizda bugun inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz. Kechagi suhatimizni xulosasi shu ediki, Alloh subhanah va taolo Odam alayhissaomni yaratib, umurtqasini silab, qiyomatgacha yashaydigan odamlarni ruhini yaratib dedik. Va ana shu qiyomatgacha yashaydigan ruhlarni yaratib bo'lib, mana bularni dedi Alloh taolo do'zax uchun yaratdim va ana bularni jannat uchun yaratib deb belgilab qo'ydi. Shunda sahobalardan biri so'radiki, Rasululloh, ha biz hali dunyoga kirmasimizdan turib, jannati yoki do'zaxligimiz ruhli holatimizda belgilanganmi deganda Rasululloh ha deb javob berdi. Unda amal qilib nima qilamiz? Kitobimizga suyanib o'tirsak bo'lmaydi bu. Deganda Rasululloh aytdi, ey amaloo kunun muyassarun li ma'quli qolar. Amal qilinglar. Har bir kishini, har bir kishini qayoqqa borishligi, ana shu uni qilayotgan ishlardan bilinadi. Jannatiy bo'lib yozilgan bo'lsa, jannatiy ishlarni qilishiga oson bo'ladi. Do'zaxiy deb yozilgan bo'lsak, do'zaxiy ishlarni xilishiga oson biladi. Demak, insonni qayoqqa borishligini Alloh azza va jalladan boshqa hech kim bilmaydi.
Insonda ixtiyor bor. Sizlardan bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir umr jannat amali ahlini qilib yuradi. Jannatinglarni amalini qilib yurad, lekin kitob o'sadida, umrini oxiriga borganda bitta gunoh qilib, jahannamga ravona bo'ladi. Va sizlardan bir kishi bir umr jahannam ahli amalini qilib yuradi da, u bilan jahannam o'rtasida bir zo'ravon masofa qilganda, bitta solih amalni qilib, shu bilan jannatga kelib ketadi. Ya'ni hech kim qayoqqa borishligini bilmaydi. Alloh azza va jalodan tashqari. Demak, siz bilan bizda ixtiyor bor. Ixtiyorimiz bilan Alloh taolodan taqvo qilsak, mana farishta, jinlar, farishtalar, jinlar, insonlar, hayvonlar. Inson mana shu hayvonlar bilan farishtalar o'rtasida yaralgan. Farishtalarda aql bor, ixtiyor yo'q. Ular gunoh qila olmaydi. Hayvonlarda ixtiyor bor, lekin aql yo'q. Insonda ikkalasi ham bor. Aqli ham bor, ixtiyori ham bor. Inson mana shu gunoh qilishlik ixtiyori bo'lib turib, o'zini mana shu ixtiyoridan man qilib, gunoh qilmasdan Allohga ibodatda tanlaydigan bo'lsa, aqli bilan, bu mana shu farishtalardan balandroq darajada bo'ladi.
Chunki gunoh qilishlik imkoniyati bo'lib turib, gunoh qilmayapti. Endi mana shu ixtiyori bilan, aqli bilon gunohni tanlab qoladigan bo'lsa hayvondan past darajada bo'ladida. Chunki hayvon aqli yo'q, gunoh qilmasa inson ahli bo'lib turib ixtiyori bilon gunoh qiladi. Demak insonga ixtiyor ham berilgan, aql ham berilgan. Mana Alloh Subhanah va Taolo Odam alayhissalomga yaratib, farishtalarga va iblisga ham Allohga, Odam alayhissaalomga sajda qilishlikka buyurdi. Mustaidbillah, valaqado xoloq naqum summa savor naqum summa qulna lil malayka tuzjuduli adama fasajadu illa iblisallam yaqumina sajiding qolama mana aka alla tazjuda il amartuk. Vaqtiki Alloh Taolo mana darhaqiqat sizlarni yaratdik. So'ngra sizlarga surat berdik, so'ngra farishtalarga, Odamga sajda qilinglar dedik. Bas ular sajda qildilar, faqat Iblis bosh tortdi va sajda qiluvchilardan bo'lmadi. Alloh Iblisga senga buyurgan vaqtimda seni sajda qilishlikdan nima to'sdi? Odam alayhissalomni xalifa deganda bir marta aziz qilgan edi.
