MMaviza
—Tekshirilgan22 daq

20) MOʻJIZALAR

Abdulloh Domla · Siyrat darslari

0:00
21:41

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vala aqibatu li muttaqin. Assalomu alayhi vassalamu alayhi muhammadin va alayhi va ashabihiy ajma'in. Aml abd. Assalomu alaikum va rahmatullohi va barakatuh. Isro va muroj voqeasi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning ruhi va jasadi bilan sodir bo'ldi. Chunki Alloh Taolo subhanalladi asro bi abdi hiyda marhamat qildi.

Abd degan so'z, banda degani ruhni ham, jasadni ham o'zini ichiga oladi. Demak Payg'ambarimizni ruhi va jasadi bilan haqiqatda sodir bo'ldi. Payg'ambarim assalom ana shu yer yuzida yashab o'tgan hamma ambiyo va rasullarga imom bo'lishligi bilan martabasi ularning hammasidan oliy ekanligi ma'lum bo'ldi. Shu bilan birga Alloh Taolo boshqa payg'ambarlarga bergan shariatidan bizni shariatimiz ustunligi hamda islom shariat o'zidan burungi hamma samoviy shariatlarni bekor qilishligiga dalil bo'ladi. Shuning uchun hozirgi kunda dinlarni birlashtirishlikka harakat qilayotgan tashkilotlar bor. Ya'ni hammamizni ham Robbimiz bitta, hammamizni ham Alloh yaratgan, kelinglar bitta bo'laylik deb turib, mana shu dinlarni birlashtirishga harakat qilayotgan odamlar bilib qo'ysinki, ular ochiq zalolatda. Qanday qilib Uzair Allohning o'g'li deyotgan yahudlar bilan musulmonlar teng bo'lsin? Qanday qilib inson Allohning o'ig'li deyotkan nasoralar bilan La ilaha illalloh deyotgan musulmonlar tengbo'lsin? Bularda tenglashtirishlik, bulardan hammasini bir xil deyishlik, ochiq kufrni o'zi bo'ladi. Avval yotgan payg'ambarlarning shariatlari o'zini zamoniga, makoniga, ma'lum bir qavmiga ishlagan.

Endi Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam islom shariatini olib kelgandan keyin, ular o'z o'zidan o'zini kuchini yo'qotadi. Biz Taolotning Injilini Alloh nozil qilgan kitob deb iymon keltiramiz. Payg'ambarimiz aytganlar La tusoddi quha va la tuka vibuxa. Ana shu Tavrot bilan Injildagi narsalarni tasdiqlab to'g'ri ham demanglar, lekin inkor ham qilmanglar.

Inkor qilmasligimizni sababi Alloh nozil qilgan. Lekin tasdiqlamasligimizni sababi, ular o'zlarining kitoblariga juda ko'p o'zgarishlarni kiritib yuborishgan. Demak, innadina indalloh il islam. Alloh taoloning huzurida yagona maqbul din bu islom dini. Islom dinidan tashqarida bo'lgan kishilarni jannatga kiradi deyishlik, ayni zalolatni o'zi.

Kunlarda bir payg'ambarimiz so'rasinlar, umarimul xattob roziyallohu anhunna tavrotdan bitta sahifani olib o'qib turganini ko'rib qoldilar. Va achchig'ilari kelib, ey xattobni bolasi, meni nubobotimda hali shubha imormi dedi. Allohga qasam, agar mana shu sahifani egasi bo'lgan muso ibn imron tirik bo'lganida, menga ergashlikdan boshqa ishi bo'lmasin dedi. Yahudiy bo'lgan musoe ibn imron tiriy bo'lsa, menga iymon keltiradi dedi. Mana shu hadisdan ma'lum bo'ladiki, islomdan boshqa din alloh taoloning huzurida qabul qilinmaydi.

Payg'ambarimiz merojdan qaytib baytilmaqtisga tushdilar. Hamda u yerdan makkaga qarab qaytib keldi. Makkaga qaytish yo'lida payg'ambarimiz bir necha bir mashhadlarga guvoh bo'ldilar. Yo'lda ketarkan, bir karvonni ko'rdilar. Ana shu karvondagi tuyalardan bittasi bu rohni o'tishligidan cho'chib, qochib ketdi hurkib, topisha olmay qoldi. Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam ularga, sizlarni tuyanglar falon joyda deb aytdi.

Hali karvondagi kishilar ovozni eshitishdi, lekin Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni ko'rishmadi. Hayron bo'lishdi. Lekin aytilgan joyga borishganida tuyani haqiqatdan borligini topishdi. So'nggina Payg'ambarimiz ana shu bir karvonga to'xtab, bir idishga suv quyib, ustini yopib qo'yishgan edi. Payg'ambar sallallohu alayhub va salam chanqagandilar, to'xtab, shu suvni ichib, idishini yopib qoydi. So'ngra Makkay mukarramaga yetib, tong otishlik paytida Payg'ambarimiz Ka'batullohni oldida o'tirib, kechasi bo'lgan ajib ruhlar safari haqida fikrga o'yga tolib o'tirgan edi. Payg'ambarimimiz bu holatda ko'rgan Abu Jahl shu yerdan o'tib ketyapti deb ko'rib qoldi da. Bir narsa bo'lganini sezib turib, ey Muhammad, biror ish sodir bo'ldimi dedi. Payg'ambarmiz sallallohu alayhi vasallam Abu Jahl qachon ko'rsa, e Muhammad, osmondan xabari yo'qmi deb masxara qilardi. Desa Payg'ambarimiz, ey Abulhakam, iymonnga kelishlik vaqti bo'lmadimi deb qo'yardi.

U johilga, johil hamma muomala qilmas edi. Chunki Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam nabaviy axloq egasi edi. Abu Jahlni, ey Muhammad, biror ish sodir bo'ldimi degan savolga Payg'ambar biz ha dedi. Abu Jahl to'xtab, Payg'ambar susayson salomatga o'tirdi da, nima bo'ldi dedi. Payg'ambarimiz a'lam kecha tunda Bayt al-Maqdisga borib keldim dedi. Kulib, o'zini zo'rg'a to'xtab aytdiki, xo'p, bording, keyin nima bo'ldi? Namoz o'qiding. Keyin nima qilding? Payg'ambarimiz alayhissalom ana shu Bayt al-Maqdisga namoz o'qiganligini, ambiyolarni ko'rib, ularga imom bo'lganligini aytganidan keyin, qotib qotib kuldi. So'ngra, ey Muhammad, bu gapingni hammaga aytaveraymi dedi. Payg'ambarimiz aytuvdi. Shunda shuncha yildan beri Payg'ambarimizni oldiga kelib, odamlar eshitmasin deb, Payg'ambarizdan odamlarni haydayotgan Abu Jahl endi o'zi chaqirardi. Ey Qurash, ey qavm kelinglar, kelinglar Muhammadni kazzobligini oldida, eshitinglar buni gapini dedi. Qurash yig'ilib keldi. Ey Muhammad bularga ham aytadi, payg'ambaringiz aytadi, men kecha Baytul Maqdisga borib, hamma payg'ambarga imom borib namoz o'qib keldim dedi. Bu aql qabul qilmaydigan, inson tasavvur qila olmaydigan ish edi. Abu Jahl aytdiki, qaranglar buni.

Biz Baytul Maqdisga borishimizga bir oy, yana tuyalarni minib qaytib kelishimizga bir oy, borib kelishimizga ikki oy ketadigan Baytul Maqdiska bir kechada borib keldim deyapti. Mana buni kazzobligi ma'lum bo'ldi dedi. Bu xabar Qurashni orasida Makkada tarqab ketdi. Hatto ba'zi musulmonlar iymoni zaif bo'lganlari ta'sirlanishdi. Shu bilan Islom da'vatiga nihoyat yetib qolishligi mumkin edi. Mana shu fitna sababli. Musulmonlardan biri shoshganicha Abu Bakr Siddiqni oldiga borib turib, ey Abu Bakr, yuring men bilan dedi. Qayoqqa yuraman? Falon falon ishlar bo'ldi. Payg'ambarimiz bir kechada Baytul Maqlisga borib keldim dedi. Abu Bakr, Rasululloh shu so'zni haqiqatdan aytdimi dedi. Ha degan edi. Agar haqiqatdan aytgan bo'lsa, taqiq rost aytibdi dedi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldiga Abu Bakr keldi da. Yo Rasululloh, kecha tunda Baytul Maqtasiga borib keldingizmi? Dedi. Rasululloh ha dedi. Shunda Abu Bakr rost aytdingiz dedi. Payg'am barim shunda birinchi marta abu bakrni, ey abu bakr, siz meni rozgo'yligimni tasdiqlaguchi siddiqsiz dedi.

Odamlar, shu yerda turgan odamlar, Abu Bakr, qanday qilib ishonib olasan buni, bunaqa bir g'ayrioddiy gapiga, deganda aytadiki, men Rasulullohni bundan ham bir ajibroq so'zga ishonaman u. Rasululloh menga bir lahzada yetti qavat osmonni ustidan vahiy keladi desa, tasdiqlayman u. Baytul Maqtisga borib kelganini aytmayman. Hali Payg'ambarimiz merosga chiqqani aytmagan edilar. Abu Bakr aytyaptiki, agar u Baytul Maqtizga borib kelish emas, agar yettinchi qavat osmonga chiqib tushdim desa ham ishonaman men deydi. Bu Abu Bakr Siddiqni, roziyallohu anhuni komil iymoniga dalolat edi. Agar o'n marta iymoni bitta pallaga, Abu Bakrni iymoni ikkinchi pallaga qo'yib tortilsa, Abu Bakrning iymoni og'ir keladik.

Bu mana shunday bir Siddiq deb laqablanishlikka loyiq kishi edi. Abu bakr sid diq. Payg'ambarimizni rostgo'yligini tasdiqlash uchun, yo Rasululloh, bilamiz, siz umringizda Baytul Maqtizga bormagansiz. Oramizda Baytul Maktizni ko'rib kelganlar bor. Agar borgan bo'lsangiz, bizga sifatlab bering chi uni dedi. Payg'ambarimiz alayhissalom tunda borgandilar. Esida qolgan narsani unday bunday deb aytib berdi. Shunda kurash yo'q dedi. Bizni savollarimizga javob ber. Tafsilotlarni so'rab ketishdi. Ustuni qanaqa, oynaga qancha? Odatda mana sizlar Muhammad shu yerda namoz o'qiysizlar. Nechta oynaga bor hozir? Nechta eshigi bor? Odatda bunaqa narsalarga inson e'tibor bermaydi. Lekin Payg'ambarimizni yolg'onchi qilishligi uchun Baytul Maqtisni ko'rib kelgan qurish mushuklari qancha derazasi bor? Qancha ustuni bor? Qaysi eshigi qayoqqa qaragan? Shunda Alloh Taolo o'zini Payg'ambarini ko'zini oldiga Baytul Maqdisini shunday olib kelib qo'ydi. Payg'ambar alayhissalom ko'rardilar, atrofdagilar ko'rmasdi. Qaysi tomondan so'rasa, Alloh Taolo shuni ko'rsatib berardi. Aniq, aniq qilib so'ragan savollarga javob berdi. Bu savolni berayotganlar Payg'ambarimiz birorta harfda adashmaganini ko'rib turib ham iymon keltirishmadi baribir.

Shunda Payg'ambar alayhissalom, agar bu so'zimga ishonmasanglar, boshqa alomatlar bor dedi. Qanday alomatlar? Yo'lda kelayotganimda bir karvonga tushiradim. Ularni tuyalari cho'chib qo'rqib qochib ketganida, ularga qayerdaligini aytib berdim. Yana bitta alomat, ularni suvini ichib qo'ydim dedi. Ular aytdiki, bu karvon qachon keladi dedi. Uch kundan keyin dedi.

Mana shu so'ziga ishonsa bo'ladi. Chunki Payg'ambarimiz kechqurun Haramda edi. Tong otganda ham Ka'batullohga suyanib o'tirgan edi. Agar uch kundan keyin keladigan karvonni xabarini, agar Makkadan bir xatta yo'q bo'lib qolib turib inayat aytganida, sen tashqariga chiqib bilib kelding degan tuhmat bo'lar edi. Qurish ana shu karvonni kelishligini kutib turishga ittifoq qilishdir. Payg'ambarimiz ana shu karvoni boshlab kelayotgan, karvonda boshidagi tuyani sifatlarini, rangi, bezak, ziynatlargacha aytib berdi. Va'da qilingan kun bo'ldi.

Shomdan Payg'ambarimiz aytgan sifatlarida hammasini o'zida jam qilgan tuya Makkaga qarab kirib keldi karvonni boshlab. Shunda kurash birinchi bo'lib turib, borib turib so'rashdi. Yo'lda nima ishlar bo'ldi? Tuyamizni yo'qotib qo'ydik deyishdi. Tuyamiz qochib ketdi. Bir ovoz bizga falon joy dedi, borib topdik dedi. Yana nima bo'ldi dedi? Suv uylar yo'qoldimi? Suvimizni kimdir ichib qo'yib, idishini yopib qo'yadi dedi. Ular qoraishdi bu so'rayotgan savolidan hayron bo'lib, qayoqdan bila bular sizlar dedim. Lekin ular indashmadi. Lekin shunda ham Payg'ambarimizni so'ziga iymon keltirishmadi.

Albatta bu mo'jizalarni, hujjatlarni keltirishlik, mushriylarni ziyonga bir hujjatni qoyim qilishligi uchun emas edi. Payg'ambarimni so'rasallamni qalbiga taskin berishligi da xolos. Ular Payg'ambarimizni kazzob yoki rozgo'yligini aniq belgilashligi uchun bir zohir mo'jizani talab qilishdi. Payg'ambarimiz sulton salom ularga, agar men sizlarga oyni ikkiga bo'lib bersam, menga iymon keltirasizlarmi? Ular ham agar oyni ikkiga berib bersang ko'zimizni oldida, senga iymon keltiramiz deyishdi.

Oy to'lin bo'ladigan kechaga va'dalashdi, qurish mushriklari yig'ildi. So'ngra Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahih bahorda keltiriladi. Oyiga, ikkiga bo'linishligini buyurdi. Va ularning ko'zini oldida buyuk mo'jizalardan yana biri sodir bo'ldi. Alloh Taolo bu haqida oyatlar nozil qildi. Iqtarobati sa atavalin shaqqol qamaldi. Qiyomat soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo'lindi. Mana shu ochiq mo'jizani ham ko'rib turib, iymon keltirishmadi. Oy ikkiga bo'linib, uning ikki qismi bir toni ikki tarafiga o'tib turdi. Ko'rishib turib aytishdiki, Allohga qasam, sehrgar ekansan deyishdi. Agar Payg'ambarimiz sulton salom sehr qilgan bo'lganida, faqat ana shu joyda turgan kishilarninggina ko'zini sehrlagan bo'lib, Makkani tashqarisidagi kishilar u sehrga ham ta'sirlanmas edi. Lekin oyna bo'linganligini butun yer yuzidagi odamlar ko'rgan. Hatto Hindistonda yangi yil boshlangan ekan. Mana aytganmiz, tarixda avval bir kattaroq bir voqea sodir bo'lsa, ana shundan boshlab yil sanashgan. Fililini birinchi silisida payg'ambarimiz tug'ilgan, ikkinchi yilda Abu Bakr tug'ilgan va hokazo. Agar qaytarib aytamiz, sehr qilgan bo'lganida payg'amblarimiz, tashqaridagi odamlar buni ko'rmagan bo'lar edi.

Alloh Taolo bu haqida oyatlar nozil qilib shunday deydi. Astayidu billah, iqtaro batis sa'atova nashaqqol qamar va in yarav'a aytan yuridu va yaqulu sehrun mustamir. Qiyomat soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo'lindi. Agar ular biron oyat mo'jiza ko'rsalar, yuz o'girurlar va bu har doimgi sehin ku derlar. Ularga isroil me'roj, yoki karvonda aytilingan alomatlar, yoki oyni bo'linishi ham foyda bermadi. Iymon keltirmadi. Ular ko'zi ko'radigan, his qiladigan mo'jizalarni ko'rsatib bersa ham iymon keltirishmadi. Alloh ularga payg'ambar zamonida yashashlik baxtini berdi. Lekin iymon keltirishlik baxtini bermadi. Bizgachi?

Biz payg'ambarimizni ko'rganimiz yo'q. Lekin ko'rmagan bo'lsak, mo'jizalarni ko'rmagan bossak ham, Alloh bizga shahodat kalimasini berdimi? Bundan ortiq qanday ne'mat bo'lishi mumkin? Payg'ambarimni so'rasallohu alayhi vasallamni da'vatini qurish qabul qilinadi. Payg'ambarimiz alayhissalom zamonlarida Rukoni ismli bir poxlavon bo'lgan, kurashadigan bo'ladi.

Polvon bo'ladi. Hech qachon yengilmagan, yelkasiga erko'rmagan bo'ladi. Payg'ambarimiz aslida unga islomni arz qilib, iymon keltirishingni taklif qilganida, ey Muhammad deydi, agar sen men bilan kurashni men yengib qo'ysang, senga iymon keltiraman dedi. Payg'ambarmiz Rukonani taklifiga rozi bo'ldilar da, o'rnidan turib, shunday belini ushlab, shunday ko'tarib yerga chopib qo'ydi.

Cho'zib o'tirmadi, o'shani o'shani yotqizib qo'ydi da. Rukona bo'lgan ishdan, bo'lgan ishlarni tushunmasdan o'ziga kelib turib, vallohi ajib ish bo'ldi, boshqatdan dedi. Yana bir marta dedi. Payg'ambar sulton ikkinchi marta ko'tarib yeriga chopib qo'ydim. Uchinchi marta dedi. Uchinchi martdan ko'tarib yergacha chopib qo'yibdi. Payg'ambarimiz baquvvat kuchli bo'lganlar. Musulmon odam sog'lom bo'lishi kerak. Musulmon odami quvvatlik bo'lishi keraks. Alloh taologa, dedi payg'ambarimiz alayhissalom, zaif, quvvatsiz mo'mindan ko'ra kuchli, quvvatli mo'min afzal deydi. Lekin ikkalasida ham yaxshilik xayriyat bormi endi. Biz shug'ullanayotgan sport, nima bo'lishidan qat'iy nazar, undan maqsad, payg'ambarimiz kuchli bo'lishimizni yaxshi ko'rgan, alloh men quvvatli bo'lsam yaxshi ko'radida degan maqsadda qilsak, o'sha sport ham ibodat.

Agar shu sportdan maqsad Allohni roziligi bo'lsa, ko'chada mana shunday qilib yuraman, hamma mendan cho'chiydi degan niyatni olsa ibodat bo'lmaydi. Musulmon odam quvvatli bo'lishi kerak, o'zini ahli ayolini, vatanini, elini, yurtini himoya qila oladigan quvvatli bo'lishi kerak. Payg'ambarimiz quvvat egasi bo'lgan. Aytamiz u, podshohga Payg'ambarimiz podshoh ibrati bo'lgan. Kambag'allarga kambag'al ham bo'lib ibrat bo'lgan. Endi polvonlar bo'ladigan bo'lsa, Payg'ambarimiz polvon ham bo'lgan. Rukoni uchinchi marta mag'lub bo'lgandan keyin, vallohi, bu ajidish bo'lyapti ya dedi. Ey Muhammad, mana shu daraxtni gapirtirib bersang dedi, men senga iymon keltiraman dedi. Payg'ambarimiz alayhissalom u taklifiga ham rozi bo'ldi da, daraxtga buyurdi. Daraxt ashxadu alla iloh ilalloh va ashxadu anna Muhammad rasululloh deb nutq qilib shahodat kalimasini aytdi.

Ana mo'jiza. Talabiga ko'ra boryapti mo'jiza. Lekin iymon keltirdimi? To'g'ri aytishgan ekan. Sen sehrgar ekansan dedi, iymon keltirmasdan ketib qoldi. Ularga faqat Qur'on mo'jizasi emas, his qiladigan moddiy mo'jizalar ko'rsatilsa ham kafilligicha turaverishdi. Buni ko'rgandan keyin Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kurashni qo'yib, boshqa qabilalarni da'vat qilishlikka qasd qildilar. Keyingi haj mavsumini kutib, haj qilgani kelgan arab qabilalarini ana shu minoda bittama bitta yurib da'vat qilardilar. Ana shu vaqtda Madinadan kelgan bir tur hojilar oldiga Payg'ambar so'z sallalloh da'vat qilish uchun bordi. Ana shularni ichida bo'lgan ansollardan bittasi u paytda mushrik bo'ladi, keyin islomni qabul qiladi. Payg'ambarimizni tanimaydi. Payg'amblarimiz bizni oldimizga kelib, bizni islomga da'vat qilganida, payg'ambarlarimizni orqasidan bitta odam kelib o'tirdi. Rasululloh so'z sallam gaplarini tugatib bo'lgandan keyin haliy odam turib, bunga ishonmanglar, biz uni qavmimiz, u kazzoh, bu jinni sehrgar deb turib, Payg'ambarimizni da'vatini kesib turar edi. Payg'ambar biz indamasdan, keyingi qavmga qarab ketardilar. Haligi kishi orqasidan erchib borib, yana o'tirib payg'ambarmizni gapini bo'lar edi. Shunda hali yansor aytadi, kim bu kishi? G'ami, tashvishi?

Bu kishini gapini kesishlik ekan dedi. So'rasam, bu amakisi Abu Lahad deb aytishdi. Ana shu hajga kelgan qabilalardan Donu Soso urug'i. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ularning qabilasi to'p tushgan joyga bordilar da, ularning saidi haqida so'radi. Ularning saidi Bayhara ibn Furos ibn Sosoy edi. Undan payg'ambarimni suhbatlashdik, izn so'radi. Bu rozi bo'ldi. Rasululloh unga oxirat, jannat, din, islom haqida gapirib, Qur'on oyatlarini o'qib berdi. Ular arab edi. Oyatlarning mazmunini tushunishar edi. Bu so'zlarni eshitib turib, Vayxara ta'sirlandi. So'ngra, ey Muhammad, sen shu yerda o'tirib tur. Men hozir kelaman dedi da, o'zini qavmini oldiga borib turib, ey qavm, meni oldimga bir kishi kelib, men umrimda eshitmagan bir ajib go'zal so'zlarniy gapirdi. Ollohga qasam, bu so'zlari bilan butun arablarni ustidan g'olib bo'ladi, butun arablarni ustidan hukmron bo'ladi dedi. Maslahat beringlar, nima qilaylik? Qavmi, sen bizni saidimizsan. Sen aytgan ishni qilamiz dedi. Ularni roziligini olganidan keyin, bayhara payg'ambarimiz svyaz salom oldiga kelib aytdiki, ey muhammad, sen aytgan so'zlarning hammasi go'zal so'zlar.

Nabiy svyaz salom maqtab turib aytdiki biz senga xo'p iymon keltiramiz. Senga yordam beramiz. Qilishlarimiz seni xizmatingda bo'ladi. Faqat bitta shartimiz bor. Alloh uchun qilinadigan ish faqat Alloh uchun qilinadi. Orqasidan biror bir dunyo, g'araz maqsad qilinmaydi. Chunki taroziga birinchi bo'lib olib kelib, do'zax qilib uloqtiriladigan uchta odamda bittasi olim, bittasi Allohning yo'lida pul sarflagan boy, uchinchisi shahid edi. Amallari nihoyatda go'zal, lekin niyati dunyo matohi bo'lgani uchun Alloh Taolo, dunyoda uchalangan maqsadingni yetkazganman, mendan haqqing qolmagan sur jahannamga deydi. Bayhara dunyoda ko'zlaganlardan bittasi edi. Bitta shartimiz bor. Nima u shart? Sendan keyin, ey Muhammad, bu ish meni qo'limda bo'ladi. Ya'ni agar sen vafot etsang, xalifa men bo'laman dedi.

Ya'ni bu ishni orqasida katta natijalar, katta bir manfaatlar borligini ko'rgandan keyin, iymon keltiramiz, himoya qilamiz, faqat men sendan keyin xalifa bo'laman dedim. Payg'ambarimiz alayhissalom, bu ish Alloh Taoloning qo'lidagi narsa. Uni O'zi xohlagan bandasiga beradi. Oqibat taqvodorlarniki dedi. Bayhara, ey Muhammad, butun arablarga qarshi turib beramiz deymiz u, qilichlarimizni ko'tarib. Sendan keyin boshqalar xalifa bo'ladimi? Xalifalikni menga ber dedi. Payg'ambarimiz a'lohissalom boyagi gapni takrorlab aytdilarki, bu ish Allohning qo'lidagi narsa. Uni O'z xohlagan bandasiga beradi, oqibat taqvodorlarnikida dedi. Rasululloh a'lohissalom uni talabini bermagandan keyin, Bayhara islomni rad qildi.

Banu Sosav urug'i o'zining yeriga qaytib borganida, ana shu Banu Sosav urugi da bir yoshi katta bir hakim oqsoqol odam bor edi. Haj qilib kelgan o'zini qavmdoshlaridan bo'lgan ishlari haqida so'radi. Ular javob berib aytishdiki, yana bir ish bo'ldi. Bir odam kelib o'zini Nabiyeyman, menga ergashinglar dedi, lekin biz ergashmadik dedi. Shunda haligi oqsoqol aytdiki, qizlarga voy bo'lsin, qizlarga voy bo'sin, bu jarohatga qo'yiladigan malham bormikin? Axir bilmasmidinglar bu zamon oxirgi zamon Payg'ambari chiqolgan vaqtligini? Axir bilmasmidilar ana shu Payg'ambar Ismoil urug'idan chiqadi? Ha bilmasmidinglar Ismoililardan hali birortasi Payg'ambarman deb chiqmagan edi?

Ismoilardan birortasi Payg'ambarman deb chiqqanmas, birinchisi chiqsa tashlab keldinglarmi? O'sha Payg'ambar edi, iymon keltirmadinglarmi dedi, lekin uning so'ziga itoat qilishmadi. Yer yuzida Ansor bo'lishlik sharafi Banu Sosav urug'iga yetib turuvdi, lekin dunyo ta'masida ular bu narsadan voz kechishdi. Yahyo ibn Ma'ruza roziyda uchratadi. Riyosat, boshliqlik, amirlik hidini izlagan kishi hech qachon najot yetmaydi. Alloh uchun qilinadigan ishdan boshliqlaydi, amalda maqsad istagan odam, hargiz natija etishmaydi.

Aqul qovli ha da vas ta'kidlaylik. Allohu aleykum assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish