MMaviza
—Tekshirilgan28 daq

21) AQOBA BAYATI

Abdulloh Domla · Siyrat darslari

0:00
28:11

Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi inahmatuhu va nastayinuhu va nastavfuhi roh va naru luvillahi min ash'uriyahum fuzinah va min sayyihati amalina. Man yaxnihillahi falahmullilalah va man yulililhu falah hadiyaluh. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoni sallallohu alayhi vasallamni siyratlarini o'rganishinglarga keyingi darsni izboshlaymiz.

Ana shu hajvani suhbida Payg'ambarimiz uchrashgan kishilarni yana biri Suvayt ibn Somid. Bu kishi arablarning hakim, sayyid, ulug' kishilardan edi. Nabiyu sallallohu alayhi vasallam u bilan uchrashib, ey Suvayt dedi, menda go'zal so'zlar bor. Xulosa oldi. Suvayt aytdi, xulosa olmayman. Nimaga? Menda seni so'zingdan ham go'zalrog'i bor dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uni bu so'ziga, unda menga eshittirish so'zlarini dedi. Ya'ni e'tibor beradigan bo'lsak, mana shu Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni da'vatdagi bir hikmatini ko'raylikki, u aniq suv oydinni, sobitni so'zlari Payg'ambarimizni so'zidan go'zalmasligi, lekin odob yuzasidan, hikmatdan eshitaylik hech bo'lmasa dedi. Bizda bo'ladi yu, yo siz turib turing, men gapirib olay. Meni gapim siznikidan albatta yaxshi. Men turganda siz jim turing. Rasululloh sallamday zot, mushriy bo'lgan mana shu Suvaydi ibn Sobi'tga, mayli gapiring chi, eshitaychi dedi. Bu hikmat yuzasidan, odob yuzasidan. Suvaydi Rasululloh s allamga aytgan so'zlari nima edi? Suadbn somudda Luqmon Hakimning nasihatlaridan bir mujallati bor edi. Bir yodlab olganman shu so'zlarni. Luqmon Hakim mana Qur'onda Luqmon surasi bor hammamiz bilamiz.

U kishi nabi bo'lgan deyiladi. Ba'zilar nabi bo'lganda deydi. Lekin nima bo'lganda ham bu kishi musulmonlarni ulug' kishilaridan keyin, Luqmonni o'zini farzandiga qilgan nasihatlarini musulmonlar iqtidor qilib ergashishligi uchun Alloh Taolo sunnat qildi. Mana Alloh Taolo mana Luqmon surasida aytadi, astabi billa, ya buni akalar tushrik billa, inna shirk ala zulman azim. Ey o'g'ilcham, Allohga shirk keltirmang. Zero, shirk buyuk zulmdir. Va boshqa oyatlarda. Luqmon dedi, ey o'g'illcham, shak shubha yo'qki, agar har dal o'simligining urug'idek bir zarra yaxshi yoki yomon amal qilinadigan bo'lsa, bas u amal biron xarsang tosh ichida yo osmonlarda yo yer ostida bo'lsa, o'shanada Alloh keltiraveradi. Luqmoni Hakimning nasihatlari ikki qismida. Ikkiga bo'linadi. Birinchi qismi tohitga xos. Yuqorida aytib o'tgan oyatlarimiz bunga misol bo'ladi. Ikkinchi qismi axloq, odobga taalluqli oyatlarida. Aslida dubillah, vala tursa ir hoddakali nas, vala tamshifil arde maroha, innalloh halayu hibbu kulla muhtalim fahur. O'g'liga nasihat qilib, odamlardan mutakabrlik bilan yuzingni o'girmagin va yerda kibri havo bilan yurmagin.

Chunki Alloh Taolo barcha kibrli, havoli, maqtanchoq kishilarni suymas. Suv oydinni somitda Luqmon Hakimning odob axloqqa taalluqli nasihatlari bor edi. Vaqt o'tishi bilan odamlarda tanqidga dalolat qiladigan nasihatlari esdan chiqib ketib, odamlarni esdan chiqilib ketib, faqatgina axloqqa taalluqli nasihatlari qolgan edi. Mana shu nasihatlardan xabardor edim. Suvaytning sobi bu hikmatlarini aytib bo'ldi. Albatta bu oddiy bir insonni so'zi bilan, oddiy so'zlar bilan zikr qilindi. Lekin Qur'on Alloh Taoloning kalomi, Rabboni sevadi. Mana Qur'oni oyatlariga murojaat qiladigan bo'lsak, agar Alloh Taolo biror bir maxluqni tili bilan gapirtirgan bo'lsa Qur'onda, unda ejoz bor, hikmat bor. Luqmonni Hakimni nasihatlarini Suvayt o'zini tili bilan gapirdi. Sulaymon Alayhissalomni qissasiga murojaat quradigan bo'lsak. Ana shu qissada chumoli o'zini qavmiga shunday bir xitob qildiki, qisqa, mo'jaz, lekin bir lug'atdagi ejoz bor bunda. To ular chumolilar vodiysiga yetgan vaqtlarida bir chumoli, ey chumolilar, uylaringizga kiringlar. Yana Sulaymon va uning lashkari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni bosib yanchib ketmasinlar degan edi.