Qo'li bilan yaratganida ikki marta aziz qolgan edi. Aksirganda, rohim akaro bu uy deganda, shuncha marta aziz qilgan edi. Yana? Ruhimdan deb, ruhidan kirgizgan payt aziz qilganida, endi Alloh Taolo sajda qilishlikka buyuryapti. Farishtalarga. Odam alayhissalomni hurmat qilishlik yuzasidan, bu ibodat sajdasi bo'lgan emas. Ikrom sajdasi, hurmat sajdasi bo'lgan. Demak, Alloh Taolo farishtalarga sajda qilishlikni buyurgandek, Iblisga ham sajda qilishlikka buyurdi. Shunda Iblis aytdiki, qolani xoyrun minh, xoloqtanimin narin va xoloqtaahun minqin. Men undan yaxshiroqman dedi, sajda qilmaganligini sababini aytib. Uni tuproqdan, loydan yarating, meni o'tdan yarating. Mana shu joyda birodarlar, gunohda, hamma gunohlarda asli mana kibr deb aytadi ulamolar. Chunki insonni qalbida kibr bo'lgandan keyin asta sekin gunoh qilishlikka o'tadi. Har qaysi odam, mana aytganmiz haligi chervozlik degan darsimizni o'tganimizda, o'zini ro'parasidagi turgan odamdan qaysidir bir tomonlarini ustida bo'ladi, ro'parasidagilar odamdan o'zini albatta baland deb biladi. Yo puli ko'p, yo aqli ko'p, yo kuchi ko'p, albatta nimangizdir baland, nazaringizda. Iblis ham o'zi haqida shunday fikrda edi. Men undan yaxshiman dedi.
Birodarlar, Allohni huzuriga borganda bilamiz kim kimdan yaxshiligini. Innakroma koma inna allohu yathukum. Ilmliylar ham demadi Alloh. Allohni huzurida hurmatu bal'atinglar, Allohda ko'proq qo'rqaninglar dedi. Iblis jannatga kirgan edi. Lekin ana shu kibr degan kasal bor edi. Mana, jannatda turib ham gunoh qildim Iblis. Gunoh qildim.
Bandalarini Alloh Taolo jannatga kirgizganda mo'minlarda birini darajasi albatta ikkinchisinikidan farqli bo'ladi. Mana hadislarda keladi, jannatni yuz etaj deyilgan. Insonlarda qilgan amallarga qarab ana shu joyi belgilanadi. Hadislarda keladi. Bir qoringa Qur'on yodlagan kishiga jannatni eshigi tagiga o'qing deyiladi. Qur'on o'qishlikni boshlashligi bilan darajasi ko'tariladi da, oxirgi yodlagan oyatiga to'xtaganda, shu yetgan joyi shunga kiriladi.
Demak, Qur'on yodlashlikka xaris bo'lishimiz kerak. Demak, jannatinglarda darajalari har xil belgilanganda, pastda turganlar tevadainglarni baribir havas qilar ekan ozgina. Baribir ko'proq tekkan da ularga degan. Lekin birodarlar, jannatda bunaqa muammo bo'lishi kerak emas. Jannat haqida o'zi inshaalloh mana qadr kechalari kelyapti, shu to'rtda gapirarmiz inshaalloh. Batafsilroq. Jannatda muammo bo'lmaydi birodarlar.
Hattoki bir birodaringizni uyiga borib turib kirmoqchi bo'lsangiz, posh bo'lib turing deyish kerak, ahliga. Shundaymi, ayol kishilar ko'rmasligi uchun, shu ham bir mushkulami dunyodagi? Jannatda bir jannat edi, Alloh Taolo xuri bilan o'tirgan bo'lsa, ikkinchi birodari kelaveraymi deyishligi ham muammo birodari. Shunda kirib kelishligi kerak. Alloh qanday hal qilib qo'ydi buni? Ana shu xuri o'zini xojasiga ko'rinarkan, boshqa hech kimga ko'rinmas ekan.
Havas qilar ekan. Havas qilib menda ozroq bo'lib qoldi demaslik uchun Alloh Taolo Qur'onda aytadi: va naza ana mafi sudurixin min g'illin ihvanin ala surin mutaqobilin. Jannatga kirganlarni qalbidan bir biriga nisbatan bo'lgan g'illag'ashlikni chiqarib tashlaymiz. Yaqin do'st birodarlar qatorida bir biriga qarab o'tiradi deydi. Ononiki menikidan yaxshi degan narsani olib qo'yar ekan Alloh Taolo. Har kim o'zini topgan joyidan rozi bo'lar ekan. Iblis kirgan edi Jannatga. Lekin baribir ana shu kibr bilan birga kirgan edi. Alloh Taoloda taqdiri buyog'i emas edi siz. Men undan yaxshiman dedi, Alloh Taolo o'zi biladi kim yaxshiligini.
Iblis odam alayhissalomga sajda qilishlikdan bosh tortgandan keyin Alloh Taolo uni jannatdan haydab chiqardi. Foh bit min ha, fama takunulaka antataka barafiha, faxruj innaka minas sog'iydin. Bas, jannatdan chiqqin. U yerda senga kibr qilishlik lozim bo'lmaydi. Chiqqin, albatta, sen sovurlardan, pastlardan san dedi, Alloh Taolo xor qildi uni. Iblis mana shu o'rinda gunoh qildi, gunoh qilganligini tushundi, lekin tavba qilmadi. Balki o'jarligida davom etdi, chunki kibr bor ichida uni qalbida. Anzirni al ilayyom i yubosun. Parvardigor, meni qiyomatgacha o'ldirmagin. Ya'ni meni o'ldirmagun dedi. Innaka minal mundoring. Albatta sen qiyomatgacha, ma'lum bir vaqtgacha o'lmaydiganlardansan, degan Alloh Taolodan o'lmaslik xatini olgandan keyin, Allohga ahd berdi, so'z berdi.
Hammani do'sti bor, dushmani bor da nazarida. Birodarlar, shaytondan katta dushman bo'lmaydi. Shaytondan katta dushman bo'lmaydi. Iblis Allohda mana shu muhlatni olgandan keyin, o'lmaslikka va'dani olgandan keyin aytdiki, seni to'g'ri yo'lingga o'tirib olaman. Mana shu odamni deb jannatdan quvildimmi? Mana shu odamni deb, mana shu yo'nadan chiqdimmi, uni o'ng tomonidan, chop tomonidan, oldilaridan, otlaridan kelib, juda ko'pchiligini adashtiraman, oqibatda odam farzandlarini ko'pchiligi va la tajidu aksar oxun sha'kirin, juda ko'chiligini shukur qilmayotganligini topasan dedi. Shayton gapiga javob beryapti birodar. Odamlarda ko'pchilagi Allohga shukur keltirmay yashayapti. Biz faqat ibodatni tushunmaylik shukur keltirish deganda. Allohni bergan kuniga rozi bo'lishlik, shukur keltirdik. Hattoki ko'pchilik namozxonlarimizga mana shu suhbat kam topiladi. Namozini o'qiydi, shikoyat qilaveradi hayotidan. Issiq bo'lib ketdi, sovuq bo'lib ketadi, qimmat bo'lib ketdi. Arzon bo'lib ketdi da. Allohni bergan kuniga rozi bo'lib yashashni shukur katta emasmidi? Ibodatda qoyim bo'lishni shukur qilishni katta emasmidi. Shayton ana shu kundan boshlab, jannatdan quvildi va Odam va alayhissalomga dushman bo'ldingiz. Alloh Taolo mana shu so'zidan keyin, uhruj minha umuman madhura, lamantabi aka minhum la amla anna jahannama minhum ajmain.
Jannatdan la'natlangan, xor, past bo'lgan holda chiqqin, senga ergashganlar bilan jahannamni to'lg'izaman deb Alloh ham va'da berdi. Innakala tuxlifun me'at deymiz duoda. Parvardigor, sen hargiz va'dangdanga xilof qiladigan zot emassan. Ularni ovozlaring bilan, hiylalaring bilan, qo'lingdan kelgan hamma vositalar bilan chorlagan, ularni mol dunyolarida, farzandlarida sherik bo'lgin, ularga yolg'on va'dalarni bergin. Shayton insonga faqat g'ururni, yolg'on, bo'mag'ur narsalarni va'da beradi. Mana mol dunyosida, bola chaqasida sherik bo'gin deyapti. Musulmon odamga sunnat bo'ladi. Ayoliga yaqinlik qilganda, ovqat yeganda, Allohni ismini zikr qilishlik. Mana shu ikki o'rinda shayton siz bilan bizga sherik bo'ladi, birodar.
Mana kattalarimizdan eshitardik, semiz shayton bilan arvoh shaytdan uchrashib qolgan ekan. Kattalarimiz biladi buni. Birodar, bu sahih Buxorda kelding, hadis ekan bu. Keyingi davrada bir ilmda aslida bu uzoqlashib ketganligimizda rivoyat qatori qolib qolavergan ekan bu ma'noda, lekin hadis ekan. Ana shu semiz shayton bilan og'riq shayton uchrashadi hadisda kelishicha.
Og'riq shatondan semiz shayton so'raydi, nimcha ozib ketding, necha to'zib ketding. Ha menga biriktirilgan odam deydi, men biriktirilgan otam yeganda bismillah deydi. Qo'limdan ovqatim tushadi. Kiyganda bismillah dedi. Yalang'och qolaman. Uyga kirganda bismillah diydi, eshik tagida qolaman. Senimcha semirib ketding. Xuddi shu narsa. Yeyotganda bismillah demaydi, teppa teng yeyman. Kiyayotganda bismilloh demaydi, teppating kiyaman. Ayoliga yaqinlik qilganda bismillohni teppa teng sherik bo'laman deydi.
Demak birodarlar, bismillah eng kamida, bismillohir rohmanir rohim deyishga ja charchayotgan bo'lsak, eng kam qisqasi bismillah. O'zi har bitta o'rinda sunnat bo'lgan ma'sud duolar bor. O'sha yaqinda qilayotgandek, ovqat yegandek, oqishni yeyishdan oldin yotayotganda turgandek, kiygandek duolar bor. Bilamizmi shularni? Demak, shayton mana shu ikkita narsada sherik bo'ladi insonga. Mol dunyosida va farzandlarida.
Shaytonni mana shu qilgan osiyligi Alloh Taologa qilingan birinchi isyon. Birinchi gunoh shu bo'ldi. Demak, birinchi gunoh kibr bo'ldi. Kibr, mana aytdik, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldiga bir kishi kelayaptiki, Rasululloh, mana ko'ryapsiz, Alloh meni chiroyli qilib yaratgan. O'zim boshqalardan chiroyli bo'lib turganimda, kiyimim ham boshqalardagina bo'lishini xohlamayman, chiroyli bo'lishini xohlayman. Shu kibirmi deb so'raganda Payg'ambarimiz, yo'q, kibr bu kibr emas dedi. Al kibru batarol haqqiy vahob tunnas dedi. Kibr haq so'z aytilinganda xo'p deb unamaslik, va odamlarni mensimaslik dedi.
Haqsiz, Allohni so'zi bo'lg'adi, Shayton unamadi, Odam alayhissalomni nima qilmadi? Mensimadi. Aytyapmiz ku, hamma o'zini ro'parasidagi odamdan baland deb biladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam davrida, Rasululloh tirik paytida, muhojirlardan birini quli, ansorlardan birini quli bilan suv tolashga urishib qoladi. Ya'ni muhojirlar, ansorlar bu insonlarni eng bir afzal toifalari. Rasulullohni yoniga bir tayoq bo'lgan kishilar, yordamchi bo'lgan koshlar. Shunda haligi ansorni quli, ya' alal ansor deydi. Ey ansorlar deydi.
Muhojirlarni quli, ya alal muhajiring, ey muhojirlar deb turib, makkaliklar, madaniylarda tavakkalchilik o'tib qolishadi. Kimlar bular? Sahobalar bo'ladi. Rasululloh tirik turgan davrdagi sahobalar. Shunda munofiqlarga bo'lib berdi. Ana shu Abdullohi Nubayev aytdiki, ana, ko'rdinglarmi dedi, fursatni foydalanishini qarang, fursatdan foydalanish edi. Bu muhojirlar hech narsasi yo'q, qip qizil jadval bo'lib Makkadan kelganda bag'ringlarga oldinglar, joylarni berdinglar, ovqatinglarni berding, uylarni berdinglar. Mana endi o'zinglarga dab qilyapti deb turib, munofiqlariga nima bo'ldi? Bahona bo'ldi. Rasululloh sollalloh tez yetib keldi da, da u hafa inna ham mun tina dedi.
Bu tarafkashlikda, millatchilikda qo'yinglar. Albatta bu dedi, juda bir xunuk narsa dedi. Men sizlarni ichinglarda turishimni xohlasizlarmi dedi. Mendan keyin bir biringlarni bo'ynilarga qilichiroq degan kofirlar yalinib ketmanglar dedi. Asli nima? Kibr. Arablarda dushmanlar aldashdi. Sizlardan payg'ambar chiqqan, oxirgi payg'ambar sizlardan chiqqan, islomni dunyoga tarqatgansizlar, sizlardan aziz sizlarda arablar aroligi bilan faxrlandi. Turklarga keldi, dushmanlar. Turklarga aytishdi, a sizlar Usmonli Turk sizlar, sizlar mononcha imperiya bo'lib turgansizlar, dedi. Turklarga tashrif gapirishga shotini olib qo'yishdi.
O'zbeklarga kelishdi, sizlardan Buxoriylar chiqqan, Termiziylar chiqqon, falonchilar chiqqanda edi, bularni ham qo'ltig'iga cho'p u kelib, tashiga chiqarib shotini olib qo'yishdi. Endi bunisi men bahoriyman deb turibdi, bunisi men turkman deb turibdi. Bunisi men kurashiyman deb turibdilar. Lekin eslasin da shular. Bularda nima aziz qilgan edi? Kim edi bular? Arablar kim edi yu? Turklar kim edi? Bu o'zbeklar kim edi? Dini bo'lmaganda hech narsaga arzimaydigan xalqlar emasmi edi? Din ko'tarmaganmidi bularni? Dinni muhimi tashlab qo'ygandan keyin. Alloh bergan kunda ko'rishyapti.
Demak, dinni biz yo'lamaymiz, birodarlar. Bu dinni tabiati shunaqa ekanki, dinni mahkam ushlagan xalqni, din o'zi bir yuksalikka, azlikka olib chiqaverar ekan. Odam alayhissalom olim bo'lib yaraldi. Odam alayhissalom yalang'och edi, keyin xashaydi bayladi, keyin anaqa bir kaltak ko'tarib yurdi degan gaplar, birodarlar, bu haligi maymundan yaraldik deganlarni gapi bu. Ularni bilmadik, lekin bizni otamiz odam alayhissalam olim bo'lib yaraldi. Kiyimli bo'lib yarald. Alloh taolo hamma narsani o'rgatib, birdaniga olim qilib yaratdi. Mana odam alayhissa allohga alloh taolo ilmni o'zi o'rgatdi. Shis alayhissalom otasidan shu payg'ambarlikni ilmlarini oldi, lekin hammasini olib qololmadi. Sabab, shis alayhissalon nimaga hammasini olib ololmadi desa, odamdan odam dars oldi.
Shuning uchun hammasini olib kelolmadi. Odam alayhissalomni Ota Alloh biling dedi, biluvchi bo'ldi. Yer yuzida hali hali Odam alayhissaomdaqa ilmga ega bo'lgan odam bo'lmaydi birodarlar. Va allamal a, damas, ma, kulla ha. Jamiykiy narsalarni, ismlarini Alloh Taolo Odam alayhissalomga o'rgatdi. Biling dedi, bo'ldi, bildi. Lekin shisha alayhissalom nima qildi? Ustozdan shagit o'rgangandaqa o'rgandi, shuncha hamma ilmni olib qololmadi. Birinchi kunidayoq hamma narsalarni bildi.
Odam alayhissa alomni Alloh Taolo tiriltirib, farishtalarga borib, ana bu farishtalarga burib, assalomu alaykum deng dedi. Demak, bu salomni kim o'rgatibdi? Assalomu alaykum dedi. Odam alayhissalomni gapirgan tili arab tilida edi. Bu ana shu sahih hadislarda bunga bir hujjatlar bor. Va alaykum assalom va rahmatulloh deb farishtalar javob berishdi. Shunda Alloh Taolo u odam, bu seni taxiyeng va zurriyotingni taxiyyasi dedi. Demak, qalaysanmas.
Assalomu alaykum. Bu ana shu jannatinglarda taxiyyat hisoblanar ekan. Alloh Taolo nimani o'rgatdi? Ibn Abbosni keltirgan mana rivoyatlarida Alloh Taolo Odam alayhissalomga osmon, yerdagi hamma narsa, tog', daraxt, tosh, hayvon, suv, osmon, yer, hamma narsani yeringizda bormi shu narsani hammasini atini bilar degan. Bizga bitta tosh ko'rsatsa, bu tosh deb bilamiz. Lekin uni qanaqaligini mutaxassislari biladi. Bu daraxt deymiz. Biz hamma daraxt atini bilmaymiz. Odam alayhissaalloh hamma daraxtatini bilgan. Bizni otamiz shunaqa olim bo'lgan, birodarlar. Bizni otamiz shunday bir bilimdon bo'lgan. Bizni otamimiz aziz bo'lgan. Allohga qulchilik qilgani uchun aziz bo'lganda. O'z o'zidan aziz bo'lib qolgan emas. Ulamolardan biri aytadi, inson o'zini allohni ibodatini qilishlikdek ish bilan boshqa o'rinda aziz qila oladigan emas. Inson o'zining aziz qilmoqchi bo'lsa, allohni ibodati qilsin. Bundan ortiqcha azizlik bo'lmaydi. Endi inson o'zini xor qilmoqchi bo'lsa, allohga olsak bo'lsin, undan ortiq xorli bo'lmaydi insonga.
Va allamal adam asmaa kullaha thumma rodahum alal malayka. Faqol ambiy un i bi asmaa ha'ulain kun dum sodiqin. Farishtalar nima deyishgan edi? Alloh Taolo xalifa yarataman deganda. Yaratib yuborsin, kim yaratsa ham baribir biz bilimdonroq bo'lamiz, biz aqlli bo'lamiz, Allohga yaqin bo'lamiz deganmidi? Alloh Taolo Odam alayhissalomga ana shu narsalarni ismlarini o'rgatib turib, farishtalardan so'radi. Sizlar shunaqa bilaman bo'lsanglar, ya'ni farishtalar ham o'ziga nima qildi? Baho berishib qo'ydi. Bizga Alloh baho bersin. Bular aytishdiki, qolis subhanakalar ilmalalar, ilm, aldamtana. Parvardigor, sen o'rgatgandan boshqa narsani bilmaymiz. Albatta sen biluvchi bo'lgan zotsan dedi. Shunda Alloh Taolo aytdi, ya Adam ambehun biyasi mayhim. Aytib qo'y bularga dedi.
Nechinchi marta? Oltinchi marta. Oltinchi martasi qilyaptimi? Ilmni ham berib qo'ydi. Shuncha yil avlod ibodatini xizmatini qilgan farishtalarga bermagan ilmni berib, ularni oldida bilimdan ham qilib qo'ydi otamizni. Demak Odam alayhissalomda o'rgangan narsasi ilm bo'ldi. Ilmga e'tibor qilishimiz kerak bo'laman. Talamna andavum viyasimayhim qoli alam aqullaku inniy alam g'oy bas samovati val audva alamu ma tubduna va ma kun tum tak tumun. Ularga ana shu narsalarni ismini aytib bergandan keyin Alloh Aziz va Jal farishtalarga aytdi. Axir men sizlarga aytmaganmidim, men sizlar bilmagan narsalarni, sizlar berkitgan narsalarni g'oyib osmondagi narsalarni hammasini biluvchiman deb aytmaganmidum dedi. Alloh farishtalardan ilm bilan Odam alayhissalomni aziz qildi. Oyatlarda tushunmaymiz, agar mana shu qissalarni o'rganmasak. Sababi nuzullar bor, ularni o'rgatmasak, Qur'onda tushunmaymiz. Payg'ambarimizni tarixi, payg'ambarlarni tarixi, bularni o'rganmagunimiz uchun Qur'onni katta qismidan bexabar qolib ketamiz.
Odam alayhissalom jannatda bir muddat yolg'iz yashadi. So'nggina Odam alayhissa olam uxlayotgan paytda, chop qovurg'alardan bittasini olib, Alloh Taolo havoni yaratdi. Istaydu billah, ya ayyuhanna, sudtaqulloh, allatih xola hokim min nafsin va hidayin. Sizlarda bitta nafsdan yaratgan Allohda qo'rqinglar ey insonlar deyapti. Bitta nafsdan. Demak ayol kishini Havo onani insonni Odam alisonni chop qovig'asidan olib yaratdi.
Rost bo'lsa esalam aytadi, ayol kishini to'g'rilayman deb harakat qilmagin. Chunki u qiyshiq qovurg'adan yaralgan. To'g'rilayman desang sindirib qo'yasan. Teq qo'ysang qiyshiqlikcha qolaveradi dedi. Demak siz bilan biz aytgandaqa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oshi onamiz bilan ozgina kelishmovchilik bo'lib qolgan paytda, Abu Bakrni qozlikka olib kelgan ekan.
Otasini. Abu Bakr Siddiqda. Qarang, Rasululloh bilan kelisholmay qolgan ekan. Shunda Abu Bakr sirda o'tirganda Payg'ambar Sotdiy assalom bosh onamizga qarab, birinchi siz gapirasizmi yoki men gapiraymi desa, siz gapiring, faqat to'g'risini gapiring degan ekan. Abu Bakr sirdan bir shapaloq qo'ygan ekan qizini. Shu bilan razbor kutgan ekan. Ya'ni o'sha onamizdek ayol, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dehzodga qarab turib, siz gapiring, men faqat to'qrisini gapiring deyapti. O'shaning uchun Payg'ambarimiz aytgan, hoyrukum, hoyrukumli ahliya, mani hoyrukumli ahliga. Sizlarni ichinglarda eng zo'r kishilaringlar ayollariga yaxshi muomala qilganinglar dedi.
Endi men sizlarni ichilarda ayollarga yaxshi muomalalar qilganlarni eng yaxshisi menman dedi. Bizda ayolga yaxshi muammo qilish nimani belgisi bo'lib qolgan? O'g'il bolalar. Bu payg'ambarimiz aytyapti bu narsani, ayolingga yaxshi muammolar qilgin deydi. Odam alayhissalom uyg'onib qarasa, yangi bir maxluq turibdi.
Kimsan dedi. Dedi, ayolman dedi. Nimaga yaralding? Seni jufting bo'lish uchun dedi. Shunda farishtalar odam alayhissalonni sinamoqchi bo'lib, kim dedi so'raganda, havo deb javob berdi. Nima uchun havo? Chunki tirik narsadan yaratilgan. Havodan yaratilgan. Mana abu xayr al rohiyat qilgan hadisda quyidagi ma'nolar bor. Ana shu ayollarga yaxshilik qilinglar, qiyshiq qovuridan yaralgan, to'g'rilayman desa sindirib yuborasizlar, tashlab qo'ysalar qishligicha qolaveradi. Ayollarda ko'proq aql emas, ot ifosi boshqaradi.
Mana sahih hadislarda keltirilgan havo onadan keyin yaralgan ayollarni eng go'zali Sorra deyiladi. Ya'ni dunyoda yashagan ayollarni, dunyoda yaralgan ayollarni eng chiroylisi Sorra. Kimni ayoli edi? Ibrohim alayhissalomni. Nima uchun? Nima uchun Havo anaqa chiroyli emas? Chunki Jannatda yaratilganda. Jannatda xunuk narsa bo'lmaydi birov bilan.
Va qulna ya adam uskun anta va zavjukal jannat tafakkurlar minha rog'adan hayfushushiy itun avval at taqriba hadixi shajarata fotakuna minal dolimin. Subhanalloh, Alloh Taolo Odam alayhissalomga aytdi, ey Odam, sen va ayoling mana shu jannatda, xohlagan joylarda, xohlaganday yashanglar, faqat mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Mana shu daraxtdan yemanglar, zolimlardan bo'lib qolasizlar.
Va aytdi yana, innahada adulun la kavale zavjika, falay yufri jan na ko'maminar jannatifat tashqo. Innalaka, alla tajuafi havala taro, va annakalatav nofi havala tavha. Bu bitta daraxt dedi. Bu bitta dushman dedi. Ya'ni oddiy narsa, ikkita narsa. Bu dushmaning dedi. Seni va ayolingni jannatdan chiqarib yubormasin dedi. Jannatda och qolmaysan, yalang'och qolmaysan. Chanqamaysan, qiynamaysan dedi.
Endi qarab turing. Holat shu. Bitta man qilingan daraxt, bitta dushman, jannatda hech qanday muammo yo'q. Och qolmaysan, yalang'och qolmaysan. Chanqamaysan, boshqa narsa bo'lmaydi. Endi iblis Odam alayhissalomni olda qo'ydi. Nima bilan oldadi deydi. Nima bil an oldadi? Kerakmidi unga u narsa?
Har xil viloyatlar bor, iblis jannatdan chiqib ketgandan keyin kirganlarga hali tovush qomatida, ilon ichida, vallohu a'lam kayfiyatini, lekin Alloh Taolo izn berdi, Odam alayhissalomni imtihon qilish uchun kirdi iblis. Kirdi da, ularga aytdi. Astaydu billah, men nahakuman robbukuman hadixi shajara tailla antakuna malakang altakuna minal xoliding va qosima huma innilakum alaminan nasuhin va dallah humaguru. Ana akalar o'sha yerda boshlandi. Kelib aytdiki, bilasizlarmi robbinglar nimaga mana shu daraxtni mevasini yemanglar dedi sizlarga. Sizlarni farishta bo'lib qolmasligilarni xohladi yoki abadiy yashaydiganlardan bo'lishadi, xohlamadi. O'shaning uchun yema dedi. Boshqa odamlarda keladi, sizlarga abadiy mulk va abadiy hayotni beradigan daraxtni ko'rsataymi dedi.
Shu vahani alloh taqdiri. Jannatda bo'lsang, abadiy mulkni nima keragi bor degim keladi da. Pulni nima keragi yo'q u yerda? Jannatda bo'sang, o'lim yo'q bo'lsa, abadiy hayotda nima keragi bor? Kerakmidi shu ikkita narsa? Hayotda ham qarang da, oshishcha narsa ham kerak emas o'zi odamga. Men ro'za tutyapmiz, ba'zida uxlab qolsak, yo'q endi, hech narsa olmaganmikinikin. Bir mahal ovqatlansak ham, kunimiz bo'lar ekan. O'taverar ekan. Demak oshichasi birodarlar, oshicha joyiga borar ekan. Ovqatda oshichasi kerak bo'lmagandek, dunyoda ham oshichasi keray emas o'zi. Nima kerak? Tong kerak? Kiyim boshi kerak, bitta mashina kerakdir, kunlik tirikchiligingiz kerak. Oshichasi nima kerak bor?
Buzu bo'libdi, yerdagi odamlarimiz necha minglab o'tib ketdi, shaytimizni oldida qo'yapti. Otamizni qanaqa qilib oldi degan ekan. Alloh azza va jalla aytib qo'ydi, mana bu dushmaning dedi. Mana bu jannat dedi. Mana bu daraxt dedi. Hozir ko'payib ketgan endi. Lekin Subhanalloh insonni aqli noqis ekanda, ojiz ekanda.
Haligi mamnun, mag'rur degan so'z bor. Men qilingan narsa doim jozibador bo'ladi da. Mumkin emasmi shu qanaqa ekan degan narsani shayton nima qilaveradi? Yaxshi emas. Aytib qo'yaylik. Alloh qilmadi dedim, demak yaxshi emas. Ming chiroyli qog'ozga o'rab, chiroyli upakovka bilan chiroyli qilib reklama qilib berayotgan bo'lsa ham yaxshi emas u narsa. Odam alayhissalom ana shu man qilingan daraxtni yeydi, kiyimi yo'q bo'lgandan keyin odami va havo yalang'och bo'lib qolishdi. Ungacha birodar kiyimi bor edi Alloh Taolo bergan. Avratlar yopilib turar edi. Kiyimlari yalang'och bo'lib, yo'q bo'lib, yalang'och borganda qochib qoldi Odam alayhissalom. Jannatda qochib qolibdi. Shunda Alloh Taolo, yo Adam, atofir rumenniy, yo Adam, mendan qochyapsanmi degan ekan. Desa, Parvardigor, uyalganimdan qochyapman degan ekan. Demak, hayo imonni belgisi. Hayo, iymon shohchalardan bitta shohcha.
Imom Buxoroda keltirgan desa, lavla havo lam tahqun unta zavjaha. Agar ayoli bo'lmaganda Odam alayhissalomga nima qilmas edi? Shunday mushkula bo'lmas edi. Odam birinchi mana Havo edi deyiladi, keyin Odamga taklif qildi, Odam yedi deyiladi. Odam alayhissa ham qilgan xatosini tushungandan keyin robbisiga duo qildi. Robbana zolamna fursana va illam tog'u firlana va tor hamla lana kunan minat. Hosiling. Parvardigor, biz o'zimizga zulm qildik. Agar sen bizni kechirmasang va bizga rahming kelmasa, albatta biz ziyon ko'rishlarda bo'lib qolurmiz. Alloh azza va jalla hukm qildi. Eh bitu min hayd ba'dukum li ba'din adumu va lakum fil arde mustaqorun va ma'taun ilohim. Jannatdan chiqinglar hammanglar. Biringlar biringlarga dushman bo'lgan holatda. Albatta yer yuzida vaqtincha yashaydigan joy sizlarga dedi. Esimizdan chiqmasin akalar. Ilohim deyapti, ma'lum bir vaqtgacha yashaysizlar deyapti. Baribir chiqib ketamiz dunyoda. Ostanovkada o'tiribmiz.
Kimniki burun, kimniki keyin keladi, hamma chiqib ketamiza. Lekin chiqib ketishimizni esdan chiqarib qo'yganda ko'p xatolik yo'l qo'yib qo'yamiz. Hola fihata xiyonna va fihata mutuna va minhata urojuna. Yerni yashaysizlar, yerni olasizlar va yerdan qaytadan tildirib chiqarib olamiz sizlarni. Alloh taolo ham alayhissalomga tushirdi va kalimalarni o'rgatdi, osini duosini kechirdi. Odam ham gunoh qildi, iblis ham gunoh qild, farqi nimada bo'ldi? Odam tavba qildi, iklis o'jarli qildi. Shuning uchun la kabira, ma asti for va la sag'ira, ma isro, ulamolar aytadi, istig'for bo'lib tursa katta gunoh ham qolmaydi. Lekin o'jarli qilinsa, kichkina gunoh ham qolmadi, kattaga aylanib ketadi. Demak, alloh taolo istig'for qilishlarni yaxshi ko'radi. Ibn abbos rivoyatlarida keltiriladi. Odam alayhissalom Hindga tushdi, Havo Jiddaga tushdi, Arafotda uchrashishdi. Shuning uchun Arafot deyiladi ana shu joy, tog'ni ismini, joyni ismini. Ya'ni bir biri nima qilishlik? Tanishlik yoki uchrashlik, topishlik. Hadislarda keladi, odamlar Havo yerda yashab, ko'p yerdilar Imomni tabarida keltirish uchun, Havo qirqta bola tug'ib berdi. Yigirma marta tug'gan ekan. Har tiqqonda bir o'g'il, bir qiz tuqqan. Bu Imomi tabarida kitobidan olingan. Birinchi farzandlari Qobil va Qulayl.
Bir o'g'ul, bir qiz tuquqqan ekan. Qobil va Qulaym, ana shu oxirgi farzandi Abdulmug'iz va Umr mug'iz deb yaratiladigan ekan. Bir o'g', bir qiz tuqquan har safar. Ibn ibn hibondan keltirilgan Abdug'afforiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so'raydi. Rasulullohni avvali kimdir so'raganda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Odam dedi. Abdug'afforiy Nabiy va Rasulmi deganda ha deb javob berdi. Demak Odam alayhissalom o'zini farzandlari uchun ham Payg'ambar, ham Nabiy o'rnida bo'lgan birodarlar. Inshaalloh keyingi suhbatda ana shu yer yuzida qilingan birinchi gunoh, Qobil qobil qissasi va agar ulgursak, shiz ili salihimiz salomlarini hissasini gaplashgan bo'lamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.