Qisqa so'z, lekin juda katta ma'nolar bor. Ey chumolilar nido, chaqirib. Uylari kelingiz, amr. Yana Sulaymon xos aytilinyapti. Uning lashkari umumiy aytilinyaptu. O'zlari sezmagan hollarida uzrni ham qoyim qilib qo'yapti. Kichkinagina jumlada mana shunday bir lug'atdagi bir e'zoz bor. Nima uchun? Alloh Taolo Qur'onda Rabboni eski g'alati zikr qildi buni. Lekin Suvaytning so'zlari oddiy insonning so'zi edi. Payg'ambarimiz Suvaytning so'zlarini eshitib bo'lib aytdilarki, bu so'zlar go'zal, lekin menda undan ham go'zalroq u bor dedi. Bu javobni eshitgan Suvayt qotib qoldi. Chunki hech qachon odamlar bilan mana shu lug'atda bahs qilib, bu nasihatlarni aytib bersa, hech kim bu narsa deyishlikka yaramas edi.

Birinchi marta Payg'ambarimizdan seni so'zingdan esuvayt, meni so'zim go'zalroqi dedi. Eshiktir unda deganda Payg'ambarimiz unga Qur'on oyatlarini tilovat qilib berdi. Suvayt bu so'zlarni eshitdi da, albatta bu so'zlar nihoyatda go'zal, ajib. Dedi yu, lekin iymon keltirmadi. Keyinroq Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam Madinaga hijjat qilishlikdan avval iymonga kelgan bo'ldi. Ana shu yili Payg'ambariz haj mavsumida uchrashgan kishilardan yana bir kishi Zimolal Uzdiy. Bu kishi Yamanning Uzdi Sha'nosi dan edi. Bu odam odamlarga ruhiy o'qib dam solardi. Ruhiy achishingiz. U Makkaga kelganida, ba'zi bir ahmoq tentaklar Payg'ambarimiz haqida gap ketganda, u Muhammad majnun, jinni bo'lib qolgan deyishdi. Shunda Zimador uzdiy yaxshi niyat bilan shu odam bilan bir uchrasam bo'lar ekan. Bir dam solib qo'ysam, shoyad Alloh mentiferiyaga shifo beryapsizlar dedi da, Payg'ambar bizni so'rab surishtirib topdi. Kelib, Payg'ambarimizga, ey Muhammad, men senga ruhiy o'qib, dam solib qo'yaymi dedi. Seni tuzatib qo'yamidi dedi. Shuni Payg'ambarim so'rasalar unga, inn alhamdulillah, nahmaduhu anasta'inuh, men yahdiy illahuf falamudillalloh va men yudli falaha deyalloh, va ashshadu alla iloh iloh va alloh va hidahular sharikalar va ashshadu anna muhammadun abduhu rasuluh deb turib, so'zini boshlig'ini ochib bo'lganida suvayt i to'xta dedi.

Hozir nima deding? Yana bitta qaytar gapingni. Payg'ambarimiz so'zini yana bir marta qaytarib berdi. Yana bir marta quvvatladi dedi. Uchinchi marta qaytarilib bergandan keyin Allohga qasam dedi suvayt. Men ko'p sehrgar, kohin, munajjimlarda so'zini eshitganman. Lekin ularni hech qaysini so'zi seni so'zingga o'xshamaydi. Qo'lingni uzat. Men senga iymon keltiraman deb musulmon bo'ldi. Payg'ambarmizni tuzataman deb kelib o'zi tuzalib qoldi. Nubovotning o'n birinchi yilida Payg'ambarimiz ahli Yasrib, mana Madina avvalgi ismi Yasrib edi. Ana shu Yasribdan kelgan olti kishi bilan uchrashdi. Mana shu uchrashuv islom tarixini va butun insoniyat tarixini o'zgartirib yubordi. Aqabada ular bilan uchrashi Payg'ambarim assalom ularga din, islom, oxirat haqida gapirdi. Qur'on oyatlarini talovat qilib berdi. Ular oyatlarini eshitganlaridan keyin bir chekkaga o'tib, bir birlariga Allohga hasan. Yahudlar bizni qo'rqitayotgan kishi mana shu dedi. Endi nima edi qissasi? Madina, Yasrib, yashovchilari aholisi asosan uch qismida. Avs va Hazraj qabilalari, uchinchi toifasi yahudlar. Avs bilan Hazraj arab qabilasi hamda yahudlar. Yahudlar o'ta uch qismida Madinada.

Banu Nazir, Banu Qaynuqo, Banu Xuraysa. Qachon mana shu arablar bilan yahudlar o'rtasida bir kelishmovchilik bo'lib qoladigan bo'lsa, yahudlar aytar edi, bular ahli kitob edi, qo'lida Tavrat bor edi. Oxirgi tomonda Payg'ambari chiqadigan vaqt yaqin qoldi. O'sha Payg'ambar chiqqan paytda biz unga ergashamiz hamda sizlarni Ot va Samud qavmlari halok qilganidek qirib halok qilamiz derdi. Bularni qo'lida kitob bo'lmaganligi uchun, mushriklar bo'lgani uchun indamay turishaverardi. Endi mana shu narsani eslatib, bu Hazrajlik olti kishi bir biriga aytyaptiki, ana shu kishini aytib qo'rqitishar edi bizni. Shu kishi bo'lib qolmasin. So'ziga qaranglar, haqiqatan chiroyli dedi da, yahudlar bizdan o'zib ketmasin. Ularni va'dalari haqiqatga ro'yobga chiqib qolmasin dedi da, mana shu olti kishi iymon keldi dedi payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga. Ular aytdilar, mana shu kishiga iymon keltiraylik, shoyat o'zimizni qavmdoshlarimizni o'rtasida bo'layotgan urush janjallar mana shu kishi tufayli bosilsa. Shoyat qalblarimizni bir biriga ulfat qilsa. Avs bilan Hazrat juda ko'p uzoq muddat bir biri bilan urushib kelar edi.

Bular iymon keltirishdi. Keyingi yili, nubovotning o'n ikkinchi yilida haj mavsumiga Madinaliklardan endi o'n ikki kishi keldi. O'n tasi Hazrajdan, ikkitasi Avus qabilasidan. Ular Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashib, Madinada kishilarni islomga kelishi ko'payganligini xabarini berishdi. Ular birinchi marta Aqaba bay'ati, mana birinchi Aqaba bay'atini Payg'ambarizga berishdi. Bay'at bu va'da, itoatga va'da berishlik. Bu bay'at birinchi Aqoba bay'ati ayollar bay'ati deb nomlandi. Nima uchun? Bu o'n ikki kishining orasida ayol kishi yo'q edi. Ularni bergan bay'ati Allohga shirk keltirmaslik, o'g'rilik qilmaslik, pokiza odamlarga bo'xton qilmaslik, ma'ruf ishlarda osiy bo'lmaslik, zino qilmaslik, farzandlarni o'ldirmaslikka bay'at berishdir. Bu bay'atni ichida jihodga bay'at berilmaganligi uchun ayollar bay'ati deyildi. Chunki ayollar Payg'ambarimizga jihodga bay'bat berishmas edi. Demak, birinchi Aqaba bay'ati ayollar bay'atidan nomlandi. Imom Mus'ul g'oyati. Madinada Islom keng yig'layotgan edi. Shuning uchun bu o'n ikki kishi Payg'ambarimiz alayhissalomdan dinni o'rgatishligi uchun o'zlariga bir sahobani qo'shib berishligini talab qilishdi.

Payg'ambarlarimiz ularga Mus'ab ibn Umayrni elchi qilib yubordi. Islomdagi birinchi elchi Mus'ab ibn Umayr. Musofir umayr madinaga borib tinimsiz mehnat qildi. Bir ajiy bir kuch sarfladi. Madinani sayyidlaridan bo'lgan Sa'dunni Maoz va Usaydunni Huzayr islomi. Kufrda bo'lgan bu ikki kishi Avs qabilasidan, Balo Abdulashxal urug'ini sayyidlaridan edi.

Musof Madinada qilayotgan ishlarini eshitib, Sa'dunni Maroz Usaydim Nuxuzayevga, sen onam Makkadan kelgan yigit bilan Asadimni zo'ravlarni oldiga bor. Ularni tiyib qo'y. Bizni odamlarimizni yo'ldan ozdirmasin. Agar Asadimni zo'ta'ra meni qarindoshim bo'lmaganida, bu ishni o'zim qilardim dedi. Usaydim Nuxuzaya qo'liga nayzasini oldi. Ban Abdulashxal urug'ini bir bog'ida hududi oldida Mus'ab ibn Umayr bilan As'ad ibn Zu'rora kishilarga islomni o'rgatib ta'lim berib turardi.

Ustayid ibn Huzayr kelayotganini ko'rgan As'ad, ey Mus'ab dedi, onovi kishi qavmini sayyidi. Allohga sodiq turgin. Chunki buni orqasida ko'p yaxshilik bor dedi. Ustayid i bin huzayr bu ikki kishini oldiga keldi. Ularga qarab turib, bizni yerlarimizga kelib, aqli zaif tentaklarimizni, yoshlarimizni yo'ldan ozdirasizlarmi? Agar jonlaringiz aziz bo'lsa, tezda ketinglar bu yerdan dedi. Muso opa esa xotirjam suratda, ey amaki, o'tiring. So'zimizga quloq soling. Agar gaplarimiz yoqsa, qabul qilasiz. Agar ma'qul bo'lmasa, sizlarni qaytib bezovta qilmaymiz dedi. Aqlli odamlar bo'lgan bu kishilar. To'g'ri aytding dedi. Nayzasini yerga sanchib turib, ularni oldiga kelib o'tirdi. Muso bunga din, iymon, oxirat haqida gapirib, Qur'on oyatlarini tilovat qilib berdi. Oyatlarni eshitarkan, u Saididdin xo'jayevning yuzidan unga oyatlar ta'sir qilayotganligini bilib turardi. Hali shahodat kalimasini aytmadi, lekin oyatlar unga shunday ta'sir qilgan edi. Oyatlarni tugatgandan keyin, bu naqadar go'zal, ajib so'zlar. Bu dinga kirishni nima ish qilish kerak endi? Unga yuvinib, kiyimingizni va badaningizni poklab, shahodat kalimasini aytib, ikki rakat namoz o'qiysiz dedi.

Shart turdi, bordi, ana shu joydagi bir suvda yuvinib, kelib shahodat kalmasini aytib, ichki rakat namoz qilib, islomni qabul qilib. Bola shunaqa odamlar bo'lgan. To'g'riligiga qalbi qoniq, hosil qildimi? Dadamdan so'rab kerak, qo'shnimdan so'rab keray demagan. To'g'irligiga ishondimi? Shart qabul qilgan. Endi bir narsani noto'g'ri deb bildimi? Shart tashlagan. Endi Usaid ibn Huzayirni Sa'dimni mol jo'natib borib narigi ona haydab kelyapti. Endi Usaid musulmon bo'lgan holda qaytib kelyapti.

Uni jo'natgan majlisni oldiga kelayotganida, sard u Saidning yuziga qarab turib, buni yuzi dedi. Ketayotganda boshqacha edi, hozir qaytib kelayotganda bosh qacha bo'lib qoldi. E, u Said nima ish qilding deganida, u Said aytdiki, ularga aytdim, ulardan bir yomonlik ko'raman deganida, sen dedi, meni maqsadimni amalga oshirmabsan dedi. Nayzani oldida o'zi bor dedi. U Saididdin Muhiddin Zayir ularni oldidan qaytayotganida, ikkita sohibani oldida. Hozir men bir odamni jo'nataman. Agar shu iymoniga kelib qolsa, qavmini hammasini iymoniga keldi doringlar. Hech kim uni gapini qaytarmaydi degani. Endi nayzasini ko'tarib kelyapti. Asadiddin Zuoro, Musodiddin Umayrga mana shu odam islomga kirsa, qavminini hammasini islomga kirdi doring. Shubha yo'q bunda dedi.

Endi Sa'diddin Muammoz kelib turib, boyagi gapni aytdi. Bizni ahmoqlarimiz nimaga yo'ldan ozdiryapsizlar? Joninglar arz bo'lsa chiqib ketinglar dedi. Musobey umr, unga odob bilan, hikmat bilan, amaki, o'tiring. Gapimizga quloq soling. Agar gapimiz ma'qul bo'lsa, qabul qilasiz. Ma'qul bo'masa ketamiz dedi. Sayyidga loyiq muomala. Xuddi shu Sa'diddin Muoz roziyallohu anhu xandaqda jarohatlanib turganda Payg'ambarimiz chaqirtirib keladi. O'tirgan sahobalarga turinglar. Qavminglarni Sa'di keldi degani. Odamlarni holatiga qarab muomala qilinadi. Hammasiga bir xil qo'pol muomala qilina olmaydi. Qaysi bir odamga yumshoq gapiriladi, qaysi qattiqroq gapiriladi. Endi bu kishi qavmini saidi, o'ziga yarasha muomala qildi. Bizda qanaqa bizda?

Aytyapmiz ku, Mus'abinni nima edi, davlatchi kishi aytyaptiki, o'tiring, eshiting, yoqsa oling, bo'lmasa ketamiz deyapti. Eshitasan, olasan, qilasan demayapti. Eshiting. Ma'qul ko'rsangiz oling, bo'lamiz a? Ketaveramiz deyaptilar. Sard to'g'ri aytdingiz. Dedi da, yerga o'tirdi. Mus'abinga islomni asr qilib, qur'on o'qib berganida, u ham islomni qabul qildi. Muz'ab nuqullari rioya qiladi. Mus'ab unga Zuhruf surasidagi ozlarni o'qib bergan edi, dedi. U oyatini eshitarkan, xuddi husaydimning xuzaydi holatiga tushgan edi. Mus'ab oyatlarni o'qishni tugatishiga turdi, u ham shahodat kalimasini aytib musulmon bo'ldi. So'ngra o'zini urug'i vano Abdulashxal oldiga borib turib, ey xavon dedi, o'zini urung'ini yig'ib. Meni kim deb bilasizlar oralaringlarda, dedi. Ular aytishdi, siz bizni eng sharafli, nasr nasabli, to'g'ri fikrlaringiz tagidimi siz, dedi.

Sababini muozi aytdiki, agar sizlar Muhammadning diniga kirmasanglar, har bitta erkak ayolinglarni gapi menga harom. Sizlar bilan gaplashmayman, dedi. Ular bugun mani Abdulashxal urug'idan har bir erkak ayol islomni qabul qiladi. Shu kuni hammasi musulmon bo'ldi. Endi e'tibor beringlar chi. Bu kishilar said deyilyapti, said deyilyaptimi, said deyilyapmi, nimaga? Bizda ham bormi shu saidlar bir og'iz gapi bilan xalq terib chiqa oladigan? Hamma hurmat qiladigan, bir bitta qilgan harakatiga odamlar iqtidor qiladigan odamlar bormi? Bizda said deganda qaysi o'lchovlar bilan o'lchaymiz saidni? Sanaylik da.

Said deganda bizga said bo'lishi kim bo'lishi kerak? Puli bo'lishi keraki, birinchi. Amali bo'lishi kerak va hokazolar, lekin asosiy said bo'lishligi uchun ikkita narsa bo'lishi keraks. Puli bo'lishi keraki, amali bo'lishi berak. Nasl nasabi qanaqa bo'lsa ham, axloq qanaqa bo'sa ham puli bo'lsa bo'ldi. Bu saidligini ko'ringki, haqni ko'rdi. Haqqa o'tdi. Kalimani keltirdi. Endi shu narsani yaxshiligini bilganidan keyin o'zini qavmiga ilinyapti. Agar menga aytgan so'zimga itoat qilmasanglar, Muhammadni diniga o'tmasanglar, sizlar bilan gaplashmayman deyapti. Majbur qilyapti o'tishlikka, haqqa. O'lib ketishmaysanmi, men aytdim, qo'ydim demayapti. Bizda qachon chiqqan Saidlar bo'ladi? Qachon hurmat qilinadi? Ana shu xalqini g'amini yesa, molini, vaqtini, umrini sarf qilsa, odamlar undan yaxshilik ko'rsa va bu qilgan yaxshiligi xolis Alloh uchun bo'layotgan bo'lsa, endi Said oladi u. Bizda ma'lum bir maqsad yetib olguncha sarflaydi, yetib bo'lgandan keyin shu. O'shaning uchun Said emas ular bizga. Kim Said? Xalqani g'amini qiladi, ularni mehnati, ular orqasidan mehnat qilib yuguradi, hamda bu ish uchun rahmat kutmaydi.

Muxlis odamlar bo'ladi, shular said bo'la oladi. Bormi shunaqalar? Endi u o'zimizni ichimizdan chiqmasa, har doim tashqaridan bir akalar bizga said bo'lolmaydi, o'zimizni o'zimiz bolalarimizni tarbiya qilib turib, o'zimizdan yetishtiramiz shunday kishilarni. Madinaliklar iymonga kelganlari, iymonga kelmaganlarini islomga olib kelishlik uchun da'vat qilishdi, har xil yo'llarni qilishar edi. Amriddin jamuq islomi. Bolalari uni islomga da'vat qilmoqchi bo'lib, bir necha marta bir muso abdunumar bilan suhbat qilishdi, unamadi. Amrubni jamuhni o'g'illari uni islomga da'vat qildi, u qabul qilmadi. Shunda tunlarni birida amrubni jamuhning buti ilohi turadigan xonaga o'g'illarni tunda kirishdi da, haligi sanamiga, butiga axlat najosatlarini sotib, iflos qilib qo'yib chiqib ketishdi. Aytaman, amrubni jamu har doimgidek ibodat qilgan haligi butini oldiga kelsa, hamma yog'i iflos najosatda turibdi. E kim bunday qildi seni? Indamay turuvdingmi? O'zingni himoya qilmadingmi deb haligi toshga gapirdi-da, yuvib tozalab, atirlarni sepib chiroyli qilib ketdi. Ikkinchi kuni o'g'illari yana kirishdi, yana kechagi ishini takrorlashdi. Axlat najosatlarni surtib qo'ydi. Amiriddin jamuq aytaman ko'rib, yana achchig'i keldi.

Indamay turib yubordingmi? O'zingni himoya qilma dedida, yuvib tozalab bo'lganidan keyin qilichni boshiga ilib qo'ydi. Butini. Agar kechqurun kelib senga bolang shunaqa ish qilaman desa, chopib tashladi. Endi toshga gapiryapti. Aqlda ozligidan, bu zalolatda bo'lganligidan. Uchinchigacha o'g'illari nima qilishdi. Bir itda kelib, so'yib, haligi o'li itni butini ustiga qo'yib, itni qonlaridan haligi butga surtib turib, olib borib hojatxonaga tashlashib yubordi.

Tong otdi. Ota har doimgidek ibodat qilgani sanamini istasa yo'q. U yoqqa yugurdi, bu yoqqa yurdi, xudosini topa olmayapti. Ey bolalar, men xudoyimni ko'rmadinglarmi deyapti. Istab istab hoji xonadonigani ko'rib turib, Allohga qasam dedi. Sen ibodat qilinishlikka arzimaysan ekan dedi. So'ng yana bug'utini tashlab, Islomga kirgan bo'ldi. Ya'ni shunday ishlarni qilishdiki, Islomga ularni qalbini bo'lishlikka harakatda bo'lishdi. Nubovotning o'n ikkinchi yilida haj mavsumida Madinalik musulmonlar bilan yetmish uch erkak va ikki ayol Payg'ambarimizni oldiga kelishdi. Endi nubovotning o'. Ikkinchi yiliga keldik.

Bu Madinadan kelgan hojilarga qo'shilib, Madinalik kafirlar ham kelgan edi haj qilgani. Rasululloh bilan uchrashishlik uchun, bir vaqtga va'dalashlik uchun, bu Madinaliklar Baro ibn Ma'rur bilan Sa'd ibn Malikni yubordilar. Ular borib Payg'ambarimiz bilan bir vaqtga ittifoq qilib kelishligi kerak edi. Payg'ambarim bilan tanishmas edi. So'rashganida, amakisi Abbos bilan o'tiribdi deb aytishdi. Baro ibn Ma'rur Abbosni tanirdi. Bordi, Payg'ambar sulton salom oldiga o'tirdi, salomlashdi. Payg'ambaringiz kim sizlar dedi? Baro, men Baro ibn Ma'rurman dedi. Ikkinchi kishi Sa'd, men Sa'dun nimalikman dedi. Sa'diddin nimaligini aytadi. Men o'zimni tanishtirganimda deydi, Payg'ambarimiz shunday bir so'zni aytdi, qasam o'lgunimcha unutmayman dedi. Nima degan edi Payg'ambar? Men Sa'diddin Malikman deganida, e, siz shoirmisiz? Shoirmisiz deb juda qattiq xursand bo'lib ketdi. Nima uchun? Hozirgi kunda axborot tarqatish deydi. Ma'lumot tarqatishlikda oson yo'li bor, bu televideniya, radio yoki gazeta. U vaqtlarida xabar tarqatishlikning eng qulay yo'li she'r va xutba edi.

Payg'ambarimiz odamlarga da'vat qilishlik uchun odamlarni oldiga borar edi. Lekin odamlar shoirlar deb ishlab yurishar edi. She'r nihoyatda ularda orasida mahbud narsa edi. Agar bu she'r haqoratmi, masxarami yoki bir so'kinishmi? Eslab qolish ham oson edi ularda. Bir biriga yetkazishlik ham oson edi. She'rni shunday yaxshi ko'rishardi ularda. Bir shoirni iymonga kelishligi haqiqatan islom uchun katta yutug' edi. Chunki tasavvur qiling bitta televizionniy kanal bor, yoki o'zida bitta nimangiz bor, studiyangiz bor, yoki kunlik programma bardamijingiz bor. Payg'ambarimiz shuning uchun qattiq xursand bo'lgan edi.

Agar bu she'rni arablarni hayotiga qanday ta'sir ko'rsatishligini bilmoqchi bo'lsa, bitta misolni aytamiz. Keyinroq payg'ambar so'z tilamni oldiga bir odam kelib, iymon keltirdi. Payg'ambarimiz unga namozni o'rgatdi. Keyin qaysi namoz necha rakatligini tushuntirdi. Peshin to'rakat, asr to'rakat, shom uchrakat, kufton to'rakat, bomdod ikirakat. Qaytadi desa, eslab qolaman. Yana qaytarib beray, payg'ambarim, peshin asr qaytadi. Ikki uch marta aytdi ham, haligi tartibni eslab qololmayapti. Shunda sohibalaridan biri, yo Rasululloh, ruxsat bering, men o'rgatay dedi. O'rgatdi dedi. She'r qilib aytib berdi haligi narsani. Albatta namoz to'rt va to'rt tur, so'ngra uch tur, keyin yana to'rt tur, keyin battok namozini o'tma, u ikki dur dedi. Bo'ldi, eslab qoldi. Agar she'r qilib aytilinsa, nihoyatda ularni zehniga oson, oson eslab qolishadi. Shuning uchun Payg'ambarimiz bir shoirni iymon kelishligidan qattiq xursand bo'lgandi. Bu ikki ansoriy Payg'ambarlarimiz bilan aqabada uchrashniki va'dalashib kelishdi hamda o'zlarini qavmiga qaytib borishdi. Va'dalashilgan tun bo'lganida yetmish uchta erkak va ikkita ayol Payg'ambar bizni oldiga aqabada ikkinchi aqaba bay'atini berishlikka jamlanishdi.

Payg'ambarimiz bu ikki ansor bilan suhbatlashayotganda Abbos o'tirgan edi. Mushrik edi. Bu ikki sohiba ansoriy gapirgani ehtiyot bo'lib, qo'rqib turganini ko'rib, Payg'ambarimiz gapiraveringlar. Bu ishonchli odam, meni amakim deganda gapirgan edi. Endi Abbos Payg'ambarimiz bilan ulov bilan uchlashgani borganda, men ham boraman deb turib oldi. Payg'ambarimiz uni ertalab olib bordi. Abbos mushrik holatida. Hammalari jamlandi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldi ular. O'zi musulmon edi ular. Yana shahodat kalimasini aytishdi.

Ansonlar aytishdi, yo Rasululloh, biz sizni bizni yurtimizga, yastiribgan Madinaga ko'chib kelishingizni xohlaymiz. Shart qo'ying dedi. Ya'ni nima qilsak, siz ko'chib borasiz dedi. Rosula ularga men sizlarga Alloh taologa shirk keltirmaslikni, faxsh ishlarni qilmaslikni va boshqalarni shart qo'yaman dedi. Anasalloh yo'q, rostula bu Alloh uchun qo'yiladigan shartlar. Siz o'zingiz uchun shart qo'ying.

Qanaqa sharoit qilib bersak kelasiz? Qaranglar, nimalar savdolashyapti bularni. Rasulullohni o'zlariga qo'shni qilmoqchi, Rasulullohni ham o'zlariga ham mahalla qilmoqchi. Hamshahar qilmoqchi qanaqa baxt bu? Shunda Payg'ambarimiz alayhissalom ularga men sizlarga ayollar va bolalaringizni qanday himoya qilsangiz, meni shunday himoya qilasizlar deb shart qo'yaman dedi.

Shunda ansorlarning saidi Sadr Muboda, yo Rasululloh, agar biz shunday qilsak, bizga nima bor dedi? Payg'ambarim sizlar uchun jannat bor dedi. Sal shunday qilib dedi, yo Rasulullohni kelishdik dedi. Bu gapdan, bu vaqtdan biz ham qaytmaymiz, siz ham ozaytirmaysiz vaqtingizni. Kelishdik dedi. Xuddi shu va'dani, shu sharti Payg'ambarimiz bayroqqa qo'yganida, men sendan keyin xalifa bo'laman, shunda iymon keltiraman degan edi. Dunyoni targ'ib qilgan edi.

Allohni roziligi uchun qilinadigan ishlarda boshqa hech qanaqa niyat kirishi mumkin emas. Payg'ambarimiz mendan keyin xalifa bo'lasizlar, boy bo'lib ketasizlar, hukmron bo'lasizlar dedimi? Dunyo matohidan biror narsani aytdimi Payg'ambarimiz? Nima dedi? Sizlar uchun jannat bor dedi. Ular aytishdi, biz bu ahddan qaytmaymiz, biz ham turib beramiz bu ahdimizga. Endi siz ham qaytmang ortiga. Biz uchun jannat bor dedi. Yutdi bir oy mana shu savdosida.

Shunda Payg'ambarimiz, e san, siz xavmingizdan bitta odamsiz xolos. Qavm, kim bo'lsa rozi, kim bo'lmasa norozi, men bilmayman dedi. Qavm turib baqirib ketdi. Yo Rasululloh rozimiz, rozimiz dedi. Yo'q. Yo'q, men kim gapiryapti, kim gapiryapti bilmayman. Kim gapirdi, kim gapirmadi, men bilmayman bu narsani. Ichinglardan vakillarda, naqiblarda saylanglar dedi. Sizlarda nominglardan menga kelib bay'at bersin. O'n ikkita odamni vakil qilib saylashdi. Ana shu odamlarni o'nta o'n tasidan vakil bo'lib Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga va'da berishdi, bay'at berishdi. Endi bu bay'at jihodga va'd berilgan bay'at bo'ldi. Endi butun arab qabilalariga qarshi urushniki ular, Payg'ambarimizga so'z berdi. Mukofoti jannat. Shunday qilib, ikkinchi aqobob ay'ati nihoyasiga yetdi. Bu bay'at nihoyasiga yetganidan keyin, ana shu joyda turgan mushrik bo'lgan abbos turib, ey yassurbeklar, agar sizlar meni jiyanamni olib ketay, muhammad sollallohu alayhi vasallamni. Keyin himoyasini tashlab qo'yadigan bo'lsanglar, yaxshisi opetni qo'yaveringlar. Hozirlar qoldirib ketaveringlar. U makkada bizni himoyamizda dedi. Shunda ansorlar allohga qasam, rohsullohni biz hech kimga topshirib qo'ymaymiz dedi.

Bay'at tamomiga yetganidan keyin, mana shu hadisni rivoyat qilayotgan sohib aytadi hayotimda hech qachon eshitmagan baland ovozni eshitdim. Bir odam baland ovoz bilan baqirdi. Nima dedi? Nidoqulovchi aytdi. Ey, chodir egalari! Ey, chodir ega, muzammam va o'z dinidan qaytganlar sizlarga qarshi urush qilgani kelishib oldilar debdi. Bu Iblis edi.

Ana shu minodagi chodirda turgan hamma kishilarga eshittirib ovozimni boricha, sizlarga qarshyu muzammam va dinidan qaytkanlar qarshi urushlikka ittifoq qilishdi dedi. Bu shaytonda ovozi edi. Bu ovozni hamma eshitdi. Ansonlar ham, Payg'ambarimiz ham, boshqa binoda turgan kishilar ham. Shunda Sabrni mozi roziyallohi shart turdidan qilichini sug'urib, yo Rasululloh, agar xohlasangiz, hozir jang qilamiz ular bilan. Ya'ni bergan ahdidagi vafosini jiddiyligini ko'ringki, yetmish uchta bo'lgan odam butun hajmga kelgan hojilar bilan urushlikka tayyor. Payg'ambar biz tarqalinglar dedi, ular tarqab ketishdi. Aql u qavli, hayrda va astag'firulloh, alaykum assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish